Oʻz-oʻzini senzuralash holatlari ham mavjud. Senzura
Download 161.61 Kb.
|
axborot
Senzura (lot. censere — „hukm qilish“, „baholash“) deb hukumat, tahririyat yoki boshqa boshqaruvchi tomonidan shu boshqaruvchilar fikricha zararli, xavfli yoki noqulay boʻlgan nutq yoki boshqa ommaviy muloqotni bekitishga aytiladi.[1] Oʻz-oʻzini senzuralash holatlari ham mavjud. Senzura ommaviy axborot vositalari, kitob, nutq, musiqa, film, vebsayt yoki boshqa axborot vositasidagi maʼlumotlarni yashirish, ularni taqiqlash, oʻzgartirish kabi amallarda namoyon boʻladi. Senzura sabablariga milliy xavfsizlikni taʼminlash, bolalar va ularning psixologiyasini asrash (ayniqsa, bolalar pornografiyasidan[2][3]), nafrat va nizo qoʻzgʻatuvchi nutqlarni cheklash, diniy yoki siyosiy qarashlarni filtrlash, tuhmatning oldini olish yoki mualliflik huquqlarini himoyalash kiradi. U qonuniy yoki noqonuniy boʻlishi mumkin. Aksariyat davlatlar senzurani qonunchilik bilan chegaralashadi,[4] biroq bu cheklovlar mutlaq emas. Senzura (lot. censura — jiddiy muhokama, shafqatsiz tanqid) — bosmadan chiqadigan mahsulotlar, ularning chop etilishi, tarqatilishi ustidan, shuningdek, sahna asarlari, radio-eshittirishlar va televizion koʻrsatuvlar, baʼzida esa shaxsiy yozishmalarning mazmuni va ijrosi ustidan rasmiy hokimiyat organlarining nazorat oʻrnatishi. Ilk bor S. 15-asrda Gʻarbiy Yevropada paydo boʻlgan va cherkov maʼmurlari tomonidan ilohiy va boshqa diniy qoʻlyozma kitoblarga nisbatan qoʻllangan. Cherkov S.si rasmiy cherkov aqidasiga zid keladigan qoʻlyozmalarni, bidʼatchilar kitoblarini mutlaqo taqiqlagan. Yevropada matbaachilikning oʻsishi bilan S. tizimi ham rivojlandi. 1471-yildan diniy mazmundagi kitoblar faqat cherkov maʼmuriyatining ruxsati bilan nashr etiladigan boʻldi. 16-asr dan S. diniy hokimiyatdan asta-sekin dunyoviy hokimiyatga ham oʻta boshladi: bosmaxonalari boʻlgan barcha Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida S. tartibi oʻrnatildi. S. organlari tarmogʻi kengayib bordi, S. qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Buyuk fransuz inqilobi va boshqa inqiloblar fuqarolarga oʻz fikrini erkin ifodalash huquqi berilishini va S.ning bekor etilishini eʼlon qildi. Biroq koʻpgina mamlakatlarda matbuotda cheklashlar davom etaverdi. Rossiyada chorizmning qattiq S. tartibi tufayli koʻpgina gaz. va jur.lar oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Turkistonda ham Rossiya podshosining S. organlari ishlagan. S. aygʻoqchilari bu yerda har bir matbuot organidan koʻz-quloq boʻlib turgan, oʻzi uchun nomaqbul hisoblangan chiqishlarni taqiqlagan. Sobiq shoʻrolar davrida esa 1922-yildan Matbuotda davlat sirlarini saqlash Bosh boshqarmasi (Glavlit) va uning respublikalardagi boshqarmalari tomonidan S. amalga oshirib kelingan. Hozirgi zamon Konstitutsiyalarining aksariyatida soʻz va axborot erkinligi eʼtirof etilib, S. toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlansa-da, dunyoning barcha mamlakatlarida baʼzi hollarda, jumladan, favqulodda holat eʼlon qilingan vaqgda ziyon yetkazuvchi yoki nomaʼqul deb hisoblangan gʻoyalar va maʼlumotlar tarqatilishini oldini olish choralari koʻrilib, S.ni joriy etishga yoʻl qoʻyiladi. Oʻz vazifalariga koʻra, S. bevosita va bilvosita boʻlishi mumkin. Bevosita S. axborot manbalariga, ularni tarqatuvchi vositalarga davlat tomonidan maxsus, ochiqdan-ochiq qatʼiy nazorat oʻrnatadi. S.ni amalga oshiradigan tashkiliy-maʼmuriy tizim yaratiladi va u bevosita ommaviy axborot vositalari va boshqa maʼlumot tashuvchilar faoliyati bilan shugʻullanadi. Bunday idora vakolatlari davlat sirlarini oshkor etmaslikni nazorat qilish bilan asoslantiriladi, urushni targʻib qilish, pornografiya tarqatish, millatlararo va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish kabilarni taqiqlaydi yoki hukmron tartibni biror-bir tarzda tanqid qilishga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha mavjud axborotni qamrab oladi. Bunday S. zamonaviy davlatlarning koʻpchiligida Konstitutsiya tomonidan taqiqlanadi. Bilvosita S. jahonning barcha davlatlarida mavjud. U axborot yaratuvchilarga turli (eng avvalo, iqtisodiy vositalar orqali) taʼsir koʻrsatishda oʻz ifodasini topadi. Bilvosita S.ning turlaridan biri oʻzini oʻzi S. qilishdir, yaʼni axborot yaratuvchining oʻzi nazorat qiladi. S.ni amalga oshirish usuliga koʻra, dastlabki va keyingi S.ga boʻlish mumkin. Dastlabki S. kitob chiqarish, sahna asarlari qoʻyish va sh.k.da ruxsat olish zaruratini nazarda tutadi. Keyingi S. esa eʼlon qilingan nashrlarni baholashdan iborat boʻlib, ushbu talablarni buzgan shaxslarga nisbatan man etuvchi va cheklovchi choralarni nazarda tutadi. Oʻzbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasiga muvofiq, S.ga yoʻl qoʻyilmaydi. Axborot olish va tarqatish kafolatlariga oid "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida" (2002-yil 12 dekabr), "Axborotlashtirish toʻgʻrisida" (yangi tahrirda, 2003-yil 11 dekabr), "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" (1997-yil 25 dekabr), "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish toʻgʻrisida" (1997-yil 24 aprel)gi qonunlar qabul qilingan. Narzulla Joʻrayev, Akmal Saidov. Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash] Birinchi senzura qachon boʻlgani nomaʼlum, ehtimol u 100 ming yil avval, til endi shakllanayotgan paytda yuzaga kelgan. Birinchi yozma senzura Qilqamish dostonidan Siduri maslahatini olib tashlashda namoyon boʻlgan, deb taxmin etiladi,[5] biroq bu hodisaning sabablari aniq emas. Yaqqolroq senzura Suqrot oʻz falsafasini targʻib qilgani uchun EA 399-yilda zahar ichishga hukm etilganida koʻrinadi. Soʻz erkinligi uchun kurash senzura kabi qadimiy. Dramaturg Yevripid (EA 480-406) erkin tugʻilgan kishilarning ozodligini, erkin gapirish huquqini himoya qilgan.[6] Ozodlik uchun kurash tarixan senzuraga qarshi kurashda namoyon boʻlib kelgan Download 161.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling