Ona tilim onajonim tili bu, beshikdanoq singgan jon-u quloqqa


Download 14.8 Kb.
Sana05.11.2020
Hajmi14.8 Kb.
#141350
Til-millat ko`zgusi
Bog'liq
Reflective writing.Isroilov Sardor , 8- amaliy. BSVI, 7 мавзу (1), 18 yoruglik difraksiyasi, 18 yoruglik difraksiyasi, Sharipov B 3, Sharipov B

Til millat ko`zgusi

Ona tilim onajonim tili bu, beshikdanoq singgan jon-u quloqqa

Ona tilim onajonim tili bu ,qadimlikda o`xshar ona tuproqqa, degan satrlarni o`qiganda ko`nglim iftixordan entikadi.Shunda ona tilimga mehrimni shivirlab aytgim keladi,pichirlab aytgim keladi .Tilim sening bahongni qanday aytayki, sen bebaho bo`lsang.Senga qanday ta`rif berayki, ta`riflarga sig`masang .Asrlar davomida sayqallangan , ulug` insonlarning asarlarida yashagan,xalqning zikrida-yu fikrida bo`lgan ma`vosan . Sening sehring tufayli ba`zan ko`zlar yoshga to`lsa, ba`zan quvonchdan porlaydi.Tilimiz xazinasida shunday so`zlar borki, eng ichki intim tuyg`ularni ham so`zda ifodalash imkonini beradi. Hijron azobida qiynalgan, ishq olovida yongan yigitning izhorlari so`zlar orqali mahbubasiga yetadi .O`zga yurtlarda vatan sog`inchida qiynalgan insonga ona tilida gapirgan inson jondek yaqin qadrdonidek tuyuladi .Navoiy, Oybek, Erkin A`zam-u Farida Afruzni xalqqa suyumli qilgan ularning qalamlaridan to`kilib insonlarning ko`ngliga malham bo`la olgan ham shu til.Millatni millat sifatida jahonga tanitadigan ham til.Hatto til millat taraqqiyotini ko`rsatuvchi vositadir .Chunki rivojlanish natijasida tilga yangi so`zlar kirib keladi , lug`at tarkibi kengayadi.Ulg`ayganim sayin tilimizning qo`llovchi kuchi borligini sezib boryapman. Chunki so`zlash orqali o`zimni anglayman va boshqalarga so`z sehrining ta`sirini ko`rib hayratlanaman. Kishining salohiyatiga ham uning nutqiga qarab baho beradilar.Shoir topib aytganidek:

Bir qarasam har shevangda ming jilolar,

Har novdangda, har mevangda ming jilolar.

Qodiriylar, Cho`lpoinlar u Abdullolar

Sening qaytgan kuning men tug`ilgan yilim

Ona tilim ,ey muqaddas, Ona tilim.

Darhaqiqat o`zbek tili shevalarning ko`pligi jihatidan boshqa turkiy tillardan ajralib turadi. Uning har bir lahjasi bir novda bo`lsa , har shevasi bir mevadir.Tilimizning qaytgan kuni chin ma`nosi ila tugìlish, o`zlikka qaytishga teng.

Ona tilim ibtidom ham, intihom ham senda. Seni so`zlolmasam barmoqlarim bilan aytardim. Agar bu ham qo`limdan kelmasa, ko`zlarim bilan so`ylardim.Ona tilim xazon bilmas bahorim, muzlarni eritgan quyoshim, osmonga bo`y cho`zgan chinorim o`zingsan. Sening sharofatingdan mening tilaklarim arshga yetadi va amalga oshmoq uchun qalbimga qaytadi. Men sen tufayli kimnidir ko`ngliga malham bo`laman, sen tufayli kimningdir mehrini qozonaman. Sen tufayligina onamga sizni yaxshi ko`raman , yaxshiyam bu dunyoda siz borsiz deya olaman.



Senga ta`rif berish kerak bo`lsa ,ushbu so`zlarni aytishni istardim: Olam suv, havo ,tuproq, olov unsurlaridan tashkil topgan, ularsiz yashab bo`lmaydi, deydilar ular muhim unsurni unutganlar. Bu – til. Tilsiz yashab bo`lmaydi .Usiz insonligimiz yolg`on, borligimiz ro`yodir…
Download 14.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling