O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 21/3-gurux talabasi


Download 105.75 Kb.
bet4/18
Sana18.03.2023
Hajmi105.75 Kb.
#1283443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Õzbek punktutsiyasining shakllanishi.(Ğafur Ğulom asarlari misolida)

Kurs ishi ob’ekti. BMI uchun akademik G’afur G’ulomning “Tirilgan murda”, “Netay”, “Shum bola”, “Yodgor” qissalari va ayrim hikoyalari ob’ekt sifatida tanlandi. Shuningdek A.Qodiriyning «O‘tgan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari, Mark Tvenning “Tom Soyer va Geklberri Finning sarguzashtlari” asari qiyosiy tahlilga tortildi.
Kurs ishi maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimizning asosiy maqsadi G’afur G’ulom qissalarida davr va shaxs talqini muammosini yozuvchi estetik ideali va yaratilgan davridan ajratmagan holda, milliy istiqlol g’oyasi hamda umuminsjniy tuyg’ular ifodasi nuqtai nazaridan o‘rganishdir.
Kurs ishi vazifalari. BMIda shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilab olindi:

  • G’afur G’ulomning mohir nosir, taniqli qissanavis sifatida shakllanishi hamda mahoratini oshirib borishiga ta’sir etgan omillarni adabiy ta’sir va badiiy mahorat muammosi nuqtai nazaridan o‘rganish;

  • adib nasri takomilida Abdulla Qodiriy romanlarining ta’sirini kuzatish;

- yozuvchi nasriy merosining janriy rang-barangligi va ichki rivojini tahlil va tadqiq qilish;

  • adib ijodiy qarashlarining badiiy asarlariga ko‘chisi, ya’ni estetik ideal va badiiy tasvir mutanosibligini o‘rganish;

  • G’afur G’ulom qissalarida folklor va mumtoz adabiyot an’analarini o‘rganish;

  • adib qissalarida bosh qahramon qismatining ijtimoiy davr bilan bog’liqlikda badiiy tahlil qilinishini tahlil qilish;

  • G’afur G’ulom qissalarida yumorning ko‘lamini o‘rganish;

  • yozuvchi obrazlarni shafqat va hamdardlik negizida tasvirlanish tamoyilini ko‘rsatish;

  • davr va shaxs talqini muammosini xarakterlar qismatining o‘zaro tutashligi negiida o‘rganish.

Kurs ishining ilmiy yangiligi. G’afur G’ulomning “Tirilgan murda”, “Netay”, “Shum bola”, “Yodgor” qissalari XX asr voqeligining badiiy talqinlari nuqtai nazaridan yangicha qarashlar asosida o‘rganilgani, yozuvchining ijtimoiy davr va shaxsni badiiy ifoda etishdagi poetic mahorati kashf etilganida namoyon bo‘ladi. Zotan, ushbu tadqiqot xulosalari yoshlar tarbiyasi, ularning madaniy merosga munosabatini shakllantirish, estetik didini kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning nazariy xulosa va amaliy kuzatishlarimiz ana shu muammoni konkret ijodkor bilan bog’lab o‘rganish va o‘rgatishga muayyan hissa bo‘lib qo‘shilishi mumkin.

Download 105.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling