O‘quv qiziqishlari Reja: Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy
Download 439.32 Kb.
|
Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy. 2. Maqsadiga ko‘ra: bevosita va bilvosita. 3. Ko‘lamiga ko‘ra: keng va tor.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI ________________________________________ FAKULTETI __________________________________________FANIDAN MUSTAQIL ISH BAJARDI: _______________________ TEKSHIRDI:_____________________ O‘quv qiziqishlari Reja: 1. Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy. 2. Maqsadiga ko‘ra: bevosita va bilvosita. 3. Ko‘lamiga ko‘ra: keng va tor. 4. Qiziqishlar darajasiga ko‘ra: barqaror va beqaror. Insonning shaxsiy qiziqishining kelib chiqishi birlamchi bo‘lishiga qaramay u bir davrning o‘zida ijtimoiylik ahamiyatiga ham ega. Qiziqishlarning mazmuni kishining biror yo‘lni tutganligini va hayotda o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarini bildiradi. Qiziqishlarning chuqurligi kishining umumiy rivojlanishi va aqli bilan uzviy bog‘liqdir. Uning kasbiy faoliyatiga qiziqishi oxir-oqibat jamiyat uchun naf keltiradi. Bevosita qiziqishlar hodisalarning emotsional jozibaliligi, his-tuyg‘ularga ega bo‘lishi, tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga keladi. Bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish hamda maxsus treninglarda amalga oshirish muhimdir Odamlarning qiziqishlari o‘zining ko‘lami bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday shaxslar toifasi ham borki, ularning qiziqishlari bir sohaga qaratilgan bo‘ladi, boshqalarda esa qator sohalarga, fanlarga, kasblarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qiziqishlarning kengligi kishining aqliy ehtiyojlarini xilma-xilligidan darak beradi. Tabiatshunos olim K.A. Timiryazov bunday degan edi: «Hamma narsa to‘g‘risida oz-ozdan bilish kerak va oz narsa haqida hamma narsani bilish kerak». Barqaror qiziqishga ega shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan buyumlariga, obyektlariga, hodisalarga o‘z maylini o‘zgarishsiz saqlab tura oladi. Qiziqishlarning ba’zan beqarorligi katta yoshdagi o‘quvchilarda ko‘rinadi. Ularda qiziqishlar ko‘pincha g‘oyat ehtirosli, lekin qisqa muddatli bo‘ladi, masalan, bir vaqtning o‘zida ular matematika, tarix, falsafa, logikaga qiziqishlari mumkin. Bunday bolalar hamma narsaga qizg‘in kirishib, masalaga hali chuqur kirib bormasdan, boshqa narsalar bilan qiziqib ketadilar. Har xil mashg‘ulotlarga nisbatan o‘spirinlik va yoshlik chog‘larida goh alangalanib, goh so‘nib turadigan qiziqishlar, yoshlarning o‘z iste’dodlarini jadal ro‘yobga chiqarishini ta’minlaydi va qobiliyatlarning namoyon bo‘lishigahamda o‘z samarasini ko‘rsatishiga yordam beradi. Download 439.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling