O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi huzuridagi fiskal institut


Download 222.63 Kb.
bet1/5
Sana25.04.2023
Hajmi222.63 Kb.
#1396207
  1   2   3   4   5
Bog'liq
sobirov Abdulaziz mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT
Bilvosita va mulkiy soliqlar’’ fanidan
Tayyorlagan :

Mustaqil ishi


Tayyorladi: Sobirov.A
Tekshirdi : Fayziyev.F ______
Toshkent 2023
Reja



  1. O‘zbekiston Respublikasida aksiz solig‘ining soliq solish obyekti va bazasi

  2. Aksiz solig‘i stavkasi

  3. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi

  4. Xulosa

Mamlakatimizda aksiz solig’i 1992 yilda joriy etildi. Aksiz solig’i individual harakterga ega bo’lib, faqat aksiz to’lanadigan tovarlarga nisbatan qo’llaniladi. U bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Qo’shilgan qiymat solig’i tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Demak, faqat aksiz solig’i ayrim tovar va mahsulotlarga nisbatan qo’llaniladi, ya’ni ular bilan chegaralangan.


Aksiz solig’i egri Soliqlar tarkibiga kiradi. U Qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab junatilgan tovarlar qiymatining bir qismini byudjetga undirish shakli hisoblanadi. Aksiz solig’i Respublika byudjetiga tulik kelib tushadi. U byudjet daromadlarini shakllantirishda salmokli o’rinni egallaydi.
Aksiz solig‘ini to‘lovchilar deb O‘zbekiston Respublikasida Soliq kodeksiga muvofiq quyidagi shaxslar e’tirof etiladi1:

  1. O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar

  2. Tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;

  3. Benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz to‘ldirish stansiyalari va gaz to‘ldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;.

  4. Oddiy shirkat ishtirokchisi bo‘lgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;

  5. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib o‘tuvchilar. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

Quyidagilar ham soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi:


1) Telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) O‘zbekiston Respublikasining faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.


Download 222.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling