O‘simlik va hayvon organizmlarining jinssiz va jinsiy ko‘payishlarining almashib turish sabablari. Reja
Download 493.91 Kb.
|
Mavzu O‘simliklarning ko‘payishi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Ko’payish haqida tushuncha
- VEGETATIV KO’PAYISH
O‘simlik va hayvon organizmlarining jinssiz va jinsiy ko‘payishlarining almashib turish sabablari. Reja: 1. Ko’payish haqida tushuncha 2. Vegetativ ko’payish 3. Jinssiz ko’payish 4. Jinsiy ko’payish 5. Nasllar gallanishi 6. Hayvonlarning jinsiy va sinsiz ko’payish sabablari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Ko’payish haqida tushuncha Har qanday tirik organizm uchun nafas olish, oziqlanish, rivojlanish, ko‘payish va oxirida nobud bo‘lish kabi jarayonlar xosdir. Barcha tirik organizmlarning o‘ziga o‘xshash yangi individlarni hosil qilishi ko‘payshi deb ataladi. O’simliklar dunyosida ko’payish usullari juda xilma-xildir. O‘simliklar dunyosida ko‘payishning turli xili mavjud. Tuban va yuksak o‘simliklar uch xil ko’payish: jinssiz, vegetativ va jinsiy ko’payish usullari bilan ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda yangi organizm ikki xil hayotiy xususiyatga ega bo‘lgan jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilishidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham jinsiy ko‘payish jinsiy yangilanish deb ham yuritiladi. Jinssiz ko‘payish ham jinsiy ko‘payish ham maxsus ko‘payish uchun xizmat qiluvchi hujayralar yordamida sodir bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida ko‘payishdir. Sporaning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u ikkinchi bir hujayra bilan qo‘shilmay turib, yangi individ hosil qiladi. Ikkinchidan, u ona o‘simlikdan har doim ajralib chiqib, ushbu turni uzoq masofalarga tarqalishini ta’minlaydi. O‘simlik sporalari uning tarqalishida va ko‘payish jarayonida har xil rol o‘ynashi mumkin. Ko‘pchilik yashil va qo‘ng‘ir suv o‘tlari hamda zamburug‘lar sporalarining o‘sishi natijasida ona organizm o‘xshash yosh individ rivojlanadi va ko‘payish jarayonini tugallaydi. Suvo‘tlar va barcha sporali yuksak o‘simliklarda yangi individning qayta tiklanishi faqat sporalar yordamida ko‘payish bilan jinsiy jarayonlarning birgaligida amalga oshadi. VEGETATIV KO’PAYISH Bu ko’payish tuban va yuksak o’simliklar uchun xosdir. Vegetativ ko‘payish (lot. “vegetativus” - o’sish) - o‘simlikning yo‘qolgan qismini yoki organini tiklashga, ya’ni regeneratsiya hodisasiga, shuningdek, ayrim tana qismlaridan bir butun o‘simlik paydo qila olish hususiyatiga asoslangan. O’sish, vegetativ ko’payish, ya’ni individlarning rivojlanishi uning vegetativ organlaridan (ildiz, poya, barg, piyozbosh, ildizpoya, tugunak, ildizbachki va boshqalar) va ularning bo‘laklaridan boshlanadi. Vegetativ ko‘payish ba’zi bir hujayrali suvo‘tlarni oddiy bo‘linish yo‘li bilan ikkita yosh hujayraga aylanishini misol qilish mumkin. Xlorella, xlorokokk va ko‘pchilik suvo‘tlar ana shunday ko‘payadilar. Ko‘p hujayrali suvo‘tlarda vegetativ ko‘payish tanasining bo‘laklarga ajralishi bilan boradi. Zamburug‘larda esa mitseliy ayrim bo‘laklarga ajralib ketishi yoki achitqi zamburug‘ida kurtaklanish yo‘li bilan boradi. Lishayniklar ixtisoslashgan sorediylar va shamol yoki yomg‘ir ta’sirida oson tarqaladigan o‘simtalar – izidiylar yordamida vegetativ ko‘payadi. Gulli o‘simliklarda vegetativ ko‘payish juda xilma-xil usullarda boradi. Ona o‘simlikdan vegetativ yo‘l bilan hosil bo‘lgan yangi individlar yig‘indisi klonlar deb ataladi. Ko‘p yillik o‘t o‘simliklar va yarim butalarda poyaning pastki ildizga yaqin kaudeks qismi ajratiladi. O‘q ildizli o‘simlikning kaudeks bilan birga ayrim individlarga bo‘linib ketishi partikulyatsiya deyiladi. Vegetativ ko‘payish usuli tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa noqulay sharoitda yashovchi o‘simliklar urug‘ yordamida ko‘payish o‘rniga ko‘pincha vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Tabiiy sharoitda o‘simliklarda keng tarqalgan quyidagi vegetativ ko‘payish usullarini farq qilish mumkin: Download 493.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling