Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi


Download 9.41 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi9.41 Kb.
#1829771
  1   2   3
Bog'liq
Psixosomatika kattalar uchun


Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi


Mavzu: Psixosomatik kasalliklarning ko’rinishi va tavsiflari

Psixosomatika sohasidagi tadqiqotchilar, hatto eng kichik salbiy his-tuygʻular ham tanaga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini taʼkidlaydilar. Agar bemorda bu kabi kasallik shubhasi boʻlsa, unda psixosomatik kasalliklarni davolash psixoterapiya kursidan boshlanadi, bu xavfli kasallikka olib kelgan barcha yashirin qoʻrquv, achchiq va qaygʻularni ochishga yordam beradi
Shunday qilib, sizning kasalliklaringiz nimadan dalolat beradi?
Bosh
Agar boshingiz tez-tez ogʻrib tursa, bu fikrlar, xabarlar va oʻy-xayollaringiz “ogʻrishi”ni bildiradi. Bosh ogʻirigʻi oʻz hissiyotlarini koʻrsatmaydigan yuqori aql sohiblarida koʻp kuzatiladi. Bu muammo koʻpincha oʻzini yetarlicha baholamaslik va qoʻrquvdan dalolat beradi.
Sochlar
Soch bilan bogʻliq muammolar (erta oqarishi, soch toʻkilishi, ularning sinuvchanligi) - stress, chorasizlik va noumidlik indikatorlaridir. Sochlar, ayniqsa ayollarda - hayotiy energiya ramzi hisoblanadi. Inson biror nimadan qoʻrqib, umidini uzsa yoki qattiq tushkunlikka berilsa, soch bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi.
Bo’yin
Boʻyin ongni (boshni) hissiyotlar (tana) bilan birlashtiradi. Boʻyindagi muammolar sizning na ongda va na tanada muvozanatni saqlay olmaganingizdan dalolat beradi. Buni metafizik darajada maʼnaviyat va moddiyat oʻrtasidagi koʻprik sifatida qabul qilish kerak. Boʻyindagi muammolar insonning moslashuvchan emasligini anglatadi: inson haqiqatga tik qarash uchun boshini koʻtarishga qoʻrqadi, qiyin vaziyat yuzaga kelganda hal qilish oʻrniga uni inkor etadi.
Ko’zlar
Uzoqni yaxshi koʻrmaslik - uzoqni koʻra bilmaslik, kelajakdan qoʻrqish va koʻz oldidagidan boshqa narsalarga qarashni istamaslik.
Yaqinni yaxshi koʻrmaslik - bugungi kun bilan yashashni bilmaslik. Yaqinni yaxshi koʻrmaydigan kishilar biror nima qilishdan avval uzoq oʻylashadi, ular vaziyatni toʻlaligicha koʻra olishmaydi.

Download 9.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling