Ot so’z turkumi faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlarni aniqlang
Download 11.86 Kb.
|
Ot
MORFOLOGIYA OT SO’Z TURKUMI 1. Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlarni aniqlang. A.Tanlov, qaysarlik, gulchilik B.Ipakchilik, sinov, terim C.Falokat, muhtojlik, chopiq D.Xayrlashuv, namgarchilik, ezgulik 2.Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g`ayrat, dadillik baxsh etgandek bo`ldi. Ushbu gapdagi mavhum otlar sonini aniqlang. A.3 B.4 C.5 D.6 3.Mavhum otlarni toping. A.Qo`rqinch, odamiylik, tarovat B.Ishonch, dehqonchilik, haqiqat C.Suyanch, duradgorlik, samimiyat D.Yupanch, ustachilik, qabohat 4.O`rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlarni aniqlang. A.Mahalla, bostirma, bezak B.Ko`cha, guzar, shahar C.Qishloq, to`mlam, toshloq D.Tugma, achitqi, qamishzor 5.Narsa nomlarini toping. A.Bezak, siniq, ichki B.Teshik, tiniq, tashqi C.Tilak, uchuq, turtki D.Kesik, yetuk, yozgi 6.–choq qo`shimchasi haqidagi qaysi fikr to`g`ri? A.Lug`aviy va sintaktik shakl yasovchi B.Sintaktik shakl yasovchi, so`z yasovchi C. Lug`aviy shakl yasovchi, sifat yasovchi D. Lug`aviy shakl yasovchi, ot va sifat yasovchi 7.Quyidagi birikmalardan qaysi birida shaxs yoki narsaga qarashlilik ma’nosi ifodalanmagan. A.Ozodlik qadri, ona mehri B.Toshkent ko`chalari, Navoiy mahallasi C.Mustaqillik bayrami, o`qish kitobi D.Erk tuyg`usi, ilon zahri 8.Qaratqich kelishigi quyidagi so`zlardan qaysilariga qo`shilganda belgili qo`llanadi? A.Sinf, bola, kitob B.Har kim, kerilgan, Bobur C.Biz, qush, yigit D.vahor, hayot, o`qigan 9.Egalik qo`shimchalaridan qaysi biri o`zakdan anglashilgan predmet yoki belgini kishidan boshqa narsalarga ham nisbatlaydi? A.shaxs egalik qo`shimchasi B. birinchi va ikkinchi shaxs egalik qo`shimchasi C. birinchi shaxs egalik qo`shimchasi D.ikkinchi shaxs egalik qo`shimchasi E.ikkinchi va uchinchi shaxs egalik qo`shimchasi 10.Faqat mavhum otlar qatorini toping. A. bola, daftar, qishloq B.go`l, zafar, shahar C.shodlik, sevgi, kulfat D.yo`l, daraxt, vodiy 11.Mavhum otlar qatorini toping. A. uyqu, jahl B.soch, kiprik C. quyosh, tutun D. gul, orzu 12.Faqat birlikda qo`llaniladigan otlar qatorini toping. A. Toshkent, Farg`ona, Qo`qon, Qarshi B. bola, o`quvchi, temir, mis C. bo`ron, qo`zg`olon, qo`l, muallim D.ko`z, quloq, burun, g`ildirak E.qo`mir, kerosin, benzin, sovg`a. 13.Tushum kelishigining belgisiz ishlatilishi asosan qaysi so`z turkumlariga xos? A. ot turkumidagi barcha so`zlarga xos B.faqat turdosh otlarga xos C.ot, olmosh va sifatga xos D.otva olmoshga xos E.ot, son va olmoshga xos 14.Qaysi grammatik ma’no maxsus ko`rsatkichga ega emas? A.bosh kelishik B.otlarda birlik C.bo`lishsizlik D.A va B 15.O`zbek tilida otning qaysi shakli sintaktik munosabatni ko`rsatmaydi? A. kelishik shakli B. egalik shakli C.birlik va ko`plik shakli D.egalik, birlik va ko`plik shakli E.otga xos bo`lgan uchala grammatik shakl ham sintaktik munosavatni ko`rsatadi. 16.Qaysi qatordagi so`zlar faqat ot so`z turkusiga mansub? A.kelma, o`qima, tugma B.gazlama, childirma, ko`rsatma C.yasama, qaydnoma, to`qima D. uchirma, ko`lma, bog`lama E.yigirma, sekinlama, surma. 17.Ko`plik ma’nosi qo`shimchasiz holda ifodalanadigan qatorni aniqlang. A.Har doim sof dil bo`laylik B.Ko`chada bir qancha bola ko`rindi C.Bemor tezroq tuzalsa edi... D.Har rastada ming-ming do`kon E.B va D 18.Ko`plik qo`shimchasi chama, taxminni ifodalagan misolni toping. A. Onda-sonda ochilgan chanoqlar ko`k dengizda sadafdek yaltirardi B. Quvnashdi havasdan dil bilan ko`ngillar C. Vatandoshlarim bilan quvonaman D. Adanglar bu ishingdan xursand bo`ladilar E. Kechqurunlari bo`sh bo`laman keling suhvatlashamiz. 19.Qaratqich kelishigini olgan otdan so`ng keluvchi so`zda qanday qo`shimcha mavjud bo`ladi? A. ko`plik qo`shimchasi B.shaxs-son qo`shimchasi C.egalik qo`shimchasi D.kelishik qo`shimchasi E. hech qanday qo`shimcha bo`lmaydi 20.Turlanish bilan bog`liq tovush o`zgarishi bo`ladigan qatorini toping? A.kitob, xo`roz, ittifoq B.samo, osmon, chodir C.bo`taloq, chiroq, etik D. o`qish, pedagog, yetti E.o`lchov, chiniqish, ishtirok 21.Quyidagi –cha qo`shimchasi bilan shakllangan so`zlarni qaysi qatorida kuchaytirish ma’nosi ifodalanmagan? A. qizcha, ko`zacha, daftarcha B.kushcha, bolg`acha, zarracha C.yulduzcha, bog`cha, kitobcha D.novcha, yangicha, o`zgacha E. ariqcha, ko`rpacha, yostiqcha 22–m egalik qo`shimchasining vazifasi to`g`ri ifodalangan javobni toping. A.fe’llarga qo`shilib birinchi shaxsni ifodalaydi B.fe’llarga fo`shilib ot yasaydi C.unli bilan tugagan otlarga qo`shilib qarashlilikni ifodalaydi D.fe’llarga qo`shilib miqdor anglashuvchi ot yasaydi E.to`g`ri javob yo`q 23–ga qo`shimchasining ko`rinishlari to`g`ri belgilangan qatorni toping? A. –k tovushi bilan bitgan otlarda –ka shakliga ega bo`ladi B. g`,q tovushi bilan bitgan otlarda –ka shakliga ega bo`ladi C.mumtoz adabiyotda ga, na, a shaklida ham uchraydi D.A,B va S E.barcha javoblar noto`g`ri. 24–lar qo`shimchasi taxmin ma’nosini anglatgan gapni aniqlang. AOyimlar ancha kech qaytdilar B.Karimlar uylarida edi ketishdi C.Shifobaxsh suvlar inson uchun foydali D. Qishloqqa ham o`n chaqirimlar bor. 25.Egalik qo`shimchalari qo`shilganda o`zakda o`zgarish bo`ladigan so`zlar qatorini toping. A. qarmoq, etak, koptok, park, qoshiq B.qaymoq, o`rik, eshik, o`rtoq, buloq C. qishloq, quloq, huquq, talab, chelak D.barmoq, bilak, ertak, ufq, zavq E. ishtiyoq, o`q, eshik, ko`sak, istak 26.Qaysi qatordagi otlarga egalik qo`shimchalari qo`shilganda -k tovushi –g tovushiga aylanmaydi? A.elak, yurak B.bilak, chelak C.tilak, ko`ylak D.barcha qatordagi otlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda –k tovushi –g tovushiga aylanadi. 27.Qaysi qo`shimchalar tuslovchi qo`shimchalar deyiladi? A.egalik qo`shimchalari B.kelishik qo`shimchalari C.shaxs-son qo`shimchalari D.ko`plik shaklini hosil qiluvchi qo`shimcha 28.Mavhum otlarga –lar qo`shimchasi qo`shilganda ko`plik ko`rsatgichi qanday vazifani bajarish uchun xizmat qiladi? A.morfologik vazifani bajaradi B. sintaktik vazifani bajaradi C.leksik ma’noni anglatadi D. uslubiy vazifasini bajaradi 29.Ot turkumi uchun asosiy belgilar nimadan iborat? A. o`ziga xos yasalish tizimiga ega va gapning har qanday bo`lagi vazifasida kela oladi. B.shaxs-son, egalik va kelishik kabi grammatik ko`rsatgichlarga ega C. ot, sifat, son , olmosh, fe’l va ravish bilan birga birika oladi D.otning asosiy belgisi predmetlik ma’nosini ifoda etish 30.Boshqa turkumdagi so`zlar asosidan paydo bo`lgan atoqli otlarni toping. A.Asal, Ra’no, Lola, Anora B.Alisher, Akrom, Rustam, Mosh C.Yupiter, Mars, Xulkar, Sotiboldi D.B va D 31.Ot yasovchi qo`shimchalarni toping. A.-chi, -moq, -bon, -m B.-um, -sh, -b, -lik C.-chi, -la, -cha, -dir D.-k, -lik, -ma, -chi 32.Qo`shma otlar qatorini toping. A. gultojixo`roz, sadarayxon, namozshomgul, muzyorar B. sohibjamol, tinchliksevar, ishyoqmas, o`zbilarmon C.allakim, allaqanday, allaqachon, kimdir D.ishlab chiqmoq, oh urmoq, nazar solmoq, payqamay qoldi 33.Har ikkala qismi ham mustaqil qo`llana ololmaydigan so`zlardan tashkil topgan juft otlar qatorini toping. A.ota-bola, aka-uka, bog`u bo`ston, chol-kampir B.choy-poy, don-dun, temir-tersak, bola-chaqa C.g`ala-g`ovur, ikir-chikir, alg`ov-dalg`ov, poyintar-soyintar D. uvali-juvali, alg`ov-dalg`ov, och-yalang`och, past-valand 34.Harakat – holat (mavhum) ot yasovchi qo`shimchalarni toping. A.-loq, -xona, -zor B.-k,-ni,-q C.-g`ir, -dor,-in D.–inch, -chilik, -garchilik E.-chi, -don, -paz 35.-lik qo`shimchasi yordamida qaysi so`z turkumlaridan mavhum otlar yasab bo`lmaydi? A. otlardan B. sifatlardan C. sonlardan D.B va S E. ko`rsatilgan so`z turkumlaridan mavhum otlar yasaladi 36.Qaysi gapda tushum kelishigidagi ot belgisiz qo`llangan? A.Salim bosh chayqab, qotib-qotib kuldi B.Har fasl o`z ishin bilsin C. Hech qachon o`zing qilishing mumkin bo`lgan ishni birovga yuklab, uni tashvishga qo`yma D.Cho`l qovinlari shirin bo`ladi 37.-gina qo`shimchasini olgan ot turkumiga oid so`zlarda ko`plik, kelishik yoki egalik qo`shimchalari qay tartibda joylashadi? A. ko`plik, egalik, kelishik qo`shimchalari-gina qo`shimchasidan so`ng joylashadi B.ko`plik, egalik, kelishik qo`shimchalari –gina qo`shimchasidan oldin yoki keyin joylashishi mumkin C. ko`plik, egalik, kelishik qo`shimchalari –gina qo`shimchasidan oldin joylashadi D.ko`plik qo`shimchasi –gina qo`shimchasidan oldin, egalik va kelishik qo`shimchalari esa undan so`ng joylashadi 38.Olmoshlardan ot yasalganda qaysi qo`shimchalardan foydalaniladi? A.-lik B.-sira,-si(n) C.-day,-cha D. A va S 39.Sifatlardan yasalgan otlar qaysi qatorda berilgan? A. go`zallik, ezgulik, yaxshilik B.chidamli, oriyatli, totli, uyatchan C.bevaho, chiroyli, ozoda, mehribon D. ko`rkam, suluv, barno, bevaho 40.Juft otlarning tarkibi haqidagi qaysi fikr noto`g`ri? A. har ikki qismi hozirgi o`zbek tilida ishlatiladigan so`z bo`ladi B. birinchi qismi hozirgi o`zbek tilida mustaqil ishlatilmaydi C. ikkinchi qismi hozirgi o`zbek tilida ishlatilmaydi D. har ikkala qismi hozirgi o`zbek tilida mustaqil ishlatilmaydi 41.Bordi-keldi tugadi . Ushbu gapdagi bordi-keldi birligi qaysi qatorda to`g`ri izohlangan? A. juft fe’l B. takroriy fe’l C. juft ot D. uyushiq fe’l 42.Qaysi qatordagi qo`shimchalar shaxs oti yasovchi qo`shimchalar hisoblanmaydi? A.-soz, -dosh B.-dor, -xo`r C.-don, -gich D.-gar,-xon Download 11.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling