O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy rayonlarining tavsifi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
3. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy rayonlarining tavsifi Yuqorida takidlab o’tilganidek, O’zbekistonda iqtisodiy rayonlashtirish masalalari iqtisodchi – geograflar va iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning diqqat markazlarida bo’lgan. Shularning ichida prof. Z.M.Akramov tomonidan taklif etilgan iqtisodiy rayonlar to’ri ko’pchilik tomonidan etirof etilgan va qabul qilingan. Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi hududi 8 ta iqtisodiy rayonga bo’lingan. Shular quyidagilardan iborat: 1. Toshkent iqtisodiy rayoni – uning tarkibiga Toshkent viloyati kiradi; 2. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni - Sirdaryo va Jizzax viloyatlari; 3. Farg’ona iqtisodiy rayoni - Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari; 4. Samarqand iqtisodiy rayoni – Samarqand viloyati; 5. Buxoro – Navoiy iqtisodiy rayoni – Buxoro va Navoiy viloyatlari; 6. Qashqadaryo iqtisodiy rayoni – Qashqadaryo viloyati; 7. Surxondaryo iqtisodiy rayoni – Surxondaryo viloyati; 135 8. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni – Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati. 41-jadval O’zbekiston Respublikasining mamuriy–xududiy bo’linishi (1.01. 2000 y.) Shaharlar Viloyatlar Maydoni, ming, kv, km Qishloq tumanlari soni Jami Jumladan resp. toifasida Shaharc halar soni Fuqarolarning qishloq yig’inlari O’zbekiston Respublikasi 448.9 164 120 55 113 1456 Qoraqalpog’iston Respublikasi viloyatlar: 166.6 15 12 7 16 120 Andijon 4.2 14 11 5 5 95 Buxoro 40.3 11 11 3 2 121 Jizzax 20.5 12 7 2 8 107 Qashqadaryo 28.6 14 12 2 4 145 Navoiy 111.0 8 6 3 7 54 Namangan 7.4 11 8 6 11 99 Samarqand 16.8 16 11 4 12 125 Surxondaryo 20.1 14 8 2 7 114 Sirdaryo 5.0 9 5 5 5 72 Toshkent 15.6 15 16 7 18 146 Farg’ona 6.7 15 9 5 10 164 Xorazm 6.1 10 3 3 7 100 Toshkent shahri - - 1 1 1 - Toshkent iqtisodiy rayoni. Respublikaning shimoli-sharqiy qismida, Chirchiq va Ohangaron daryolari vodiylarda joylashgan. Iqtisodiy–geografik o’rni qulay. Chunki, Toshkent iqtisodiy rayoni Farg’ona vodiysi bilan Mirzacho’l va Zarafshan vodiylari o’rtasida joylashgan bo’lib, uning hududidan respublikaning janubiy va g’arbiy qismlarini hamda boshqa Јrta Osiyo davlatlarini Rossiya, O’ozog’iston va boshqa dunyo regionlari va mamlakatlari bilan bog’lovchi temir yo’l magistrali o’tadi. 42- jadval Iqtisodiy rayonlarining tabiiy–demografik salohiyati Shundan Iqtisodiy rayonlar Maydoni ming km 2 /% Aholi soni, ming kishi/% Shahar aholisi ming kishi/% qishloq aholisi ming kishi/% Shahar aholisi ulushi, % Aholi zichligi kishi/ km 2 I Toshkent 15/3.5 4492.5/18.4 3092.0/33.7 1400.5/9.1 68.8 288.0 II Mirzacho’l 25.5/5.7 1617.0/6.6 500.8/5.5 1116.2/7.3 31.0 63.4 III Farg’ona 18.3/4.1 6774.9/27.7 2156.2/23.5 4618.7/30.1 31.8 370.2 IV Samarqand 16.8/3.7 2670.3/10.9 724.1/7.9 1946.2/12.7 27.1 158.9 V Buxoro 151.3/33.7 2202.6/9.0 757.4/8.3 1445.2/9.4 34.4 14.6 VI Qashqadaryo 28.6/6.4 2166.8/8.8 551.3/6.0 1615.5/10.6 25.4 75.8 VII Surxondaryo 20.1/4.5 1736.7/7.1 344.8/3.8 1391.9/9.1 19.9 86.4 VSh Quyi Amudaryo 172.7/38.4 2826.9/11.5 1038.9/11.3 1788.0/11.7 36.8 16.4 Jami 448.9/100 24487.7/100 9165.5/100 15322.2/100 37.4 54.6 136 Toshkent iqtisodiy rayoni er-suv hamda gidroenergetika resurslari bilan yaxshi taminlangan. Xilma- xil foydali qazilma turlariga boy. Mineral resurslardan sanoat tarmoqlarida samarali foydalanilmoqda. Neft mahsulotlari va tabiiy gaz boshqa rayonlardan keltiriladi. Rayon aholisining soni va zichligiga ko’ra respublikada ikkinchi (Farg’ona rayonidan keyin), o’rinda turadi, uning ko’p millatli ekanligiga binoan esa mamlakatda tengi yo’q hisoblanadi. Rayon aholisining asosiy qismini o’zbeklar tashkil etadi, ulardan keyingi o’rinlarni ruslar, qozoqlar, tatarlar, koreyslar, tojiklar va boshqa millat vakillari egallaydi. Mehnat resurslari hamda band aholi ulushi boshqa rayonlarga nisbatan ancha yuqori. Sanoat tarmog’ining rivojlanish darajasiga ko’ra respublikada birinchi o’rinda turadi. Buning asosiy sabablari va omillari quyidagilardan iborat: geografik o’rni qulay; hududida mamlakat poytaxti – Toshkent shahri joylashgan; mineral resurslar turlari ko’p va zahiralari katta; respublika sanoat korxonalarining asosiy qismi shu erda joylashgan; malakali mutaxassislar bilan juda yaxshi taminlangan. Rayondagi ko’pchilik sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaradi (qishloq xo’jaligi mashinalari, elektrotexnika, elektronika va radiotexnika mahsulotlari, rangli metallar, paxta tolasi, uzum, meva va boshqalar). Respublika poytaxti Јrta Osiyoning mamuriy – siyosiy, ilm – fan, madaniyat va sanat, sanoat va transport markazi – Toshkent shahridan tashqari bu erda yirik sanoat shaharlari – Chirchiq, Olmaliq, Angren, Ohangaron, Bekobod, Yangiyo’l va boshqalar joylashgan. Toshkent iqtisodiy rayoniga Јzbekiston miqyosidagi eksportning salkam 1/4 qismi va importning deyarli yarmi to’g’ri keladi. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni. Rayon mamlakatning eng rivojlangan Toshkent, Farg’ona va Samarqand iqtisodiy rayonlari bilan chegaradosh. Shuning uchun ham uning iqtisodiy - geografik o’rni qulay hisoblanadi. Rayon iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, asosan paxtachilik tashkil etadi. Aholisining ko’pchilik qismi rspublikaning boshqa rayonlaridan ko’chib kelganlardan iborat. Aholi soniga binoan iqtisodiy rayonlar ichida oxirgi o’rinni egallaydi. Rayonda universitet va pedagogika instituti va qator litsey va kollejlarning mavjudligiga qaramay, xalq xo’jaligiga zarur kadrlarning asosiy qismi Toshkent va Samarqand shaharlaridagi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida tayyorlanadi. Rayon iqtisodiyotining negizini tashkil etuvchi paxtachilik majmuiga jami sug’oriladigan erlarning 40 foizi to’g’ri keladi. Sug’orma erlarda undan tashqari bug’doy, jo’xori, beda etishtiriladi. Chorvachilikda qorako’lchilik muhim o’rin egallaydi. O’orako’l qo’ylari viloyatning shimoli - g’arbiy tomonidagi yaylovlarda boqilmoqda. Shaharlar atroflarida parrandachilik ham mavjud. Rayon respublika miqyosida sanoatni ayrim tarmoqlarining mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi bo’yicha munosib o’rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, elektroenergiyaning 1/6 qismini, oltin, molibden, qo’rg’oshin, rux metallarining anchasini etkazib beradi. Rayonda Sirdaryo GRESi (Shirin shahrida joylashgan), Marjonbuloq oltin qazib oluvchi fabrikasi, Uchquloch rudani boyitish fabrikasi, Jizzax, Guliston va Yangier shaharlarida nisbatan katta qurilish materiallari, engil va oziq - ovqat sanoati korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Rayonga respublika miqyosidagi eksportning 3.3 foizi, importning 2.7 foizi to’g’ri keladi. Farg’ona iqtisodiy rayoni. Rayonga respublika hududining atigi 4.1 foizi to’g’ri kelgani holda, unda mamlakat aholisining 18 foizidan ortiq qismi istiqomat qiladi. Rayon hududi Farg’ona vodiysining markaziy tekislik va tog’ oldi mintaqalarini egallaydi, faqat chekka g’arbiy qismida Xo’jand darvozasi orqali u Mirzacho’l rayoni bilan tutashadi. Toshkent- Andijon-O’sh-Ergashtom avtomobil yo’lining qurilishi rayonning iqtisodiy salohiyatini keskin ko’tarishga, uning geografik o’rnini ancha yaxshilashga imkon beradi. chunki bu yo’l orqali O’rta 137 Osiyo va unga tutash boshqa region va mamlakatlar Xitoyga va u orqali esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chiqish yo’liga ega bo’ladi. Farg’ona iqtisodiy rayonida xilma-xil foydali qazilma konlari topilgan. Shularning ichida neft, tabiiy gaz, oltingugurt, kumush, volfram, mis, oltin, molibden, har xil qurilish xom ashyosi hozirgi vaqtda qazib olinmoqda. Rayon aholisining soni va zichligi bo’yicha respublikada birinchi o’rinlarni egallaydi. Umuman Farg’ona vodiysi dunyoda aholisi eng zich joylashgan regionlardan hisoblanadi. Rayondagi mavjud oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari yiliga bir necha ming mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Rayon sanoati ham, qishloq xo’jaligi ham yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo’jaligi qadimdan sug’orma dehqonchilikka asoslanib, rivojlanib kelmoqda. Hozirgi vaqtda rayonda respublikadagi jami haydaladigan erlarning 16.1 foizi, sug’oriladigan erlarning 19.9 foizi mavjud. O’zbekistondagi bog’ va uzumzorlarning 1/4 qismidan ortiq qismi ham shu rayonga to’g’ri keladi. Rayon O’zbekistonda tayyorlanadigan paxtaning 1/4 qismini etkazib beradi. Sanoatda og’ir sanoat ham, engil sanoat ham, oziq - ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan. Og’ir sanoatda elektroenergetika, rangli metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, kimyo va neftkimyosi tarmog’i, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, to’qimachilik mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan. Engil sanoatning shoyi gazlama ishlab chiqarish va to’qimachilik tarmoqlari Namangan, Andijon va Marg’ilon shaharlarida yuqori darajada rivojlangan. Oziq-ovqat sanoatining yirik markazlari sifatida rayondagi barcha katta va o’rta shaharlar ajralib turadi. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo tovar aylanmasining 1/5 qismi, shu jumladan, eksportining 20 foizga yaqini va importining salkam 1/4 qismi Farg’ona iqtisodiy rayoniga to’g’ri keladi. Samarqand iqtisodiy rayoni. Samarqand iqtisodiy rayoni O’zbekiston Respublikasining markaziy qismida joylashgan. Aholisining soniga ko’ra O’zbekistonda Farg’ona va Toshkent iqtisodiy rayonlaridan keyin uchinchi, yalpi ichki mahsulot bo’yicha beshinchi, iqtisodiyotda band aholi soniga ko’ra to’rtinchi o’rinlarni egallaydi. Rayon hududida rangli va nodir metallar (volfram, oltin, uran), qurilish materiallari (marmar, granit, ohaktosh), grafit konlari topilgan. Shularning ko’pchiligidan hozirgi vaqtda foydalanilmoqda. Rayon mehnat resurslariga boy, chunki aholi soni nisbatan tez suratlarda o’smoqda. 43-jadval Iqtisodiy rayonlarning O’zbekiston respublikasi yalpi ichki mahsuloti, va sanoat mahsulotidagi, ish bilan band aholisi sonidagi hamda tovar aylanmasidagi ulushi, % Iqtisodiy rayonlar Yalpi ichki mahsulot Sanoat ishlab chiqarishi hajmi Iqtisodiyotda band axoli Tovar aylanmasi I Toshkent 27,3 28,8 21,1 36,8 II Mirzacho’l 5,4 2,5 6,1 3,0 III Farg’ona 24,6 28,7 27,5 20,9 IV Samarqand 8,7 4,7 10,2 3,4 V Buxoro-Navoiy 10,8 16,9 10,1 10,7 VI Qashqadaryo 8,2 9,0 8,0 4,0 VII Surxondaryo 5,5 2,8 6,4 1,9 VIII Quyi Amudaryo 9,5 6,6 10,6 5,4 Mamlakat bo’yicha jami: 100 100 100 100 138 Xo’jaligining asosini qishloq xo’jaligi va sanoatning ayrim tarmoqlari tashkil etadi. Rayonda og’ir sanoatning tog’-kon, qurilish materiallari tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Shuningdek, mashinasozlik, kimyo, engil va oziq-ovqat tarmoqlari ham muhim o’rin egallaydi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 3/4 qismi dehqonchilikka to’g’ri keladi. Uning etakchi tarmog’i-paxtachilikning ulushi keyingi yillarda pasaymoqda. Rayonda tamakichilik yaxshi rivojlangan. Ushbu tarmoqda etishtirilgan xom ashyodan O’zbekiston-Britaniya qo’shma korxonasida har-xil tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Undan tashqari rayonda kunjut, zig’ir ekiladi. Qorako’lchilik rivojlangan. Rayonga mamlakat eksportining-3.3 foizi, importining-3.5 foizi to’g’ri keladi. Buxoro – Navoiy iqtisodiy rayoni. Rayon O’zbekistonning markaziy va g’arbiy qismlarida joylashgan. Unga respublika hududining 1/3 qismi, aholisi sonining 9,0 foizi to’g’ri keladi. Geografik o’rni birmuncha qulay, chunki uning xududidan janubiy va shimoli-g’arbiy tomonlardagi xorijiy mamlakatlarga olib boruvchi temir yo’llar o’tgan. Mineral resurslardan tabiiy gaz, oltin, fosforitlar, nodir metallarga boy. Shularning barchasi qazib olinmoqda. Aholisining soniga ko’ra Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni O’zbekistonda beshinchi, uning zichligiga ko’ra oxirgi, urbanizatsiya darajasiga ko’ra esa uchinchi o’rinlarda turadi. Rayonda sanoat, ayniqsa uning rangli metallurgiya, kimyo va neftkimyosi, elektroenergetika tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Rayonga mamlakat miqyosida yalpi ichki mahsulotning salkam 11 foizi, sanoat ishlab chiqarishi hajmining 16.9 foizi to’g’ri keladi. Navoiy, Zarafshon, Qoravulbozor, Uchquduq shaharlarida yirik sanoat korxonalari mavjud. Shular qatorida Navoiy shahridagi kon-metallurgiya kombinati, issiqlik elektrostantsiyasi, tsement kombinati, «Navoiy azot»birlashmasi, Zarafshondagi Oltin erituvchi zavod, Qoravulbozordagi neftni qayta ishlash majmuasi va boshqalar alohida o’rin egallaydi. Iqtisodiy rayonda dehqonchilik ham va chorvachilik ham nisbatan yaxshi rivojlangan. Ushbu tarmoqlar doirasida paxtachilik va qora-ko’lchilik asosiy rol o’ynaydi. Rayonga respublika doirasida eksportning salkam 10 foizi, importning 11.6 foizi to’g’ri keladi. Qashqadaryo iqtisodiy rayoni. Rayon O’zbekistonnning janubiy qismida joylashgan. Iqtisodiy geografik o’rni birmuncha noqulay, chunki strategik ahamiyatga ega yo’llar uning hududidan chetda o’tgan. Qashqadaryo xilma – xil foydali qazilmalarga, ayniqsa tabiiy gaz va neftga boy. Tabiiy gazning eng yirik koni Sho’rtan va eng yirik neft koni Ko’kdumaloq aynan shu erda joylashgan. Aholisining soniga ko’ra mazkur rayon O’zbekistonda oltinchi o’rinda turadi. Mehnat resurslari bilan yaxshi taminlangan. Ish bilan band aholining ulushiga (8.0 foiz) ko’ra rayon respublikada oltinchi o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotining negizini qishloq xo’jaligi tashkil etsa ham, bu erda sanoat, ayniqsa yoqilg’i, kimyo, qurilish matariallari va oziq - ovqat sanoati tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yirik korxonalari qatorida Sho’rtan gazni qayta ishlash majmui, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Koson yog’- moy zavodi va boshqalar ajralib turadi. Rayon mamlakat doirasida jami qazib olingan neftning yarmini va tabiiy gazning 3/4 qismini etkazib beradi. Tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtiroki unchalik katta emas. Rayonning mamlakat eksportidagi ulushi 5.1, importidagi ulushi 3.0 foizga teng. Surxondaryo iqtisodiy rayoni. O’zbekistonning eng chekka janubiy qismida joylashgan. Iqtisodiy geografik o’rni nisbatan noqulay. Rayon hududida neft, tabiiy gaz, ko’mir, har xil tuzlar, qurilish materiallari konlari ochilgan. Bu esa sanoatning ko’plab tarmoqlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 139 Aholisining soniga ko’ra rayon O’zbekiston iqtisodiy rayonlari ichida ettinchi o’rinda, uni urbanizatsiyalashgan darajasiga ko’ra esa oxirgi o’rinda turadi. Mehnat resurslari bilan juda yaxshi taminlangan. Rayonning respublika jami band aholisi sonidagi ulushi 6.4 foizga teng. Iqtsodiyotining negizini qishloq xo’jaligi, uning etakchi tarmog’i paxtachilik tashkil etadi. Undan tashqari donchilik, ipakchilik hamda go’sht chorvachiligi rivojlangan. Rayonda bog’dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilik keng tarqalgan. Rayonda ko’mir, neft va tabiiy gaz, osh tuzi qazib olish bilan bog’liq, hamda paxta tozalash, tikuvchilik va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari rivojlangan. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O’zbkistonning eng chekka shimoli - g’arbiy qismini egallagan. Unga respublika hududining salkam 2/5 qismi, aholisining 11.5 foizi to’g’ri keladi. Rayon hududida tabiiy gaz, neft, har xil tuzlar, qurilish materiallari va boshqa foydali qazilmalarning konlari ochilgan. Aholisining urbanizatsiyalashgan darajasiga ko’ra respublikada Toshkent iqtisodiy rayondan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Mehnat resurslari bilan yaxshi taminlangan. Unga O’zbekistonda jami band aholining 10,6 foizi to’g’ri keladi. Bu yalpi ichki mahsulot va sanoat ishlab chiqarish hajmiga xos ko’rsatkichlardan nisbatan yuqoridir. Xo’jaligining negizini qishloq xo’jaligi, avvalombor paxtachilik, sholichilik va yaylov chorvachiligi egallaydi. Rayonga O’zbekistonda etishtirilgan paxtaning deyarli 12 foizini, sholining 4/5 qismi to’g’ri keladi. Iqlimning keyingi yillarda quruq kelishi Amudaryo suvining keskin kamayishiga, oqibatda esa sholi maydonlari, yalpi hosili va xosildorligining qisqarishiga olib keladi. Suvning etishmasligi paxtachilik va chorvachillikka ham ziyon etkazdi. Bunday holat Orol dengizi atrofidagi ekologik inqiroz bilan birgalikda rayonning iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga juda katta salbiy tasir ko’rsatmoqda. Sanoat tarmoqlaridan yoqilg’i, elektroenergetika, kimyo, qurilish materiallari, ayniqsa engil va oziq ovqat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Qo’ng’irot shahrida O’zbekistonda yagona soda zavodi ishlaydi. Rayonda Taxiatosh GRESi, Urganch yog’ zavodi, Xo’jayli go’sht kombinati va boshqalar ajralib turadi. Rayonga O’zbekiston miqyosida amalga oshirilgan eksportning 6.3 foizi, importning 4,5 foizi to’g’ri keladi. Bu iqtisodiy salohiyati yuqori bo’lgan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni uchun uncha katta ko’rsatkich emas. Asosiy tayanch tushunchalar Ishlab chiqarish ixtisoslashuvi - ayrim korxonalarda bir turdagi muhsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan jarayonlarning to’plaminishi. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini o’sishining asosiy oimllaridan biri. Iqtisodiyotni diversisifakatsiyalashtirish - ishlab chiqarishning tarmoqlar tarkibini murakkablashtirsh jarayoni. Bunda mahsulot turlarining xilma-xilligi va ixtisoslashgan korxonalar soni oshadi. Iqtisodiy rayon - mamlakat xalq xo’jaligining hududdiy bir bo’lagi. Har qanday iqtisodiy rayon uning geografik o’rni, tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlariga mos bo’lgan boshqa hududlar bilan oqilona mehnat taqsimotiga tayangan xalq xo’jaligining asosiy vazifalarini o’zida mujassamlashtirgan ixtisoslashuvga; rayonning iqtisodiy va hdudiy tarkiblari eng muhim eolementlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va aloqadorlik unga yuklatilgan asosiy xalq xo’jaligi vazifalarini bajarishga ham, mahalliy ehtiyojlarni qondirishga ham imkon beruvchi majmua belgiga; hududiy va tarmoqlar miqyosida boshqarish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi. Har qanday iqtisodiy rayonning asosida hududiy ishlab chiqarish majmui yotadi. Mamuriy rayon - iqtisodiy rayonga xos uch belgidan biri-boshqarish tizimiga ega bo’lgan, hududining kattaligi bo’yicha esa odatda iqtisodiy rayondan orqada turuvchi taksonomik bo’lak. 140 Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar. 1. Iqtisodiy rayonlashtirish jarayoni nima sababdan mamuriy-hududiy rayonlashtirish jarayoni bilan aloqador? 2. O’zbekistonda qaysi taksonomik bo’lak iqtisodiy rayonlashtirishning eng pastki quyi bo’lagi hisoblanadi va nima uchun? 3. Iqtisodiy rayonlashtirish jarayonida qanday asoslarga tayanishi lozim? 4. Hududiy mehnat taqsimoti bilan iqtisodiy rayonlashtirish jarayoni o’rtasida qanday aloqadorlik mavjud? 5. Iqtisodiy rayon xo’jaligi asosan qanday rivojlangan bo’ladi va nima uchun? 6. Iqtisodiy rayonning eng muhim belgisi nima? U to’g’risida o’zingizning fikringizni bildiring. 7. O’zbekiston Respublikasida qancha va qanday mamuriy-hududiy bo’laklar ajratilgan? 8. O’zbekiston Respublikasining eng yirik mamuriy-hududiy bo’laklariga xos eng muhim xususiyatlar nimalardan iborat? 9. imoli-sharqiy va sharqiy hududlarda joylashgan iqtisodiy rayonlarga xos eng muhim miqdoriy va sifat belgilari nimalardan tashkil topgan? 10. Respublika janubida joylashgan iqtisodiy rayonlar to’g’risida nimalarni bilasiz? 11. Mamlakat markazida joylashgan iqtisodiy rayonlar to’g’risida bilganlaringizni so’zlab bering? 12. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonning salohiyati va undan qanday foydalanilayotganligi to’g’risida nimalarni bilasiz? Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling