Onat tili 20 talik Blok test
Download 60.23 Kb. Pdf ko'rish
|
#1 blok ona tili ingliz
Onat tili 20 talik Blok test 1.Berilgan javoblarning qaysi birida muxammas janrida bitilgan she’r berilmagan? A) “Bu kunlar boshimizda sahob o’lsa ajab ermas” (Zavqiy) B) “Yod mandin kim berur, yaxshi zamonlar ko’rdiman” (T.Farog’iy) C) “Sayding qo’yaber sayyod, sayyora ekan mendek” (Furqat) D) “Na g’urbatlarni chekdim, charxi bebunyod dastingdan”(Mashrab) 2.Bexosdan uzilgan shoda dur kabi, To’kildi umidning rangli barglari. Osildi bir onda qo’llar madorsiz, Yer qochdi, qoraydi quyosh zarlari. Mazkur “Qoraxat” nomli she’rida xat olgan kishining ayanchli kechinmalarini tasvirga olgan shoir nomini toping. A) Usmon Nosir B) Mirtemir C) Oybek D) G’afur G’ulom 3.“…dastlabki ta’limni o’z otasidan olgan. So’ng ovul maktabida Niyozsolih mulla qo’lida o’qidi. Maktab tahsili tugagach, o’qishini Qiziloyoq ovulidagi Idrisbobo, Buxorodagi Ko’kaldosh, Xivadagi Sherg’ozixon madrsalarida davom ettirib, zamonasining fozil kishisi bo’lib yetishdi”. Mazkur tarjimayi hol quyidagi qaysi ijodorga tegishli sanaladi? A) Abay B) Ibroyim Yusipov C) Maxtumquli D) Fuzuliy 4.“Mizimta daryosi”, “Xayoling-la o’tadi tunlar”, “Dunyo go’zal ko’rinur senga” kabi she’riy asarlar muallifi kim? A) Shavkat Rahmon B) Omon Matjon C) Hamid Olimjon D) Zulfiya 5.Quyidagi misralar qaysi xalq dostoni qahramoni tomonidan o’z onasiga qarata aytilgan? Analman, Mansurga qurgan dormidi? Tirik ayrilgan bir ko’rgali zormidi? Yur, chirog’im, deydi, meni qo’ymaydi, Senda aka, menda tog’a bormidi? A) “Go’ro’g’lining tug’ilishi” B) “Alpomish” C) “Kuntug’mish” D) “Rustamxon” 6.“O’spirinlik davri—mehnat-riyozat chog’idir, qarilik esa u dunyoga ketish arafasidir. Baxtli va aqlli odam yosh umrini bekorga o’tkazmaydi, qiladigan ishlarini qilib, murodiga yetmasdan bu dunyodan ketmaydi”. Yoshlik va yigitlik bekor o’tkazmay ilm-u hunar, toat-ibodatda o’tkazishga da’vat etuvchi mazkur jumlalar quyidagi qaysi asarda uchraydi? A)Yusuf Xos Hojib, “Qutadg’u bilig” B) Sa’diy Sheroziy, “Guliston” C) Alisher Navoiy, “Saddi Iskandariy” D) Abay, “Nasihatlar” 7.Oybekning “Navoiy” romanida qaysi qahramon “Chalasavod bo’lsa ham, ilmning qiymatini biladi, ammo ilm-tahsil yuvosh odamlarning ishi,-deydi. U jahongashtalikni istaydi: uchqur otda qilichbozlik qilishni, o’q-yoy otish mahorati bilan hammani lol qilishni, qal’alarga bosqin qilishni, qo’rg’onlarga narvon qo’yishni, sahroyi xalqning qishloviga o’t qo’yib, minglab o’ljalarni haydashni sevadi”, deb ta’riflanadi? A) Zayniddin B) Mo’g’ulbek C) Boboali D) To’g’onbek 8.Qanday to’ldiruvchilar vositasiz to’ldiruvchi sanaladi? A) faqat belgisiz tushum kelishigi shakli bilan ifodalangan to’ldiruvchilar B) faqat belgili tushum kelishigi shakli bilan ifodalangan to’ldiruvchilar C) belgili va belgisiz tushum kelishigi shakli bilan ifodalangan to’ldiruvchilar D) jo’nalish , o’rin-payt , chiqish kelishigi shakli bilan ifodalangan to’ldiruvchilar 9.Badiiy uslub haqidagi qaysi hukm noto’g’ri ? A) sodda , to’liqsiz va undalmali gaplardan ko’proq foydalaniladi B) turli ta’siriy va tasviriy vositalar qo’llanadi C) tildagi barcha vositalardan erkin foydalaniladi D) kommumikativ va ekspressiv vazifa bajaradi 10. Qaysi so’zdagi til oldi undoshi og’zaki nutqda lab-lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi ? A) shanba B) ichdim C) taqsim D) borib 11. Qaysi qo’shimchalar –q undoshi bilan tugagan o’zakka qo’shilsa , so’z fonetik yozuv qoidasiga binoan yoziladi ? A) egalik qo’shimchasi qo’shilsa B) jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’shilsa C) q undoshi bilan tugagan o’zakka qo’shimchalar qo’shilgach , so’z doim morgologik yozuv qoidasi asosida yoziladi D) jo’nalish kelishigi va egalik qo’shimchasi qo’shilsa 12. Tuyalar suvsizlikka chidamliligi , toqatliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan keskin farqlanib turadi . Ushbu gapda qo’llangan so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang . A) 9 B) 8 C) 7 D) 6 13. Guldan , oq , beshta , uzib , yozish , o’sayotgan , biz , lov-lov , singari , faqat , aytib berdi . Ushbu sanab o’tilgan so’zlardan nechta so’z ismlar tarkibiga mansub? A) 4 B) 7 C) 5 D) 6 14. Malika opaning ikkala o’g’li shaharda o’qib , ulg’ayib yana bag’riga qaytdi . Ushbu gapdagi so’zlar tarkibida qanday fonetik o’zgarishlar yuz bergan? 1) tovush tushishi 2) tovush ortishi 3) tovush almashishi A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1 D) 1,3 15. Qaysi qo’shma gapda tobe gap hokim gapdan oldin qo’llangan ? A) Dangasaga mehnat yoqmaydi , shuning uchun u bahona izlaydi. B) Mingboshi yaxshi biladiki , Miryoqubdan boshqa chin ko’ngildan ishonadigan odam yo’q C) Bu yil cho’llarda o’t mo’l , chunki yomg’ir ko’p yog’di D) Kim javobgar bo’ladi , u kelmasa 16. Qaysi qatordagi qo’shma otlarning asoslari bir xil turkumga mansub ? A) otquloq , qo’larra , ishboshi B) tomorqa , ko’ksulton , xomtok C) sheryurak , havorang , mehmondo’st D) xontaxta , karnaygul , ko’rsichqon 17. Qaysi gapda ega qo’llangan ? A) Birovni , ayniqsa , ayolni so’kish gunohdir B) Manzilga mana shu yo’ldan boriladi C) Yaqin kunlarda yakuniy test topshiramiz D) Otasi , akasi va singlisi bilan bordi 18. O’z nafsin mag’lub etgan marddir , G’iybatlardan uzoq ketolgan marddir . Nomard tegib o’tar yiqilganlarga , Ojizlar qo’lini tutolgan marddir . (Rudakiy) Mazkur to’rtlikning necha o’rnida otlashgan so’z qo’llangan ? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 19. Qaysi gapda to’rtta yasama so‘z ishtirok etgan? A) Ha, bu yurtlar chiroyli, daraxtzor bo‘lgani bilan sovuq. B) Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchi bo‘lganday keskin gapirdi. C) Semizlikni qo‘y ko‘tarar deganlaridek, Omonga badavlatlik yoqmas edi. D) U bolalikdan dorbozlarning o‘yinlarini yoqtirar edi. 20. Qaysi gapda qo‘shma olmosh mavjud? A) Siz o‘zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo‘lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. B) Shu-shu bo‘ldi-yu, Tursunboyning qulog‘idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. C) Hamma unga o‘girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi. D) O‘zboshimcha unmas, o‘zbilarmon yolchimas. Download 60.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling