Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari. Buxoro-2021 Ishlab chiqarish xarajatlari. Reja: Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati


Download 38.84 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi38.84 Kb.
#224718
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ishlab chiqarish xarajatlari


Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari.



Buxoro-2021

Ishlab chiqarish xarajatlari.

Reja:

Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati.




  1. Xarajatlar klassifikatsiyasi.



  2. Baho korxona foydasi.






Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilan chegaralangandir.


Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu vaqtni ichida taklif xajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. Keling endi xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarni ko`rib chiqaylik. Mehnat nazariyasiga asosan K. Marks ishlab chiqarish xarajatlarini tova ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollarini amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u savdodagi xarajatlarni ham qo`shgan. Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish, ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol va boshqa hollarni e’tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi degan fikrga asoslangan.

Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha yondoshadi. U resurslarning chegaralanganligi, noyobligidan va ulardan al’ternativ foydalanish deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog`oz va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari tshuniladi. Bundan ma’lum ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan biron-bir resursni iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarni chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o`zida biror bir narsadan vos kechishni anglatadi. Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar — korxona tomonidan resurslarni yetkazib beruvchilarga to`lov, shuning deb ishlab chiqarishni aniqlangan variantini amalga oshirish uchun xuddi shu korxona tomonidan qo`llanishini ta’minlovchi ichki xarajatlardir. Yuqorida berilgan tarifdan biz xarajatlarni tashqi va ichki turlarga bo`linishini ko`rishimiz mumkin. Tashqi xarajatlarga o`z mahsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ya’ni ish haqi, yoqilg`i, xom ashyo va shu kabilarga tshuniladi. Ichki xarajatlar bu xususiy korxona egasi yoki magazin egasi o`ziga ish haqi to`lamaydi yoki o`z pulini savdoga qo`ygan bo`lsa, bankga qo`ygan taqdirdagi protsentini olmaydi. Ammo firma egasi normal foyda oladi. Aks holda bu ish bilan shug`ullanmas edi. Normal foyda xarajatlarni bir elementini tashkil etadi. Undan tashqari iqtisodiy yoki sof foyda ham farqlanadi, u umumiy tushumdan ichki va tashqi shuningdek normal foydani chegirib tashlash bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foydadan buxgalteriya foydasi, umumiy tushumdan tashqi xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Xarajatlar klassifikatsiyasi.
Korxonalarni yalpi xarajatlari (IH) doimiy (DX) va o`zgaruvchan (OX) xarajatlardan iborat bo`ladi.

Doimiy xarajatlar — bu ijara to`lovi, qorovullik xizmati to`lovi, boshqaruvchi va muxandislar maoshi va shu kabilardan iborat bo`ladi va ishlab chiqarish xajmiga bog`liq bo`lmaydi.



O`zgaruvchan xarajatlar — doimiyga kirmagan boshqa hamma xarajatlar, ya’ni xom ashyo, materiallar, yoqilg`I, elektr energiya, ish haqi va shunga o`xshashlardan iboratdir. Korxona faoliyatini tashkil etish va oqilona boshqarish mahsulot birligiga qilingan xarajatlar (O`IH) bilish muhimdir. O`rtacha xarajatlar, umumiy xarajatlar miqdorini korxona ishlab chiqargan mahsulot hajmiga bo`lish orqali hisoblanadi. Xuddi shu yo`sinda o`rtacha doimiy (O`DX) va o`rtacha o`zgaruvchan (O`O`X) xarajatlar farqlanadi.



Download 38.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling