O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi, toshkent davlat yuridik instituti


Download 428.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana15.08.2020
Hajmi428.31 Kb.
  1   2   3   4   5   6

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI, 

 

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MATKARIMOVA GULCHEXRA ABDUSAMATOVNA 

 

SATTOROV DILSHOD YULDASHEVICH 

 

 



XALQARO JINOYAT HUQUQI 

 

O‘QUV QO‘LLANMA 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

ТOSHKENT-2009 



 

O‘quv  qo‘llanma  Toshkent  davlat  yuridik  institutining  O‘quv-uslubiy 



kengashi  majlisining  2006-yil  7-sentabr  2-sonli  majlisi  bayonnomasi  bilan 

tasdiqlangan va nashrga tavsiya qilingan. 

 

 

 



Matkarimova G.A. Sattorov D.Y. 

Xalqaro  jinoyat  huquqi.  O‘quv  qo‘llanma.  Ma'sul 

muharrir: yuridik fanlar doktori, Umaraxunov I.M. –T.: 

TDYI nashriyoti, 2009. 59-bet. 

Sarlavhada: 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Adliya 


vazirligi, TDYI. 

 

 



Taqrizchilar: yuridik fanlar nomzodi, Sattarova M. 

yuridik fanlar nomzodi, Raximova M. 

 

Xalqaro  huquq  normalari  transmilliy  uyushgan  jinoyatchilikka  qarshi 



kurashni  yuridik  jihatdan  tartibga  solishga  qaratilgan  yuridik  normalar 

majmuidir.  Xalqaro  huquqning  instituti  bo‘lgan  xalqaro  jinoyat  huquqining 

me'yorlarini  ro‘yobga  chiqarish  mutaxassislardan  chuqur  kasbiy  ko‘nikmalar 

hamda  nazariy  bilimlarni  talab  etadi.  Mazkur  qo‘llanmada  xalqaro  jinoyat 

huquqining  tushunchasi  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  jinoyatchilikning  turli 

ko‘rinishlariga  kurash  olib  borish  tartibi  atroflicha  tahlil  qilingan,  muallif 

vositalarni  Shunchaki  tavsifi  bilan  chegaralanmasdan,  ushbu  vositalarni 

qo‘llash  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  o‘zining  taklif  va  tavsiyalarini 

bergan.  

O‘quv qo‘llanma olimlar, sud-huquq sohasidagi mutaxassislar va yuridik 

instituti  talabalari  va  umuman  xalqaro  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  bilan 

qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

© Matkarimova G.A., Sattorov D.Y. 

© Toshkent davlat yuridik instituti, 2009-y



 



KIRISH 

 

Bugungi  kunda  kishilik  jamiyati  XXI  asr  bo‘sag‘asidan  bosib  o‘tib, 



ilm va fan texnika sohasida aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishmoqda. 

Koinotga  oddiy  fuqarolarning  uchib  kelishi,  o‘zga  sayyoralarda  ilmiy-

texnik  tadqiqotlarni  amalga  oshirish  oddiy  bir  holga  aylanib  bormoqda. 

Zamonaviy  axborot  texnologiyalarning  misli  ko‘rilmagan  sur'atlarda 

taraqqiy  etishi  kurrai  zaminimizning  turli  burchaklaridan  bevosita  qisqa 

vaqtda  elektron  ma'lumotlar  bilan  ayirboshlash  imkoniyatini  yaratmoqda. 

Afsuski, ana shunday insoniyatni kamolot sari olib boruvchi omillar bilan 

birga,  bag‘oyat  mudhish,  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlik  uchun  xatarli 

tahdidlar  vujudga  kelayotganligi,  ushbu  tahdidlarni  tag-tomiri  bilan  yo‘q 

qilishda  jahon  hamjamiyati  ojizlik  qilayotganligini  e'tirof  etish  lozim. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  o‘tgan  asr  natijalarini 

sarhisob  qilar  ekan,  "dunyoning  ikki  marta  jahon  urushini  boshdan 

kechirgani,  butun-butun  xalqlar  hayotiga  xavf  soladigan  milliy 

mafkuraviy, 

diniy 

asosdagi 



qarama-qarshiliklarning, 

hududiy 


mojarolarning  avj  olgani,  xalqaro  terrorchilik,  ekstremizm,  ekologik 

xatarlar,  giyohvandlik  kabi  illatlar  insoniyat  boshiga  ulkan  musibatlarni 

olib  kelgani  ham  shu  davrning  achchiq  haqiqatidir"

1

,  deb  e'tirof  etgani 



nihoyatda haqqoniydir.  

Xalqaro  jinoyat  huquqi  doirasida  xalqaro  jinoyatchilikka  qarshi 

kurash  masalalari  O‘zbekiston  Respublikasi  uchun  -oyat  muhim 

ahamiyatga  egadir.  O‘zbekiston  o‘z  davlat  mustaqilligini  qo‘lga 

kiritishning  dastlabki  damlaridanoq  jahon  hamjamiyatiga  integratsiya 

qilishda  birinchi  navbatda  xalqaro  huquq  normalariga  tayandi  va 

tayanmoqda.  Xalqaro  munosabatlarda  to‘plagan  turli  muammolarga  shu 

jumladan  xalqaro  jinoyatchilikka  barham  berishda  O‘zbekiston  eng  faol 

davlatlarga  xos  siyosatni  amalga  oshirmoqda  Yurtboshimiz  I.A.Karimov 

yozishicha, "Biz sa'i-harakatlarimizni birlashtirib, eng asosiy qoida hozirgi 

zamon  jamiyat  taraqqiyotining  bebaho  boyligi,  hatto  mintaqada 

barqarorlikni  o‘rnatishning  muhim  sharti  sifatida  inson  huquqlari  va 

erkinliklariga hurmat va ehtiromni  mustahkamlashimiz kerak. Biz siyosiy 

va  iqtisodiy  islohotlarni  og‘a  siljitishimiz,  narkobiznes  va  terrorizmga 

mintaqaviy  va  jahon  hamkorligi  jarayonlari  rivojiga  xalaqit  beradigan 

barcha illatlarga qarshi kurashishimiz kerak"

2



                                                 



1

 Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun barchamiz mas'ulmiz.T.9.-T.: O‘zbekiston, 2001.152-bet. 

2

 Karimov I.A.Bunyodkorlik yo‘lidan.T.4.-T.: O‘zbekiston,1996.35-bet. 



 

O‘zbekiston  Respublikasida  xalqaro  jinoyat  huquq  normalari 



doirasida  jazo  muqarrarligini  ta'minlash  boraida  bir  muhim  ishlar  amalga 

oshirildi. O‘zbekiston bir qator xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan bo‘lib, 

ularning  talablarini  milliy  qonunchilikka  singdirmoqda.  Hozirda 

O‘zbekistonda  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  borasida  xalqaro  va  milliy 

huquq  bilan  o‘zaro  uyg‘unlashtirilgan  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 

borasida  huquqiy  mexanizmning  poydevori  yaratilganligini  tan  olish 

lozim.  Ammo  bu  bilan  qanoatlanib  bo‘lmaydi.  Xalqaro  jinoyatchilik 

illatining  murakkablashish  sur'atlariga  monand  choralar  ko‘rilishi  davr 

taqozosi bo‘lib turibdi.  

Magistrantlarga  mo‘ljallangan  mazkur  qo‘llanmada  xalqaro  jinoyat 

huquq tushunchasi, xalqaro huquqbuzarliklarning turlari va ularga xalqaro-

huquqiy  kurash  olib  borishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  O‘zbekiston 

Respublikasining xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyati 

batafsil  o‘rganilgan.  Qo‘llanmada  yuqorida  zikr  etilgan  masalalarning 

shunchaki  tavsifi  bilan  chegaralanmasdan,  tanqidiy-tahliliy  o‘rganib 

chiqishga harakat qilingan.  



 



Xalqaro jinoyat huquqi tushunchasi va rivojlanishi 

 

Xalqaro  huquq  davlatlararo  munosabatlarda  vujudga  kelayotgan 



muammolarni  bartaraf  qilishning  eng  samarali  mexanizmlarini  o‘zida 

ifoda  etib,  xalqaro  hamkorlikning  barqaror,  bir  maromda  kechishini 

ta'minlaydigan yuridik normalar majmuidir. Ayni xalqaro huquq vositasida 

davlatlar  o‘zaro  hamkorlik  shakllarini  yuridik  jihatdan  mustahkamlab, 

o‘zaro  huquq  va  majburiyatlar  hamda  javobgarlik  tabiatini  belgilaydilar. 

Bugungi  unda  xalqaro  huquq  insoniyatni  umumbashariy  muammolardan 

xalos  qilishda  muqobili  yo‘q  vosita  sifatida  baholanmoqda.  Davlat 

rahbarlari  o‘rtasida  xalqaro  uyushgan  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 

borasida  davlatlar  serjabhali  reja  asosida  ikkitomonlama,  mintaqaviy  va 

qo‘p  tomonlama  hamkorlikni  amalga  oshirilishi  anglanib,  ana  shunday 

hamkorlik  qonun  ustuvorligi  va  inson  huquqlariga  hurmat  munosabatiga 

tayagan holda amalga oshirilish lozimligini e'tirof etmoqdalar

1

.  


Bugungi  kunda  davlatlarning  jiddiy  tashvishga  solayotgan,  holbuki 

insoniyat  tiniligi  va  xavfsizligiga  jiddiy  raxna  solayotgan  muammolardan 

biri  xalqaro  jinoyatchilikning  avjiga  chiqishidir.  Xalqaro  uyushgan 

jinoyatchilikning  ayrim  ko‘rinishlari  shu  qadar  chigallashganki,  ular 

zamonaviy  xavfsizlik  kontseptsiyasini  butkul  o‘zgartirib  yuborib,  kishilik 

jamiyatining  kelajagi  ayni  ushbu  jinoyatlarga  qarshi  kurash  qay  darajada 

samarali  olib  borilishi  bilan  bevosita  bo-liq.  Giyohvandlik  vositalari  va 

psixotrop  moddalarning  noqonuniy  aylanish,  terrorizm,  diniy  ekstremizm 

harakatlari  misli  ko‘rilmagan  tarzda  ommaviylashib,  butun  xalqaro 

hamjamiyatni  birlashtirishga  majbur  qilmoqda.  Zero,  xalqaro  uyushgan 

jinoyatchilik  xavfliligining  avjiga  chiqishini  nafaqat  terrorizm  va 

narkotizm  g‘oyat  faollashuvi  balki  xalqaro  jinoyatlar  jumladan  genotsid, 

inson  huquqlarining  vahshiy  buzilishlari,  harbiy  jinoyatlar,  agressiya 

harakatlari  namoyon  bo‘layotganligi  bilan  belgilanadi.  N.I.Kostenko 

tomonidan  e'tirof  etilganidek,  jahonda  xalqaro  jinoyatchilik  ahvolining 

tahlili  shundan  dalolat  beradiki,  mazkur  illat  misli  ko‘rilmagan  darajada 

rivojlanib borib, jahonda qonuniy va huquqtartibotga bolta urmoqda

2

.  



Ma'lumki,  jinoyatchilik  hodisasining  bir  davlat  doirasidan  chiqib 

ketish  muammosi  qadimiy  ildizlarga  ega.  Xalqaro  huquq  rivojlanishning 

eng  dastlabki davrlarida  davlatlar  podsholari  jinoyatchilarni  ushlab  berish 

to‘g‘risidagi  ikkitomonlama  shartnomalar  tuzganlar.  Tarixiy  manbalardan 

                                                 

1

  Misol  uchun  qarang:  Совместное  заявление  Президента  Российской  Федерации  В.В.  Путина  и  Президента 



США Дж.Буша об антитеррористическом сотрудничестве./ Российская газета. 2002. 24 май. 

2

 Костенко Н.И. Международное уголовное право.-М.: Юрлитинформ, 2003.-С.5. 



 

ma'lum  bo‘lishicha,  eramizdan  avvalgi  XIII  asrning  boshlarida  Misr 



fir'avni  Ramzes  hamda  xettlar  podshosi  Xattushil  III  o‘rtasida  ikki  xalq 

munosabatlaridagi  o‘zaro  hurmat  va  ehtirom  hukm  surinishini  nazarda 

tutib,  xalqaro  jinoyatchilikka  qarshi  kurashdagi  bir  qator  moddalarni 

jumladan  qochqin  qullarni  ushlab  berishni  ham  mustahkamladi

1

.  Xalqaro 



jinoyatchilik  rivojlanib  borib,  mukammallashgan  sari  xalqaro  huquq  o‘z 

tarixiy  rivojlanishida  bir  necha  taraqqiy  jarayonlarni  kechirdi.  Bu 

jarayonlar sirasiga xalqaro huquqning aksilharbiy tus olishi, shartnomaviy 

normalar  hajmining  o‘sib  borishi,  yangi  institutlarning  vujudga  kelishi, 

xalqaro  huquqning  ta'sir  ko‘rsatish  doirasi  keskin  oshishi  va  uning 

demokratlashuvidan  iborat

2

.  Xalqaro  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 



borasida  davlatlararo  hamkorlikni  tartibga  oluvchi  normalar  yig‘indisi  bir 

institutga  mujassamlashtirilib,  xalqaro  huquq  doktrinasida  xalqaro  jinoyat 

huquqi  nomini  oldi.  Zamonaviy  xalqaro  jinoyat  huquqi  -  jinoyatlarning 

oldini  olish,  jinoiy  ishlar  bo‘yicha  o‘zaro  huquqiy  yordamni  ko‘rsatishni 

va  jazo  muqarrarligini  ta'minlashga  doir  davlatlararo  munosabatlarni 

yuridik jihatdan tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy normalar majmuidir. 

Ta'kidlash 

lozimki, 

zamonaviy 

xalqaro 


jinoyat 

huquqning 

rivojlanishi  BMT  tuzilishi  hamda  1945-yilda  gitlerchilarning  jinoyatlari 

yuzasidan  Tribunal  ta'sis  etilish  paytidan  boshlandi.  Biroq  mazkur 

voqealarga qadar bir qator muhim hujjatlar qabul qilinganligini e'tirof etish 

joiz.  Ma'lumki,  Millatlar  Ligasi  doirasida  xalqaro  nizolarni  tinch  yo‘llar 

bilan  xal  qilish  to‘g‘risidagi  1927-yilgi  Jeneva  Bayonnomasi,  Agressiv 

urushlarni  taqiqlash  to‘g‘risidgi  1927-yilgi  Deklaratsiya  qabul  qilingan. 

Mazkur xalqaro hujjatlar asosida "Milliy siyosat vositasi sifatida urushdan 

voz  kechish  to‘g‘risida"gi  Parij  Pakti  1928-yili  qabul  qilindi.  Biroq, 

tegishli  xalqaro-huquqiy  sanktsiyalovchi  mexanizmi  bilan  ta'minlangan 

yuridik normalarning majmui hamda xalqaro adliya organlarining vujudga 

kelishi  ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  vaqtga  to‘g‘ri  keladi.  Nyurnberg 

va  Tokio  tribunallari  nizomlari  insoniyat  tarixidagi  ilk  xalqaro  jinoyat  va 

jinoyat  protsessual  kodekslari  sifatida  e'tirof  etilib,  xalqaro  jinoyat 

huquqning  hatto  asosiy  manbalar  sirasiga  kiritilgan

3

.  M.D.Shargorodskiy 



tomonidan yozishicha esa, "Tribunal nizomlarining ayrim normalari oddiy 

                                                 

1

 Международное публичное право.-М.: Проспект, 1999.-С.37. 



2

  Qarang:  Грабарь  ВЭ.  Матералы  к  истории  литературы  международного  права  в  России  (1614-1917).-М.: 

Издательство  Академии  наук  СССР,1958;  Баскин  Ю.А.  История  международного  права.-М.:  Международыне 

отношения,1990;  Левин  Д.Б.  История  международного  права.-М.:  Наука,1962;  Мартенс  Ф.Ф.  Современное 

международное право цивилизованных народов.-М.: Московский юридический колледж,1996.  

3

  Ромашкин  П.С.  К  вопросу  о  понятиях  и  источниках  международного  права.//  Советское  государство  и 



право.1948.№3.-С.28.  

 

xalqaro  shartnoma  ahamiyati  doirasidan  chiqib  ketib,  barcha  mamlakatlar 



uchun huquq vazifasini o‘taydi"

1

.  



BMT tashkil etilish paytidan e'tiboran xalqaro jinoyat huquqi rivojida 

yangi davr boshlanib, ushbu vaqtdan bugungi kunga qadar xalqaro jinoyat 

huquqi  birmuncha  takomillashganligini  ko‘rish  mumkin.  Xalqaro 

jinoyatchilikka  qarshi  kurash  borasidagi  davlatlar  hamkorligining 

zamonaviy  mexanizmiga  e'tibor  beradigan  bo‘lsak,  e'tirof  etish  lozimki, 

Rivojlanayotgan  davlatlar  jinoyatchilik  bilan  kurashdagi  hamkorlikning 

huquqiy  shakllarini  rivojlantirish  va  takomillashtirishda  faol  ishtirok 

etmoqda.  Bu  hamkorlik  jarayonida  davlatlar  quyidagi  vazifalarni  hal 

qiladi: a) bir qancha yoki barcha davlatlarga xavf tug‘diruvchi jinoyatlarni 

xalqaro xarak-terdagi jinoyatlar sifatida turkumlashni maslahatlashib olish; 

b)  xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlarning  oldini  olish  va  to‘xtatib  qo‘nish 

bo‘yicha tadbirlarni markazlashtirish; v) jinoyatlar va jinoyatchilar ustidan 

huquqiy sudlovni o‘rnatish; g) jazoning muqarrarligini ta'minlash; d)jinoiy 

ishlar  bo‘yicha  huquqiy  yordam  ko‘rsatish  zarur  bo‘lgan  taqdirda 

jinoyatchilarni topshirish.  

Yuqorida tilga olingan vazifalar xalqaro huquq vositalari bilan ham, 

milliy huquqiy vositalar bilan ham amalga oshiriladi. Bunda davlatlarning 

suveren huquqlari daxlsiz bo‘lib qolaveradi. Chunki jinoyatchilikka qarshi 

kurashning asosiy muammolari har bir davlatning ichki huquqiy doirasiga 

taalluqlidir.  Rivojlangan  davlatlarning  huquqiy  doktrinasi  shundan  kelib 

chiqadiki,  nemis  va  yapon  harbiy  jinoyatchilarni  jazolash  uchun  samarali 

foydalanilgan  xalqaro  jinoiy  yuridik  sudlov  (Nyurnberg  va  Tokio  -

sudlovlari)  va  insoniyatga  qarshi  jinoyatchilik  bilan  kurashish  uchun 

mo‘ljallangan  bo‘lib  masalan,  aparteid  jinoyatchiligining  oldini  olish  va 

shunday  jinoyat  uchun  jazolash  to‘g‘risidagi  Konvensiyaga  binoan  ularni 

tegishli  ichki  davlat  sudloviga  nisbatan  qo‘llab  bo‘lmaydi.  Davlatlar 

xalqaro 

xarakterdagi 

jinoyatlarga  qarshi 

kurashdagi 

harakatlarni 

markazlashtirish  masalalarni  va  jinoiy  ishlar  bo‘yicha  huquqiy  yordam 

ko‘rsatish masalalarida xalqaro shartnomalar tuzdi. 

Har  bir  muayyan  jinoyatga  tarkibi  bir-biriga  "o‘xshash"  jinoyatlar 

guruhiga  bag‘ishlangan  maxsus  xalqaro  Konvensiya  qabul  qilish  qoidaga 

aylandi.  Pul  belgilarini  qalbaki  tayyorlashga  qarshi  kurash  to‘g‘risidagi 

xalqaro Konvensiya, giyohvand vositalar to‘g‘risidagi yagona Konvensiya, 

havo  kemalarini  qonunga  zid  ravishda  egallashga  qarshi  kurashish 

to‘g‘risidagi  Konvensiya,  Fuqaro  havo  kemasi  xavfsizligiga  qarshi 

                                                 

1

  Шаргородский  М.Д.  Некоторые  вопросы  международного  уголовного  права..//  Советское  государство  и 



право.1947.№3.-С.30. 

 

qaratilgan  qonunsiz  aktlarga  qarshi  kurash  to‘g‘risidagi  Konvensiya, 



Xalqaro  himoya,  shu  jumladan,  diplomatik  himoyadan  foydalanuvchi 

shaxslarga  qarshi  jinoyatlarning  oldini  olish  va  shunday  jinoyatlar  uchun 

jazolash 

to‘g‘risidagi 

Konvensiya 

va 


ayrim 

boshqa 


amaldagi 

Konzentsiyalar  shular  jumlasidandir.  Yollanganlarni  "to‘plash,  ulardan 

foydalanish,  mablag‘  bilan  ta'minlash  va  terrorlikka  o‘qitishni  taqiqlash 

to‘g‘risidagi  Konvensiya  tayyorlov  bosqichidadir.  Xalqaro  xarakterdagi 

jinoyatlarning  ayrim  ko‘rinishlari  to‘g‘risidagi  normalar  mazmunan 

kengroq  doiradagi  muammolarni  qamrab  oluvchi  xalqaro  shartnomalarga 

kiritilgan.  Masalan,  qaroqchilikka  qarshi  kurash  masalalari  Ochiq  dengiz 

to‘g‘risidagi Konvensiyaning bir qator moddalarida ko‘zda tutilgan.  

Jinoiy  ishlar  bo‘yicha  huquqiy  yordam  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq 

huquqiy  munosabatlar  xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlar  bilan  kurashish 

to‘g‘risida  ko‘p  tomonlama  xalqaro  Konvensiyalar  normalari  yoxud 

huquqiy hamkorlik to‘g‘risidagi  maxsus shartnomalar orqali boshqariladi. 

Rivojlangan  mamlakatlar  va  ba'zi  boshqa  davlatlar  o‘rtasidagi  fuqarolik, 

oila va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ikki 

tomonlama  shartnomalar  tuzilganligi  alohida  ahamiyatga  ega.  Bunday 

shartnomalarning dastlabki guruhi 50-yillarning oxirlariga taalluqlidir. 

Huquqiy  yordamning  mazmunini  tashkil  etuvchi  harakatlar  g‘oyat 

xilma-xildir. Ularda tintuv o‘tkazish, ashyoviy dalillar olish va topshirish, 

hujjatlarni  topshirish,  ekspertizalar  o‘tkazish,  ayblanuvchilar,  guvohlar, 

ekspertlarning  so‘roq  qilinishi,  sudlov  tekshiruvi  ko‘zda  tutiladi,. 

Jinoyatchilarni topshirish masalalari ayniqsa mukammal belgilab qo‘yilgan 

davlatlar.  tegishli  sudlov  harakatlarini  amalga  oshirish  to‘g‘risidagi 

topshiriqlarni  bajarish  yo‘li  bilan  bir-birlariga  huquqiy  yordam 

ko‘rsatadilar. 

Jinoyatchilarni tutib berish ularni jinoiy tekshiruvni amalga oshirish, 

jinoiy  javobgarlikka  tortish  yoki  ularga  nisbatan  hukmni  ijro  etish  uchun 

bir  davlat  (so‘ralayotgan  tomonning)  ikkinchi  davlat  (so‘rayotgan 

tomon)ga huquqiy yordam aktini ifodalaydi. 

Shartnomalarda  jinoyatchilarni  tutib  berish  to‘g‘ri-sidagi  qoidalar 

ta'riflanadi.  Ularga  shartlashuvchi:  ikkala  tomon  qonunchiligiga  binoan 

jinoyat  hisoblan-gan  va  shunday  jinoyat  uchun  bir  yildan  ortiq  muddatga 

ozodlikdan  mahrum  qilish  yoki  yanada  og‘irroq  jazo  (ayrim 

shartnomalarda: bir yildan kam bo‘lmagan muddatga) ko‘zda tutiladi. 

Jinoyatchilarni  tutib  berish  mumkin  bo‘lmagan  holatlar:  a)  tutib 

berish  talab  qilinayotgan  shaxs  so‘ralayotgan  tomon  fuqarosi  hisoblansa; 

b)  jinoyat  so‘rala-yotgan  davlat  hududida  sodir  qilingan  bo‘lsa;  v)  jinoiy 



 

ish  so‘rayotgan  davlat  qonunchiligiga  binoan  qo‘zg‘atilishi  mumkin 



bo‘lmasa,  yoki  muddatini  o‘tganligi  yoxud  boshqa  asoslar  bo‘yicha 

hukmning  ijro  etilishi  mumkin  bo‘lmasa;  g)  jinoyat  qilgan  shaxsga 

nisbatan  so‘ralayotgan  davlat  organi  oldiroq  hukm  chiqargan  yoki  ish 

yuzasidan  tekshiruvini  to‘xtatgan  bo‘lsa;  d)  jinoyat  har  ikkala  davlat 

qonunchiligi bo‘yicha xususiy ayblov tartibida ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, 

ham belgilanadi. 

Huquqiy  yordam  to‘g‘risidagi  barcha  shartnomalar  uchun  umumiy 

bo‘lgan  o‘z  fuqarolarni  topshirmaslik  qoidasi  ko‘pchilik  davlatlarning 

fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunda aniq qayd etilgan. 

Xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlarga  qarshi  kurash  to‘g‘risidagi  ko‘p 

tomonlama Konvensiyalarda jinoyatchilarni tutib berish to‘g‘risidagi talab 

bilan  murojaat  qilingan  davlatga  yuridik  majburiyat  sifatida  qaralmaydi. 

Biroq  Konvensiyalarning  ishtirokchilari  bo‘lgan  davlatlar  xalqaro 

xarakterdagi jinoyatlarni o‘zlari o‘rtasida tuzilayotgan jinoyatchilarni tutib 

berishni  keltirib  chiqaruvchi  jinoyatlar  sifatida  jinoyatchilarni  tutib  berish 

to‘g‘risida  o‘zlariga  majburiyat  olganliklarini  ifodalaganlar.  Hatto, 

davlatlar  o‘rtasida  jinoyatchilarni  tutib  berish  to‘g‘risidagi  maxsus 

shartnoma 

bo‘lmagan 

taqdirda 

ham 

bu 


ko‘p 

tomonlama 

Konvensiyalarning  har  biri  davlatlar  tomonidan  shunday  jinoyat  qilgan 

shaxslarni  tutib  berish  uchun  yuridik  asos  sifatida  ko‘rib  chiqilishi 

mumkin.  Xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlar  to‘g‘risidagi  ikki  tomonlama 

shartnomalarda bundan ham keskinroq yo‘l-yo‘riqlar belgilanishi mumkin. 

Shunday  qilib,  xalqaro  jinoyat  huquqi  davlatlararo  munosabatlarda 

vujudga  kelayotgan  eng  xatarli  tahdidlardan  biri  -  xalqaro  jinoyatchilikka 

qarshi  kurash  masalalarini  xalqaro-huquqiy  jihatdan  tartibga  solib, 

o‘zining  tarixiy  rivojida  bir  necha  bosqichlarini  bosib  o‘tdi.  Zamonaviy 

xalqaro  jinoyat  huquqi  BMT  ta'sis  etilishidan  e'tiboran  rivojlanib  borib, 

xalqaro  jinoyatchilikka  barham  berish  borasidagi  bir  qator  yo‘nalishlarni 

jumladan  xalqaro  huquqbuzarliklarni  sodir  etgan  shaxslar  uchun  jazo 

muqarrarligi  ta'minlash,  xalqaro  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  borasida 

yagona  xalqaro-huquqiy  standartlarni  belgilash,  huquqiy  yordamni 

o‘rnatish va rivojlantirish kabi masalalarni tartibga soladi.  

 


 

10 


Download 428.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling