Oksikislotalar tarkibida gidroksil (-oh) va karboksil (-cooh)


Download 63.78 Kb.
bet1/2
Sana23.09.2023
Hajmi63.78 Kb.
#1686723
  1   2
Bog'liq
10-mavzu OKSIKISLOTALAR


OKSIKISLOTALAR
Tarkibida gidroksil (-OH) va karboksil (-COOH) gruppalar saqlagan organik birikmalar Oksikislotalar deyiladi.
Oksikilotalarda demak ikki xil funksianal gruh(gidroksil va karboksil)ga ega bo’lgan aralash funksiali birikmalar. Oksikilotalar molekulasi tarkibidagi karboksil(-COOH) gruppa soniga qarab bir asosli, ikki asosli, uch asosli va hokazo kislotalar, gidroksil gruh soniga qarab(karboksil gruh soni ham inobatga olinadi) ikki atomli, uch atomli va hokazo kislotalarga bo’linadi.
Masalan:
Sut kislotasi:
bir asosli ikki atomli kislota(bunda bitta karboksil gruh bo’lgani uchun bu bir asosli, bitta gidroksil va bitta karboksil bo’lgani uchun ikki atomli kislota).
Olma kislotasi:
ikki asosli uch atomli kislota, bunnda ikkita karboksil va bitta gidroksil gruh mavjud.
Vino kislotasi:
ikki asosli to’rt atomli kislota, bunda ikkita karboksil va ikkita gidroksil gruhi mavjud.
Bir asosli ikki atomli oksikislotalar
Nomenklaturasi va izomerlari. Nafaqat bir asosli ikki atomli oksikislotalar balki deyarli barcha oksikislotalarning ko’pchiligi travial nom bilan ataladi. Masalan, CH3-CHOH-COOH birinchi marta sutda topilgani uchun sut kislota deyilgan, HOOC-CHOH-CH2-COOH olmada topilganligi uchun olma kislota, HOOC-CH2-C(OH)(COOH)-CH2-COOH limonda topilganligi uchun limon kislota deb atalgan.
Oksikislotalar ratsional nomenkulaturaga muofiq ham ataladi. Bunda bir asosli karbon kislota radikalidagi bitta vodorod atomi gidroksil bilan o’rni almashgan deb qaraladi va kislota nomiga oksi so’zi qo’shiladi, gidroksil gruppa o’rni esa grek harfi bilan belgilanadi. Masalan:
CH3-CH(OH)-COOH - α-oksipropion kislota
CH2(OH)-CH2-COOH - β-oksipropion kislota
Oksikislotalarni Jeneva nomenkulturasiga muofiq atashda uzun zanjirdagi uglerod atomlari sonini ifodalovchi uglevodorod nomiga spirtli gruppa xolatini ko’rsatuvchi “ol” qo’shimcha qo’shiladi va u tegishli raqam bilan belgilanadi, so’ngra kislota so’zi qo’shib aytiladi.
Masalan, sut kislota CH3-CH(OH)-COOH propanol-2 kislota deyiladi.
Oksikislotalarning izomeriyasi quyidagilarga bog’liq:

  1. Molekuladagi gidroksil gruppaning karboksil gruppadan yaqin yoki uzoq α,β,γ xolatda joylashganligiga;

  2. Kislota zanjirini tashkil qiluvchi uglerod atomlarning tarmoqlangan yoki tarmoqlanganligiga bog’liq. Masalan, molekulasida to’rtta uglerod atomi bo’ladigan oksikislotaning besh xil izomeri bor. Ulardan uchtasi gidroksil gruppaning joylashishiga bog’liq bo’lib, ikkitasi zanjirning tarmoqlanganligini ko’rsatadi:

CH3-CH2-CH(OH)-COOH - α-oksimoy kislota, butanol-2 kislota.
CH3-CH(OH)-CH2-COOH - β-oksimoy kislota, butanol-4 kislota.
CH2(OH)-CH2-CH2-COOH - γ-oksimoy kislota, butanol-4-kislota.
CH3-C(CH3)(OH)-COOH - 2-metil praponol-2-kislota

  1. Oksikislotalarda (assemmetrik uglerod atomlari mavjud bo’lgan xolda) fazoviyizomerlarning turlaridan ko’zgu izomer ham uchraydi.



Download 63.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling