O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


Qishloq xo’jaligida yangi xo’jalik yuritish shakllari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

2. Qishloq xo’jaligida yangi xo’jalik yuritish shakllari 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin  mamlakat qishloq xo’jaligida chuqur islohatlarni 
amalga oshirish davri boshlandi. 
Respublika hukumati mamlakat iqtisodini eng muhim tarmog’i bo’lgan qishloq xo’jaligida 
bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o’tish, mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon fermer xo’jaligi faoliyatini yo’lga qo’yish kabi 
masalalarni hal etishga etibor bermoqda. 

 
110
Respublika parlamenti qishloq xo’jaligida tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratadigan 
qonunlarni qabul qildi. Jumladan “Er to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik 
to’g’risida”, “Ijara to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Er solig’i to’g’risida” va h.k. 
1998 yil aprel oyida Oliy Majlisning XI sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston 
Respublikasining “Er kodeksi”, “Qishloq xo’jaligi kooperativi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi 
to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlari qishloq xo’jaligida ko’p ukladli iqtisodiyot 
poydevorini yaratishga yo’l ochdi. 
Birinchi navbatda paxta yakka hokimligini bartaraf etish va ekin maydonlari tarkibini ilmiy 
asosda tuzish tadbirlari ko’rildi. 
Respublikada g’alla mustaqilligini taminlash yo’lida katta dastur ishlab chiqildi va u 
bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilmoqda. 
Paxta maydonlari qisqartirildi, tarkibiy tuzilishi o’zgartirilib, g’alla maydonlaining ulushi 40 % 
ga etkazildi va yiliga o’rtacha 4,0 mln. tonna g’alla tayyorlanmoqda. 
Qishloq xo’jaligi mahsuloti etishtirishda dehqonlarning shaxsiy tomorqa xo’jaliklariga 500 
ming ga. dan ko’proq hosildor er ajratib berildi, uning umumiy maydoni 750 ming gektarga 
etkazildi. 
Qishloq xo’jaligi sohasidagi zarar ko’rib ishlayotgan davlat xo’jaliklari, iqtisodiy jihatdan 
o’zini oqlamagan xo’jaliklar xo’jalik yuritishning shirkatlar, ijarachilar uyushmalari, 
xususiylashtirilgan fermalar kabi iqtisodiy samarasi ko’proq shakllarga o’tkazildi, jamoa xo’jaliklari 
rivojiga sharoit yaratildi. Bankrotlik yoqasida turgan korxonalar uchun sanatsiya choralari ko’rildi. 
Davlat xo’jaliklari mulkchilikning boshqa shakllariga o’tkazildi. Islohatlarning birinchi bosqichida 
qishloqda fermerlar va dehqon xo’jaliklari paydo bo’ldi. Respublika 2000- yil oxirida 30 mingdan 
ortiq fermer xo’jaligi ishladi. 
Respublika Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 
martdagi ”Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida” va boshqa qarorlari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, 
bozor tamoyillarining erkin ishlashi uchun shart-sharotlar yaratish, xo’jaliklarni nodavlat 
shakllariga aylantirish, mahsuldorligi past chorva fermalarini jamoa mulki qilib berish yo’li bilan 
qishloq xo’jaligida islohatlarni yanada chuqurlashtirishga, dehqon va fermer xo’jaliklari ishini 
yo’lga qo’yishga keng imkoniyatlar ochib beradi. 
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1998 yil 18-martidagi Farmoniga muvofiq respublika komissiyasi tuzilgan. 
Darhaqiqat qishloq xo’jaligida islohatlar chuqurlashmas ekan, iqtisodiyotning boshqa sohalarida 
ham bu masalani hal etish oson ko’chmaydi. 
I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari” asarida takidlaganidek: “Hozirgi vaqtda aynan iqtisodiyotning agrar 
sektorida katta-katta zaxiralar mavjud. Ularni ishga solish yaqin vaqt ichidayoq sezilarli natija 
berishi mumkin. Bugun iqtisodiy o’zgarishlarning yakuni, barqarorlik va xalq farovonligi ko’p 
jihatdan tub o’zgarishlar jarayonlari agrar sektorni qanchalik qamrab olishiga, qishloqda islohatlar 
qanchalik chuqur borishiga bog’liq bo’ladi”.
8
 
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish imkoniyatlari sanoatda, umuman iqtisodiyotda 
mujassamlashgan. Qishloq xo’jaligini jadal olg’a siljitish uchun juda katta miqdorda moliyaviy 
resurslar zarur. Bu resurslarni xorijiy davlatlardan yoki mamlakat ichkarisida ishlab topilishi, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz olish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Qaysi yo’lni 
tanlashni, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, o’sha davlatning o’zi hal qiladi. Deyarli barcha 
mamlakatlarda, hatto rivojlangan mamlakatlarda ham qishloq xo’jaligi norentabel hisoblanadi, 
shuning uchun ham davlatdan ko’mak oladi. Qishloq xo’jaligiga yordam ko’rsatish uchun, avvalo 
umumiy iqtisodiyotda, sanoatda jiddiy o’zgarishlar, siljishlar yuz berishi kerak. 
                               
8  И.А.Каримов  “Ўзбекистон XXI аср  бөсағасида:  хавфсизликка  таҳдид,  барқарорлик  шартлари  ва  тараққиёт 
кафолатлари”. Т.: Ўзбекистон, 1997 й. 133 бет
 

 
111
Jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, sanoatsiz qishloq xo’jaligini 
rivojlantirib bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligi barcha xalq xo’jaligi tarmoqlari eng avvalo, sanoat bilan 
bog’liq. U hozir sanoatdan boshlanib (ishlab chiqarish vositalari, mineral o’g’itlar ishlab chiqarish), 
sanoat bilan tugallanadi (etishtirilgan xom ashyo va mahsulotlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotga 
aylantirish). Bu ikki tarmoq o’rtasidagi aloqa vertikal integratsiya yoki agrosanoat integratsiyasi 
jarayoni bo’lib, borgan sari chuqurlashib boraveradi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 avgustdagi qarori asosida qabul 
qilingan va tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va 
bajarish shartlari to’g’risida”gi Nizom mahsulot ishlab chiqarish bilan istemolchilar o’rtasidagi 
munosabatlarni bozor talablariga javob beradigan bosqichga ko’tarishda dastlabki qadam bo’ldi. 
Qishloq xo’jaligi (jamoa xo’jaliklari, turli kooperativlar, qayta ishlash korxonalari)da mulkning 
muayyan qismini pay va ulush haqida xodimlarga biriktirib qo’yishga asoslangan xo’jalik 
yuritishning yangi shakllari asosida xo’jaliklarni yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish 
boshlandi. Bu tadbirlar esa xo’jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga, xo’jaliklarni iqtisodiy 
jihatdan mustahkamlashga, qishloq mehnatkashlari turmush darajasini oshirishga hamda 
xo’jaliklarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga yo’l ochdi. Natijada 
qishloq xo’jaligida yalpi mahsulot etishtirishda pasayish holati to’xtatildi. Respublikada 1999 yilda 
4,0 mln t don, 0,7 mln t kartoshka, 0,4 mln t poliz, 0,8 mln t go’sht, 3,5 mln t sut, 1075,3 mln dona 
tuxum etishtirildi. 
Hozir qishloq xo’jaligida band bo’lgan ortiqcha mehnat resurslarini sanoatga, xizmat ko’rsatish 
sohasiga jalb etish davlat agrar siyosatining g’oyat muhim yo’nalishi hisoblanadi. Hozirgi kunga 
kelib sanoatda qishloq xo’jaligi taraqqiyoti uchun mustahkam negiz hozirlandi. Urushdan keyingi 
yillarda Germaniyada ham, Yaponiyada ham shunday yo’l tanlangan edi. 
Er davlatniki, er jamoa va davlat xo’jaliklariga foydalanish uchun berib qo’yilgani sababli, 
xarid narxini belgilash davlat monopoliyasi bo’lib keldi. Shuning uchun qishloq xo’jaligi 
mahsulotlariga belgilanadigan xarid narxlari uzluksiz ravishda industrial ishlab chiqarish 
vositalariga belgilanadigan sanoat ulgurji narxlaridan, ana shu qishloq xo’jaligi mahsulotlardan 
ishlab chiqariladigan xalq istemoli mollariga belgilanadigan davlat chakana baholaridan uzluksiz 
orqada qolib ketdi. 
Qishloq xo’jaligida xususiylashtirish, ayniqsa, erni sotish va sotib olish obektiga aylantirish 
masalasi ancha murakkab, etti o’lchab bir kesishni talab qiladigan, shoshma-shosharlikni xush 
ko’rmaydigan masaladir. Bizning sharoitimizda dehqonchilik asosan sug’orishga asoslangan, 
ekinga yaroqli er maydonlari ko’p jihatdan cheklangan, katta miqdorda ekiladigan texnika ekinlari – 
paxta kollektiv bo’lib mehnat qilishni taqozo etadi. Respublikada er kadastrini ishlab chiqilishi, 
erlar baholanishi kerak. Bular esa malum vaqt talab qiladigan katta yumushlardir. 
Yuqorida aytilgan fikrlardan shuni aytib o’tish kerakki, Prezident I.A.Karimov shunday deb 
yozadi: “Qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohiblik hissini uyg’otish 
mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish, jamoa xo’jaliklarning o’zida ijara munosabatlarini 
takomillashtirish, jamoa xo’jaliklarning o’zida ijara munosabatlarini chuqurlashtirish, erni meros 
qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga berib qo’yish orqali, dehqon fermer hamda 
shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni keng rivolantirish asosida ro’y berishi lozim”. 
Rivojlangan mamlakatlarda aholining 3-5%ini tashkil etadigan fermerlar oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan o’z xalqini to’la taminlabgina qolmay, uni boshqa davlatlarga ham eksport qiladi.   
Qishloqda xizmat ko’rsatish sohasini etarli darajada tashkil etish zarur, davlat dehqonlardan 
yordamini ayamasligi lozim. 2000- yil yalpi  qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 60,3% i aholi 
shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida etishtirildi. 
 
3. Qishloq xo’jaligining moddiy texnika bazasi 
Republika agrosanoat majmuini moddiy-texnika resurslari bilan taminlash, texnikasini 
tamirlash va unga injenerlik xizmatini ko’rsatishni “O’zqishloqxo’jaliktaminottamir” davlat-
kooperativ qo’mitasi tizimida qishloq xo’jaligiga texnik xizmat ko’rsatuvchi “Agromashservis” 
aktsionerlik uyushmasining ixtisoslashtirilgan tashkiliy xo’jalik tuzilmalari: 

 
112
“Qishloqxo’jalikmashtamir” tamirlash zavodlari, “Agromashehtiyotqism” (taminot bozorlari), 
“Texchorvamontajservis”, “Qishloq xo’jalik jihozlash bozorlari”, “Maxsustamirlashsozlash” va 
boshqa birlashmalar, uyushmaning viloyat va tumanlardagi bo’linmalari olib boradi. Tizimga 
qarashli korxonalarda 50 nomdagi mashina va mexanizmlar ishlab chiqariladi. Mulkchilikning 
hamma turidagi xo’jaliklarga barcha turdagi mashinalarni etkazib beradi. 
Respublika kimyo sanoati qishloq xo’jaligining o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’la qondirish 
quvvatiga ega. Ekinlarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilishning 
kimyoviy vositalari bilan birga, paxtachilikda biologik himoya usulidan ham foydalaniladi. 
O’zbekistonda 756 ta biolaboratoriya, trixogramma etkazib beruvchi mexanizatsiyalashgan liniyalar 
ishlaydi. Respublikada  qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatishni davlat-aktsionerlik 
birlashmasi “O’zagrokimyo taminot” olib boradi. 1995-1999 y. “O’zqishloqxo’jalik-taminottamir” 
davlat-kooperativ qo’mitasining tuman bo’limlari negizida mulkchilikning barcha shakllaridagi 
mashina-traktor parklari (MTP) tashkil etish dasturi qabul qilingan. 1998 yilgacha 180 ta MTP 
tashkil qilingan. Bu parklar xo’jaliklaridagi mashina va mexanizmlarni keyinchalik sotib olish 
huquqi bilan ijaraga oladi yoki texnika xo’jaliklarda qoldiq qiymat bo’yicha MTPlarning balansiga 
beriladi. 
Respublika Prezidentining “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini davlat yo’li bilan qo’llab-
quvvtlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida (1996 y. 3 - mart) qishloq xo’jaligini sifatli 
texnika, mineral o’g’itlar, ekinlarning himoya qilishning respublika qishloq xo’jaligini 
rivojlantirishning kompleks dasturida ustivor vazifalar sifatida belgilangan. 
Respublika qishloq xo’jaligining ilmiy bazasi etarli darajada rivojlangan. Ilmiy izlanishlar 
natijasida asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari bo’lgan g’o’za, kanop, bug’doy, arpa, sholi, meva, uzum, 
kartoshka, poliz ekinlari va boshqalarning tezpishar, serhosil navlari yaratildi va ishlab chiqarishga 
joriy etildi. Ayniqsa paxtachilik uchun mashinalar sistemasi yaratildi, ilmiy tekshirish institutlari, 
tajriba stantsiyalari, tayanch punktlari tarmoqlari rivojlantirildi. O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi 
vazirligi, 15 tayanch punkti, 9 ta ekspremental bazasi va 5 ga yaqin boshqa bo’limlarida qishloq 
xo’jaligi, o’rmon va agrosanoat majmuining turli sohalarida nazariy va amaliy ilmiy taminot ishlari 
olib borildi. Kadrlar tayyorlash esa bir qator universitet va institutlarda olib borildi. 
Respublikamizda qishloq xo’jaligi sohasidagi umumiy siyosatni qishloq va suv xo’jaligi 
vazirligi amalga oshiradi. Quyi bo’g’ini esa xo’jaliklarda umumiy rahbarlikni olib boradi. 
Ixtisoslashuvga ko’ra bog’dorchilik, tokchilik, ayrim issiqxona xo’jaliklari mustaqil 
“O’zmevasabzavotuzumsanoat” xolding kompaniyasiga qaraydi. Ayrim tarmoqlarda rahbarlikni 
amalga oshirish uchun vazirliklar “Qorako’l”, “O’zbek ipagi”, “O’zparranda sanoat”, “Asal” kabi 
Respublika ishlab chiqarish uyushmalari tashkil etilgan. 
4.  Qishloq xo’jaligi er fondi va asosiy tarmoqlarining joylashishi 
a) dehqonchilik tarmoqlarining joylashishi 
b) chorvachilik tarmoqlarining joylashishi 
O’zbekiston hududi qishloq xo’jaligi jihatidan 3 mintaqaga bo’linadi: tog’ va tog’ oldi 
mintaqasi Respublika hududining 20 % i dan ortiqrog’ini tashkil etadi. Asosan lalmikor 
dehqonchilik (bug’doy, arpa, no’xot, zig’ir), bog’dorchilik va tokchilik taraqqiy etgan. Bu 
mintaqada mavsumiy bohorgi-kuzgi yaylovlar bor. Chorvachiligi go’sht-jun etishtirishga 
ixtisoslashgan.  
Sug’orma dehqonchilik mintaqasi Respublika hududining qariyb 10 % ini tashkil etadi. Bu 
mintaqada Farg’ona vodiysi, Mirzacho’l, Dalvarzin cho’li, Chirchiq-Ohongaron, Zarafshon, 
Qashqadaryo va Surxon-Sherobod vodiylari, Quyi Amudaryoni o’z ichiga oladi.  
Cho’l yaylov mintaqasi Respublika hududining 70%ini tashkil etadi. Asosan Buxoro, 
Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqolpog’iston va Farg’ona vodiysining markaziy qismida joylashgan. 
O’zbekiston qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan er davlat mulki 
hisoblanadi.  
Davlat er fondi, er egaligi yoki erdan foydalanuvchilar hududidagi barcha erlarni haydalma 
erlar, daraxtzor, yaylov, pichanzor, o’rmonzor, qo’riq er qishloq xo’jaligida foydalanilmagan 
erlarning jamini o’z ichiga oladi. Respublikaning umumiy er fondi 44797,7 ming ga., barcha 

 
113
qishloq xo’jaligi erlari 27987 ming ga., shundan sug’orishga yaroqli erlar 5 mln. ga., sug’oriladigan 
erlar 4238,6 ming ga., qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan erlarning umumiy maydoni salkam 
32 ming ga., ekiladigan 4090,2 ming ga., haydalma erlar 4474,5 ming ga. 
Respublika er fondining asosiy qismi (62 %ga yaqini) qishloq xo’jaligi er turlari toifalariga 
mansub, qolgan qismi fuqarolar erlari – tomorqa (1 %), o’rmon va to’qayzorlar (3,2 %) va qishloq 
xo’jaligida foydalanilmaydigan erlardan (34,2%) iborat. Sug’oriladigan erlar jami er resurslarning 
9,2%ni tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo’jaligida etishtiriladigan yalpi mahsulotning 
98,5 %i shu erlarda etishtiriladi.  
Respublika qishloq xo’jaligida dehkonchilik etakchi o’rinda turadi. Dehkonchilikning qishloq 
xo’jaligi yalpi mahsuloti tarkibidagi hissasi 49,7% ni tashkil etadi.  
Adir zonalarida lalmikor dehkonchilik (bug’doy, arpa, zig’ir, kunjut, no’xat, ozuqabob ekinlar, 
bug’dorchilik) qilinadi.  
Sug’orma dehkonchilikda lalmikor dehkonchilikka nisbatan 3-5 marta ko’proq xosil olinadi va 
erdan samarali foydalanishni taminlaydi. Keyingi yillarda Respublikada ekin maydonlari tarkiblari 
keskin o’zgardi, texnika ekinlari, birinchi navbatda g’o’za maydonlari qisqardi, aholining oziq-
ovqat bilan taminlashni tubdan yaxshilash, Respublikaning g’alla mustaqilligini taminlash 
maqsadida don ekinlari, qand lavlagi, kartoshka maydonlari kengaytirildi. 
Paxtachilik. Respublikada dehkonchilikning etakchi tarmog’ini paxtachilik tashkil etadi. 
Paxtachilikning pirovard asosiy mahsuloti paxta tolasi va paxta moyidir. 
Respublika xalq xo’jaligi ishlab chiqarishning 70%dan ko’prog’i texnologik jihatdan 
paxtachilik bilan bog’liq. Paxtachilik uchun eng unumdor sug’oriladigan erlarning qariyib 35% i 
ajratilgan va mehnat resurslarining katta qismi shu tarmoqda band. O’zbekiston jahonda eng 
shimolda joylashgan paxtachilik mintaqasi bo’lishiga qaramay hosildorlik bo’yicha oldingi 
o’rinlarda turadi. 
Respublikaning barcha viloyatlari va Qoraqolpog’istonda o’rta tolali, Buxoro, Namangan, 
Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida esa ingichka tolali g’o’za ham etishtiriladi. 
Paxta tolasi O’zbekiston eksportining muhim bandini tashkil etadi. Paxta tolasi eksporti 
bo’yicha respublika jahonda AQSh dan keyin 2-o’rinda turadi. O’zbekiston erlarida paxta 2,5 ming 
yildan ko’proq vaqtdan beri etishtiriladi. 
Arxeologik tadqiqotlarning dalillariga ko’ra g’o’za miloddan avval VI-VII asrlarda Samarqand, 
Toshkent, Xorazm vohalarida
I asrda Farg’ona vodiysida etishtirilgan. 
XIX asrning 60-yillarida O’zbekistonda g’o’za tahminan 40 ming ga maydonda, asosan, 
dehqon xo’jaliklarining ichki ehtiyojlarini qondirish uchun ekilgan. Markaziy Osiyo, xususan 
O’zbekiston, Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin Rossiya sanoatining paxta tolisiga bo’lgan 
talabi keskin ortdi. Natijada paxta maydonlari yildan-yilga kengayib bordi. 1890 yil 100 ming ga., 
1913 yil 424,6 ming ga., yalpi hosil 517,2 ming tonna ga hosildorlik 12,2 % ni tashkil etdi. 1913 yil 
Namangan shahri yaqinida (Paxtaliko’l) g’o’za tajriba stantsiyasi ish boshladi. 
1920 yillarning 2 - yarmida O’zbekiston paxta xom ashyosiga bo’lgan talab yanada keskin 
oshdi. 1930-1990 yillar davomida O’zbekiston jahondagi asosiy paxta etishtiruvchi mamlakatlar 
qatoridan joy oldi  va sobiq Itifoqning paxta xom ashyosi etishtiruvchi mustamlakasi bo’lib qoldi. 
Paxta mustaqilligini taminlash maqsadida g’o’za maydonlarining muntazam ko’paytirilishi 
Respublika dehkonchiligida paxta yakka xokimligi (monokultura) ni vujudga keltirdi. 1984-1988 
yillarda g’o’za 2 mln. ga dan ko’proq, 1989 yili esa eng ko’p 2167,7 ming ga. maydonga ekildi. 
1980 yil esa eng ko’p xosil 5579 ming tonna paxta hosil olindi. Olingan tolaning faqatgina 10%i 
Respublikada ishlanar, qolgani esa arzon narxlarda markazga va boshqa Respublikalarga jo’natilar 
edi. 
G’o’za maydonlarida mineral o’g’it, gerbitsid, pestitsid, defoliantlarning ilmiy asoslangan 
meyorlarga rioya etmay ko’plab qo’llanilishi, almashlab ekishning buzilishi natijasida atrof muhitga 
zararli tasir kuchaydi, tuproq xususiyatlari yomonlashdi, unumdorligi pasaydi, bularning tasirida 
hosildorlik pasaydi. 

 
114
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekiston huqumati paxta yakka 
ziroatchiligini (yakka xokimligini) bartaraf etish faqat iqtisodiy emas, balki siyosiy ahamiyatga ham 
ega ekanligini nazarda tutib, qatiy tadbirlar ko’rdi.  
Birinchi navbatda Respublikada ekinlar maydonlari tarkiblari o’zgartirildi. 1991-1995 yillarda 
g’o’za maydonlari yildan-yilga qisqartirildi, g’alla, sabzavot va boshqa ekin maydonlari 
kengaytirildi. 
Paxta etishtirishni ko’paytirish, hosildorlik va tola chiqishini oshirish yo’nalishida amalga 
oshirishi, paxtachilik sohasidagi asosiy vazifasi Respublikada paxta-beda, paxta-g’alla almashlab 
ekishni joriy etish va o’rtacha hosildorlikni 30–35 ts/ga etkazish belgilandi.  
Kanopchilik. Kanopchilik Respublikada 1936 yil boshlangan (Toshkent viloyati Qo’yi 
Chirchiq tumanida 6980 gektar maydonga ekildi). 
Ammo keyingi yillarida kanop ekiladigan maydonlar qisqarib bordi. Hozir asosan Yuqori 
Chirchiq va Qo’yi Chirchiq tumanlarida ekilmoqda. Poyasidan olinaligan tolalardan gazlama, o’rov 
materiallari, qop, brizent, kanob arqon, kanop ip, kabel ip tayyorlanadi. Hozirgi kunda 6,5 ming 
tonna konop poyasi etishtiriladi.  
Tamakachilik. Tamaki etishtirishga asosan Samarqand viloyati Urgut tumani 
ixtisoslashtirilgan, qisman Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shaxrisabz va Yakkabog’ tumanlari 
xo’jaliklarida ham etishtiriladi. Etishtirilgan tamaki Urgut tamaki fermentlash fabrikasida qayta 
ishlanadi. Toshkent, Samarqand sigareta fabrikalarini xom-ashyo bilan taminlaydi. Respublikada 
“Britdj Ameriken Tobakko” kompaniyalari mahalliy xom-ashyodan ishlamoqda. 
Donchilik. Donchilik Respublika dehqonchilgida muhim o’rinda turadi. Respublikada aholini 
oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirish, chorvachilikni em-xashak bazasini 
mustahkamlash, don etishtirishni ko’paytirish bilan bog’liq. 
Respublikada don uchun kuzgi va bahorgi g’alla ekinlari – bug’doy, arpa, javdar, so’li, 
shuningdek, sholi, makkajo’xori, oq jo’xori, tariq, qo’noq, marjumak (grechixa) ekiladi. 
Dukakli don ekinlari – no’xat, mosh, loviya, eryong’oq, moyli don ekinlari kunjut, soya, 
kanakunjut, maxsar, kungaboqar, indov va boshqalar etishtiriladi. 
G’allachilik – dehqonchilikning qadimiy tarmog’i. Qadimdan qizil bug’doy, arpa, asosan 
lalmikor erlarga 90 yillargacha ekilgan. 
Respublika mustaqillikka erishganidan so’ng, g’alla mustaqilligiga erishi, don mahsulotlariga 
bo’lgan talab ehtiyojini respublikaning o’zida etishtirilgan hosil hisobiga qondirish muhim strategik 
vazifaga aylandi. Respublikamizning qariyb barcha viloyatlarida kuzgi va bahorgi bug’doy 
etishtiriladi. 
Keyingi yillarda g’allachilikning ustivor suratlarda rivojlantirish bo’yicha katta amaliy ishlar 
bajarildi, g’allachilik, paxtachilik qatorida birinchi darajali tarmoqqa aylandi. G’alla etishtirishni 
ko’paytirish maqsadida g’allaga lalmikor erlardan tashqari sug’oriladigan erlar ham ajratildi. 
1995 yili mamlakatda g’alla mustaqilligini taminlash yo’lida katta qadam tashlandi
respublikada jami ekinlar maydonining 40%i (1600 ming ga. ziyod) g’alla ekini uchun ajratildi. 
Uning 62 %i yoki 828 ming ga. sug’oriladigan erlardir. 1996 yili g’alla maydonlari 1700 ming ga. 
tashkil etdi (uning 1200 ming ga. sug’oriladigan erlardir). 
Hosildorlik respublika bo’yicha 21,1 ts/ga. bo’ldi. Sug’oriladigan erlardagi ayrim tuman va 
xo’jaliklarda hosildorlik yana ham yuqori (42-31 ts/ga) bo’ldi. Respublikaning g’allaga bo’lgan 
ehtiyojini to’la taminlashda (bir yila 6 mln. tonna, jon boshiga ilmiy asoslangan yillik meyori 300 
kg.) hosildorlikni oshirish, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish, urug’chilikni yaxshilash, navli 
urug’ni ekish muhim ahamiyatga ega. 
Sholikorlik – bilan respublikamizning deyarli barcha viloyatlari shug’ullanadi. Malumotlarga 
ko’ra 1913 yil hozirgi O’zbekistonda 161,1 ming ga. erga sholi ekilgan, sholipoyaning har 
gektaridan 8-13 ts. hosil olingan. 1960 yil sholi maydonlari kengaytirildi, mahalliy navlar o’rniga, 
hosildorligi 60-70 ts/ga. beradigan, keskin ob-havo sharoitlari, kasallik va zararkunandalarga 
chidamli, doni to’kilmaydigan navlar ekila boshlandi. 
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling