O’zbek xalq cholg’ulari orkestri


Download 44 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi44 Kb.
#1189427
Bog'liq
Orkestr turlari xaqida ma\'lumot


O’zbek xalq cholg’ulari orkestri

O‘zXChO oiladosh cholg‘ulardan tuzilgan 5 ta guruhdan tashkil topgan bo‘lib, partiturada ular quyidagi ketma-ketlikda yuqoridan pastga qarab joylashadi:



  1. Puflama cholg‘ular guruhi;

  2. Torli-urma cholg‘ular (changlar) guruhi;

  3. Torli-chertma (mizrobli) cholg‘ular guruhi;

  4. Urma zarbli cholg‘ular guruhi;

  5. Torli-kamonli cholg‘ular guruhi.

Puflama cholg‘ular guruhiga kichik nay (pikkalo), nay (katta), surnay va qo‘shnay kiradi. ·
Torli urma cholg‘u guruhiga chang, tanbur kiradi. ·
Torli-chertma (mizrobli) guruhiga rubob prima, qashqar rubobi, afg‘on rubobi, tanbur, qonun, kontrabas, dutor, dutor bas asboblari kiradi. ·
Urma zarbli cholg‘ular guruhiga doyra, nog‘ora, buben, uchburchak, litavra, ksilafon, qayroqtosh, tarelka kiradi. ·
Torli-kamonli guruhga g‘ijjak (I-II), g‘ijjak alt, g‘ijjak qobuz bas, g‘ijjak qobuz kontrabaslar kiradi.

Simfonik orkestr

Simfonik orkestrda cholg‘ular 4 guruhga bo‘linadi va partiturada yuqoridan pastga quyidagicha joylanadi:



  1. Yog‘och damli cholg‘ular;

  2. Mis damli cholg‘ular;

  3. Urma-zarbli cholg‘ular

  4. Torli-kamonli cholg‘ular.


Yog‘och damli cholg‘ular guruhiga

  • fleytalar,

  • goboylar,

  • klarnetlar

  • fagotlar kiradi. Bu guruh ijrosi uchun musiqa partituraning eng yuqoridagi nota yo‘llariga yoziladi.

Mis damli cholg‘ular guruhiga

  • valtornalar (ko‘pincha 4 ta),

  • trubalar (2 ta),

  • trombonlar (3 ta) va

  • tuba (1 ta) kiradi.


Torli-kamonli cholg‘ular guruhi – orkestrning eng asosiy guruhi hisoblanadi. Bu guruhga

  • I, II skripkalar, alt, violonchel, kontrabaslar kiradi va ular 5 ta nota qatorlarini egallab, partituralarning eng pastki qismidan joy olgan


Puflama va zarbli cholg’ular orkestri

Puflama va zarbli cholg’ular orkestri toʻrt guruhdan

  1. asosiy guruh,

  2. mis damli cholg’ular

  3. yogʻoch

  4. zarbli cholgʻular guruhidan iborat

Orkestrning asosini konusning keng ko'lamli puflama asboblari tashkil etadi: kornetlar, flugelhornlar, evfoniumlar, altoslar, tenorlar, baritonlar, tubalar.
Ushbu orkestrning yana bir guruhi simfonik orkestrlar uchun umumiy bo'lgan silindrsimon kanalli asboblardan iborat: karnaylar, trombonlar va shoxlar. Shuningdek, guruch cholg'ularida
yog'och nafasli cholg'u asboblari: naylar, klarnetlar, saksafonlar, yirik ansambllarda - goboy va fagotlar ishlatiladi[
Orkestr. yevropada 17-a.da shakllangan. Turli (jumladan, ochiq havo, yurish) sharoitlarga moslanganligi tufayli ko`pgina mamlakatlar armiyalari tarkibiga kirgan. Ijrochilar soniga qarab kichik (20), o`rta (30) va katta (40- 55, ba`zan 80- 100 sozandadan iborat)

Estrada orkestri

Estrada orkestri —estrada musiqasi va jaz namunalarini ijro etuvchi ijodiy jamoa. 20-asrning 20-yillarida jaz orkestri negizida yuzaga kelgan.
Tarkibi 14 dan 30 gacha (va undan ortiq) sozandalardan tashkil topadi:

Ushbu orkestr kuy yoʻli va janri ga qarab


melodik (asosan, mispuflama cholgʻular — 3—4 truba, 3—4 trombon, 4—5 saksofon)
ritmik (fortepiano, elektr gitaralar, urma cholgʻular) guruxlardan iborat.

Estrada orkestrining torlikamonli (skripka, violonchel kabi) va boshqalar cholgʻular qoʻshilishi hisobiga kengaytirilgan turi simfojaz (estradasimfonik orkestri) deb ataladi. Estrada orkestri tarkibiga, shuningdek, xonanda, raqqos va boshqalar sanʼatkorlar kirishi mumkin.


Oʻzbekistonda ilk Estrada orkestrilari 1940—50 yillarda shahar bogʻlari, raqs maydonchalari va boshqalar joylarda faoliyat koʻrsata boshladi. 1958-yilda Oʻzbek davlat estrada orkestri (1972-yilgacha) tashkil topdi.

Rus xalq cholg’ulari orkestri

Rus xalq cholg'ulari orkestri - bu ko'p sonli va xilma-xil kompozitsiyadan iborat musiqiy guruh bo'lib, ularning asosini

  1. domralar

  2. balaykalar cholg’ulari guruhlari va bu cholg’ularning oylasiga kiruvchi cholg’ular dan tashkil etadi.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling