Online dars mashg’ulotlari O’qish fani 2-Sinf 30. 03. 2020 yil Mavzu: Tuya, fil va olmaxon (Ertak) Darsning maqsadi


Download 67.82 Kb.
Sana24.05.2020
Hajmi67.82 Kb.
#109605
Bog'liq
2 5350673912373970430

O`qituvchi:



Online dars mashg’ulotlari O’qish fani 2-Sinf 30.03.2020 yil

Mavzu: Tuya, fil va olmaxon (Ertak)

Darsning maqsadi:

ta’limiy:DTS talablari asosida dars o`tish .O'quvchilarning til haqidagi bilimlarini kengaytirish, ifodali o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarga so'zlashish odobini o'rgatish. odob — inson ko`rki ekanligi haqida rivoyat va o'gitlarni o`qibberish, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o'zbekona urf-odat va an'analarining milliy xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o'rgatish;

Darsning turi:yangi bilim beruvchi dars.

Darsning jihozi:Darslik, mashg`ulot uchun onlayn tayyorlangan dars, konspekt AKT ko`rgazmalar.

Darsning borishi: O`tgan mavzuni so`rash va baholash. O`quvchilar o`tgan mavzu yuzasidan onlayn savol javob qilinadi.

Yangi mavzuning bayoni: TUYA, FIL VA OLMAXON

(Ertak)

Bir kuni tuya va fil yer haydamoqchi bo‘lib, olmaxondan dastyor topib berishni so‘rashibdi.Olmaxon ularga dastyor topib berishni va’da qilibdi. Ertasiga fil dalaga yo‘l olibdi va yer haydab, urug‘ sepibdi. Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, tuya dalaga boribdi-da, ekinlarni o‘toq qilibdi. Keyin fil kelib ikkinchi o‘toqni qilibdi. Oxir ekinlar pishib qolibdi. Tuya o‘rib, fil ularni bog‘labdi. Lekin shu o‘tgan vaqt ichida fil bilan tuya bir-birlari bilan sira to‘qnash kelmabdilar. Bir kuni tuya olmaxonni uchratib, undan:

– Men yer haydadim-u, lekin dastyorni ko‘rganim yo‘q. Qani u? – deb so‘rabdi.

Hozir keladi, lekin u g‘allani saqlash uchun o‘ra qazib qo‘yishingizni buyurdi, – deb javob beribdi olmaxon. Tuya katta o‘ra qazibdi.

Fil g‘allani olib kelgach, olmaxonni ko‘ribdi- da:

– Men yerni haydadim, lekin dastyorni ko‘rganim yo‘q, qayerda uning o‘zi? – deb baqiribdi.

– Mana u, o‘rada, lekin g‘allani olib kelish uchun uzoq qolib ketganingga achchiqlanib o‘tiribdi, – deya pichirlabdi olmaxon. Tuya allaqanday bahaybat hayvonni ko‘rib, yuragi chiqib ketayozibdi. O‘ra atrofidan shuvullab tuproqlar tusha boshlabdi.

– Filni ham vahima bosibdi, “O‘radagi qo‘rqinchli, bahaybat maxluq bo‘lsa kerak”, – deb, g‘allani tashlabdi-yu, orqa oldiga qaramay o‘rmonga qochibdi. Tuya ham o‘radan chiqibdi-yu juftakni rostlab qolibdi.

Yangi mavzuni mustahkamlash.Yangi mavzu o’quvchilar bilan onlayn savol-javob orqali mustahkamlanadi.

1. Olmaxon to‘g‘ri ish qildimi?



2. Sizningcha, tuya bilan fil ishni qanday boshlashi kerak edi?

Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash:Televideniya dars mashg’ulotlarida onlayn fa’ol qatnashgan o`quvchilarni rag’batlantiraman.

VI. Uyga vazifa: Mavzu asosida tuzilgan savollarga online ravishta javob yozadilar.

Online dars mashg’ulotlari O’qish fani 2-Sinf 31.03.2020 yil

Mavzu: «Tansihatlik - tuman boylik». (0‘zbek xalq ertagi)

Darsning maqsadi:

ta’limiy:DTS talablari asosida dars o`tish .O'quvchilarning til haqidagi bilimlarini kengaytirish, ifodali o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarga so'zlashish odobini o'rgatish. odob — inson ko`rki ekanligi haqida rivoyat va o'gitlarni o`qibberish, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o'zbekona urf-odat va an'analarining milliy xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o'rgatish;

Darsning turi:yangi bilim beruvchi dars.

Darsning jihozi:Darslik, mashg`ulot uchun onlayn tayyorlangan dars, konspekt AKT ko`rgazmalar

Darsning borishi: O`tgan mavzuni so`rash va baholash. O`quvchilar o`tgan mavzu yuzasidan onlayn savol javob qilinadi.

Yangi mavzuning bayoni: TANSIHATLIK – TUMAN BOYLIK

(O‘zbek xalq ertagi)

O‘tgan zamonda bir qashshoq yigit donishmand cholning oldiga kelib:
– Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo‘q, juda qiynaldim, nima qilishni bilmay
qoldim. Endi qayerga borib dod desam ekan,– debdi. Chol:
– Sen kambag‘almisan? – desa, u:– Ha, bola-chaqalarim va o‘zim ochman, kiyim-kechagimiz yo‘q, – deb zorlanibdi.Chol:– Xo‘p, bo‘lmasa, menga o‘ng qo‘lingni sot, necha pul beray, – desa, haligi yigit:– Yo‘q, o‘ng qo‘lim o‘zimga kerak, sotmayman, – debdi. Shunda chol:– Bo‘lmasa o‘ng ko‘zingni sot, – debdi.
– Nega men o‘ng ko‘zimni sotar ekanman, u menga doimo kerak, –debdi yigit.
Chol shu tarzda yigitning tana a’zolarini birma-bir sotgin, deb aytib chiqibdi. Yigit
“Yo‘q” javobini qaytaravergach, chol unga:
– Ha, butun tanang sog‘ bo‘lsa, turmushdan zorlanib nima qilasan? Kishining tan-joni sog‘ligi – tuman boyligi-ku. “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, deb bekorga aytilmagan. Sog‘ bo‘lsang hamma ish qo‘lingdan keladi, kuning o‘tadi, – deb javob beribdi

Onlayn Suhbat uchun savollar:

1. Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?

2. Inson yaxshi yashashi uchun nima qilishi kerak deb o‘ylaysiz?

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Test topshiriqlari:

1. Donishmand cholning oldiga kim kelibdi? A) dono qiz; B) boy yigit;

D) qashshoq yigit; E) badavlat ayol.

2.Qashshoq yigit nima deb zorlanibdi? A) men boyman; B) men ochman, kiyim-kechagim yo‘q;

D) ro‘zg‘orim to‘kin-sochin; E) mening hamma narsam bor.

3. Donishmand chol yigitdan nimasini so ‘rabdi? A) kiyim-kechagini; B) idish-tovog‘ini;

D) uyini; E) tana a’zolarini.

4. Yigit nima deb javob beribdi? A) yo‘q; B) ha; D) mayli; E) o‘ylab ko'raman.

5. Maqolni davom ettiring. «Sog‘ tanda - sog'Iom ...» .

A) fikr; B) hayot; D) boylik; E) aql.



Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash:Televideniya dars mashg’ulotlarida onlayn fa’ol qatnashgan o`quvchilarni rag’batlantiraman.

VI. Uyga vazifa: Mavzu asosida tuzilgan savollarga online ravishta javob yozadilar.

1-2-3-4-sinflar uchun O`qish fanidan 2019-2020 o`quv yili 4-chorakka mo`ljallangan onalyn televediniyada berib borilgan mavzularni o`z ichiga olgan ishlanma.Barchasi onlayn darslarni kuzatish asosida yozilgan hech qanday kamchiliklari yo`q nazorat ishi, mavzulari ham yoritilgan mualliflar haqida ham ma`lumotlar berilgan boshqa konspektlarga aldanib qolmang ularning namunasining o`zidayoq kamchiliklari namoyon bo`lib turibdi.

Qo`shimcha tariqasida bazi maktablarda o`z rejangizda televediniyada o`tilmagan mavzular uchun ham so`ralayotganini hisobga olib ularni ham qo`shib yortiganmiz. Barchasini sanalari to`liq to`g`ri qo`yilgan Eng ishonchli variantdagi konspektni to`liq hajmda yuklab olish uchun

@MEHMONLARGA



ga murojaat qiling yoki

+99891-966-28-24

raqami qo`ng`iroq qiling

Shuningdek bizda dars tezislari ham mavjud barcha hujjatlaringizda yordam beramiz




Telegram kanalimiz: @FIDOIY_USTOZLAR




Fayl bahosi:10.000so`m




To`lov turi:
Download 67.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling