Vaqti: 40 daqiqa Guruh: 5-guruh (20 o’quvchi) Dars nomi


Download 36.5 Kb.
Sana27.10.2020
Hajmi36.5 Kb.
#137127
Bog'liq
ona tilim jonu dilim(1)


Sana: 21-oktabr, 2020-yil (chorshanba)

Vaqti: 40 daqiqa

Guruh: 5-guruh (20 o’quvchi)

Dars nomi: Ona tili

Dars mavzusi: Ona tili – millat ko’zgusi

Dars shiori: «Ona tilim – jonu dilim»

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: «Davlat tili to’g’risida»gi qonun, so’zlashganda boshqa millat va elatlarning tillarini hurmat qilishning mohiyati haqida. Milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’lishi;

b) tarbiyaviy: Inson ma’naviyatini shakllanishida ona tilining o’rni beqiyos ekanligi tushuntiriladi. O’quvchilarda jamoat joyida va uyda o’z fikrini bildirishda odob-axloq qoidalariga rioya qilish malakalari shakllantiriladi;

c) rivojlantiruvchi: Milliy-g’urar va iftixor tuyg’ulari yuksaltiriladi. Globallashuv jarayonida «ommaviy madaniyat» ona tilini yo’qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar beriladi.

Dars turi: yangi bilim beruvchi, aralash

Dars uslubi: og’zaki suhbat, ifodali o’qish

Darsda foydalanilgan metod: suhbat, savol-javob metodlari

Dars jihozlari: Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» kitobi, qo’llanma, darslik, tarqatma savollar, vatman, marker, skotch va boshqa zaruriy buyumlar.

Dars jarayoni:

Tashkiliy qism (2 daqiqa): o’quvchilar bilan salomlashish, darsdagi davomatni aniqlash, sinf tozaligini tekshirish .

Uy vazifasini so’rash (5 daqiqa):

So’zlashuv odobi deganda nimani tushunasiz?

Telefondagi so’zlashuv bilan odatdagi so’zlashuvning nima farqi va qanday umumiylik tomonlari bor?

Maktabda, o’qituvchining savoliga javob berish uchun qo’l ko’tarish shartmi?

Davlat tili deganda nimani tushunasiz?

O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

Davlat tili bilan birga yurtimizdagi barcha millat va elatlarning tillari rivojiga ham shart-sharoitlar yaratilganligining sababi nimada deb o’ylaysiz?

Jamoat joyida, avtobusda, teatr va kino zalida, futbol tomoshasida yoki sport to’garagida qanday so’zlashgan ma’qul deb o’ylaysiz?

Telefonda so’zlashganda «Da, hozir boraman, znaesh ya tebe pozvanyu, ladno, chao!» kabi so’zlarning ishlatilishiga munosabatingizni bildiring.

Yangi mavzu (12 daqiqa): Ona tili – millat ko’zgusi

Ma’lumki, o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir.

(«Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» Islom Karimov).

O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.

O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an’analarini hurmat qilishni ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-modda)

Ibrat: «Nodon kishi lashkar nog’orasiga o’xshaydi: ovozi balandu ichi bo’m-bo’sh va g’arib». (Sa’diy Sheroziy)

«Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurgan oinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmoqdir» (Abdulla Avloniy)

Ayni vaqtda maktablarda ona tilining nufuzini oshirish maqsadida har xil tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Bulardan maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, xalqsevar, o’z kasbining yetuk mutaxasisi, ona tilida ravon gapira oladigan notiq inson bo’lib yetishishini xoqlaymiz.



Mustahkamlash (15 daqiqa):

O’quvchlarni uch guruhga ajratgan holda ularga nom beriladi, guruh a’zolari birin-ketin bittadan til haqida maqollar aytib boshqa guruh qatnashchilari bilan bellashadilar.



Baholash (3 daqiqa): uy vazifasini bajargan va darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa (3 daqiqa):

Telefonda siz qanday so’zlashgan bo’lar edingiz?

Telefondan qaysi vaqtlarda foydlanish to’g’ri hisoblanadi?

Ushbu savolni oila a’zolaringiz bilan muhokama qiling.

Odamning tashqi qiyofasi uning odobiga mos kelishi kerakmi?

Quyidagi «da», labbay, eshitaman, qulog'im sizda, uzr keyin gaplashsak bo’ladimi?, men hozir avtobusdaman, xvatet boshqa telefon qilmang, ya nemogu seychas s vami razgovarivat - darsdaman, privet, poka-poka, xayr omon bo’ling, uchrashguncha xayr, assalomu alaykum, salom, ladno uchrashguncha so’zlaridan telefonda so’zlashish uchun ma’qul bo’lganlarini jadvalga soling.


O’TIBDO’: M.Qarlıbaev

Tayorlagan: R.Sabirov
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling