Oʻquv mashgʻulotining oʻqitish texnologiyasi modeli


Download 161.27 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2023
Hajmi161.27 Kb.
#1233446
  1   2

3 Mavzu: Ishlab chiqarishda mеtеorologik sharoitlar


Oʻquv mashgʻulotining oʻqitish texnologiyasi modeli


Vaqt: 70 daqiqa

Ta`lim oluvchilar soni:____ ta

Oʻquv mashgʻulotining shakli va turi

Nazariy: Nazariy-yangi bilimlarni egallash


Oʻquv mashgʻuloti rejasi:

  1. Ishlab chiqarish mikroiqlimi.

  2. Ishlab chiqarishda shovqin, titrash, tebranish va ularga qarshi chora-tadbirlar.

  3. Sanoat korxonalarini yoritish.

Oʻquv mashgʻuloti maqsadi: Ishlab chiqarishda mеtеorologik sharoitlar


Oʻqitish natijalari

UK-1,UK-2,UK-3,UK-4,UK-5UK-6,UK-7,
UK-8,KK-1,KK-2,KK-3,KK-4,KK-5,KK-6,
KK-7,KK-8,KK-9,KK-10,KK-11,KK-13,
KK-14,KK-15,KK-16,KK-17,KK-18,KK-19
KK-20,KK-21,KK-22,KK-23,KK-24,KK-25

Pedagogik vazifalar:

  1. Ishlab chiqarishda shovqin va tebranishlardi me`rini o`rgatadi

  2. Ishlab chiqarishda mikroiqlimni o`rgatadi

Oʻquv faoliyatini natijalari:

  1. Ishlab chiqarishda shovqin va tebranishlardi me`rini o`rganadi

  2. Ishlab chiqarishda mikroiqlimni o`rganadi

Oʻqitish usullari:

Tushuntirish usuli,test va savollar bilan ishlash

Oʻquv faoliyatini
tashkil etish shakli:

Guruhiy, yakka tartibdagi


Oʻqitish vositalari:

Maruza matinlari, yozuv taxtasi, yoʻriqli-texnologik xarita, tibbiyotga oid tayanch atamalar,kampyuter,visual didaktik
materiallar


Oʻqitish sharoiti:

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan, guruhlarda ishlashga moʻljallangan xona

Qayta aloqaning usul
va vositalari:

Ogʻzaki soʻrov: tezkor soʻrov;Nazorat soʻrovlari: Boshlan gʻich nazorat test savollari; bajarilgan oʻquv topshiriqlarni baholash

Oʻquv mashgʻulotining texnologik xaritasi




Ish
bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Oʻqituvchi

Ta`lim oluvchi

1-bosqich Oʻquv
mashgʻulotiga kirish
(5 daqiqa)

    1. Salomlashadi, xonani tozaligiga, koʻrgazmali qurollar bilan jihozlanishi, oʻtiladigan mavzuga xosligiga e`tibor bеradi Navbatchini aniqlab davomatni tеkshiradi (Ilova1.1)

    2. Ta`lim oluvchilarni mashgʻulotga tayyorgarligini tеkshiradi (Ilova 1.2) 1.3.Baholash mezoni bilan tanishtiriladi (Ilova1.3)

1.4.Asosiy va qo`shimcha adabiyotlar bilan tanishtiradi (Ilova1.4)

Mashgʻulotga tayyorlanadilar tinglaydilar


Diqqat qiladilar





2-bosqich Asosiy
(55-daqiqa)

    1. Fanning maqsad va vazifalari bilan tanishtiradi (Ilova 2.1)

    2. Yangi mavzu nomi va rejasi bilan tanishtiradi (Ilova 2.2)

    3. Ta`lim oluvchilarni mavzu bayoni bilan tanishtiradi (Ilova 2.3)

    4. Yangi mavzu boʻyicha tayanch iboralar izohlab beriladi (Ilova2.4.)

    5. Mavzuni mustahkamlash maqsadida savollar beradi (Ilova2.5)

Diqqat qiladilar Mavzu nomi va reja sini yozib oladilar Diqqat qiladilar Savollarga javob beradilar Ma`lumotlarni daftar ga qayd qiladilar Berilgan tezkor sa
vollarga javob beradilar


3-bosqich Yakuniy (10-daqiqa)

    1. Baholar e`lon qilinadi

    2. Ta`lim oluvchilarga mavzu boʻyicha mustaqil ishlash uchun topshiriq beriladi Keyingi mavzu nomi va savollar uyga

vazifa qilib beriladi (Ilova 3)

Diqqat qiladilar Topshiriqni yozib


oladilar






Mavzu: Ishlab chiqarishda mеtеorologik sharoitlar
Reja:

  1. Ishlab chiqarish mikroiqlimi.

  2. Ishlab chiqarishda shovqin, titrash, tebranish va ularga qarshi chora-tadbirlar.

  3. Sanoat korxonalarini yoritish.




Ishlab chiqarish mikroiqlimi
Ishlab chiqarish muhitining, jumladan, bino, uylarning meteriologik sharoitlari yoki mikroiqlim tushunchasiga havo harorati, uning namligi va harakatchanligi, bosimi, shu bilan birga har xil qurilma, asbob-uskuna, ishlanadigan material va buyumlardan ajralib chiqqan issiqlik, infraqizil hamda ultrabinafsha nurlar kiradi.
Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimiga ikkita asosiy ichki va tashqi sabablar bog`liq bo`ladi.
Ichki sabablar: nisbatan doimiy xarakterga ega bo`lib, ishlab chiqarish texnologiyasiga, qo`llanadigan asbob-uskunalarga va sanitariya-texnikaviy qurilmalarga bog`liq bo`ladi. Ichki sabablarning ta`sir kuchi qo`llaniladigan asbob-uskunalarning quvvatiga va sanitariya-texnikaviy qurilmalarning sifatiga bog`liq bo`ladi.
Tashqi sabablar: o`zgaruvchan xarakterga ega bo`lib, yil fasllariga, ob-havoga, kecha va kunduzga bog`liq bo`ladi. Tashqi sabablarning ta`sir kuchi binolarning devoriga, tomiga, qanday materialdan qurilganiga, romlarning bor yo`qligiga va ularning sifatiga bog`liq bo`ladi.Ishlab chiqarish binolarning issiqlik rejimi, bino ichiga tushib turgan quyosh nurlaridan ajralib chiqadigan issiqlikdan iborat bo`ladi. Ishlab chiqarish binolaridagi ajralib chiqadigan issiqlikning bir qismi ochiq joylardan tashqariga chiqib ketadi, qolgan ikkinchi qismi bino havosini qizishiga sababchi bo`ladi.Ishlab chiqarish binolarida havo issiq jismlarga tegishi natijasida isiydi, engillashadi va yuqoriga ko`tariladi, o`ning o`rnini esa undan sal og`irroq sovuq havo egallaydi, o`z navbatida u ham issiq jismlarga tegib isiydi va yuqoriga ko`tariladi. Shunday qilib havoning doimiy harakatda bo`lgani uchun faqat issiq jismlar atrofidagi havo isib qolmasdan ishlab chiqarish binolarining hamma eridagi havo isiydi. Bunday issiqlik uzatilishi konveksion issiqlik uzatilishi yo`li deyiladi.Hamma qizigan jismlar o`zidan nurlar chiqaradi. Nurlar xarakterli jismning haroratiga bog`liq bo`ladi. Issiqlik ajralib chiqaradigan jismlarning harorati 500 C va undan yuqori bo`lsa ko`zga ko`rinadigan yorug`lik nurlari bilan birga, ko`zga ko`rinmaydigan infraqizil nurlar ajralib chiqa boshlaydi. O`zidan issiqlik chiqaradigan jismlarning harorati 2500-3000 C va undan yuqori bo`lganda, yorug`lik va infraqizil nurlar bilan bir qatorda ultrabinafsha nurlar ham ajralib chiqa boshlaydi. Bu nurlar ishlab chiqarish binolari havosini isitmaydi, lekin ular tarqalish yo`lida har xil jismlarga duch kelib shu jismlarda qisman yutiladilar, yutilish jarayonida nur energiyasi issiqlik energiyasiga aylanish natijasida jismlarni qizdiradi va o`z navbatida qizigan jismlar issiqlik manbai bo`lib, atrofdagi havoni isitadi. Havoda har doim bir oz miqdorda suv bug`lari bo`ladi. Bir kilogramm yoki bir kubometr havodagi suv bug`larining miqdori (gramm hisobidagi) uning maksimal namligini belgilaydi. Maksimal namlik havo haroratiga bog`liqdir, havo harorati qanchalik yuqori bo`lsa, unda suv bug`lari shunchalik ko`p bo`lishi mumkin, ya`ni uning maksimal namligi shunchalik katta bo`ladi.Ayni vaqtda bir kilogramm yoki bir kubometr havodagi suv bug`larining miqdori havoning absolyut namligi deb ataladi.Ayni haroratda absolyut namlikning maksimal namlikka bo`lgan nisbati havoning nisbiy namligi deb ataladi va u protsentda ifodalanadi.Ishlab chiqarish binolarining texnologik jarayoni havoning namligiga katta ta`sir ko`rsatishi mumkin. Suv va suvli eritmalar bilan ishlov berish usullaridan foydalaniladigan paytlarda havo namligi yanada oshib ketadi. Ayniqsa ular isitilsa yoki qaynatiladigan bo`lsa va ulardan chiqadigan bug` tepaga to`siqsiz ko`tarilib ketsa havoning nisbiy namligi 80-90% va hatto 100%ga etishi mumkin. Bunday havoning qo`shimcha suvni qabul qilish xususiyati juda cheklangan bo`ladi yoki tomoman yo`qoladi.Mikroiqlimning organizmga ta`siri. Inson organizmi havo haroratining juda katta o`zgarishiga moslasha oladi. Chunki odam organizmida uzluksiz ravishda issiqlik paydo bo`ladi va u tashqariga ajralib chiqib turadi, buning natijasida issiqlikning paydo bo`lishi va sarf qilinishi orasidagi doimiy nisbat hamda harorat bir xil darajada saqlanib turadi. Bu fiziologik jarayon esa organizmning isiqlik almashuvi deyiladi.Odam organizmida uzluksiz paydo bo`ladigan issiqlik tashqariga uch xil yo`l bilan chiqadi: konveksiya, nur tarqatish va terlash. Normal mikroiqlimda (havo harorati 20oC atrofida) konveksiya yo`li bilan 30% atrofida, nur tarqatish yo`li bilan 45% atrofida, terlash yo`li bilan esa 25% atrofida organizmdan issiqlik ajralib chiqadi.Noqulay iqlim sharoitida organizmning issiqlik almashuvi jarayoni buzilishi natijasida, organizmdagi hayotiy zarur a`zolarning normal ishlashi qiyinlashadi va fiziologik funksiyalari o`zgaradi.Yuqori harorat yurak va qon tomir tizimiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Yuqori harorat ta`siri natijasida qon tomir urushi tezlashadi va organizm harorati ko`tarilishiga sababchi bo`ladi. Bu esa organizm issiqlik almashuvining buzilishidan darak beradi.Yuqori harorat ta`siri natijasida qon bosimi pasayadi, qonning kimyoviy tarkibi o`zgaradi. Issiq havo ta`sirida organizmdan suyuqliklar bilan bir qatorda juda ko`plab gazlar ham ajralib chiqadi. Organizmning suv tuzi balansi buzilishi natijasida kishilar tomir tortish kasalligiga uchrashlari mumkin.
Yuqori harorat ovqatlanish a`zolariga va vitamin almashuviga ham yomon ta`sir qiladi. Kishilar juda issiq muhitda uzoq muddat ishlashi natijasida ular organizmi qizib ketishi, ya`ni issiq urushi mumkin.Butun organizmning ortiqcha qizib ketishidan paydo bo`lgan issiq urushidan oftob urushini farq qilish kerak. Oftob urushi issiqlik nurlarining to`g`ridan-to`g`ri boshga ta`sir qilishidan va bosh miyaning 40-42 gradusgacha isishida paydo bo`ladi. Bunda tana harorati normal holda qolishi yoki salgina ko`tarilishi mumkin. Ba`zida oftob-issiq urishining aralash formalari uchraydi.
Sovuq havoning organizmga ta`siri natijasida organizmlarning har xil bakteriyalarga bo`lgan qarshiligi susayadi. Natijada kishilar gripp, nafas olish yo`llarini shamollashi, o`pka shamollashi, nerv va bosh miyaning shamollashi kasali bilan kasallanadilar. Shuning uchun ham bu kasalliklar shamollanish kasalligi deb ataladi.
Infraqizil nurlarning organizmga ta`siri issiq havo ta`siridan farq qilib, avvalo maxalliy ta`sir ko`rsatadi. Infraqizil nurlarning mahalliy ta`siri organizmning nurlanayotgan qismida issiqlik sezilishi bilan ifodalanadi. Nurlanish darajasi qancha yuqori bo`lsa issiqlik sezishi ham shuncha yuqori bo`ladi, hatto kuyishgacha borib etadi. Infraqizil nurlar ta`sirida tana harorati ko`tariladi, tomir urushi va gaz almashuvi tezlashadi, ba`zida esa qon bosimi pasayishi va nafas olishning tezlashishi kuzatiladi.Infraqizil nurlarning organizmga ta`sirining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, oqsil tuqimalaridan kimyoviy o`zgarish keltirib chiqaradi. To`g`ridan-to`g`ri ko`zga tushganda esa ko`z gavharini xiralashtiradi.Ishlab chiqarish mikroiqlimning gigenik normalari.Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari “Sanoat korxonalarini loyihalash sanitariya normalari” (SN 245–71)ga, “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi”, “Ish zonasi mikroiqlimi” GOST 12.1.005-76 ga asosan belgilanadi. Ular gigienik va texnik-iqtisodiy tartiblar hamda talablarga asoslangan.Sanoat korxonalarida xonalarning xili (oddiy, issiq), yil fasllari (issiq, sovuq, o`zgaruvchan) va ish kategoriyasiga (engil, o`rtacha va og`ir) qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligining ish joylari uchun ruxsat etilgan, optimal normalari belgilangan. Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi:
Engil jismoniy ishlar (1-kategoriya) ga o`tirib, turib yoki yurish bilan bog`liq bo`lgan holda bajariladigan, biror muntazam jismoniy zo`riqish yoki og`ir yuklarni ko`tarish talab qilinmaydigan ishlar misol bo`lib, bunda soatiga 150 Kkal (172 j/s) energiya sarf qilinadi.
O`rtacha jismoniy ishlar (2-kategoriya) ga soatiga 150-250 Kkal (172-293 j/s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og`irligi 10 kg gacha bo`lgan yuklarni tashish bilan bog`liq bo`lgan ishlar misol bo`ladi.
Og`ir jismoniy ishlar (3-kategoriya) ga muntazam jismoniy zo`riqish, og`ir (10 kg dan ko`p) yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish, ko`rish bilan bog`liq bo`lgan ishlar kiradi.Harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligi optimal va yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan miqdorlar ko`rinishida normalanadi. Optimal miqdorlar deganda odamga uzoq muddat davomida va muntazam ta`sir qilganda issiqlik boshqarilishi reaksiyasini ko`paytirmasdan organizmning normal funksional va issiqlik holatini saqlashni ta`minlaydigan mikroiqlim parametrlarining yig`indisi tushuniladi. Ular issiqlik sezish mo``tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini oshirishda muhim shart-sharoit hisoblanadi.Yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan mikroiqlim sharoitlari organizmning funksional va issiqlik holatdagi o`zgarishlarni, fiziologik moslashish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan issiqlik boshqarilishi reaksiyalariing kuchayishini bartaraf etadigan va me`yorga soladigan mikroiqlim parametrlari yig`indisini ifodalaydi. Bunda sog`liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo``tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin.1, 2, 3- jadvallarda sovuq va o`zgaruvchan davr uchun mikroiqlimning optimal va yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan (YQMB) parametrlari keltirilgan:GOST 12.1.005-76 da xonalarning katta-kichikligi, issiqlik va namlik ajralishining birga uchrashi, doimiy harorat va namlikni sun`iy usulda ushlab turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qo`shimcha tavsiyalar, aniqliklar berilgan.

Download 161.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling