O’rganish
Download 366.51 Kb. Pdf ko'rish
|
6-tajriba ishi 1411eddc749e6c6e15939913a1936d9c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nivelir reykalari.
Tajriba ishi №6 Reykalar yordamida sanoq olishni, nisbiy balandlik o’lchashni o’rganish .
tartibini, balandlik o‘lchashni o‘rganish.
ishni bajarish. Ishni N-3 niveliri yordamida ko‘rib chiqamiz.
GOST 11158-76 ga binoan nivelir reykalari RN-05; RN-3 va RN-10 kabi belgilar bilan chiqariladi. Bu belgilashdagi oxirgi raqam — 1 km dagi nivelirlash xatosining qiymati. RN-05 bir tomonli shtrixli bo‘lib, I, II klass nivelirlashda ishlatiladi. RN-3 ikki tomonli, shkalali bo‘lib, III va IV klass nivelirlashda ishlatiladi. RN-10 texnikaviy nivelirlashda qo‘llaniladi. GOST 15095-69 ga ko‘ra PH1, PH2, RN3, RN4 va RNT belgili reykalar ham chiqariladi. Reykalar 1500, 3000 va 4000 mm li bo‘ladi. RN-10 da 4000 mm li reyka ishlatiladi. Reykalar yig‘ma (9.1-rasm, ye) va butun (9.1-rasm, a) qilib ishlanadi. Yig‘ma reyka belgisida S harfi qo‘shib yoziladi. Yozuvlar to‘g‘ri va teskari bo‘ladi. To‘g‘ri reyka belgisiga P harfi qo‘shiladi. Masalan, RN-3P 4000 S, ya’ni (III) klass nivelirlashda ishlatiladigan, to‘g‘ri, 4000 mm li nivelir reykasi, yig‘ma. Markaga osiladigan reyka 1200 mm li bo‘lib, u osma reyka deyiladi (6.1-rasm.g).
a — reykaning qora tomoni, b — va v — qizil tomoni, g — osma reyka, d — va ye — bir tomonlama qo‘shaloq reykalar, j, z — bashmaklar, i — temir qoziq (kostil). Texnik nivelirlarda butun va yig‘ma reykalar ishlatiladi; ularning bo‘yi 2— 4 m, eni 8—10 sm, qalinligi 2—3 sm bo‘ladi va quruq qarag‘aydan yasaladi. Reyka bir tomonli yoki ikki tomonli bo‘ladi. Bir tomonli reykada yozuv va bo‘laklar bir tomonda bo‘lib, har metr oralatib qizil va qora rangda yoziladi. Ikki tomonli reykaga bir tomonga yolg‘iz qora rangda, ikkinchi tomoniga esa qizil rangda yoziladi. Shunga ko‘ra, bu tomonlar reykaning qora va qizil tomonlari deb yuritiladi. Qora tomonda reyka tagidan boshlab, santimetrli oq va qora bo‘laklarga bo‘linadi. 3 m li reykada yozuvlar 0 dan boshlanib, 3000 da tugaydi. Bo‘laklarning har desimetri Ye shaklidagi belgidan boshlanadi va qiymati dm birlikda yoziladi. Har metr 10 desimetrga, desimetr 10 sm ga bo‘lingan. Bir bo‘lak (shashka) qiymati 1 sm. Qizil tomonda yozuvlar 0 dan boshlanmay, balki boshqa bir katta sondan, masalan, 4687 mm dan (butun reykada) yoki 4468 mm dan (yig‘ma reykada) boshlanadi. 6.1-rasmda 4800 va 4700 dan boshlangan. Bu reykalar juft reykalar deyiladi. Truba teskari tasvir berganidan reyka yozuvlari teskari bo‘ladi. Qora va qizil tomon sanog‘i 100 mm ga farq qiladigan reykalar ham ishlatiladi. Ba’zan qora va qizil yozuvlar reykaning bir tomonida bo‘ladi. Ba’zi reykalarda qora va qizil tomon yozuvlari 0 dan boshlanadi, lekin qizil tomon bo‘laklarining qiymati 1 sm emas, balki 1,1 sm bo‘ladi. Sanoqlar tekshirilganda qizil tomon sanog‘i 1,1 ga ko‘paytiriladi.
Download 366.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling