O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 42.08 Kb.
Sana17.08.2020
Hajmi42.08 Kb.
#126599
Bog'liq
KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI



“TASDIQLAYMAN”

O‘zMU rektori

_______________





“KELIShILDI”

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

______________________


2019 yil “___”___________




2019 yil “_____”__________







Ro‘yxatga olindi: № BD 5330200 – 2.08

2019 yil “___”____









KOMPYuTER TARMOQLARI

FAN DASTURI

Bilim sohasi:

300000

– Ishlab chiqarish va texnik bilim sohasi

Ta’lim sohasi:

330000

– Kompyuter texnologiyalari va informatika

Ta’lim yo‘nalishi:

5330200

– Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Toshkent-2019

Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2019‑yil “___”_________ dagi ____ -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019‑yil “___” _____dagi ______ - sonli buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.

Fan dasturi O‘zbekiston Milliy universitetida ishlab chiqarilgan.



Tuzuvchilar:







B.H. Hayitqulov



O‘zMU, “Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi;

N.Q. Latipov



O‘zMU, “Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi.



Taqrizchilar:







J.U. Sevinov



TDTU, Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari kafedrasi mudiri, dotsent, t.f.n.;

Z.R. Raxmonov



O‘zMU, Amaliy matematika va kompyuter

tahlili kafedrasi dotsent v.b., f.-m.f.d..



Fan dasturi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2019‑yil “__” ______ dagi ___‑ sonli bayonnoma).

I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Axborot bilan bog‘liq jarayonlar: axborotni ajratib olish, axborotni qayta ishlash, saqlash, axborotdan samarali foydalanish, uzatish halq xo‘jaligining har bir sohasida keng ko‘lamda qo‘llanilib kelmoqda. Bu jarayonlar bevosita axborot tizimining apparat va programm vositalari, tarmoq jixozlari va boshqa qurilmalar yordamida bajariladi. Axborotni bir nuqtadan boshqa nuqtaga bexato va tezkor yetib borishini ta’minlash axborot tizimining asosiy vazifalaridan bir hisoblanadi. Ushbu fan axborot tizimlari, tarmoqlari va kommunikatsiyalariga kirish fani bo‘lib, bunda asosan axborot turlari, ularni ifodalash, kodlash, fizik tasvirlash, masofaga uzatish, qabul qilish masalalari ko‘riladi.

“Kompyuter tarmoqlari” fanini o‘rganish jarayonida talabalar tizimda axborotning ifodalanishi, kodlanishi, uzatish va qabul qilishda qanday texnik va dasturiy vositalaridan foydalanish bilan tanishadilar. Ya’ni axborotni uzatish nazariyasi, xabarlarni elektrik signallarga aylanishi, ularni kodlash, modulyatsiyalash, uzatish va qabul qilish masalalari ko‘riladi.

“Kompyuter tarmoqlari” fani umumkasbiy fan hisoblanadi va o‘quv yilining 3-semestrida o‘qitiladi. Fanni o‘qitish ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi. Talabalarga fanning mavzular bo‘yicha darslar elektron vositalar yordamida tashkil qilinadi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazilishida ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega.

“Kompyuter tarmoqlari” fani yo‘nalishning o‘quv rejasidagi “Kompyuterning fizik asoslari”, “Dasturlash asoslari”, “Diskret matematika matematik mantiq”, “Algoritmlar va berilganlar strukturalari”, “Multimedia texnologiyalari” fanlarini o‘zlashtirishda tayanch hisoblanadi.

“Kompyuter tarmoqlari” fani ham nazariy, ham amaliy tavsifga ega bo‘lib, ushbu fan doirasida ko‘plab masalalar o‘rganiladiki, bu mazkur fanni chuqur o‘rgangan har bir bakalavr olgan bilim va ko‘nikmalarini ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlarida, boshqa o‘quv fanlarini o‘zlashtirishda, hamda talim tizimida samarali foydalanish imkonini beradi.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishning maqsadi – tarmoqlar va axborotni uzatish tizimlarining arxitekurasi va elementlarini, tarmoqlarni va axborot uzatish tizimlarini tashkillanish tamoyillari va ishlashini, lokal va global kompyuter tarmoqlari va axborot uzatish tizimlarining texnik va dasturiy komponentalari strukturasi va bajaradigan vazifasini, axborot uzatish tizimlarida berilganlarni uzatish texnologiyasini, kompyuter tarmoqlari protokollarini, axborot hafvsizligi talablariga muvofiq tarmoqlardan va axborot tizimlaridan foydalanishning xususiyatlarini o‘rganish.

Fanni o‘qitishning vazifalari – talabalarda zamonaviy axborot muhitida tarmoqlarning va axborotni uzatish tizimlarining ahamiyati va imkonyatini tushunishini shakllantirish, axborot tizimlari va tarmoqlarning asosiy konsepsiyalari, modellari va qurilish tamoyillari, ushbu sohadagi standartlar va kuzatilayotgan rivojlanish an’analari bilan tanishtirish, o‘z kasbiy sohasida zamonaviy tarmoqlardan va axborot uzatish tizimlaridan foydalanishni o‘rgatish.

Bunda quyidagi asosiy vazifalarga e’tibor beriladi: talabalarga nazariy bilim berish, tegishli tushunchalar berish, kompyuterlar orasida axborot almashuv jarayonlarini o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini kompyuter tarmoqlarini yaratish va sozlashda qo‘llay olish, abstrakt tasavvur va tafakkur kabi inson faoliyatining barcha sohalari uchun zarur bo‘lgan qobiliyatni shakllantirish.

Fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:


  • kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish va faoliyat tamoyillari, hisoblash tarmoqlarining sinflanishi;

  • ochiq tizimlararo aloqaning OSI etalon modeli va uning pog‘onalarga bo‘linishi, pog‘onalar orasidagi bog‘lanishlarni;

  • tarmoqlarning lokal, mintaqaviy va global turlari, ularning o‘xshashligi va farqlanishi;

  • aloqa kanallari turlari, tarmoqlarda signallarning kodlanishi, modulyatsiya va demodulyatsiya tamoyillari;

  • lokal tarmoqlarda qurilmalarni o‘zaro bog‘lanishini tashkil qilish, lokal tarmoqlarning tayanch topologiyalari – Ethernet, Fast Ethernet, Token Ring texnologiyalari;

  • zamonaviy, keng tarqalgan TCP/IP protokoli, tarmoq manzili va marshrutlash asoslari, marshrutlash algoritmlari (RIP, OSPF, IGRP, ICDR) haqida tassavvurga ega bo‘lishi;

  • lokal tarmoq qurilmalari va ularning vazifalarini;

  • tarmoqda IR-adreslash vazifalari, tarmoq sinflariga bo‘linishi;

  • lokal tarmoq ishini nazorat qilish, optimallashtirish, tarmoq ostilarga ajratish va birlashtirish;

  • TCP/IP lokal tarmoq ishini diagnostika qilish vositalari, kamchiliklarni bartaraf qilish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • Windows operatsion sistemasining tarmoq funksiyalarini qo‘llash;

  • lokal tarmoq qurilmalari – ko‘prik, xab, konsentrator va marshrutizatorlardan foydalanish;

  • lokal tarmoqda umumiy resurslarni ajratish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

1 – mavzu. Kompyuter tarmog‘i haqida umumiy tushunchalar

Hisoblash tarmoqlarining klassifikatsiyasi.Tarmoq texnologiyalari hakida umumiy ma’lumotlar.



2 – mavzu. OSI etalon modeli

Lokal tarmoqlarning tayanch topologiyalari. Ochiq tizimlararo aloqaning OSI etalon modeli. Tarmoq arxitekturasi pog‘onalari. Fizik pog‘ona. Kanal pog‘onasi. Tarmoq pog‘onasi. Transport pog‘onasi. Taqdim etish pog‘onasi. Amaliy pog‘ona.



3 – mavzu. Axborot uzatish muhitlari va standartlari

Axborot uzatish muhitlari va aloqa liniyalari. Simli kabel standartlari. Optik tolali kabellar. Simsiz aloqa usullari. Kodlash usullari.



4 – mavzu. Tarmoq qurilmalari

Tarmoq qurilmalari va ularning vazifalari. Tarmoq adapterlari, takrorlagich, ko‘prik, konsentrator (hub), kommutator (switch) va marshrutizator (router).



5 – mavzu. Tarmoq texnologiyalari

Tarmoqda axborot uzatish standartlari. Lokal tarmoq texnologiyalari: Ethernet, Fast Ethernet, Token Ring texnologiyalari. Lokal va global tarmoq protokollari va xususiyatlari. TCP/IP protokoli. IP-manzillash. Domenli nomlar. Internetda IP manzil va domen nomlar orasida bog‘lanish. IR-manzillarni belgilash va taqsimlash jarayonini avtomatlashtirish. Marshrutizatorlarning ishlash tamoyillari.



6 – mavzu. Kompyuter tarmog‘ini ma’muriy boshqarish

Tarmoqlarni tahlil qilish va boshqarish asoslari. Tarmoqlarni boshqarish tizimlarining vazifalari. Tarmoqlarni ma’murlashning maqsadi va masalalari. Active Directory xizmatlar katalogi. Zahira nusxalash xizmati. Fayllar xizmati va chop qilish (Windows Server misolida). Monitoring. Lokal tarmoqlarni monitoring va tahlil qilish.



7 – mavzu. Tarmoq protokolari va xizmatlari

Tarmoq protokolari va xizmatlari. Tarmoq xizmatlari turlari va vazifalari. DNS xizmati. DHCP, DNS serverlari va ularning ishlash tamoyillari. FTP, HTTP, POP3, SMTP va boshqa protokollar.



8 – mavzu. Hisoblash tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar

Hisoblash tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar. Asosiy sifat ko‘rsatkichlari: samaradorlik, ishonchlilik, boshqaruvchanlik, himoyalanganlik, kengayuvchanlik va boshqalar.



IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlardan maqsad ma’ruza materiallari bo‘yicha talabalarning bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat. Bunda talabalar amaliy mashg‘ulotlarda misol va masalalarni yechishda, yechimlarni tahlil qilishda olgan nazariy bilimlarini qo‘llay olishlari nazarda tutiladi.

Amaliy mashg‘ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:


  1. Axborot uzatish muhitlari va aloqa liniyalari.

  2. Kodlash usullari.

  3. Tarmoq qurilmalari va ularning vazifalari.

  4. Tarmoq adapterlari, takrorlagich, ko‘prik, konsentrator (hub).

  5. Kommutator (switch) va marshrutizator (router).

  6. Lokal tarmoq texnologiyalari: Ethernet, Fast Ethernet, Token Ring texnologiyalari.

  7. TCP/IP protokoli. IP-manzillash.

  8. Windows Server operatsion tizimi tarmoq xizmatlari bilan tanishish.

  9. Windows Server operatsion tizimini o‘rnatish va boshlang‘ich sozlash.

  10. Foydalanuvchilar va guruhlarni boshqarish. Kirish darajalarini boshqarish.

  11. Windows Server xavfsizlik tizimi (Kerberos protokoli, tizim parametrlarini sozlash).

  12. Marshrutlash algoritmlari – RIP, OSPF, IGRP, ICDR.

  13. IP-manzil vakolatlarini aniqlash (hosts lokal fayli; DNS domen nomlar tizimi)

  14. Windows Serverda disklarni boshqarish (asosiy va dinamik disklar).

  15. FAT, NTFS fayl tizimlari bilan ishlash.

  16. Zahira nusxalash xizmatida foydalaniladigan texnologiyalar va zahira nusxalash turlarini o‘rganish.

  17. Amaliy pog‘ona xizmatlari. FTP, HTTP, POP3, SMTP va boshqa protokollar.

Izoh: Amaliy mashg‘ulot soatlari hajmlaridan kelib chiqqan holda ishchi dasturda mazkur mavzular ichidan amaliy mashg‘ulot mavzulari shakllantiriladi.

V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

Talaba mustaqil ta’limning asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.

Mustaqil ishning maqsadi olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, belgilangan mavzular asosida qo‘shimcha bilim olishdan iborat. Bunda ushbu ishlarni bajaradilar: amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik, nazariy tayyorgarlik ko‘rish, uy vazifalarni bajarish, o‘tilgan materiallar mavzularini qaytarish, mustaqil ish uchun mo‘ljallangan nazariy bilim mavzularini o‘zlashtirish.

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • yangi texnikalar, apparaturalar, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;

  • internet resurslaridan foydalanish.

“Kompyuter tarmoqlari” fani bo‘yicha mustaqil ishni bajarish bugungi kunda qo‘llanilayotgan axborotni uzatish tizimlari va qabul-uzatuvchi apparaturalarini o‘rganishdan iborat.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:



  1. Hisoblash tarmoqlarining klassifikatsiyasi.

  2. Tarmoq arxitekturasi pog‘onalari: fizik, kanal, tarmoq, transport, taqdim etish, amaliy.

  3. Uzatuvchi muhitlar. Kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyati.

  4. Lokal va global tarmoqlar. Internet tarmog‘i.

  5. Berilganlarni kommutatsiyalash texnologiyalari.

  6. Ethernet, Fast Ethernet, Token Ring texnologiyalari.

  7. Lokal va global tarmoq protokollari va xususiyatlari.

  8. OSI/ISO standartlari, TCP/IP protokollari.

  9. Internetning ayrim ommaviy xizmatlari.

  10. GSM raqamli standart.

  11. DECT texnologiyasi.

  12. Lokal kompyuter tarmoqlarida axborotni uzatish.

  13. Wi-Fi va Bluetooth standartlari.

  14. Navigatsion va optik uzatuvchi tizimlar.

  15. Lokal tarmoqlarni monitoring va taxlil qilish.

  16. WWW, Explorer, DNS va boshqa xizmatlar.

  17. Tarmoqni administratorlashning tipik masalalari.

  18. Tarmoqlar aro aloqa qilish prinsiplari.

  19. Tarmoq operatsion tizimlari (Windows Server OT oilasi misolida).

  20. Windows Server OT talqinlarining funksional imkoniyatlari.

  21. Tarmoq xizmatlari.

Izoh: Mustaqil ta’lim soatlari hajmlaridan kelib chiqqan holda ishchi dasturda mazkur mavzular ichidan mustaqil ta’lim mavzulari shakllantiriladi.

VI. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari

Asosiy adabiyotlar

  1. Michael Palmer., Hands-On Networking Fundamentals., Second Edition., Course Technology, Cengage Learning, 2013, p.690.

  2. Tanenbaum A., Wetherall D. Computer Networks. Prentice Hall, Inc., 2011, p.962.

  3. Limoncelli T., Hogan Ch., Chalup S. The Practice of System and Network Administration. Pearson Education, Inc., 2007, p.1024.

  4. V. Olifer, N. Olifer. Kompyuternыe seti. Prinsipы, texnologii, protokolы. Uchebnik dlya vuzov. 4-ye izd. – SPb.: Piter, 2010. – 944s.

  5. B.H. HayitqulovKompyuter tarmoqlari fani boyicha amaliy mashgulotlaruslubiy qollanma. Toshkent sh., TDPU, 2017, 140-bet

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Sh. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent “O’zbekiston” 2017. 488 b.

  2. Sh. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016-yil 7-dekabr. Toshkent - “O’zbekiston” - 2017. 32 b.

  3. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.

  4. Sh.Mirziyoev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. Toshkent – “O‘zbekiston”. 2016. 56 b.

  5. O‘zR «Axborotlashtirish to‘g‘risida» 2003 yil 11 dekabrdagi Qonuni.

  6. Tanenbaum E., Uezeroll D. Kompyuternыe seti. 5-ye izd. – SPB.: Piter, 2012. – 960 s.

  7. E. Tanenbaum. Kompyuternыe seti. 4-ye izd. – SPB.: Piter, 2003. – 992 s.

  8. A. N. Stepanov Arxitektura vыchislitelnыx sistem i kompyuternыx setey. Uchebnoe posobie. Piter, 2007 g. - 512 s.

  9. Kulgin M. Texnologii korporativnыx setey. Ensiklopediya. — S.‑Pb.: «Piter», 2008, 704 s.

  10. Thomas O., McLean J. Microsoft Windows Server 2008. Server Administrator (2nd Edition). MCITP Self-Paced Training Kit. Microsoft Press. 2011.

  11. Ch. Rassel, Sh. Krouford, Dj. Djerend Microsoft Windows Server 2003. Spravochnik administratora. — M.:Ekom, 2005 — 1391 s.

  12. Uilyam R. Stanek, Microsoft Windows Server 2008. Spravochnik administratora. Per. s angl. — M.: Izdatelsko-torgovыy dom «Russkaya redaksiya», 2008 - 648 s.

  13. K. Zaker. Kompyuternыe seti modernizatsiya i poisk neispravnostey. Perevod na russkiy yazыk “BXV-Peterburg”, 2001. – 1001 s.

  14. L.V.Vorobev, A.V.Davыdov, L.P.Щerbina. Sistemы i seti peredachi informatsii ucheb. Posobie. – M. : IS "Akademiya", 2009. - 330 c.


Internet saytlar

  1. http://www.networkworld.com/

  2. http://www.tutorialspoint.com/computer_fundamentals/computer_networking.htm

  3. http://ocw.mit.edu/courses/electrical-engineering-and-computer-science/6-829-computer-networks-fall-2002/

  4. http://www.intuit.ru

  5. http://www.ziyonet.uz

Download 42.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling