O'zbekiston Biologiya Jurnali


Download 7.57 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.57 Kb.
#1566025
Bog'liq
O\'zbekiston Biologiya Jurnali

O'zbekiston Biologiya Jurnali


"Uzbekiston Biologiya Jurnali" O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan 1943 yilda ta'sis etilgan bo'lib (2006 yilgacha nomi, Uzbekiston fanlar akademiyasi axboroti, Biologiya fanlari seriyasi), yiliga 6 ta son shaklida chop etiladi.
Tahririyat a'zolari biologiyaning turli ilmiy yo'nalishlarida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar iborat.
Bosh muharrir

Sobirov Ravshan Zairovich
Tug'ilgan sanasi: 1958 yil 1 sentyabr
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ilmiy soxasi: biologiya
M. Ulug'bek nomli O’zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi
Biofizika va biokimyo instituti direktori
Biologiya fanlari doktori, professor, akademik
Biologiya sohasidagi olim
1980 yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan.
370 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, h- indeks 28 (2020 yil uchun). 1 ta fan doktori, 10 ta fan nomzodlari va falsafa doktorlari tayyorlandi. 2017 yildan beri O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi. "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlangan (2020).

Manzil:

100047, O'zbekiston, Toshkent, Ya. Gulomov ko'chasi 70

Telefon:

(+998-71) 232-11-81

E-mail:

bioljournal@umail.uz


  Maqolalarni qabul qilish qoidalari


1. Maqolalar rus yo’ki ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqola matni Microsoft Word da tahrir etilgan bo’lib, 10 sahifadan oshmasligi kerak (1,5 intervalda, Times New Roman shrifti, o'lchami 14) Sahifa jadvallarrasmlar va adabiyotlarni o'z ichiga olgan bitta raqam bilan saxifaladi.
2. Jurnal tahririyatiga 1 nusxa va elektron shaklda (yoki elektron pochta orqali bioljournal@umail.uz), ish bajarilgan tashkilotdan yo’llanma xat, ekspertiza akti, va iloji bo’lsa tashqi taqriz.
3. Maqola yo’zuv tartibi: maqola nomi; mualliflarning familiyasi va nomlari; muassasa (lar) ning nomi; mualliflardan birining elektron pochtasi; maqolaning matni (kirish, materiallar va usullar, natija), adabiyo’tlar bo'lishi kerak (6-10 satr o'zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya , kalit so'zlar bilan).
4. Maqolalar ni Atabekov Ikram Urmanovich xar kuni soat 12-dan Toshkent sh. akad. Ya. G'ulomov, ko’chasi 70. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining binosinig 244 хonasida qabul qiladi( e-mail: bioljournal@umail.uz, telefon: (+99871) 232 1181).
Mualliflarga alohida bosma nashrlar berilmaydi; Muallif jurnal chiqarishdan oldin "Matbuot tarqatuvchi" yoki "O'zbekiston pochtasi"orqali obuna bo'lishi mumkin.

Arxiv


Download 7.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling