O`tkan kunlar “Qizlar bazmi” Reymbayeva Maxinur

Download 77.86 Kb.
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi77.86 Kb.
#1451773
  1   2   3   4   5
Bog'liq
matn

O`tkan kunlar “Qizlar bazmi”

Reymbayeva Maxinur

Qizlar majlisi — gullar, lolalar, to‘tilar, qumrilar majlisi! Bu uyda — Kumushbibining tog‘asining uyida qizlar majlisi, gullar majlisi! Bu uyga o‘ttuz-qirq chamaliq qizlar yig‘ilg‘anlar, yig‘ilishdan maqsad: qizlar o‘zlarining eng latif, eng go‘zal bir a’zolarini bu kun xotinliq olamiga uzatmoq-chidirlar. Bu uzatish majlisini jonlik, ruhlik o‘tkazmak uchun barcha qizlar o‘zlarining eng asil, eng nafis kiyimlarini kiyib, favqulodda yasanib, husn olamini yana bir qat, yana bir qayta bejabdirlar. Agar bu uyga kirib, bu majlis a’zolarini bir martaba ko‘zdan kechirsangiz, hozirdanoq aytib qo‘yish mumkin-ki, albatta esingiz chiqib ketar:

— Bu gulmi, ko‘hlik? Yo‘q narigisi! Undan ko‘ra bunisi! Barisidan ham o‘ttasi!.. Ana shunday qilib esdan ham ajrarsiz, gul tanlashda bir qarorg‘a kelalmay el ichida kulgiga ham qolursiz, rasvo ham bo‘lursiz. Mana, majlis a’zolari shunaqangg‘i bir-biravidan o‘toq malaklar, parilar edilar. Majlisning shoirlari, o‘yinchilari, childirma va dutorchilari — barchasi ham hozir bo‘lib faqat Kumushbibigina hammomdan qaytmag‘an edi. Shuning uchun majlis ochilmag‘an, ochilsa ham ruhsizroq, Kumush kelgach, majliska ruh kirishiga barcha ishonadir va uni to‘zimsizlanib kutadir.

Kimdir, oradan bittasi «kelishdi!» deb yubordi. Barcha qizlar uyning darichasi yonig‘a uymalashib havlig‘a qaradilar. Chindan ham ul yonida ikki yangasi bilan kelgan edi. Shu choqda bizga Otabek kerak edi! Nega desangiz, ul kelsin edi-da, suyganini bir ko‘rsin edi: hammom bilan ul... faqat jong‘ina so‘raydir, majruh ko‘kslarga o‘qqina otadir... Boshdag‘i oq shohi ro‘ymol, ichdagi oq shohi ko‘ynak, ustdagi oq kumush zarrin sirilgan po‘stin, baqbaqalarni o‘rab o‘pib turg‘an yoqa qunduzlarining kelishkani, solinib tushkan qora jinggila sochlarning bo‘yin tevaragiga chirmashqani, xom nuqra yuzlarning bo‘g‘riqqani...

Download 77.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling