О‘quv yili: 2021-2022 Magistrant: Toshmatova Maftuna Xayrulla qizi


Download 33.01 Kb.
bet1/2
Sana20.02.2023
Hajmi33.01 Kb.
#1215591
  1   2
Bog'liq
ilmiy asosnoma


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ÒRTA MAXSUS TA'LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
Kafedra :“Pedagogika psixologiya ”
О‘quv yili: 2021-2022
Magistrant: Toshmatova Maftuna Xayrulla qizi

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o’qitishda hadislardan foydalanishning innovatsion klaster metodlarini takomillashtirish” 


MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA
ASOSNOMA

Ilmiy rahbar: p.f.f.d. (PhD), dotsent v/b. Elmurzayeva Nasiba Xolboyevna

Chirchiq-2021
Kafedra :“Pedagogika psixologiya ”
О‘quv yili: 2021-2022
Magistrant: Toshmatova Maftuna Xayrulla qizi
Ilmiy rahbar: Murtazayeva Maxfuza Murtazayevna
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o’qitishda hadislardan foydalanishning innovatsion klaster metodlarini takomillashtirish” nomli
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA 
ASOSNOMA
Tadqiqotning dolzarbligi. О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Barkamol avlod yili” davlat dasturi tо‘g‘risidagi Qarorida mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rо‘yobga chiqarish bо‘yicha quyidagi dolzarb vazifalar belgilangan: “....ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va Oliy о‘quv yurtlarida о‘qitish sifatini tubdan yaxshilashning samarali tizimini yanada rivojlantirish” kо‘zda tutilgan. Mаktаbgаchа tа’lim tizimining jаmiyatimiz hаѐtidаgi kаttа o’rni vа аhаmiyatini e’tibоrgа оlib, mаktаbgаchа tа’lim vаzirligi tаshkil etildi hаmdа 11yillik tа’lim qаytа tiklаndi.Krеаtivlilik vа innоvаtsiоn tаfаkkurni rivоjlаntirish muhim indikаtоr sifаtidа e’tirоf etildi.Shulаr o’qituvchilаrning innоvаtsiоn fаоliyatini glоbаllаshuv jаrаyoni tаlаblаri аsоsidа tаkоmillаshtirish zаruriyatini vujudgа kеltirdi.O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2012 yil 28 mаydаgiPQ-1761-sоnli “Mаlаkаli pеdаgоg kаdrlаr tаyyorlаsh hаmdа o’rtа mахsus, kаsb-hunаr tа’limi muаssаsаlаrini shundаy kаdrlаr bilаn tа’minlаsh tizimini yanаdа tаkоmillаshtirishgа оid chоrа-tаdbirlаr to’g’risidа”giQаrоri, 2017 yil 7 fеvrаldаgi PF-4947-sоnli “O’zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo’yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to’g’risidа”gi Fаrmоni, O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining “O’zbеkistоn Rеspublikаsi innоvаtsiоn rivоjlаnish vаzirligini tаshkil etish to’g’risidа”gi Fаrmоni, vа 2017 yil 29 nоyabrdаgi PF-5264-sоnli “O’zbеkistоn Rеspublikаsi innоvаtsiоn rivоjlаnish vаzirligini tаshkil etish to’g’risidа” Fаrmоnlаri, 2017 yil 20 аprеldаgi PQ-2909-sоnli “Оliy tа’lim tizimini yanаdа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to’g’risidа”gi Qаrоri vа mаzkur fаоliyatgа tеgishli bоshqа mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаrdа bеlgilаngаn vаzifаlаrning ijrоsini tа’minlаshdа mаzkur dissеrtаtsiya ishi muаyyan dаrаjаdа хizmаt qilаdi.Rеspublikаmiz vа хоrijiy mаmlаkаtlаr оlimlаri tоmоnidаn boshlang’ich sinf o’quvchilarini intellektual qobiliyatlarini klasterli yondashuv asosida rivojlantirishga kаm e’tibоr qаrаtilgаn.O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamirida esa yuksak axloqiy fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan, madaniyatli, e'tiqodli, ma'rifiy va ma'naviy jihatdan barkamol,mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash kabi vazifalar belgilangan.
Ma'lumki, har qanday jamiyatning ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotini inson
tafakkuri va aqliy salohiyati, ma'naviyati va madaniyati belgilab beradi. Insondagi ushbu hislatlar bevosita ta'lim dargohlarida shakllanadi va rivojlanadi. Maktabdagi ta'lim va tarbiya tizimi esa farzandlarimizning rivojlanayotgan qobiliyatlarini to’g’ri yo’naltirishga, ularning intellektual imkoniyatlariga asoslanib, kuchli shaxslar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Ushbu maqsad va vazifalarni esa xalq ta'limi tizimi xodimlari amalga oshiradi. Shu bois ham òquvchilarga ta'lim –tarbiya berish, ularning ruhan soģlom bolishi va qo’llab quvvatlash dolzarb ijtimoiy ehtiyojlardan sanaladi.
Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va halq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga suyanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika, huquqshunoslik, psixologiya fanlari ma‘lumotiga asoslanadi. Hozirgi zamon pedogogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik ta‘sir ko‘rsatish emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta‘sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta‘kidlanadi. 1Mustaqillik yillarida xalqimizning tarixiy xotirasini tiklash va takomillashtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Bu borada hozirgi davrda yurtimiz kelajagini o‘ylab zahmat chekkan, Vatanimiz ozodligi yo‘lida kurashgan, millatimiz ravnaqi uchun umrini bag’ishlagan, o‘zidan obod shahar-u vohalar, betakror go‘zal yodgorliklar qoldirgan ajdodlarimiz mehnatini yuzaga chiqarish, ularni qadrlash, ruhi poklarini shod qilish, ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun, bugungi avlodning zimmasidagi eng katta vazifasidir. “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman.”1
Keltirilgan fikr va mulohazalar tadqiqot ishining dolzarbligini yana bir bor
ta'kidlaydi.

Download 33.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling