Ona tili va o’qish savodxonligi 2- sinf uchun test savollari Ona chumchuq va bola chumchuq she’ri muallifi kim?


Download 8.93 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi8.93 Kb.
#1526432
Bog'liq
2 sinf Ona tili O\'qish savodhonligi 4 chorak 10 bo\'lim nazorat ishi



Ona tili va o’qish savodxonligi 2- sinf uchun test savollari
1. Ona chumchuq va bola chumchuq she’ri muallifi kim?
A) Abdurahmon Akbar B) Xudoyberdi Komilov D) Rauf Tolib
2. Atrofdagi tovushlarni yozuvda ifodalash uchun ishlatadigan so’zlarimiz qanday so’zlar deyiladi ?
A) O’xshash so’zlar B) Taqlid so’zlar D) qarama-qarshi so’zlar
3. Arra g’iz-g’iz she’ri muallifi kim?
A) Abdurahmon Akbar B) Xudoyberdi Komilov D) G’iyoz Komilov
4. Alla hikoyasida muallifiga nechinchi sinfida radio olib berishgan?
A) 2 – sinfida B) 3- sinfida D) bolaligida
5.Rassomlar bahsi qaysi jurnaldan olingan?
A) G’uncha B) Gulxan D) Yosh rassomlar
6. Rassomlar bahsi kimlar o’rtasida bo’ldi?
A) buyuk rassomlar o’rtasida B) donishmandlar o’rtasida D) ikki rassom o’rtasida
7. 2- musavvir nima uchun suratdagi pardani olishga shoshilmadi?
A) parda ham surat bo’lgani uchun B) ulgurmay qoldi
D) 2-musavvirni sinamoqchi bo’ldi
8. Nima uchun hakam 2- musavvirni g’olib deb e’lon qildi?
A) mahoratli rassomni ham aldagani uchun B) qushni aldagani uchun D)Ajoyib rasm chizgani uchun
9. Rassomlar qayerlik edi? A) O’zbekistondan B)Qohira shahridan D) Jizzaxdan
10. Kungaboqarlar she’ri muallifi kim?
A) Abdurahmon Akbar B) Xudoyberdi Komilov D) Rauf Tolib
11. Ko’klam yomg’iri she’ri muallifi kim?
A) Abdurahmon Akbar B) Xudoyberdi Komilov D) Rauf Tolib
12. Rassomlar necha kun ichida rasm chizishdi? A) 4 kun B) 3 kun D) 2 kun
13. Qaysi rassomning chizgan asarida uzum bargi shabadada qimirlagandek bo’ldi?
A) ikkala rassomning B) 1-rassom D) 2- rassom
14. Nima uchun 1- musavvir mahoratiga yig’ilganlar qoyil qolishdi?
A) Parda ham rasm bo’lgani uchun B)Qush uzumni haqiqiy deb o’ylagani uchun
D) Ajoyib rasm chizgani uchun
15.So`zning ta`mi matnining muallifi kim?
A.Abdurahmon Akbar B.Rauf Tolib D.Xudoyberdi Komilov
16.So`z sehrgar deydilar
Demak tilchi - sehrgar Ushbu misralar qaysi she`rdan olingan.
A.Harflarga hazil(lashma) B.So`z boyloqchi D.Oftob bobo
17.Samarqand- dunyoning eng qadimgi shaharlardan biri. Ushbu gap qaysi matndan keltirilgan.
A.Borish kerak bo`lgan shahar. B.Samarqandga xush kelibsiz? D.Bu- bizning O`zbekiston she`rida
18.Yozuv qachon va qayerda ixtiro qilingan?
A.Misrda 10 ming yil oldin B.Xitoyda 10 ming yil oldin D.Suriya davlati hududida 10 ming yillar oldin
19. Yozuv “yovuz” bo`lmasin she`rining muallifi kim?
A. Dilshod Rajab B.Abdurahmon Akmal D Dilshod Rajab
20.To`g`ri boshni egri kesmas -bu... A.Topishmoq B.Tez aytish D.Maqol


Download 8.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling