Ona tili ta`limini ijodiy tashkil etishning prinsiplari. Ta’lim metodlari tasnifl. T a ’lim metodlari tasnifiga oid asosiy qarashlar
Download 26.46 Kb.
|
4-maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: Ona tili ta`limini ijodiy tashkil etishning prinsiplari. Ta’lim metodlari tasnifl.T a ’lim metodlari tasnifiga oid asosiy qarashlar.
- Tayanch iboralar : prinsip, didaktika, ta`lim metodlari, o`qituvchi faoliyati,o`quvchi faoliyati, o`quv materiali,didakt (pedagog ),tasnif,o`qitish usullari.
4-Mavzu: Ona tili ta’limini ijodiy tashkil etishning prinsiplari Ilmiy-pedagogik izlanish prinsiplari, ilmiy pedagogik izlanishning metodlari tizimi, metodologiya va pedagogikaning metodologik prinsiplari haqida tushuncha, pedagogik izlanishlarni tashkillashtirish metodlari. REJA: Ona tili ta`limini ijodiy tashkil etishning prinsiplari. Ta’lim metodlari tasnifl.T a ’lim metodlari tasnifiga oid asosiy qarashlar. O ‘zaro ta’sirni tashkil etish va boshqarish metodlari tavsifi. Ona tili darslarini tashkil qilishda ma`ruza darslaridan foydalanish. Tayanch iboralar : prinsip, didaktika, ta`lim metodlari, o`qituvchi faoliyati,o`quvchi faoliyati, o`quv materiali,didakt (pedagog ),tasnif,o`qitish usullari. Metodika sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan taniqli olimlarimiz A.Hamroyev, B.Adizov va boshqalar ona tili ta`limini ijodiy tashkil etishning prinsiplari,ta’lim metodlari tasnifl,ta ’lim metodlari tasnifiga oid asosiy qarashlarini o`z tadqiqotlarida bayon qilishgan.Shuningdek, rus va chet el olimlarining ham bu boradagi xizmatlari katta. Didaktikada ta’lim metodlarini tasnif etishga oid turli-tuman qarashlar mavjud. Ba’zi mutaxassislar ta ’lim metodlarini tasnif etishda bilim manbalarini hisobga olishsa, ayrim mutaxassislar o‘qituvchi faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqishadi, uchinchi bir guruh olimlar esa, 0‘quvchilar faoliyatini e’tiborga olishadi. Ta’lim metodlariga bunday qarashlarning ko‘p va rang-barang boishi tabiiy. Zero, ta ’lim metodlari mazmunan boy hodisa bo‘lib, ular ma’lumot mazmuni bilan ham, bilim va malakalar bilan ham,shuningdek, ijodiy qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish bilan ham daxldor kategoriyadir. S.I.Perovskiy, E.Y.Golant o‘qitish metodlarini tasnif etishda ta’lim manbalarini hisobga olishgan. Ular o‘qituvchi n utqi, k o ‘rgazma qurol, darslik hamda qo‘shimcha adabiyotlarni t a ’lim manbai sifatida qa rab , t a ’lim metodlarini uch guruhga ajratishgan: bilimlarni og‘zaki bayon qilish metodlari; ko‘rgazmali metodlar; amaliy metodlar. Didaktikada ta ’lim jarayonining turli zvenolarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib, t a ’lim metodlarini tasnif etish g'oyasi ham mavjud. M.A.Danilov, B.P.Yesipov o‘zlarining qator asarlarida ta’lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratishgan: bilimlarni o‘rganishga oid metodlar; malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari; bilim va malakalarni tatbiq etish metodlari; ijodiy ishlash metodlari; bilim va malaklalami mustahkamlash, tekshirish metodlari. M.N.Skatkin, I.Y.Lerner t a ’lim metodlarini tasnif etishda o‘quvchilar faoliyati xususiyatlarini e’tiborga olishgan va ularni quyidagi guruhlarga ajratishgan: - Izohli ko‘rgazmali metodlar; -qayta eslashga oid standart metodlar; -muammoli bayon metodi; - evristik metod; - ilmiy izlanish metodlari. M.I.Maxmutov ta ’lim metodlarini tasnif etishda o ‘qitish usullari bilan o‘qish usullarini o‘zaro qo‘shishni taklif etadiUning uqtirishicha, bu usullar o ‘zaro qo‘shilib, quyidagita ’lim metodlarini hosil qiladi: xabar-umumlashtirish tipidagi metodlar; izohli va eslashga oid metodlar; ko‘rsatmali (instruktiv)-amaliy metodlar; izohli rag‘batlantiruvchi (faoliyatga undovchi) metodlar; qisman izlanishga oid metodlar; izlanish metodlari. Ukrain olimlari V.F.Palamarchuk, V.I.Palamarchuk t a ’lim metodlarini tasnif etishda uch narsani — ta ’lim manbalari, bolalaming faollik va mustaqillik darajasi, o‘quv bilishning borishidagi mantiqiy yo‘lini hisobga olish zarurligini uqtirishadi. Shuningdek, S.G.Shapovalenko ta ’lim metodlarini tasnif etishda ularning mantiqiy-mazmuniy jarayoniy, tashkiliy-boshqaruvchanlik xususiyatlarini hisobga olishni taklif etadi. Didaktikada ta ’lim metodlarini tasnif etishda ta’lim manbalari va mantiqiylikni (N.M.Verzilin), t a ’lim manbalari va o ‘quvchilarning mustaqillik darajasini (A.N.Aleksyuk, I.D.Zverov) mezon qilib olish moyilligi ham mavjud. Y.K.Babanskiyning qator ilmiy-pedagogik asarlarida ta ’lim metodlari o‘qituvchi faoliyati nuqtai nazaridan tasnif etilgan. U ta’lim metodlarini uch guruhga ajratgan: o‘quv biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarish metodlari; o‘quvbiluv faoliyatini rag‘batlantirish metodlari; o ‘quv-biluv faoliyati samaradorligini nazorat etish metodlari. Har bir guruh o ‘z ichida yana kichikroq guruhlarga ajraladi. Masalan, birinchi guruh metodlar jumlasiga quyidagilar kiradi: -og‘zaki bayon metodlari; - ko‘rgazmali metodlar; -amaliy metodlar; -induktiv va deduktiv metodlar; -reproduktiv metodlar; - muammoli-izlanish metodlari; -mustaqil ishlash metodlari. Yuqoridagiga o'xshab rag‘batlantirish, nazorat qilish metodlari ham o ‘z ichida guruhlarga ajratilgan. Hozirgi paytda ta ’lim metodlariga oid mukammal tizim Y.K.Babanskiy tasnifidir. T a ’lim metodlarini ta sn if etish m a sa la sig a doirqarashlarning ko‘pligi, rang-barangligi ularning k o ‘p qirrali didaktik hodisa ekanligi bilan izohlanadi. Endilikda t a ’lim m e to d la ri mohiyatini bayon e tish g a k o ‘p ,har tomonlam a , yaxlit yondashish z a ru riy a ti .kuchayib b o rm o q d a . Bu inson fao liy a tig a yaxlit yond a sh ish metodologiyasi asosida ta ’lim metodlari to ‘g ‘risidagi bilimlarni umumlashtirish va yagona tizimga birlashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. O ‘zaro ta ’sir ta ’lim metodlarini tasnif etish mezoni. O ‘z a ro ta` sir integrativ didaktik hodisa b o 'lib , bir tomondan, ona tili didaktikasining ham, didaktikaning ham ta d q iq o t predmeti, ikkinchi tomondan esa t a ’lim metodlarini tasnif etish mezoni sanaladi. U insonning boshqa faoliyatlari, masalan, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etish, ilmiy kashfiyotlar qilishga o ‘xshab o ‘z maqsadi, vositasi, natijasiga ega. 0 ‘zaro ta ’sirning ma’lum bosqichida erishilgan maqsad keyingi bosqichda vosita sifatida amal qiladi. Binobarin,ta ’limning borishida erishilgan maqsad natijasiga, natija esa o ‘z navbatida keyingi maqsadlarni amalga oshirish vositasiga aylanadi. 0 ‘zaro ta ’sir o‘qitish va o‘qish usullarining bir-biriga qo‘shiluvi natijasida muvofiqlashuvi — hosila faoliyat shaklida amal qiladi. Uning bosqichma-bosqich harakatitashkiliy-boshqaruv, undash-rag‘batlantiruv, nazorattekshiruvni taqozo etadi. Binobarin, o'zaro ta ’sirni ma’lum vosita bilan harakatga tushirish, tartibga solish mumkin. O ‘zaro ta ’sirni 0‘qitish usullari va o‘qish usullarining o‘zaro tutashuvidan-ularning o‘zaro qo‘shilgan joyidan izlash yo‘li bilan ta ’lim metodlarini yaxlit tizim sifatida tavsiflash mumkin.Ta’lim metodlarini o‘zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib tasnif etganda quyidagilarga erishiladi: ta ’lim metodlarming yaxlit tizimi yaratiladi; ta ’lim metodlarini tasnif etish uchun integrativ birlik ajratiladi; ta ’lim metodlarming o‘qitish va o'qish usullari tutashuvidan shakllanishi e’tirof etiladi; ta’lim metodlari muammosiga kompleks yondashiladi; ta ’lim metodlariga mazmuniy va jarayoniy tavsif beriladi. T a ’lim metodlari tasnifi. 0 ‘qitish usullari va o‘qish usullarining bir-biriga muvofiqlashuvi ta ’lim ijtimoiy institutning alohida turi — o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o ‘zaro ta ’siri shaklida amal qilishini ta’minlaydi. 0 ‘qitish va o ‘qish faoliyatlari o‘zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib,ta ’lim metodlarini ikki guruhga ajratamiz: o ‘zaro ta ’simi tashkil etish va boshqarish metodlari; o‘zaro ta ’sir natijasini nazorat etish metodlari! T a ’lim metodlarining har bir guruhida o‘qitish va o'qishning o‘zaro ta’siri qatnashadi. 0 ‘zaro ta ’sir ishtirok etmaydigan metod ta ’lim metodi sanalmaydi. Masalan,o‘qituvchi evristik suhbatni tanladi deylik: bolalar uchun tushunarli, ularni qiziqtiradigan savollami o‘rtaga tashlay olish o'qituvchi faoliyatiga bog‘liq. 0 ‘qituvchi o‘zi dars beradigan sinf o‘quvchilarining umumiy tayyorgarligini aniq tasavvur etsa, bolalarning real o ‘quv imkoniyatlarini hisobga olsa, ularning yosh va individual xususiyatlariga tayansa, ana o‘shandagina sinf o‘quvchilari ta ’limda faol ishtirok etishadi. 0 ‘qituvchi faolligi o‘quvchilar faolligini va o‘z navbatida, o‘quvchilar faolligi o‘qituvchi faolligini ta ’minlaydi. O g ‘zaki bayon metodlari. Hikoya, ta sv ir, suhbat, ma’ruza ta’limning bilimlarni og‘zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar, evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o‘quvchilaming xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladi. Qurilish jihatdan ularning tarkibi bir xil: o ‘qituvchitushuntiradi, bolalar tinglaydi. Hikoya. Ta ’limning turli bo‘g‘inlarida qo'llaniladigan universal metodlaridan biri hikoyadir. Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi — o ‘quv materialinio ‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o ‘tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangimavzuga oid dalillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya — yangi o‘quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador ta ’lim metodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o ‘qituvchi o'quv materiali mazmunini to‘lig‘icha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya — undan darsning oxirida o ‘rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi. Hikoyaning barcha turlarida o‘zaro ta’sir o‘qituvchining o ‘quv mavzusidagi bayoni va o‘quvchilarning tinglashiko‘rinishida amal qiladi. Download 26.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling