Oraliq-1 nazorat topshirig’i: Taqsimlangan (quyidagi) mavzular bo’yicha esse yozish
Download 27.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqpul va banklar ON 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul nazariyalari bo’yicha yozilgan esseda quyidagi savollarga javob bo’lishi kerak
Oraliq-1 nazorat topshirig’i: Taqsimlangan (quyidagi) mavzular bo’yicha esse yozish: 2. Nominallik pul nazariyasi 3. Miqdoriylik pul nazariyasi 4. Klassik nazariya 5. Marksizm 5. Keyns nazariyasi va keynschilik 6. Monetarizm Esse (fransuzcha: essai — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subʼyektiv fikr bayon qilinadi. Esse uslubi obrazliligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Pul nazariyalari bo’yicha yozilgan esseda quyidagi savollarga javob bo’lishi kerak: 1. Qachon va nima sababdan vujudga kelgan? 2. Tarafdorlari kimlar? 3. Yutuqlari? 4. Kamchiliklari? 5. Bugungi kunda qaysi elementlari saqlanib qolgan? JAVOBLAR
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va mutonosib ravishda tashkil qilishda qullaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi. Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan. Metal pulning iqtisodiy nazariyada valyuta qiymati quyidagidan kelib chiqadi bozor pulning roliga bog'liq bo'lmagan tovarning qiymati. Karl Menger (1840-1921) bozorda xaridor va sotuvchilar umumiy tovarni ayirboshlash vositasi barter xarajatlarini kamaytirish maqsadida. Ushbu tovarning ichki qiymati uni yuqori darajada "sotish" uchun etarli bo'lishi yoki to'lov sifatida qabul qilinishi mumkin. Ushbu tizimda real tovar va xizmatlarni xaridorlari va sotuvchilari ayirboshlash vositasini hech kimdan mustaqil ravishda o'rnatadilar suveren davlat. Metallistlar tangalarni zarb qilishda yoki rasmiy ravishda shtamplashda davlatning rolini tanga tayyorlashda ishlatilgan metallning sifati va miqdorini tasdiqlashdan biri deb bilishadi. Knapp metallizmni ajralib chiqdi xaritalizm (yoki antimetalizm), davlat o'z valyutasi ustidan monopol hokimiyatga ega bo'lgan va o'z xalqiga soliqlar yoki boshqa qonuniy majburiy qarzlarni yuklash orqali o'ziga xos bozorni va ushbu valyutaga talabni yaratadigan pul tizimi, ular faqat shu valyutadan foydalangan holda to'lashlari mumkin. Nominalizm XVII-XVIII asrlarda pul muomalasi to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalar bilan to’lgan davrda shakllandi. Xuddi shu to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalar (qog’oz pullar emas) ilk nominalizmning asosida yotar edi. Xuddi metallizm nazariyasi singari ilk burjua nominalizm vakillari ham Angliyadan chiqdi. Bular episkop, faylasuf-idealist Dj.Berkli (1683-1753y.) va iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lardir. Nominalistlar quyidagicha xulosaga keldilar: pulni davlat bunyodga keltiradi; pulning qiymati unda ko’rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Xuddi shu bilan bu nazariya nominalizm deb atala boshlandi. Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo’yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar emish. Dj. Berkli pul aslini olganda marka, uning qanday materialdan yasalganligining va nimani aks ettirishining qanaqa ahamiyati bor degan g’oyani oldinga surdi. Xuddi shu bilan u mehnat qiymat nazariyasini va pulning tovarlik tabiatini rad etdi. Pulning umumiy qiymat ekvivalenti sifatida ob’ektiv ravishda paydo bo’lish mohiyatini tushunmay, nominalistlar uning qiymati davlatning sub’ektiv xohishi va irodasiga bog’liq dedilar. Miqdoriy nazariya XVI-XVIII asrlarda merkantilistlarning kontseptsiyasiga reaktsiya sifatida paydo bo’ldi. Bu nazariyaning boshlovchisi frantsuz iqtisodchi J.Boden (1530-1596) edi. U birinchi bo’lib Evropada o’sha davrda yuz bergan «baholar revolyutsiyasi»ni ochib berishga harakat qildi. Baholarning sakrashiga sabab Evropaga Amerika qit’asidan oqib kelgan qimmatbaho metallar bo’lganligini tushuntirdi. XVI-XVIII asrlarda Evropada oltin miqdori 1500 yilda bo’lgan oltinmiqdoridan 16 marta ko’payib ketgan edi. J.Boden baholarning o’zgarishi muomaladagi pul miqdori bilan aniqlandi deb tushuntirdi. Shu sababli ham bu nazariya miqdoriy nazariya deb nom oldi. Ammo ilk miqdoriy nazariya tarafdorlari pul miqdorining bahoga bo’ladigan ta’sirini va buni qanday yo’llar bilan va qaysi hollarda bo’lishligini aniq ochib bera olmadilar. XVIII asrga kelib bu nazariyani inglizlar D.Yum (1711-1726) va Dj.Mill (1773-1836) hamda frantsuz Sharl Monaskyo (1689-1755)rivojlantirdilar. Ingliz iqtisodchisi, faylasuf, psixolog va tarixchi D.Yum o’zining sub’ektiv idealistik qarashlari bilan qiymat substantsiyasi tushunchasini rad etdi. Amerikadan qimmatbaho metallarning oqib kelishi va baholarning oshishi orasidagi to’g’ri proportsional bog’lanishni ko’rsatmoqchi bo’lib, u: «pul qiymatini uning miqdori belgilaydi» degan fikrini ilgari surdi. Download 27.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling