O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Asosiy tayanch tushunchalar 
Metodika  – ilmiy adqiqotni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan texnik va tashkiliy 
yondashuvlar majmui. 
Metodologiya – fan tarqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi nazariyani muhim 
elementlarining majmuini; metodologiya nazariyada farqli o’laroq yangi bilim manbai 
xasoblanmaydi; kontseptsiyadan farqli o’laroq yangi bilim mnabai hisoblanmaydi; kontseptsiyadan 
farqli o’laroq amaliyot uchun asos bo’lib xizmat qilmaydi; lekin metologiya shunday elementlarni 
rivljlantiradiku, ushbularsiz fanning taraqqiy etishi mumkin emas. Shunday qilib, metologiya 
nazariya taraqqiyotining kontseptsiyasi bo’lsa, kontseptsiya- bu nazariyadan amalihtga o’tish 
metodologiyaisdir. 
Tadqiqot obekti - malum fan tarmog’i o’rganadigan voqea va hodisa, tabiiy-hududiy 
komplekslar, iqtisodiy –ijtimoiy georafiyada hududiy sotsial-iqtisodiy tizimlar. 
Tadqiqot usuli - umumiy tarzda maqsadga erishish yo’lini anglatadi. Umumiy ilmiy va ayrim 
fanlarning maxsus tadqiqot usullari mavjuddir.  
Tadqiqot predmeti – malum fan va tarmog’iga taalluqli obektning tadqiq etiladigan jixatlari. 
 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 
1. Iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishiga ayrim davrlarda tasir ko’rsatgan omillar va 
sabablar haqida o’z fikringizni bildiring? 
2. Iqtisodiy georafiya fani obektining evolyutsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
3. Sotsial-iqtisodiy georafiya fanining ifodasini aytib bering. 
4. Hududiy sotsial-iqtisodiy tizimlar va ularning tarkibi to’g’risida bilganlaringizni so’zlab 
bering. 

 
8
5. Iqtisodiy georafiya fanining ananaviy tadqiqot usulari to’g’risila so’zlab bering. 
6. Iqtisodiy georafiya fanining zamonaviy tadqiqot usullari haqida nimalarni bilasiz. 
7. Iqtisodiy georafiyaning makromaqsadi nimani ko’zlaydi? 
8. Ijtimoiy georafiyaning zamonaviy tizimi to’g’risida o’z bilganlaringizni so’zlab bering. 
9. O’zbekistonda iqtisodiy georafiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan olimlar 
to’g’risida nimalarni bilasiz? 
10. Iqtisodiy georafiya fanining hozirgi vaqtdagi eng muhim vazifalari nimalardan iborat?  
 
Adabiyotlar 
 
1. 
Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, -T.: O’zbekiston, 1997. 326 b. 
2. 
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohatlarini chuqurlashtirish yo’lida,- T.: O’zbekiston 
1995. 
3. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston 1994. 
4. 
Asanov G., Nabixonov M., Safarov I. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi, 
-T.: O’qituvchi, 1994.-209 b. 
5. 
Gulyamov S., Ubaydullaeva R., Ahmedov E. Nezavisimiy Uzbekistan. - T.: Mehnat, 
2000. - 144 s. 
6. 
Doklad o chelovecheskom razvitii. Uzbekistan,- 1999. - 125 b. 
7. 
Lomakin V.A. Mirovaya ekonomika. M.: Finansi, 1998. 
8.  Nabiev E., Qayumov A. O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati. T.: Akademiya, 2000. – 88 b. 
9. 
Ota-Mirzaev O.B., Qayumov A.A. Ijtimoiy geografiya: kecha, bugun, ertaga. “Istiqlol va 
geografiya”, O’zbekiston Respublikasi Geografiya jamiyati IV sezdi materiallari. - T.: - 1995. 
10.  To’xliev N. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti. - T.: - 1998. 
11.  O’zbekiston Respublikasi. Entsiklopediya. - T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1997. 

 
9
Ijtimoiy geografiyaning zamonaviy tizimi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                   1-chizma 
Тиб-
биёт 
геоге
гафия
си 
Тур-
муш 
тарзи 
геогр
афияс
и 
Хизмат 
көрса-
тиш 
соҳа-
лари 
геог. 
Рекре
ация 
геог-
рафия
-си 
Аҳоли 
миграц
ияси 
геогра
фияси 
Аҳоли 
манзилг
охлари 
геогра-
фияси 
Аҳолининг 
такрор 
барпо қи-
линиши 
география-
си 
Меҳн
ат 
ресур
слари 
геогр
афияс
Транс
порт 
геогр
афияс
и 
Са-
ноат 
геогр
афияс
и 
Дунё 
хөжали
ги 
геогра
фияси 
Қишл
оқ 
хө-
жали
ги 
геог. 
Таби
ий 
ре-
сурсл
ар 
геог. 
Қишлоқ 
манзилг
охлари 
географ
ияси 
Ша-
ҳарлар 
геогра
фияси 
Маданият географияси 
Iтногеография 
Дин географияси 
Социал районлаштириш 
Ижтимоий география тарихи 
Харбий география 
Сиёсий география 
Иқтисодий география 
Иқтисодий география 
Иқтисодий ва социал 
география 
Социал география 
Аҳоли географияси 
Иқтисодий районлаштириш 

 
10
 Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni joylashtirishning qonuniyatlari, shakllari, 
omillari 
 
Maruza rejasi 
1.  Ishlab chiqarish jarayoni. 
2.  Mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi. 
3.  Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari. 
4.  Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari. 
5.  Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari. 
 
1. Ishlab chiqarish jarayoni 
Ishlab chiqarish - bu jamiyat faoliyatining eng muhim jihatidir. Ishlab chiqarish jarayonida 
iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat xayotiy nematlar yaratiladi. Ishlab 
chiqarish yuz berishi uchun uning omillari harakatga kelishi shart. Frantsuz iqtisodchisi J.B.Sey 
ishlab chiqarishning uch omili nazariyasini asoslab, ularga er, kapital va mehnatni kiritgan hamda 
ularning o’zaro tasiri ishlab chiqarish ekanligini qayd etgan. 
Ishlab chiqarishning 3 omili borlig’idan K.Marks talimoti ham kelib chiqa-di, lekin ularni ish 
kuchi, mehnat predmetlari va mehnat vositalari deb ataydi. 
Hozirgi G’arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar iqtisodiy resurs degan tushunchani olg’a surib, 
ularga er, kapital, mehnat va nihoyat tadbirkorlik qobiliyatini kiritadilar. Yani, to’rtinchi omil ham 
mavjud deydilar. Ishlab chiqarishning umuminsoniy faoliyat deb qaralishi, uning shaxsiy-insoniy 
va moddiy-ashyoviy omillari borligidan dalolat beradi. Shaxsiy-insoniy omil deganda, ish kuchini, 
uning amal qilish natijasi bo’lgan mehnatni tushuntirish kerak. Ish kuchi- bu insonning mehnat 
qilishga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir. Ish kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili 
hisoblanadi, chunki inson mehnatsiz, uning ijodisiz eng mukammal mashinalar bo’lganda ham, 
tirikchilik buyumlarini yaratib bo’lmaydi. Inson jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Ammo 
ishlab chiqarish uchun moddiy shart-sharoitlar talab qilinadi. Shu sababli, ishlab chiqarishning 
moddiy ashyoviy omillari ham borki, ularga tabiiy boyliklar, yaratilgan ashyolar (mehnat 
predmetlari) va nihoyat mehnat vositalari - qurollari kiradi. Ishlab chiqarish har doim tabiatga 
tayangan. Er, suv, er osti boyliklari, o’rmonlar va boshqalar unga materiallar etkazib beradi. Tabiat 
qanchalik boy bo’lmasin, baribir, bu boylikni mehnatsiz ishlab chiqarishga jalb etib bo’lmaydi. 
Mehnat orqali tabiatdagi narsalar inson ehtiyojiga moslashtiriladi. 
Mehnat bilan tabiatni boylik manbai sifatidagi ahamiyati bir xil emas. Bir mamlakat ishlab 
chiqarishi u erdagi tabiiy boylikka tayansa, boshqasiniki asosan mehnatga tayanadi. Masalan, 
Quvayt yoki Saudiya Arabistonining iqtisodiy rivojiga asosiy hissa qo’shgan omil – bu ular 
tabiatining neftga boy bo’lishidir. Aksincha, tabiiy resurslar kamyob bo’lgan Yaponiya, Koreya 
respublikasini iqtisodiy “gullashi”ning asosiy omili - bu mehnat, aniqrog’i intellektual mehnat, yani 
shaxsiy-insoniy omildir.  
Moddiy-ashyoviy omillar shaxsiy-insoniy omil bilan birikkan taqdirdagina ishlab chiqarish yuz 
beradi, hayotiy nematlar yaratiladiki, ular birinchidan moddiy mahsulotlardan, ikkinchidan har xil 
xizmatlardan iborat bo’ladi. 
Ishlab chiqarish ikki qismga bo’linadi: 
1. Moddiy ishlab chiqarish - moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan, oziq-ovqat, kiyim-
kechak, turar joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xizmatlarni 
yaratish, masalan yuk tashish, yo’l xizmati ko’rsatish, ishlab chiqarish axborotini uzatish va 
hokozolardir. Mazkur sohaga sanoat transport, aloqa, qurilish, qishloq xo’jaligi va boshqa shu kabi 
tarmoqlar kiradi. 
2. Nomoddiy ishlab chiqarish - bu moddiy shaklga ega bo’lmasada, aholi uchun zarur 
xizmatlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Mazkur sohaga maishiy va tibbiy xizmat, sport, 
bilim berish va shular kabi xizmatlar kiradi. 
 
 

 
11
2.  Mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi 
Har qanday ishlab chiqarish avvalambor umuminsoniy iqtisodiy faoliyat bo’lib, unga xos 
belgilardan biri – bu ixtisoslashuvdir. 
Ixtisoslashuv  - ishlab chiqarishning muayyan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko’rsatishga moslashuvidir. Ixtisoslashuv asosida mehnat taqsimoti turadi. Har bir mehnat turi aniq 
bir mahsulotni yoki uning bazi-bir qismini yaratishga qaratiladi. Masalan, duradgor mehnati 
yog’och buyumlar, chevar mehnati kiyim-kechak, chorvador mehnati go’sht-sut yaratishga, vrach 
mehnati tibbiy xizmat ko’rsatishga qaratilgandir. Jamiyat azolarining mehnati- bu ijtimoiy mehnat 
bo’lib, uning turlari ixtisoslashadi. 
Mehnat taqsimoti - ijtimoiy mehnatni mustaqil vazifalarni bajaruvchi mehnat turlariga 
ajralishi jarayonidan iboratdir. Mehnat taqsimoti mehnat turlarini ko’paytirib, ularni ayrim 
kishilarga kasb sifatida birkitib qo’yadi. Ishlab chiqarishda har xil mehnatni bajaruvchi kishilar 
qatnashadiki, ularni ingliz iqtisodchisi Adam Smit “Iqtisodiy individlar” deb atagan. Mehnat 
taqsimoti ana shu kishilarning o’zaro munosabatda bo’lishini taqazo etadi.  
Uning vositasida kishilar o’z faoliyati bilan bir-biriga xizmat qiladi, yani kishilar boshqalarning 
aniq mehnati natijalaridan bahramand bo’ladilar. 
Faoliyat turlari bo’yicha qaraganda, mehnat taqsimoti uch yo’nalishda rivojlanadi: umumiy, 
xususiy, qisman. 
Umumiy mehnat taqsimoti - yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, mustaqil ahamiyat 
kasb etishi, mehnatning yirik sohalarga bo’linishidir. Bunga mehnatning moddiy va nomoddiy, 
sanoat va qishloq xo’jaligi, transport va qurilish, savdo va maishiy xizmat, xalq talimi va sog’liqni 
saqlash sohalaridagi mehnat turlariga ajralishi misol bo’lishi mumkin. Shu jihatdan olganda, 
industrial mehnat, agrar mehnat, xizmat ko’rsatish mehnati mavjuddir. 
Xususiy mehnat taqsimoti - yirik sohalar ichidagi mehnat taqsimoti. Muayyan sohadagi bir 
mehnatdan boshqasi ajralib chiqib ixtisoslashadi, mehnat turlari ko’payadi. Masalan, qishloq 
xo’jaligidagi agrar mehnat chorvachilik, dehqonchilik, bog’dorchilik mehnat turlariga ajraladi. 
Sanoatda ham shunday jarayon yuz beradi, xususan undirish va qayta ishlash, og’ir va engil sanoat 
mehnat turlari ajralib chiqadi. Mashinasozlikni olsak, u erda avtomobilsozlik, taktorsozlik, 
samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlarga xos mehnat turlar paydo bo’lgan.  
Qisman mehnat taqsimoti - korxona doirasida bo’ladigan mehnat turlarining o’zaro ajralib, 
ixtisoslashishi. Bunda mehnat muayyan mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari bo’yicha, aniqrog’i 
mahsulot uchun kerak bo’lgan ayrim qismlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turlariga ajraladi. 
Masalan, qurilish korxonalarida mehnat g’isht teruvchi, suvoqchi, bo’yoqchi, duradgor, elektrik, 
santexnik mehnati kabi turlarga ajraladi.  
Mehnatning faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi bilan birgalikda, uning muayyan hudud 
doirasida ham taqsimlanishi yuz beradi. Mehnatning hudud miqyosida taqsimlanishi ikki xil 
bo’ladi: 
1. Hududiy mehnat taqsimoti - muayyan mamlakat doirasida ayrim hududlar yoki 
mintaqalardagi mehnatning ixtisoslashuvi. Sanoat va qishloq xo’jaligi hududlari borki, ular 
industrial yoki agrar mehnat sohasida ixtisoslashadilar. Har bir hudud doirasida ham ichki 
ixtisoslashuv yuz beradi. Masalan, agrar hududda bog’dorchilik, donchilik, sabzovotchilik, 
chorvachilikka ixtisoslashgan kichik bo’limlar ham bo’ladi.  
2. Xalqaro mehnat taqsimoti - mehnatning miqdori va sifatini hisobga olib, uning malakatlar 
o’rtasida malum nisbatda va iqtisodiy nafni ko’zlagan holda taqsimlanishi. Bu mehnat turining bir-
biridan ajralishi emas, balki mavjud mehnat turlarining ayrim mamlakatlarga ularning ustivor 
faoliyati sifatida biriktirilishidir. 
Xalqaro mehnat taqsimoti- ijtimoiy mehnatning turli davlatlar yoki davlatlar guruhi o’rtasida 
taqsimlanishi, ishlab chiqarishning baynalminal miqyosda ixtisoslashuvini bildiradi, davlatlararo 
iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti mehnat taqsimlanishining eng yuksak darajasi hisoblanadi. Mehnat 
taqsimoti qanchalik chuqurlashsa, mehnat unumi shunchalik yuqorilashadi. Ishlab chiqarish 
kuchlarining naqadar rivoj topganini mehnat taqsimotining rivojidan ko’rish mumkin. Agar mehnat 

 
12
qanchalik tor ixtisoslashgan bo’lsa, uning sir-asrorlarini chuqur egallab, mahoratni oshirib, ish 
unumini ko’tarish mumkin, ish operatsiyalarini aniq bajarib, mahsulot sifatini taminlash mumkin. 
Xullas, mehnatning ixtisoslashuvi uning unumdorligini oshirish shartiga aylanadi. 
Mehnat taqsimotining muqarrar yuz berishi va davom etishi malum iqtisodiy qonun tasirida 
boradi. Umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga mehnat taqsimoti qonuni ham kiradi, unga binoan 
mehnat turlari uzluksiz ravishda bir-biridan ajralib, yangi mehnat turlari uzluksiz paydo bo’lib, 
mehnatning ixtisoslashib borishi uning unumdorligini oshiradi. Mazkur qonun iqtisodiyot 
taraqqiyotining hamma bosqichlariga xosdir.  
 
3.  Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari 
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy rivojlantirish qonuniyatlariga quyidagilar 
kiradi: 
1. Ishlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish qonuniyati. 
Bunga muvofiq ishlab chtqarish korxonalarini ilmiy texnika taraqqiyotining yutuqlari asosida, 
iloji boricha manbalarga yaqin joyda joylashtirish maqsadga muvofiq. Masalan,Suvni ko’p talab 
qiladigan tarmoqlarni imkon qadar yirik va samarali suv manbalariga yaqin joylashtirish maqul. 
Mehnatni ko’p talab qiluvchi (sermehnat) tarmoqlarni esa mehnat resurslari shakllangan 
markazlarga yaqinroq. 
Kundalik istemol qilinuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni istemolchilarga yaqinroq 
joylashtirish va hokazo. 
2. Ishlab chiqarishni hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi qonuniyati. 
Bunda biron bir hudud ichida ixtisoslashuv va korxonalar o’rtasida eng takomillashgan ishlab 
chiqarish aloqalarini o’rnatish hamda ularni tashqi iqtisodiy aloqalarda keng ishtiroki ko’zda 
tutiladi. 
3. Hududlarni majmuali (kompleks) rivojlanish qonuniyati. 
Bunda hududni (respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) majmuali rivojlanishi deganda 
xo’jaligidagi mutanosiblik (proportsionallik), ishlab chiqarish korxonalarini mahalliy tabiiy va 
iqtisodiy sharoitga mos kelishi, ixtisoslashgan tarmoqlarni, infrastrukturasini (infratuzilma), turli 
masshtabdagi shaharlarni rivojlanishini va tabiiy muhitni foydalanish va hokozolar nazarda tutiladi. 
 
4.  Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllari- kontsentratsiya (mujassamlashuv), 
ixtisoslashuv, kooperatsiyalashuv va kombinatlashuv ayni paytda ijtimoiy va hududiy tomonlarga 
egadir. 
Biz uchun albatta ishlab chiqarishni hududiy tomoni etakchi rol o’ynaydi. O’zaro bog’liq 
jarayonlarni uyushtirgan holda o’rganish, tahlil qilish biridan ikkinchisiga o’ta bilish geografik 
fikrlashning muhim xususiyatidir.  
Ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari tahlilini mujassamlashuvdan boshlash maqsadga 
muvofiqdir. Zero qolgan shakllarning negizida ham u yoki bu ko’rinishdagi mujassamlashuvni 
ko’rishimiz mumkin. Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to’planishi, yig’ilishi xalq 
xo’jaligining barcha tarmoqlariga tegishlidir. Ammo geografik jihatdan u eng avvalo sanoat, 
qishloq xo’jaligi transport, yani moddiy sohalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Qolaversa, fanimiz 
obektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, ularning joylashish xususiyatlari belgilab 
beradi. Ijtimoiy (sotsial) obektlarning hududiy tashkil etilishi esa yuqoridagi tarmoqlar joylashuvi 
bilan belgilanadi. Masalan, aholi va unga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning hududiy tizimlari sanoat, 
qishloq xo’jaligi, transport va boshqa tarmoqlarning to’g’ri joylashtirish asosida amalga oshiriladi. 
Biz bu erda mujassamlashuvning hududiy tomoniga etibor berdik. Uning ijtimoiy tomoni ham xalq 
xo’jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo’ladi. Umuman olganda, mujassamlashuv sanoat 
misolida juda aniq yoki sezilarli ko’rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondlari, yalpi mahsulot 
yoki  ishchi va xizmatchilarning turli korxonalarda yig’ilishi, to’planishi sof xoldagi ishlab 
chiqarishning mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlarda joylashuvini esa urbanistik va 
hududiy mujassamlashuv sifatida ko’rsatish o’rinli.  

 
13
Mujassamlashuvning bu shakllari bir-biriga o’tib turadi va turli rayon yoki mamlakatlarda har 
xil birikmada bo’ladi. Masalan, shaharning markazlashuv darajasi malum bir bosqichga etgandan 
keyin o’ziga xos vaziyat vujudga keladi, yani endi mazkur shaharda qo’shimcha korxonalarni 
qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy, transport muammolari keskinlashadi, qurish uchun 
er maydoni etishmaydi va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham 
hohlamaydi. Demak, yirik shaharda ham emas undan uzoqda ham emas, shaharning imkoniyati 
yo’q, korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. Natijada yangi korxona yoki muassasalar, oliy o’quv 
yurtlari yirik shaharlarning tasir doirasida o’rnashadi. Natijada shahar aglomeratsiyasi yoki sanoat 
tuguni vujudga keladi. 
Yuqorida keltirilgan mulohazalarga misol qilib Toshkent atrofida joylashgan go’sht kombinati 
(O’rtaovul shaharasi), ToshGRES, Toshkent agrar universiteti (Yalang’och shaharchasi), Yadro 
fizikasi instituti (Ulug’bek shaharchasi), alkogolsiz ichimliklar kombinati (Qibray) va hokazolarni 
ko’rsatish mumkin. Toshkent aholisi ehtiyoji va xo’jaligi uchun zarur bo’lgan bu korxonalarni 
poytaxtda qurishning iloji yo’q. Lekin bu korxonalar istemolchi, sanoat, ilm-fan markaziga yaqin 
bo’lmog’i lozim. Bundan yana bir xulosa, yani ishlab chiqarishning mujassamlashuvi bilan shahar 
rivojlanishi o’rtasida munosabat kelib chiqadi. Dastlab shaharning vujudga kelishi va uyg’onishida 
ishlab chiqarishni joylashtirish etakchi rol o’ynaydi keyinchalik o’zi ishlab chiqarishni hududiy 
tashkil etish omiliga aylanadi. 
Endi turli shakldagi mujassamlashuvga misol keltiramiz. Masalan, O’zbekiston sanoat 
mahsulotining yarmidan ko’pini har birida 2000 dan ortiq ishchi ishlaydigan korxonalar ishlab 
chiqaradi deb faraz qilaylik. Bu ishlab chiqarish yoki korxona darajasidagi mujassamlashuvdir. 
Toshkent shahrida mavjud korxonalar respublika sanoat mahsulotining taxminan 21 %ni beradi – 
bu  urbanistik mujassamlashuv bo’ladi. Agar Farg’ona vodiysini respublikamizning asosiy pilla 
yoki meva maskani, neft mahsulotlari yoki o’simlik moyi ishlab chiqaruvchi rayoni sifatida ko’rsak, 
u holda hududiy mujassamlashuvni nazarda tutgan bo’lamiz. 
Mujassamlashuvning  yuqori va pastligi ayni paytda malum bir sohaning rivojlanganlik 
darajasini belgilaydi. Bu erda “umumiy mahraj” bo’lib shahar, viloyatda yashovchi aholining 
ulushi, xissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Farg’ona vodiysida respublika aholisining 27 %i joylashgan. 
Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko’rsatkichi shu raqamdan yuqori bo’lsa, u holda mazkur ishlab 
chiqarish tarmog’i vodiyda rivojlangan, mujassamlashgan bo’ladi. 
Korxona urbanistik va hududiy mujassamlashuv turli rayon va mamlakatlarda turlicha 
birikma hosil qiladi. Past darajadagi korxona yoki ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori 
urbanistik mujassamlashuvga to’g’ri kelish hollari ham uchraydi. Bu holda shaharda kichik 
korxonalar soni juda ko’payadi. Aksincha, urbanistik mujassamlashuv past, ammo ishlab chiqarish 
mujassamlashuvi yuqori bo’lishi ham mumkin. Bunga kichikroq shaharda, masalan, Xivada katta 
gilam kombinatini joylashuvi misol bo’ladi. 
Shunday qilib, yuqori darajadagi mujassamlashuv, ayniqsa o’ta yirik korxonalarni barpo etish 
hamma vaqt ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday hollarda ham harajatlar 
ko’payadi, ishchi kuchi etishmaydi va eng muhimi – ekologik muvozanat buziladi. 
Qaysi darajadagi mujassamlashuv maqul degan savol tug’iladi. Axir ayni bir hajmdagi 
mahsulotni turli xil yiriklikdagi korxona, shahar yoki rayonlarda ishlab chiqarish mumkin-ku. Bu 
erda ham bir tomonlamalik, qatiylik zararli bo’lsa kerak. Binobarin, turli xil yiriklikdagi korxonalar, 
shaharlar bo’lgani maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Demak, mujassamlashuv obektiv qonuniyat, 
biroq u barcha mamlakatlarga xos va iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lsada uning malum chegarasi, 
ko’lami, doirasi bo’lishi shart. 
Ishlab chiqarishning bir tomonlama yoki nomutanosib hududiy tarkibi o’ta markazlashgan 
mujassamlashuvni bildiradi. Respublikada ham faqat Toshkent yoki Toshkent viloyatini 
rivojlantirib, qolgan mintaqalarni o’z holiga qoldiriaverish ham yaramaydi, albatta. Shu bois 
Qoraqalpog’iston Surxandaryo, Jizzax kabi viloyatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jadallashtirish 
zamon talabi bo’lib bu masalalar mustaqil davlatimizning ilmiy asosda ishlab chiqilgan hududiy 
siyosatida ham o’z aksini topmog’i lozim. 

 
14
Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishning tashkil qilishning muhim shakli bo’lib, bu mehnat 
taqsimoti va iqtisodiy rayonlarni tarkib topishi bilan chambarchars bog’liqdir. 
Uning  uch bosqich va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi deganda korxona, 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling