O'rta osiyo allomalarining demokratik jamiyat qurish haqidagi qarashlari Reja: Dunyoviy ma’rifatga intilish


Download 40.17 Kb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi40.17 Kb.
#1011850
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'rta osiyo allomalarining demokratik jamiyat qurish haqidagi qarashlari


O'rta osiyo allomalarining demokratik jamiyat qurish haqidagi qarashlari
Reja:

  • Dunyoviy ma’rifatga intilish

  • O‘rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat

  • Amir Temur va Temuriylar davri milliy davlatchilik to‘g‘risidagi qarashlarida demokratik tamoyillar

Inson tabiatan erkinlikka, ezgulikka intilib yashaydi. Bunday ehtiyojlarning barcha uchun umum bo‘lgan qoidalarini va ularning tartibotlarini tashkil etishda davlatga bo‘lgan ehtiyoj vujudga keladi. Mana shunday ehtiyoj umuminsoniy qadriyatlarning nazariy mezonlarini shakllantirgan. Ayni paytda, kishilik jamiyatining o‘zaro urushlar va ixtiloflar bilan bog‘liq davrlarida yangi ma’rifiy ta’limotlar xaloskor g‘oya sifatida ham vujudga kelgan. Har qanday davlat o’z jamiyatining tarixiy, madaniy va axloqiy merosi negizlari asosida rivojlanadi. Bunday uyg’unlik xalqning rivojlanishida yangi bosqichlarga ko’taradi. uning istiqbol omillarini kengaytiradi. Ajdodlarimiz tomonidan O’zbekiston hududida yaratilgan «Avesto» ana shunday davlatchiligimizning nazariyasi sifatida insoniyat tarixini anglashda alohida o’ringa ega.


Prezident I.A.Karimov tarixchi olim va jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvda - “Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan” deydi. Darhaqiqat, Movarounnahr oralig’ida paydo bo’lgan ulkan davlatchilik madaniy merosi insoniyat tarixi ibtidosida eng dastlabki hamda qadimiy davlatchilik madaniyati sifatida ma’lum. Mustaqilligimiz sharofati bilan bunday merosni milliy, demokratik qadriyatlarimizning muhim zamini sifatida o’rganish imkoniyatlari ochiladi.
Ma’lumki, O’zbekistonda milliy davlatchiligimiz to’g’risidagi eng qadimgi manba “Avesto”dir. U eramizdan oldingi 3 minginchi yillarda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk davlatchilik to’g’risidagi ijtimoiy qarash hisoblanadi. Agar “Avesto”da ilgari surilgan g’oyalarga e’tibor beradigan bo’lsak, bugungi adolatparvar - demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan g’oyalarimiz bilan hamohang ekanligini ko’ramiz.
Davlatchilik asoslarini shakllantirish borasida “Avesto” deyarli barcha siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar davlat tuzum asoslari, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga qamrab oladi. Manbada avvalo, inson erki, uning ruhiy komilligi masalalari ustuvor qo’yiladi. Masalan; “Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman” deyiladi Yasna (14) kitobida. Axuramazda, insonlar o’rtasida bo’layotgan munosabatlar o’zaro samimiylik, hurmat beg’arazlik, yordam va oqibatli bo’lish zarurligiga, yomon fikrlardan holi bo’lishga chaqiradi. Kattaga hurmat va kichikka izzat, sabr-bardosh, halollik, mehr-oqibat va boshqa bir qator tamoyillar borki, bular milliy g’oyamizning asosiy tamoyillariga uyg’un keladi.
“Avesto”da eng muhim masalalardan biri- bu huquqiy munosabatlarning nazariy jihatdan shakllanganligidir. Unda inson hayoti va odamlar o’rtasidagi ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar huquqqa asoslanganligi haqida ma’lumotlar bor. xaqiqat, yaxshi so’z va maqsad, poklik va ezgulikka intilish, suv, er, olov, xonadon va chorvani asrab-avaylash axloqiy burch sanalgan. Inson o’zining ishlari va fikrlari bilan yaxshilik, yorug’lik va baxt keltiruvchi, hayot va haqiqat beruvchi oliy tangri Axuramazdaga yordamchi bo’lib xizmat qiladi.
Oila va jamoada berilgan so’zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o’rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh hisoblangan: “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur etkazadi. O Spitama, ahdingni buzma...” (“Yasht”, X bob.)
Tarixiy hujjatlar asosida aytish mumkinki, “Avesto”ning “Yasna”, “Visprat”, “Yasht”, “Videvdat” kitoblarida ilgari surilgan huquqiy ta’limotlar Rim huquqidan qadimiyroq hisoblanadi. Boz ustiga, ular keyinchalik tashkil topgan davlatlar siyosiy tizimining shakllanish manbasi bo’lib ham xizmat qilgan. Shu tariqa “Avesto” Grek mutafakkirlari va Rim huquqshunoslari ijodiga O’zining har tomonlama mukammalligi bilan ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, inson huquqi, jismoniy va huquqiy shaxs erkinligi, inson erkinligi, erkak va ayolning tengligi masalasi, ozchilikning huquqi, voyaga etmaganlar huquqi, vijdon, e’tiqod va din erkinligi, jamoa va guruhlarning huquqi, mol-xol huquqi, oila huquqi, shartnomalarning majburiylik huquqi, qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida sodir etilgan jinoyatning turlari ishlab chiqilgan. Shuningdek «Avesto»da o’g’rilik yoki bosqinchilik farqlari tasniflangan, himoya huquqi va sud ishlarini yuritish hamda tashkil etish kabi boshqa huquqiy printsiplar ham o’z ifodasini topgan.Aynan IX va XII asrlar O‘rta Osiyo tarixida shunday murakkab davr bo‘lgan. Xalqning o‘z mustaqilligi uchun kurashi va bunda hurriyat va inson erkinligi bilan bog‘liq g‘oyalar millatni ma’naviy yuksalishga chaqiradi. Dunyoga mashhur Xorazmiy, Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk kabi faylasuf, siyosatchi, tarixchi olimlar, shu davrda yashab ijod etdilar. Bu davr o‘z mazmuni, salmog‘i jihatidan O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri deb tarixga kiradi. Uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ular davlatchiligimiz nazariyasining vujudga kelishida quyidagilarga asoslangan holda talqin etiladi:
1. Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo‘lda o‘tmish va qo‘shni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy-falsafiy, diniy, tarixiy hamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, rasionalizm, aql kuchiga ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, haqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash.
Insonni ulug‘lash, uning aqliy, tabiiy, ruhiy badiiy, ma’naviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish, komil insonni tarbiyalash.
Universallik - qomusiylik, barcha tabiat hodisalari bilan qiziqish va uning mohiyatiga intilish1.
Davlat qurilishi va boshqaruvining nazariy negizlari adolat, axloq tamoyillarida shakllantirish, ularning huquqiy hamda amaliy asoslarining rivojlantirilishi.
Davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, mas’uliyati mezonlari tizimining nazariy negizlarining yaratilishi.
Milliy davlatchilik negizlari haqida fikr yuritar ekanmiz, qadimgi Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida dastlabki davlatlar vujudga kelgan muqaddas makonlardan biri sifatida hattoki qadimgi dunyo olimlari tomonidan e’tirof etilgan. Masalan, bundan 2000 yil avval yashagan rimlik tarixchi Pompey Trog Turkiyzabon xalqlarning eng qadimgi ajdodlari haqida shunday yozgan: «Baqtriyaliklar, so‘g‘dlar va xorazmliklar kelib chiqishining qadimiyligi bo‘yicha misrliklar bilan bemalol bellasha oladi». Bunday fikrni yunon tarixchilari Strabon, Herodat, Hikatiylar yozib qoldirgan ma’lumotlarda ham uchratish mumkin2.
1X-XU asrlarda yashagan O‘rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish g‘oyalari o‘zining o‘ziga xos ilmiy mazmun kashf etishi bilan bog‘liq. Bu g‘oyalar Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Navoiy va boshqa buyuk zotlar ijtimoiy-siyosiy qarashlarida chuqur bayon etilgan. Al-Xorazmiy “Algebra” faniga asos solib, dunyo ilmiga aniq fanlarni har tomonlama rivojlantirdi.

Download 40.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling