Ona tili ta’limi samaradorligini oshirish mohiyati jumaniyozova Muhabbat Xo‘sinovna


Download 46.5 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1238217
  1   2
Bog'liq
Jumaniyozova M. 2-maqola Uzlit


ONA TILI TA’LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MOHIYATI


*Jumaniyozova Muhabbat Xo‘sinovna
*Qurbonova Erkinoy
Hozirgi davrda yurtimizda shaxsni intellektual, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan biri, ta’lim tizimini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi va kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etishdan iborat. Ta’lim tizimidagi rivojlanish jamiyat taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Buning uchun muntazam tarzda ta’lim tizimida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish, shu orqali oʻquvchilarning kompetensiyalarni egallash jarayonlarini jadallashtirish, ularni rivojlanayotgan jamiyat talablariga moslashtirish taqozo etiladi. Sifatli ta’lim olish ehtiyojining kuchayishi Yangi O‘zbekiston fuqarolarining muhim hayotiy qadriyati sifatida tobora dolzarblashmoqda. Chunki sifatli ta’lim ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va haqqoniylikning asosiy omilidir.
O‘zbеkistоndа оlib bоrilаyotgаn islоhоtlаrdаn аsоsiy mаqsаd, yurtimizdа sоg‘lоm, bilimli, yuksаk mа’nаviy-аxlоqiy fаzilаtlаrgа egа bo‘lgаn bаrkаmоl аvlоdni shаkllаntirishdаn ibоrаt. Аynаn аnа shu mаqsаdgа erishish uchun muhtаrаm Prеzidеntimiz Sh.M. Mirziyoyev rаhnаmоligidа yаngi dаvrdа yаshаydigаn, yаngichа fikrlаydigаn, yаngi ishlаb chiqаrish, ijtimоiy shаrоitlаrdа fаоliyаt ko‘rsаtаdigаn, zаmоnаviy kаsbiy mаhоrаtgа egа bo‘lgаn raqobatbardosh kаdrlаrni tаyyorlаshni hаyotning o’zi tаqozo etmоqdа.
Yurtimizdagi ta’lim jarayoni jamiyat hayotining ustuvor yoʻnalishi boʻlib, u yosh avlodni shakllantirish va muntazam rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan bir qator muhim vazifalarga yoʻnaltirilgandir. Bugungi kunda ta’lim jarayoni oldiga qoʻyilgan talablardan biri yetuk shaxs, ijtimoiy bilimdonlik darajasiga ega boʻlgan yoshlarni tayyorlashdan iborat. Ushbu yoshlar istiqbolda malakali mutaxassis boʻlishi, jamiyatda oʻziga munosib oʻrin topishi uchun, birinchi navbatda, munosib hayot tayyorgarligi, bilim va ma’naviyatga ega boʻlishlari talab etiladi.
Boshlangʻich ta’limdagi ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilishi faoliyatini kengaytirishga , ularda erkin fikrlay olish, oʻzgalar fikrini anlash oʻzgalar fikrini anlash , oʻz fikrlarni ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga , jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda boʻlish koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitishning markazida grammatik nazariya emas, balki nutqiy koʻnikma va orfografik malaka hosil qilish turadi. Bolalar til materiallarini tahlil qilishga, asosiylarni ajratishga oʻrgatiladi.
Maktablarda ona tili oʻrgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qoʻygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar qoʻpqirrali boʻlib, ularni bajarish oʻquvchilar ongini oʻstirishga, ularga g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berishga yoʻnaltirilgan. Ona tilini oʻrgatish natijasida oʻquvchilarda oʻz fikrini grammatik toʻg‘ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy toʻg‘ri yoza olish koʻnikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa oʻquv predmeti sifatida oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyati boʻlib, oʻquvchini shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.

Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling