O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan maktabimizda ‘‘Ona tilim-faxrim mening’’ mavzusida o‘tkazilayotgan bayram tadbiri senariysi


Download 17.76 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi17.76 Kb.
#1348961
Bog'liq
Tadbir senarisi


O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan maktabimizda ‘‘Ona tilim-faxrim mening’’ mavzusida o‘tkazilayotgan bayram tadbiri senariysi
1-boshlovchi:
Assalomu-alaykum, aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, mustaqil yurtning barkamol yoshlari! Mana yurtimiz bo‘ylab muborak sana shodiyonasi kezmoqda. 1989-yil 21-oktyabrda ‘‘ O‘zbek tili - Davlat tili ’’ deb e’lon qilindi. Bu yil o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligiga roppa rosa 33 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan maktabimizda o‘tkazilayotgan ‘‘Ona tilim- faxrim mening’’ mavzusidaga bugungi adabiy-badiiy kechamizga ‘‘Xush kelibsiz‘‘ deymiz.
2-boshlovchi:
Bayram munosabati bilan barchangizning o‘qish va ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz. Inson go’zalligi, ma’naviyati, buyuk me’rosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu-tildir. Shu sabab onadek aziz o‘z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
Ona simosi gavdalanadi.
3-boshlovchi:
Munis onajon, har bir so’zingiz biz uchun muqaddas. Chunki o’zingiz bu tuyg‘uni, mehrni allangiz ila ko’nglimizga jo aylagansiz.
1-boshlovchi:_Keling,_navbatni_‘‘Til_mushoirasi‘‘_ga_beramiz._Bunda_biz_ona_tili_saboqlarini_“Fonetika’’,_“Morfologiya’’,_“Sintaksis”,_guruhlaridan_tinglaymiz._2-boshlovchi'>1-boshlovchi:
O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi mamlakatdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi. Asosiy qonunning 4-moddasida O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning tillarini, urf-odatlarini hurmat qilish ta’kidlangan.
2-boshlovchi:
Tilning buyukligi ana shundaki, kishining ma’naviy dunyosini boyitish bilan birga inoqlikka birdamlikka chorlaydi.
3-boshlovchi:__10-YE_sinf_o’quvchilari_ijrosida_Ona_tilim_o‘lmaydi_she’rini_tinglaymiz.__1-boshlovchi'>3-boshlovchi:
Har bir tilning poydevori
Yozuv harflardir azal.
Soz tuzadi, ular sozga
Ma’no berar galma-gal.
1-boshlovchi:
Keling, navbatni ‘‘Til mushoirasi‘‘ ga beramiz. Bunda biz ona tili saboqlarini “Fonetika’’, “Morfologiya’’, “Sintaksis”, guruhlaridan tinglaymiz.
2-boshlovchi:
Tilimizning buyukligi serqirra va serjilo, sirli jozibasini o‘zbek tilining asoschisi hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz singari barcha o‘zbek shoirlari va adiblari o‘z asarlarida isbot qilishga harakat qilib kelmoqdalar. O‘zbek tilida yaratilgan asarlarning qaysi misralarini o‘qimang, tilimizning uchqur oti sizni faqat ezgulikka chorlaydi.
3-boshlovchi
Endigi navbatni sahna ko‘rinishiga beramiz.

  1. 7-J sinflari ijrosida “Ustoz va shogird suhbati”sahnasini tomosha qilamiz.

1-boshlovchi:
Navbat 8-9 sinf o’quvchilariga ‘‘Ona tilim’’ she’rini tinglaymiz.
2-boshlovchi:
O‘zbek tili ham qardosh millatlar qatori tez rivojlanib bormoqda shu sababli o‘zbek tilining nufuzi kundan-kunga sayqallanib borayotganini ko’rishimiz mumkin.

  1. 8-YE sinf o‘quvchilari ijrosida raqs tomosha qilamiz.

3-boshlovchi:

  1. 10-YE sinf o’quvchilari ijrosida Ona tilim o‘lmaydi she’rini tinglaymiz.

1-boshlovchi:
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa
Bulbilg’a tikondek oshion bo’lmas emish
Hindiston yurtida markazlashgan davlat tuzgan shoh Bobur butun umri davomida o‘z yurtini ya’ni O‘zbek diyorini qumsab yashadi.
2-boshlovchi:
Endigi navbatni sahna ko‘inishiga beramiz.

  1. ‘‘Uzum’’sahna ko’rinishini 9-YE sinf o‘quvchilari ijrosida tomosha qilamiz.

3-boshlovchi:

  1. Endi 7-YE sinf qizlari ijrosida Xorazmcha raqs tomosha qilamiz.

1-boshlovchi:
Yana sheriyat bo’stoniga sayr etamiz Sahnaga 5-YE sinf o’quvchilarini taklif qilamiz.
2-boshlovchi:

  1. Sahna ko’rinishi

Alisher Navoiyning ‘‘Farhod va Shirin’’ dostonidan ‘‘Mehinbonu va Shirin ’’ suhbati.
3-boshlovchi:

  1. 7-YE sin ijrosida ‘‘Ro‘moling’’ raqsni tomosha qilamiz.

1-boshlovchi:
Ona tilim, o‘zingdirsan elni opichlab,
Shu kunlarga olib kelib taratgan ziyo.
Ona tilim, o‘zingdirsan yillab asrab,
O‘zbek elin Istiqlolga yo’llagan daho.
2-boshlovchi:
Til bayrami barchangizga xush kayfiyat bag’ishlagan bo’lsa, minnatdormiz Ona tilim, buyuklikda eng baland tog’san,
Ona tilim, suyuklikda Erami bog’san.
Download 17.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling