8-mavzu. Og’zaki an’anadagi professional musiqa uslublarining qaror topishi. Reja


Download 32.13 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi32.13 Kb.
#1610231
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mavzu 23


8-mavzu. Og’zaki an’anadagi professional musiqa uslublarining qaror topishi.
Reja:
1. Markaziy Osiyo hududida sinfiy jamiyat va ilk davlatlar topishi davrida yangi ma’rifiy-ma’naviy an’analar, umumdavlat dinlarining rivoj topishi.
2. Qabila, qishloq jamoa marosimlari bilan bir qatorda umumxalq bayram va tantanalarning joriy etilishi.
3. Siyosiy, diniy hamda ijodiy markazlari bo’lgan shaxarlarning ahamiyati, shaxar madaniyatining o’rni.
4. Bu davr falsafa, matematika fanlari qatori musiqa ilmining yuzaga kelishi.
5. Bularning peofessional musiqa san’atining yuksalish jarayoniga ta’siri.
6. Musiqa kasbiga oid afsona va rivoyatlar, ijodiy tartib-qoidalarni bayon etuvchi musiqa risolalarining yaratilishi hamda musiqa nazariyasining rivojlanishi.
7. Professional sozanda-xonanda guruhlarining faoliyati va bastakorlik ijodiyoti.
8. Musiqa ijrochiligining ravnaq topishi, musiqa shakllarining takomillashuvi, turkumli yirik asarlarning yuzaga kelishi.


Tayanch so‘z va iboralar: marosim Tarix, urf odat, qo’shiq, janr, musiqa, madaniyat, san’at, arxeologiya, davr, folklor, Avesto, bayram, Navro’z, Professional, falsafa, turkum, bayram, marosim


Adabiyotlar:
1. Yu.Rajabiy, I. Akbarov. O‘zbek xalq muzikasi. II-III- tomlar. T.,
2. R.Yunusov. Istiqlol mafkurasi va musiqiy jarayon. T., 2002.
3. A.Odilov. O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik tarixi. T., «O‘qituvchi», 1995.
4. Mualliflar guruhi. O‘zbekiston xalq sozandalari G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va sanhat nashriyoti. Toshkent – 1974.
5. S.X.Yo‘ldosheva O‘zbekistonda musiqa tarbiyasi va tahlimining rivojlanishi. «O‘qituvchi nashriyoti» Toshkent 1989.
6. R.Tursunov. S. Mannopov. An'anaviy qo‘shiq ijrochiligi uslubiyoti. Ijod dunyosi nashriyoti 2003.
7. List of Intangible Cultural Heritage in Need of Urgent Safeguarding. UNESCO, 2009.
8. Basic Text of the Convention for the Safeguarding of the Intangible Cultural Heritage, UNESCO, 2016, Paris.
9. O.Ibrohimov. O’zbek xalq musiqa ijodi. 1-qism. Toshkent. 1994.
10. G.Pugachenkova, L.Rempel. Istoriya iskusstv Uzbekistana. Moskva. 1965.
11. T.S.Vizgo. Muzikalnie instrumenti Sredney Azii. Moskva. 1980.
12.O’zbekiston xalqlari tarixi. 1-jild. Toshkent. 1992.
www.tdpu.uz
www. ziyonet.uz
www.dsmi.uz
www.conservatory.uz

1. Markaziy Osiyo hududida sinfiy jamiyat va ilk davlatlar topishi davrida yangi ma’rifiy-ma’naviy an’analar, umumdavlat dinlarining rivoj topishi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdan bu hududda sinfiy jamiyat va davlatlarning shakllanish jarayonlari kechgan. Xududiy jixatdan O’rta Osiyo hozirgi Turkmaniston, O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston respublikalari hamda Qozog’istonning janubiy viloyatlarini qamrab oladi. Buni yuqorida gapirib o’tgan edik. Arxeologik tadqiqotlarning guvoxlik berishicha, ana shu xudud chegarasida qadimgi juda ko’p xilma-xil madaniyat o’choqlari tarkib topgan va rivojlanganki, ular umumiy tarzda uchta yirik davr taraqqiyot darajasi bilan xarakterlanadi: tosh asri bilan bog’liq ajdodlarimizning tabiat in’omi – exsonlari xisobiga kun kechirish davri; odamzotning o’zini-o’zi oziq-ovqat bilan ta’minlashga kirishgan ilk dexqonchilik davri; avvalgi davrlarda to’plangan ishlab chiqarish va madaniy xo’jalik tajribalardan foydalanishga kirishilgan bronza davri. Bu davrda janubga yuqori darajada rivojlangan urbanistik jamoalar, shimolda esa ko’chmanchi chorvachilik xo’jaliklarning shakllanib borishi kuzatiladi.


Mezolit davri odamlarining diniy qarashlari va tasviriy san’at olamini tadqiq etishda O’rta Osiyoning ikkita xududida uchraydigan qoyatosh rasmlari nixoyatda boy manba bo’lib xizmat qiladi. Bulardan Qo’xitang va Zardutkamar qoya suratlari O’zbekistonning janubiy qismida joylashgan. Qoyatosh suratlarining boshqa bir guruxi esa Pomir tog’ida bo’lib, u ibtidoiy odamlarning ovchilik jodusi va san’atini aks ettiradi.
R.I.Gruber kitobida ta’kidlanganidek, “musiqashunoslarga boshqa san’atlar tadqiqotchilariga nisbatan ancha qiyin. Agar tasviriy san’at tadqiqotchisi badiiy ob’ekt, ya’ni moddiy yodgorlikni o’rganish imkoniga ega bo’lsa, musiqashunos bunday imkoniyatga ega emas: sababi o’tmish musiqasi saqlanib qolmagan, va qadim davrlarni o’rganish bilvosita manbalar orqaligina amalga oshiriladi: ya’ni moddiy musiqa madaniyati (arxeologik qazishmalar chog’ida topilgan cholg’ular va h.k.), aralash fanlar bergan ma’lumotlar, va ayniqsa, xalq musiqa ijodining saqlab qolingan ayrim namunalari bo’yicha...”1. Teatrshunos olim M.Rahmonovning yozishicha “Kishilik tarixining ilk bosqichlarida musiqa ham pantomima va raqs san’ati bilan uzviy bog’liq holda maydonga kelgan. U O’zbekiston hududida yashagan ibtidoiy jamiyat odamlari hayoti va mehnat faoliyatining ajralmas qismini tashkil etgan. Ibtidoiy davrdagi eng ilk qo’shiqlar juda sodda bo’lardi. “Ov o’yini” va turli marosimlarda pantomim raqs o’yinlarini olib boradigan “musiqa” va “qo’shiqlar” asosan so’z va tovushni takror-takror qaytaruvchi ohang va rechitativlardan tashkil topardi”2.
Yunon tarixchisi Gerodot gulxan atrofida davra qurib o’tirib, so’ngra raqsga tushib, qo’shiq aytadigan massagetlar xaqida yozib qoldirgan3.
Ibtidoiy jamiyatning rivoji bilan qadimiy O’zbekiston xalqlarining do’l (zarbli), puflab chaladigan va torli asboblari paydo boshlagan bo’lsa kerak. Saymali toshdan topilgan suratlardagi pantomim raqsiga tushayotgan kishilarning qo’lidagi do’l asbobi ham buni isbotlaydi4. Kishilik jamiyatining taraqqiy etib borishi bilan qadimiy juda sodda ohang va rechitativlardan o’yin xarakteriga ega musiqalar, mehnat qo’shiqlari, turli marosim ashulalari, zafar va qahramonlik qo’shiqlari vujudga kela boshlagan5.
Mahmud Qoshg’ariy o’zining “Devonu lug’otit turk” asarida qadimiy davrdan qolgan mehnat va marosim qo’shiqlaridan bir qancha namunalar keltiradi. Bu qo’shiqlar ibtidoiy va undan keyingi davrlardagi odamlar hayoti, ularning tirikchilik manbai bo’lgan ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik faoliyatlarini, mehnat jarayoni va insonning unga bo’lgan munosabatini, ibtidoiy jamoa an’analarini, tabiat injiqliklariga qarshi kurashda qabila a’zolarining hamjihatlikda mehnat qilishi va og’ir mehnatdan keyingi hordiq onlarini aks ettiradi6.
Xorazm va So’g’diyona xududida, shuningdek, halok bo’lib, so’ngra qayta tiriladigan Siyovush siymosiga sajda qilish ayniqsa kuchli bo’lgan. Siyovush xaqidagi qissa Firdavsiyning “SHohnoma” asaridan ham joy olgan.
Yunon-Baqtriya davlati O’rta Osiyo xalqlari iqtisodiyoti, madaniyatida o’z izini qoldirdi hamda sharqiy ellinizmni yuzaga keltirdi.
Albatta tarixiy obidalar, arxeologik qazilmalarning ahamiyati katta, lekin aynan tarixni yozma manba’larda qoldirgan o’tmish olimu-allomalarining asarlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Biz tarixdan biladigan Arastu, Fisog’urs (Ptolomey) va shunga o’xshash ko’pgina allomalar aynan tarixiy shaxslardir. Lekin O’rta Osiyoning xalqlari bilan bog’liq tarixiy jarayonlarni yoritgan tarixnavis olimlar ichida Gerodot, Ksenofont, Diodor kabi bir qator qadimiy olimlarning bizga qoldirgan kitoblari, tarixiy manba’lari katta ahamiyat kasb etadi.

Download 32.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling