Ona tili Mavzu: Son- so’z turkumi yuzasidan takrorlash. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad


Download 153.5 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi153.5 Kb.
#1007457
  1   2
Bog'liq
Son so`z turkumi yuzasidan takrorlash


Ona tili
Mavzu: Son- so’z turkumi yuzasidan takrorlash.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning son- so’z turkumi, uning so’roqlari, otga bog’lanishi, yozuvda ifodalanishi haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: Mashqlarni bajarish orqali o’quvchilar ongiga yuksak insoniy fazilatlarni singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish.
Dars turi: Takrorlash- mustahkamlash darsi.
Darsning metodi: Muzyorar, klaster, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: «Manzara» rasmlar, rebus, «Ish bosqichlari», «DTS talablari».
Darsning bosqichi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashib, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash, yaxshi kayfiyat ulashish.
“Muzyorar” tanishish mashqi o`tkazish: Mening ismim …………….Mening tug`ilgan kunim sanasi. Bu qaysi son turiga kirishini ayting tarzida o`tkaziladi.
O’quvchilarni ish bosqichi bilan tanishtirish.

1- topshiriq:
Sinf 4-5 kichik guruhchalarga birlashtiriladi. Klaster usulida son haqida berilgan mavzularni yoritish vazifasi beriladi.
1-ishni xulosalash, baholash va rag’batlantirish.
2- topshiriq:
«Archa ko’chatini ekish» o’yinini o’tkazish.
Guruhlarga manzarali rasmlar tarqatib, ko’chat ekish buyuriladi. Qaysi guruh ko’p ko’chat eksa, shu guruh g’olib hisoblanadi. Buning uchun archa orqasiga yozilgan savolga javob berish kerak, so’ng ekish kerak.
1-savol: Son deb nimaga aytiladi?
2-savol: Son qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
3-savol: Son turlari haqida ayting.
4-savol: Sanoq son qanday savolga javob bo`ladi?
5-savol: Tartib son qanday savolga javob bo`ladi?
6-savol: Son gapda qaysi so`z turkumiga bog`lanib keladi? kabi.



2-topshiriqni xulosalash, baholash va rag’batlantirish.


Dam olish daqiqasini o’tkazish.
1,2 – boshimiz o`ngga , chapga
3,4- qo`limiz ikki yonga
5,6- jim o`tiramiz.
7,8 – dangasalikni uloqtiramiz.

(She’r matniga mos harakatlar bajariladi)
Savol: Bajargan mashqimizda ishtirok etgan sonlarni ayting ularga so`roq berib, qaysi son turiga kirishini ayting.
3- topshiriq.
Saylanma diktant yozish.
Magnitafondan ertakdan parcha eshitishadi. Eshitganlarining ichidan sonlarni o’zi bog’langan so’z bilan birga ko’chirish topshirig’i beriladi. Yozuvlari baholanadi. Topshiriq xulosalanadi.
4-topshiriq.
346- mashq guruhlar o’rtasida bajariladi. Guruhlar ishi baholanadi.
5- topshiriq.
Rebus yechish.
6- topshiriq.
Aqliy hujum. Guruhlarga kim ko’p sonlarni harfiy ifoda bilan yozish topshirig’i beriladi. Guruhlar ishi baholanadi.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling