O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Qishloq xo’jaligida yangi xo’jalik yuritish shakllari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Qishloq xo’jaligi er fondi va asosiy tarmoqlarining joylashishi a) dehqonchilik tarmoqlarining joylashishi b) chorvachilik tarmoqlarining joylashishi
- Paxtachilik.
- Kanopchilik.
- Tamakachilik.
- Dukakli don ekinlari
2. Qishloq xo’jaligida yangi xo’jalik yuritish shakllari O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat qishloq xo’jaligida chuqur islohatlarni amalga oshirish davri boshlandi. Respublika hukumati mamlakat iqtisodini eng muhim tarmog’i bo’lgan qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o’tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon fermer xo’jaligi faoliyatini yo’lga qo’yish kabi masalalarni hal etishga etibor bermoqda. 110 Respublika parlamenti qishloq xo’jaligida tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratadigan qonunlarni qabul qildi. Jumladan “Er to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida”, “Ijara to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Er solig’i to’g’risida” va h.k. 1998 yil aprel oyida Oliy Majlisning XI sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Er kodeksi”, “Qishloq xo’jaligi kooperativi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlari qishloq xo’jaligida ko’p ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yo’l ochdi. Birinchi navbatda paxta yakka hokimligini bartaraf etish va ekin maydonlari tarkibini ilmiy asosda tuzish tadbirlari ko’rildi. Respublikada g’alla mustaqilligini taminlash yo’lida katta dastur ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilmoqda. Paxta maydonlari qisqartirildi, tarkibiy tuzilishi o’zgartirilib, g’alla maydonlaining ulushi 40 % ga etkazildi va yiliga o’rtacha 4,0 mln. tonna g’alla tayyorlanmoqda. Qishloq xo’jaligi mahsuloti etishtirishda dehqonlarning shaxsiy tomorqa xo’jaliklariga 500 ming ga. dan ko’proq hosildor er ajratib berildi, uning umumiy maydoni 750 ming gektarga etkazildi. Qishloq xo’jaligi sohasidagi zarar ko’rib ishlayotgan davlat xo’jaliklari, iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamagan xo’jaliklar xo’jalik yuritishning shirkatlar, ijarachilar uyushmalari, xususiylashtirilgan fermalar kabi iqtisodiy samarasi ko’proq shakllarga o’tkazildi, jamoa xo’jaliklari rivojiga sharoit yaratildi. Bankrotlik yoqasida turgan korxonalar uchun sanatsiya choralari ko’rildi. Davlat xo’jaliklari mulkchilikning boshqa shakllariga o’tkazildi. Islohatlarning birinchi bosqichida qishloqda fermerlar va dehqon xo’jaliklari paydo bo’ldi. Respublika 2000- yil oxirida 30 mingdan ortiq fermer xo’jaligi ishladi. Respublika Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 martdagi ”Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida” va boshqa qarorlari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor tamoyillarining erkin ishlashi uchun shart-sharotlar yaratish, xo’jaliklarni nodavlat shakllariga aylantirish, mahsuldorligi past chorva fermalarini jamoa mulki qilib berish yo’li bilan qishloq xo’jaligida islohatlarni yanada chuqurlashtirishga, dehqon va fermer xo’jaliklari ishini yo’lga qo’yishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18-martidagi Farmoniga muvofiq respublika komissiyasi tuzilgan. Darhaqiqat qishloq xo’jaligida islohatlar chuqurlashmas ekan, iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham bu masalani hal etish oson ko’chmaydi. I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida takidlaganidek: “Hozirgi vaqtda aynan iqtisodiyotning agrar sektorida katta-katta zaxiralar mavjud. Ularni ishga solish yaqin vaqt ichidayoq sezilarli natija berishi mumkin. Bugun iqtisodiy o’zgarishlarning yakuni, barqarorlik va xalq farovonligi ko’p jihatdan tub o’zgarishlar jarayonlari agrar sektorni qanchalik qamrab olishiga, qishloqda islohatlar qanchalik chuqur borishiga bog’liq bo’ladi”. 8 Qishloq xo’jaligini rivojlantirish imkoniyatlari sanoatda, umuman iqtisodiyotda mujassamlashgan. Qishloq xo’jaligini jadal olg’a siljitish uchun juda katta miqdorda moliyaviy resurslar zarur. Bu resurslarni xorijiy davlatlardan yoki mamlakat ichkarisida ishlab topilishi, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz olish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Qaysi yo’lni tanlashni, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, o’sha davlatning o’zi hal qiladi. Deyarli barcha mamlakatlarda, hatto rivojlangan mamlakatlarda ham qishloq xo’jaligi norentabel hisoblanadi, shuning uchun ham davlatdan ko’mak oladi. Qishloq xo’jaligiga yordam ko’rsatish uchun, avvalo umumiy iqtisodiyotda, sanoatda jiddiy o’zgarishlar, siljishlar yuz berishi kerak. 8 И.А.Каримов “Ўзбекистон XXI аср бөсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари”. Т.: Ўзбекистон, 1997 й. 133 бет 111 Jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, sanoatsiz qishloq xo’jaligini rivojlantirib bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligi barcha xalq xo’jaligi tarmoqlari eng avvalo, sanoat bilan bog’liq. U hozir sanoatdan boshlanib (ishlab chiqarish vositalari, mineral o’g’itlar ishlab chiqarish), sanoat bilan tugallanadi (etishtirilgan xom ashyo va mahsulotlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotga aylantirish). Bu ikki tarmoq o’rtasidagi aloqa vertikal integratsiya yoki agrosanoat integratsiyasi jarayoni bo’lib, borgan sari chuqurlashib boraveradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 avgustdagi qarori asosida qabul qilingan va tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish shartlari to’g’risida”gi Nizom mahsulot ishlab chiqarish bilan istemolchilar o’rtasidagi munosabatlarni bozor talablariga javob beradigan bosqichga ko’tarishda dastlabki qadam bo’ldi. Qishloq xo’jaligi (jamoa xo’jaliklari, turli kooperativlar, qayta ishlash korxonalari)da mulkning muayyan qismini pay va ulush haqida xodimlarga biriktirib qo’yishga asoslangan xo’jalik yuritishning yangi shakllari asosida xo’jaliklarni yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish boshlandi. Bu tadbirlar esa xo’jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga, xo’jaliklarni iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga, qishloq mehnatkashlari turmush darajasini oshirishga hamda xo’jaliklarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga yo’l ochdi. Natijada qishloq xo’jaligida yalpi mahsulot etishtirishda pasayish holati to’xtatildi. Respublikada 1999 yilda 4,0 mln t don, 0,7 mln t kartoshka, 0,4 mln t poliz, 0,8 mln t go’sht, 3,5 mln t sut, 1075,3 mln dona tuxum etishtirildi. Hozir qishloq xo’jaligida band bo’lgan ortiqcha mehnat resurslarini sanoatga, xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etish davlat agrar siyosatining g’oyat muhim yo’nalishi hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib sanoatda qishloq xo’jaligi taraqqiyoti uchun mustahkam negiz hozirlandi. Urushdan keyingi yillarda Germaniyada ham, Yaponiyada ham shunday yo’l tanlangan edi. Er davlatniki, er jamoa va davlat xo’jaliklariga foydalanish uchun berib qo’yilgani sababli, xarid narxini belgilash davlat monopoliyasi bo’lib keldi. Shuning uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlariga belgilanadigan xarid narxlari uzluksiz ravishda industrial ishlab chiqarish vositalariga belgilanadigan sanoat ulgurji narxlaridan, ana shu qishloq xo’jaligi mahsulotlardan ishlab chiqariladigan xalq istemoli mollariga belgilanadigan davlat chakana baholaridan uzluksiz orqada qolib ketdi. Qishloq xo’jaligida xususiylashtirish, ayniqsa, erni sotish va sotib olish obektiga aylantirish masalasi ancha murakkab, etti o’lchab bir kesishni talab qiladigan, shoshma-shosharlikni xush ko’rmaydigan masaladir. Bizning sharoitimizda dehqonchilik asosan sug’orishga asoslangan, ekinga yaroqli er maydonlari ko’p jihatdan cheklangan, katta miqdorda ekiladigan texnika ekinlari – paxta kollektiv bo’lib mehnat qilishni taqozo etadi. Respublikada er kadastrini ishlab chiqilishi, erlar baholanishi kerak. Bular esa malum vaqt talab qiladigan katta yumushlardir. Yuqorida aytilgan fikrlardan shuni aytib o’tish kerakki, Prezident I.A.Karimov shunday deb yozadi: “Qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohiblik hissini uyg’otish mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish, jamoa xo’jaliklarning o’zida ijara munosabatlarini takomillashtirish, jamoa xo’jaliklarning o’zida ijara munosabatlarini chuqurlashtirish, erni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga berib qo’yish orqali, dehqon fermer hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni keng rivolantirish asosida ro’y berishi lozim”. Rivojlangan mamlakatlarda aholining 3-5%ini tashkil etadigan fermerlar oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z xalqini to’la taminlabgina qolmay, uni boshqa davlatlarga ham eksport qiladi. Qishloqda xizmat ko’rsatish sohasini etarli darajada tashkil etish zarur, davlat dehqonlardan yordamini ayamasligi lozim. 2000- yil yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 60,3% i aholi shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida etishtirildi. 3. Qishloq xo’jaligining moddiy texnika bazasi Republika agrosanoat majmuini moddiy-texnika resurslari bilan taminlash, texnikasini tamirlash va unga injenerlik xizmatini ko’rsatishni “O’zqishloqxo’jaliktaminottamir” davlat- kooperativ qo’mitasi tizimida qishloq xo’jaligiga texnik xizmat ko’rsatuvchi “Agromashservis” aktsionerlik uyushmasining ixtisoslashtirilgan tashkiliy xo’jalik tuzilmalari: 112 “Qishloqxo’jalikmashtamir” tamirlash zavodlari, “Agromashehtiyotqism” (taminot bozorlari), “Texchorvamontajservis”, “Qishloq xo’jalik jihozlash bozorlari”, “Maxsustamirlashsozlash” va boshqa birlashmalar, uyushmaning viloyat va tumanlardagi bo’linmalari olib boradi. Tizimga qarashli korxonalarda 50 nomdagi mashina va mexanizmlar ishlab chiqariladi. Mulkchilikning hamma turidagi xo’jaliklarga barcha turdagi mashinalarni etkazib beradi. Respublika kimyo sanoati qishloq xo’jaligining o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’la qondirish quvvatiga ega. Ekinlarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan birga, paxtachilikda biologik himoya usulidan ham foydalaniladi. O’zbekistonda 756 ta biolaboratoriya, trixogramma etkazib beruvchi mexanizatsiyalashgan liniyalar ishlaydi. Respublikada qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatishni davlat-aktsionerlik birlashmasi “O’zagrokimyo taminot” olib boradi. 1995-1999 y. “O’zqishloqxo’jalik-taminottamir” davlat-kooperativ qo’mitasining tuman bo’limlari negizida mulkchilikning barcha shakllaridagi mashina-traktor parklari (MTP) tashkil etish dasturi qabul qilingan. 1998 yilgacha 180 ta MTP tashkil qilingan. Bu parklar xo’jaliklaridagi mashina va mexanizmlarni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi yoki texnika xo’jaliklarda qoldiq qiymat bo’yicha MTPlarning balansiga beriladi. Respublika Prezidentining “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini davlat yo’li bilan qo’llab- quvvtlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida (1996 y. 3 - mart) qishloq xo’jaligini sifatli texnika, mineral o’g’itlar, ekinlarning himoya qilishning respublika qishloq xo’jaligini rivojlantirishning kompleks dasturida ustivor vazifalar sifatida belgilangan. Respublika qishloq xo’jaligining ilmiy bazasi etarli darajada rivojlangan. Ilmiy izlanishlar natijasida asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari bo’lgan g’o’za, kanop, bug’doy, arpa, sholi, meva, uzum, kartoshka, poliz ekinlari va boshqalarning tezpishar, serhosil navlari yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Ayniqsa paxtachilik uchun mashinalar sistemasi yaratildi, ilmiy tekshirish institutlari, tajriba stantsiyalari, tayanch punktlari tarmoqlari rivojlantirildi. O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, 15 tayanch punkti, 9 ta ekspremental bazasi va 5 ga yaqin boshqa bo’limlarida qishloq xo’jaligi, o’rmon va agrosanoat majmuining turli sohalarida nazariy va amaliy ilmiy taminot ishlari olib borildi. Kadrlar tayyorlash esa bir qator universitet va institutlarda olib borildi. Respublikamizda qishloq xo’jaligi sohasidagi umumiy siyosatni qishloq va suv xo’jaligi vazirligi amalga oshiradi. Quyi bo’g’ini esa xo’jaliklarda umumiy rahbarlikni olib boradi. Ixtisoslashuvga ko’ra bog’dorchilik, tokchilik, ayrim issiqxona xo’jaliklari mustaqil “O’zmevasabzavotuzumsanoat” xolding kompaniyasiga qaraydi. Ayrim tarmoqlarda rahbarlikni amalga oshirish uchun vazirliklar “Qorako’l”, “O’zbek ipagi”, “O’zparranda sanoat”, “Asal” kabi Respublika ishlab chiqarish uyushmalari tashkil etilgan. 4. Qishloq xo’jaligi er fondi va asosiy tarmoqlarining joylashishi a) dehqonchilik tarmoqlarining joylashishi b) chorvachilik tarmoqlarining joylashishi O’zbekiston hududi qishloq xo’jaligi jihatidan 3 mintaqaga bo’linadi: tog’ va tog’ oldi mintaqasi Respublika hududining 20 % i dan ortiqrog’ini tashkil etadi. Asosan lalmikor dehqonchilik (bug’doy, arpa, no’xot, zig’ir), bog’dorchilik va tokchilik taraqqiy etgan. Bu mintaqada mavsumiy bohorgi-kuzgi yaylovlar bor. Chorvachiligi go’sht-jun etishtirishga ixtisoslashgan. Sug’orma dehqonchilik mintaqasi Respublika hududining qariyb 10 % ini tashkil etadi. Bu mintaqada Farg’ona vodiysi, Mirzacho’l, Dalvarzin cho’li, Chirchiq-Ohongaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon-Sherobod vodiylari, Quyi Amudaryoni o’z ichiga oladi. Cho’l yaylov mintaqasi Respublika hududining 70%ini tashkil etadi. Asosan Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqolpog’iston va Farg’ona vodiysining markaziy qismida joylashgan. O’zbekiston qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan er davlat mulki hisoblanadi. Davlat er fondi, er egaligi yoki erdan foydalanuvchilar hududidagi barcha erlarni haydalma erlar, daraxtzor, yaylov, pichanzor, o’rmonzor, qo’riq er qishloq xo’jaligida foydalanilmagan erlarning jamini o’z ichiga oladi. Respublikaning umumiy er fondi 44797,7 ming ga., barcha 113 qishloq xo’jaligi erlari 27987 ming ga., shundan sug’orishga yaroqli erlar 5 mln. ga., sug’oriladigan erlar 4238,6 ming ga., qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan erlarning umumiy maydoni salkam 32 ming ga., ekiladigan 4090,2 ming ga., haydalma erlar 4474,5 ming ga. Respublika er fondining asosiy qismi (62 %ga yaqini) qishloq xo’jaligi er turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar erlari – tomorqa (1 %), o’rmon va to’qayzorlar (3,2 %) va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan erlardan (34,2%) iborat. Sug’oriladigan erlar jami er resurslarning 9,2%ni tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo’jaligida etishtiriladigan yalpi mahsulotning 98,5 %i shu erlarda etishtiriladi. Respublika qishloq xo’jaligida dehkonchilik etakchi o’rinda turadi. Dehkonchilikning qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti tarkibidagi hissasi 49,7% ni tashkil etadi. Adir zonalarida lalmikor dehkonchilik (bug’doy, arpa, zig’ir, kunjut, no’xat, ozuqabob ekinlar, bug’dorchilik) qilinadi. Sug’orma dehkonchilikda lalmikor dehkonchilikka nisbatan 3-5 marta ko’proq xosil olinadi va erdan samarali foydalanishni taminlaydi. Keyingi yillarda Respublikada ekin maydonlari tarkiblari keskin o’zgardi, texnika ekinlari, birinchi navbatda g’o’za maydonlari qisqardi, aholining oziq- ovqat bilan taminlashni tubdan yaxshilash, Respublikaning g’alla mustaqilligini taminlash maqsadida don ekinlari, qand lavlagi, kartoshka maydonlari kengaytirildi. Paxtachilik. Respublikada dehkonchilikning etakchi tarmog’ini paxtachilik tashkil etadi. Paxtachilikning pirovard asosiy mahsuloti paxta tolasi va paxta moyidir. Respublika xalq xo’jaligi ishlab chiqarishning 70%dan ko’prog’i texnologik jihatdan paxtachilik bilan bog’liq. Paxtachilik uchun eng unumdor sug’oriladigan erlarning qariyib 35% i ajratilgan va mehnat resurslarining katta qismi shu tarmoqda band. O’zbekiston jahonda eng shimolda joylashgan paxtachilik mintaqasi bo’lishiga qaramay hosildorlik bo’yicha oldingi o’rinlarda turadi. Respublikaning barcha viloyatlari va Qoraqolpog’istonda o’rta tolali, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida esa ingichka tolali g’o’za ham etishtiriladi. Paxta tolasi O’zbekiston eksportining muhim bandini tashkil etadi. Paxta tolasi eksporti bo’yicha respublika jahonda AQSh dan keyin 2-o’rinda turadi. O’zbekiston erlarida paxta 2,5 ming yildan ko’proq vaqtdan beri etishtiriladi. Arxeologik tadqiqotlarning dalillariga ko’ra g’o’za miloddan avval VI-VII asrlarda Samarqand, Toshkent, Xorazm vohalarida, I asrda Farg’ona vodiysida etishtirilgan. XIX asrning 60-yillarida O’zbekistonda g’o’za tahminan 40 ming ga maydonda, asosan, dehqon xo’jaliklarining ichki ehtiyojlarini qondirish uchun ekilgan. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston, Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin Rossiya sanoatining paxta tolisiga bo’lgan talabi keskin ortdi. Natijada paxta maydonlari yildan-yilga kengayib bordi. 1890 yil 100 ming ga., 1913 yil 424,6 ming ga., yalpi hosil 517,2 ming tonna ga hosildorlik 12,2 % ni tashkil etdi. 1913 yil Namangan shahri yaqinida (Paxtaliko’l) g’o’za tajriba stantsiyasi ish boshladi. 1920 yillarning 2 - yarmida O’zbekiston paxta xom ashyosiga bo’lgan talab yanada keskin oshdi. 1930-1990 yillar davomida O’zbekiston jahondagi asosiy paxta etishtiruvchi mamlakatlar qatoridan joy oldi va sobiq Itifoqning paxta xom ashyosi etishtiruvchi mustamlakasi bo’lib qoldi. Paxta mustaqilligini taminlash maqsadida g’o’za maydonlarining muntazam ko’paytirilishi Respublika dehkonchiligida paxta yakka xokimligi (monokultura) ni vujudga keltirdi. 1984-1988 yillarda g’o’za 2 mln. ga dan ko’proq, 1989 yili esa eng ko’p 2167,7 ming ga. maydonga ekildi. 1980 yil esa eng ko’p xosil 5579 ming tonna paxta hosil olindi. Olingan tolaning faqatgina 10%i Respublikada ishlanar, qolgani esa arzon narxlarda markazga va boshqa Respublikalarga jo’natilar edi. G’o’za maydonlarida mineral o’g’it, gerbitsid, pestitsid, defoliantlarning ilmiy asoslangan meyorlarga rioya etmay ko’plab qo’llanilishi, almashlab ekishning buzilishi natijasida atrof muhitga zararli tasir kuchaydi, tuproq xususiyatlari yomonlashdi, unumdorligi pasaydi, bularning tasirida hosildorlik pasaydi. 114 Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekiston huqumati paxta yakka ziroatchiligini (yakka xokimligini) bartaraf etish faqat iqtisodiy emas, balki siyosiy ahamiyatga ham ega ekanligini nazarda tutib, qatiy tadbirlar ko’rdi. Birinchi navbatda Respublikada ekinlar maydonlari tarkiblari o’zgartirildi. 1991-1995 yillarda g’o’za maydonlari yildan-yilga qisqartirildi, g’alla, sabzavot va boshqa ekin maydonlari kengaytirildi. Paxta etishtirishni ko’paytirish, hosildorlik va tola chiqishini oshirish yo’nalishida amalga oshirishi, paxtachilik sohasidagi asosiy vazifasi Respublikada paxta-beda, paxta-g’alla almashlab ekishni joriy etish va o’rtacha hosildorlikni 30–35 ts/ga etkazish belgilandi. Kanopchilik. Kanopchilik Respublikada 1936 yil boshlangan (Toshkent viloyati Qo’yi Chirchiq tumanida 6980 gektar maydonga ekildi). Ammo keyingi yillarida kanop ekiladigan maydonlar qisqarib bordi. Hozir asosan Yuqori Chirchiq va Qo’yi Chirchiq tumanlarida ekilmoqda. Poyasidan olinaligan tolalardan gazlama, o’rov materiallari, qop, brizent, kanob arqon, kanop ip, kabel ip tayyorlanadi. Hozirgi kunda 6,5 ming tonna konop poyasi etishtiriladi. Tamakachilik. Tamaki etishtirishga asosan Samarqand viloyati Urgut tumani ixtisoslashtirilgan, qisman Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shaxrisabz va Yakkabog’ tumanlari xo’jaliklarida ham etishtiriladi. Etishtirilgan tamaki Urgut tamaki fermentlash fabrikasida qayta ishlanadi. Toshkent, Samarqand sigareta fabrikalarini xom-ashyo bilan taminlaydi. Respublikada “Britdj Ameriken Tobakko” kompaniyalari mahalliy xom-ashyodan ishlamoqda. Donchilik. Donchilik Respublika dehqonchilgida muhim o’rinda turadi. Respublikada aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirish, chorvachilikni em-xashak bazasini mustahkamlash, don etishtirishni ko’paytirish bilan bog’liq. Respublikada don uchun kuzgi va bahorgi g’alla ekinlari – bug’doy, arpa, javdar, so’li, shuningdek, sholi, makkajo’xori, oq jo’xori, tariq, qo’noq, marjumak (grechixa) ekiladi. Dukakli don ekinlari – no’xat, mosh, loviya, eryong’oq, moyli don ekinlari kunjut, soya, kanakunjut, maxsar, kungaboqar, indov va boshqalar etishtiriladi. G’allachilik – dehqonchilikning qadimiy tarmog’i. Qadimdan qizil bug’doy, arpa, asosan lalmikor erlarga 90 yillargacha ekilgan. Respublika mustaqillikka erishganidan so’ng, g’alla mustaqilligiga erishi, don mahsulotlariga bo’lgan talab ehtiyojini respublikaning o’zida etishtirilgan hosil hisobiga qondirish muhim strategik vazifaga aylandi. Respublikamizning qariyb barcha viloyatlarida kuzgi va bahorgi bug’doy etishtiriladi. Keyingi yillarda g’allachilikning ustivor suratlarda rivojlantirish bo’yicha katta amaliy ishlar bajarildi, g’allachilik, paxtachilik qatorida birinchi darajali tarmoqqa aylandi. G’alla etishtirishni ko’paytirish maqsadida g’allaga lalmikor erlardan tashqari sug’oriladigan erlar ham ajratildi. 1995 yili mamlakatda g’alla mustaqilligini taminlash yo’lida katta qadam tashlandi, respublikada jami ekinlar maydonining 40%i (1600 ming ga. ziyod) g’alla ekini uchun ajratildi. Uning 62 %i yoki 828 ming ga. sug’oriladigan erlardir. 1996 yili g’alla maydonlari 1700 ming ga. tashkil etdi (uning 1200 ming ga. sug’oriladigan erlardir). Hosildorlik respublika bo’yicha 21,1 ts/ga. bo’ldi. Sug’oriladigan erlardagi ayrim tuman va xo’jaliklarda hosildorlik yana ham yuqori (42-31 ts/ga) bo’ldi. Respublikaning g’allaga bo’lgan ehtiyojini to’la taminlashda (bir yila 6 mln. tonna, jon boshiga ilmiy asoslangan yillik meyori 300 kg.) hosildorlikni oshirish, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish, urug’chilikni yaxshilash, navli urug’ni ekish muhim ahamiyatga ega. Sholikorlik – bilan respublikamizning deyarli barcha viloyatlari shug’ullanadi. Malumotlarga ko’ra 1913 yil hozirgi O’zbekistonda 161,1 ming ga. erga sholi ekilgan, sholipoyaning har gektaridan 8-13 ts. hosil olingan. 1960 yil sholi maydonlari kengaytirildi, mahalliy navlar o’rniga, hosildorligi 60-70 ts/ga. beradigan, keskin ob-havo sharoitlari, kasallik va zararkunandalarga chidamli, doni to’kilmaydigan navlar ekila boshlandi. 115 Hozirgi paytda sholi ekiladigan maydonlar 180 ming ga. etdi. Asosiy sholi maydonlari Qoraqolpog’iston Respublikasi (100 ming ga.), Xorazm (38 ming ga.), Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida joylashgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling