Ona tilim -sen ruhimning qanoti


Download 26.55 Kb.
bet1/5
Sana20.10.2023
Hajmi26.55 Kb.
#1713661
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ONA TILIM


ONA TILIM –SEN RUHIMNING QANOTI




1-boshlovchi:Onalar alla aytsa, tushib quyosh tiglaydi.
Otalar duo etsa erib tog’u-tosh tinglaydi.
Qalblarni tinglamang, ko’zdagi yosh yig’laydi.
Ularga tiz cho’kkanlar sizga assalom.
2-boshlovchi:Ustoz etagin tutgan shogird qachon xor bo’lgay,
Vatanim deb yonganlar qay zamon nochor bo’lgay.
Iymon tug’in tutganlarga dunyo qachon tor bo’lgay,
El-yurt dardin uqqanlar, sizga assalom.
1-boshlovchi:Assalomu alaykum ilmu ziyo zarchashmasi bo’lmish
aziz ustozlar!
2-boshlovchi:Assalomu-alaykum qalblarga ezgulik uru’g’in
sochayotgan hurmatli ustozlar!
1-boshlovchi: Assalomu alaykum,mehri daryo qalbi quyosh,fidoiy ustozlar
2-boshlovchi :Assalomu alaykum,buyuk O`zbekistonimizning vorislari bo`lgan ilmga chanqoq yoshlar.
1-boshlovchi:Barcha-barchangizni bizning ona tilimiz bo`lgan O`zbek tiliga Davlatimiz maqomi berilganiga 33 -yil to`lishi munosabati bilan «Ona tilim-sen ruhimning qanoti» nomli tadbirimizni tinglab,tomosha qilishga taklif etamiz! Xush kelibsizlar,azizlar! Alla qo’shig`i yangraydi.
Davraga o`quvchilar kirib keladilar.Ularning o`rtasida, sahnaning markazida ona tili siymosidagi o`quvchi qiz.U oppoq kiyimda,munis ona ko`rinishida farishtaday bo`lib turadi. Qo`shiq pastlagach, “O`zbek tili” so`zlaydi
1-boshlovchi: Xush kelibsiz tilimiz malikasi! Biz bugun sizning 33 yoshingizni tantanali nishonlash uchun yig’ilib turibmiz.
Ona tili malikasi: : Alla bilan kirganman Sening jon-u tanangga Onang kabi azizim. Bolajonim men senga. Onajoning o`rgatgan, Onang tili bo`laman. Jondan aziz suyanching Otang tili bo`laman. Bobolardan,momolardan, Meros qolgan tilingman. Shuning uchun bolajonim Sening jon-u dilingman. Millatingni qadrlab, Ko`taraman boshlarga. Tiling qadrin bilmoqni O`rgataman yoshlarga. O`zbek tili-ona tiling, O`zbekiston –vataning. Tiling uchun,eling uchun, Fido bo`lsin jon-taning.
1-boshlovchi:Endi navbatni ona tili malikamizni tabriklash uchun kelgan mehmonlarga beramiz
1.Turk tili
2.Rus tili
3.Ingliz tili
4.Tojik tili
Ona tili: Rahmat, azizlarim! Hurmatli prezidentimiz men uchun juda ko’p ishlar qildilar. Yurtimiz aholisining deyarli barchasi mendan foydalanishyapti. Lekin, meni mensimayotganlar ham yo’q emas. So’zlashayotganlarida o’zga tilllardan foydalanishyapti, qo’shiqlar ham deyarli chet tillarida kuylashyapti. Men bu holatlarni ko’rib, juda ham ranjiyapman. Nahotki, o’zlarining milliy o’zbek tillari turib, uni ardoqlab qadriga yetishmasa?!
2-boshlovchi: Siz xafa bo’lmang, aslo undaylardan o’ksimang. Bizning maktabdagi bolalar sizning kechangiz uchun astoydil mehnat qilib, tayyorgarlik ko’rishgan. Sizga bag’ishlangan badiiy kechamiz manzur bo’ladi degan umiddamiz.

Download 26.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling