O'rta osiyo allomalarining demokratik jamiyat qurish haqidagi qarashlari Reja: Dunyoviy ma’rifatga intilish


Download 40.17 Kb.
bet2/6
Sana28.12.2022
Hajmi40.17 Kb.
#1011850
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'rta osiyo allomalarining demokratik jamiyat qurish haqidagi qarashlari

Muso Al-Xorazmiy (783-850). Buyuk matematik, astronom va geograf. U algebra fanining asoschisi. «Algebra» so‘zi uning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala» asaridan olingan. Bizgacha yetib kelgan «Hind hisobi haqida kitob», «Qo‘shish va ayirish haqida kitob», «Kitob surat-ul-arz», «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob» kabi o‘nga yaqin asari mashhurdir.
Beruniy o‘zining “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlarida jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash zarurligini, qonun ustuvorligini talqin etgan. Beruniy davlat shakli mamlakatni shohlar ­ mutloq hokimlik emas, balki ma’rifatparvar shohlar boshqarishi tarafdori edi.
Abu Nasr FOrobiy (873-950). «Sharq Aristoteli» nomini olgan qomusiy olim. 160 dan ortiq asar yaratgan. «Mantiqqa kirish kitobi». «Isbot kitobi», «Falsafaga izohlar», «Musiqa haqida katta kitob», «Inson a’zolari haqida kitob». «Lug‘atlar haqida kitob», «Shaharni boshqarish», «Fazilatli hulqlar» kabi asarlari jahon madaniyatiga qo‘shilgan katta hissadir.
Shu davrning yirik namoyondalardan biri Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida insoniyat jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan tabiiy - davlatga bo‘lgan ehtiyojlarning paydo bo‘lishini, unda adolat va axloqning shakllanishi qonuniyatlarini nazariy tamoyillarini yaratganligi bilan mashhurdir. U - «Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo‘ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton bo‘lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo‘ladi»3. Shu tariqa olim bugun bizning tasavvurimizdagi demokratik davlat shakllari va unda boshqaruvning siyosiy va falsafiy mohiyatini yaratishga erishadi. Masalan, fozillar shaharining (davlat nazarda tutilgan) tarkib topishi va unda qanday axloqiy sifatdagi shaxsning rahbar bo‘lishi tasniflari bugungi demokratik jamiyat qurishning bevosita nazariy talablari bilan uyg‘un keladi. Bu borada Abu Nosir Forobiy - «Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar»4, deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog‘liq axloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi. E’tiborli jihati shundaki, Forobiy qarashlaridagi «hokimi mutloq bo‘lmasligi», «saylovchilar irodasi», «ozodlik» kabi fikrlari nafaqat shu davrda, balki, bugunda ham insoniyat madaniyati noyob mahsuli hisoblangan - demokratiyaning bosh g‘oyasi bo‘lib xizmat qiladi.
Forobiy. “Shaharni boshqarish”, “Fazilatli hulqlar”, “Fozil odamlar shahri” kabi bir qancha asarlarida yangi ideal jamiyati elementlari, fazilatlari haqida gapirib o‘tgan. Forobiy jamiyat boshqaruv san’atini 2 ga: 1) nazariy (boshqaruvning asosiy usuli va qonun haqida), 2) amaliy (davlatni idora etish) haqida gapirib o‘tadi. Forobiy jamoani 3 turga bo‘ladi: buyuk, o‘rta va kichik jamoalarga ajratadi. Forobiy shahar davlatini 2 toifaga: fazilatli Madina shahri va fazilatsiz Madina shahriga bo‘lib, ularning har biriga izoh berib o‘tadi. Forobiy davlatning asosiy vazifasini 2 ga bo‘ladi: 1. Davlatning ichki vazifasi fuqarolarning baxtli hayotini ta’minlash, 2. Tashqi vazifasi bosqinchilardan himoya qilishdir, deydi. Forobiy taxt otadan bolaga meros bo‘lib o‘tishini qoralaydi, davlat boshlig‘i 12 fazilatga ega bo‘lishini asoslab beradi.
Davlat va uning boshqaruviga daxldor masalalar Yusuf Xos Hojib ijodida ham katta o‘rin tutgan. U “Qutadg‘u bilig” dostonida davlatni boshqarish amallari, qoidalari va siyosiy - axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirishga qaratilgan qarashlari bilan e’tiborlidir. U davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarini tasniflaydi. Jumladan, «Shohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish o‘quvi bilan ham siylaydi»5 deb ko‘rsatgan. Shuningdek Yusuf Xos Hojib o‘z asarida ko‘rsatgan barcha ishlarda tajribali, yomonlikni darhol sezuvchi, oqillik bobida ibratli, zakovatli, ma’rifatga tashna, kichiklarga tayanuvchi, adolatparvar, sadoqat kabi sifatlarning sohibi bo‘lishi shartligini ta’kidladi. Buyuk alloma faqat bu bilan chegaralanib qolmaydi, balki jamiyat rivoji va taqdiri uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning davlat boshqaruvidagi sifatlari tasnifini rivojlantirishning adolatli tamoyillarining muhimligiga qaratgan. Ayni paytda, u jamiyatda ilmiy va madaniy salohiyatni adolatli davlat asoslarini yaratuvchi omil deb bilgan. Masalan, u, ziyolilar to‘g‘risida shunday deydi: - «Haqiqiy ziyoli haqiqat tayanchi bo‘ladi. Agarki olamda donishlar bo‘lmaganda, yerda rizq-ro‘z unmas edi. Ularning ziyosi xalq yo‘lini yorituvchi mash’aldir. Donishlarga shirin so‘z bilan bahra ber, moddiy manfaatini qodirishga harakat qil».6 Zero, agar biz demokratiyani jamiyatning yuksak madaniy shakli deb qaraydigan bo‘lsak, unda ajdodlarimiz yaratgan meros bevosita adolatli davlatning poydevoriga asos bo‘la oladi.

Download 40.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling