Organizmning kariotipi va idiogrammasi Reja


Download 57.5 Kb.
bet1/4
Sana09.03.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1255292
  1   2   3   4
Bog'liq
3mavzuuuuuu


Organizmning kariotipi va idiogrammasi
Reja:
1.Xramosoma, tuzilishi va tarkibi.
2.Odam kariotipi.
3.Hujayra ochiq sistema sifatida. Energiya va moddalar almashinuvi.
4.Informasion oqim. DNK va RNK.

Xromosomalar (yunon. chroma – rang, soma – tana) – yadro xromatinidan tashkil topgan bo‘lib, hujayralarning irsiy belgilarini saqlovchi substratdir. Har bir xromosoma uzunasi bo‘ylab ikkita morfologik bir xil tuzilgan xromatidalardan tashkil topgan. Har bir xromatida bir gigant dezoksiribonukleoproteid ipchadan hosil bo‘lgan.


Shunday qilib, xromosoma, xromatidaning asosiy struktur birligi DNK molekulasidir. Xromosomalarda uzunligi bo‘yicha bo‘yaluvchi qismlar – xromomerlar (yoki disklar) va bo‘yalmaydigan qismlar – xromomerlar orasidagi qismlar farq qilinadi.
Har bir gomologik xromosomalar – ma’lum bir muntazam tu­zilishga ega. Xromosomalarning tuzilishi ma’lum turlar uchun doimiy. Xromosomalarning shakli birlamchi tortmaning joylashishiga, ya’ni xromosoma ikki yelkasining birlashish o‘rniga bog‘liq. Xromosomalarning bu yeri och bo‘lib, unda ma’lum struktura– sentromera (kinetoxor yoki kinomera) joylashadi.
Xromosomalarning katta-kichikligi turli hayvonlarda keng doirada farq qiladi. Odatda odam xromosomalarining uzunligi 4–6 mkm atrofida. Turli hujayralarda xromosomalar soni har xil bo‘ladi. Odam somatik hujayralarida soni juft, ya’ni diploid 46 xromosoma bor. Jinsiy hujayralar yakka, ya’ni gaploid xromosomalar to‘plamini saqlaydi (odamda 23 ta). Ikki gametaning (erkak va ayol) birlashishi natijasida gomologik xromoso­malar qo‘shiladi va diploid to‘plam xromosomalarini hosil qiladi, ular keyingi hamma somatik hujayralarga beriladi.
Hujayraning xromosoma to‘plami faqat oddiy xromosomalarni (autosomalarni) ushlabgina qolmay, undan morfologik jihatdan va o‘z xususiyati bilan farq etadigan kamida yana bitta xromosoma ushlaydi. Bunday xromosomalar quilimcha xromosoma yoki jinsiy xromosomalar deyiladi. Jinsiy xromosomalar tu­zilishi bo‘yicha 2 turli bo‘ladi. Erkaklar somatik hujayralarida X-va U xromosoma, ayol organizmida esa ikkita bir xil jinsiy xromosomalar uchraydi (XX). Spermatozoid va tuxum hujayra yadrolari birlashganda uruglangan tuxum hujayra bitta X-xromosomani spermatozoiddan, ikkinchi X-xromosomani esa tuxum hujayradan oladi. 1949 yilda Barr va Bertram urg‘ochi mushukning nerv hujayralari yadrosida erkak mushuk yadrosida uchramaydigan kichik xromatin tanachalar borligini ko‘rsatishdi. Keyinchalik bunday tanachalar ayol neytrofil hujayrasida «baraban tayoqcha» shaklida bo‘lishi aniqlandi. Hozirgi davrda jinsiy xromatin ayol (X- xromatin, Barr tanachasi) organizmining deyarli hamma hujayralarida topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ikki X-xromosoma ushlovchi ayol somatik hujayralarida ikki X-xromosomaning biri xro­matin tanachalar shaklida joylashar ekan (shuning uchun bir X-xromosoma tutuvchi erkak somatik hujayralarida bu tanacha topilmaydi). X-xromosomalar soni o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan genetik kasalliklarda bu tanachalar soni ortadi.

Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling