O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nukus filialining “tarlan” futzal jamoasi qoraqlopg‘iston respublikasi ikkinchi ligasida zafarli odimlarini davom ettirmoqda


Download 1.66 Mb.
Sana26.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1297918
Bog'liq
gazetaga maqola


O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALINING “TARLAN” FUTZAL JAMOASI QORAQLOPG‘ISTON RESPUBLIKASI IKKINCHI LIGASIDA ZAFARLI ODIMLARINI DAVOM ETTIRMOQDA
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining “TARLAN” futzal jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ikkinchi ligasi Futzal bo‘yicha Pobeda-1222 chempionatida o‘z ishtiroklarini olib bormoqdalar. Qizg‘in va murosasiz o‘yinlar natijasiga ko‘ra “Tarlan” jamoamiz umumiy hisobda 17-tur yakunlariga ko‘ra 31 achko jamg‘arishga erishdi. Jamoa to‘liq filial talabalaridan tashkil qilingan bo‘lib, futbolchilarga Kutlimuratov Muxammeddin Amangeldiyevich va Qayipnazarov Talg‘at Shamshetovichlar murabbiylik qilib kelishmoqda.
17-tur o‘yinlarida “TARLAN” jamoamiz “QARAQALPAQ GAZ” jamoasi bilan o‘yin olib bordi va 13:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Jamoamizdan gollarni;
Aleksandrov Arislan 3 gol
Madarov Nodir 1 gol
Tajibaev Jasur 1 gol
Kaipnazarov Talg‘at 2 gol
Yusupov Jaxangir 2 gol
Kutlimuratov Muxammeddin 2 gol
Barliqbaev Anvar 2 golni o‘z hisoblariga yozdirib qo‘ydilar.
Ushbu chempionat filialimizning ko‘plab futbolchi talabalari uchun, darslar davomida o‘rgangan amaliy ko‘nikmalarini va taktik uslullarini sinovdan o‘tkazuvchi katta tajriba maydoni sifatida xizmat qilmoqda.
TARLAN” jamoamizning o‘yinchilari va murabbiylariga kelasi turlarda ham shunday ishonchli, yorqin g‘alabalarni tilab qolamiz.
18-turni jamoamiz 18-fevral kuni “MOYNAQ-SITI” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbekiston DJTSU Nukus filiali o‘qituvchisi Shamuratov Jasur Seytmuratovich


(+998913901995)



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling