O’zbekiston respublikasi axborot va kommunikatsion texnolgiyalarni rivojlantirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT VA KOMMUNIKATSION TEXNOLGIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Mavzu:Mantiqiy elementlar va ularning turlari
Bajardi: 023-21 guruh talabasi
Shermurodov Hakimjon
Toshkent-2023
REJA:
Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari
Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari.
Mantiqiy elementlarning asosiy parametrlari va xarakteristkalari.
Mantiqiy elementlar asosida turli qurilmalarni loyihalash
Axborotni qayta ishlash, raqamli aloqa va avtomatik boshqaruv tizimlarining ishlash tamoyili bir necha bazaviy operasiyalarning takrorlanishi yokiularning kombinasiyalariga asoslangan bo‟ladi. Buni amalga oshirish uchun “VA”,”EMAS”,”YOKI” mantiqiy elementlari, shuningdek, triggerlardan foydalaniladi. Mantiqiy element (ME) deb eng sodda mantiqiy operasiyalarni bajaruvchi elektron qurilmaga aytiladi. Mantiqiy elementlar tarkibiy tuzilishi hamda yasash texnologiyasiga qarab farqlanadi. Shu bilan birga ular asosiy parametrlari: qayta ulanish tezligi, signalning kechikish vaqti, ishchi harorat oralig‟i, kirishni birlashtirish koeffisiyenti va chiqishdagi yuklama qobiliyati bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari
Mantiqiy elementlar mantiqiy ifodalarni bajarishga mo'ljallangan bo'lib, barcha arifmetik va mantiqiy amallarni ular asosidagi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi rasmlarda hisoblash mashinalarida qo'llaniladigan asosiy mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari keltirilgan.
«VA» - mantiqiy ko'paytirish, «konyunksiya» elementi
X va Y kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulansa), Z chiqishda “1” signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa yorishadi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulanmagan holda bo'lsa), chiqishda «0» signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa o'chgan holda bo'ladi).
«VA» elementi mantiqiy funksiya sifatida Z = X Y , hamda Z = X*Y yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |