О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti ekologiya yo’nalishi ekologiya asoslari fanidan kurs ishi mavzu: Muhofaza etiladiga tabiiy hududlar


Download 309.5 Kb.
bet1/22
Sana08.01.2022
Hajmi309.5 Kb.
#253524
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ro'ziyev H Kurs ishi


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI О‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

BIOLOGIYA FAKULTETI EKOLOGIYA YO’NALISHI

Ekologiya asoslari fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Muhofaza etiladiga tabiiy hududlar

Topshirdi: Ro’ziyev H.

Qabul qildi: Allaberdiyev R.X.

TOSHKENT-2019

Reja:


  1. Kirish

  2. Asosiy qism

    1. Davlat qo’riqxonalari haqida.

    2. Davlat milliy tabiat bog’lari haqida.

    3. Davlat buyurtmaxonalari haqida

    4. Jayron ekomarkazi haqida

  3. III xulosa

  4. IV Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.


Hurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov rahbarligida tabiatning betakror obidalarini asrab-avaylash, o‘rmonlar maydonini kengaytirish, noyob o‘simlik va hayvon turlarini muhofazalash, tabiatga yetkazilayotgan salbiy ta‘sirlarni kamaytirishga dastlabki yillarda ulkan e‘tibor qaratildi.

Mustaqillik yillarida prizidentimiz rahbarligida 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Konustitutsiyasini yaratgan bo‘lsa undan 4 modda 50-54-55-100 moddalar atrof muhitga qaratilgan edi. 1992 -yil «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», 1993 yil «Suv va suvdan foydalanish haqida»2004 -yil 3- dekabrda "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘risida"gi 26.12.1997y, "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi 26.12.1997y. "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi.

1992- yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Atrof-muhit va rivojlanish" bo‘yicha Xalqaro anjumanida "Biologik xilma-xillik to‘g‘risida Konvensiya" qabul qilingan. Bioxilma-xillik to‘g‘risida Konvensiyaning maqsadi sayyoramizda bioxilma-xillikni saqlash, uning tarkibiy qismlaridan va genetik resurslaridan barqaror, adolatli va teng foydalanishdir. O‘zbekiston 1995- yilda bioxilma-xillikni saqlash to‘g’risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shilgan. 1997- yilda «Yo‘q bo‘lib ketish havfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g’risida»gi xalqaro konvensiya, 2001- yilda esa «Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari bo‘lgan suv-botqoqli joylar to‘g’risida»gi (Ramsar) konvensiyalariga qo‘shildi. Hayvonot olamining areallari, suv-botqoq tizimi, to‘qayzor, o‘rmonzorlar kengaytirildi. Markaziy Osiyo mintaqasida kamyob hayvonlarni ko‘paytirish, ularni saqlash va reintroduksiya qilish uchun «Jayron» ekomarkazi faoliyat ko‘rsatyapti. Bu yerda yaqin o‘tmishda tabiatda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan qulon, yo‘rg’a tuvaloq, jayron kabi kamyob turlar ko‘paytirilyapti.

Respublikamizda umumiy maydoni 188335,3 km kv dan iborat bo‘lgan 7+1 ta davlat qo‘riqxonasi, umumiy maydoni 628300km kv bo‘lgan majmua landshaft buyurtma qo‘riqxonasi (Saygachi), umumiy maydoni 558206 km2 bo‘lgan 3 ta milliy tabiat bog‘i va 1 milliy bog‘,umumiy maydoni 3760,1 km kv bo‘lgan davlat tabiat yodgorligi, umumiy maydoni 572404 km2 bo‘lgan 12+4 ta davlat buyurtmaxonasi va noyob hayvon turlarini ko‘paytirish bo‘yicha respublika umumiy maydoni 16522 km2 bo‘lgan «Jayron» ekomarkazi hamda «Sayxun» parvarishxonasi va umumiy maydoni 111670,61 km kv bo‘lgan davlat biosfera rezervati mavjud Yovvoyi hayvonlar va O‘simliklarning noyob turlarini ko‘paytirish bo‘yicha muassasalar tabiatni muhofaza qilish va bioxilma-xillikni saqlab qolishning eng samarali yo‘li hisoblanadi.

Bioxilma-xillik O‘z ichiga quyidagilarni oladi.

1. Genetik xilma xillik;

2. Turlar xilma-xilligi;

3. Ekotizimlarning xilma-xilligi.

Genetik xilma-xillik - Yer sayyorasidagi tarqalgan organizmlarning genetik axborot hajmini O‘z ichiga oladi.

Turlar xilma-xilligi - Yer sayyorasidagi tirik organizm turlarning turli-tumanligini O‘z ichiga oladi.

Ekotizimlarning xilma-xilligi - biosferadagi yashash (hayot) muhitlari va biotik jamoalarni turli xil tumanligini, kechayotgan ekologik jarayonlar xilma-xilligini O‘z ichiga oladi.

Olimlarning fikricha, Yerdagi taksonomik jihatdan aniqlangan turlarning soni 13 millionga yaqindir. Hozirgi paytgacha, Yer yuzida 1,75 million turlar aniqlangan bo‘lib, ulardan 750000 - hasharotlar, 41000 - umurtqali hayvonlar, 250000 – o‘simliklar tashkil etadi. Qolgan turlar-murakkab tarkibdagi umurtqasiz hayvonlar, suv o‘tlari, mikroorganizmlar va boshqa organizmlardan iborat.

Hozirgi kunda biz ko‘rayotgan bioxilma-xillik Yerdagi tashqi va ichki tabiiy jarayonlar natijasida yuz million yillar davomida kechgan murakkab evolyutsiya jarayonining natijasi va hosilasidir.So‘nggi yillarda tabiatda antropogen (shuningdek, texnogen) ta'sirning kuchayganligi, ekologik O‘zgarishlarning sodir bo‘layotgani hamda o‘rmonlar (ayniqsa, nam tropik o‘rmonlar) egallagan hududlarning o‘rmonlarning kesilishi natijasida qisqarishi natijasida bioxilma-xillikka jiddiy zarar yetkazildi, ko‘plab o‘simlik va hayvonot turlari butunlay yo‘qoldi yoki ularning soni keskin kamaydi. Bioxilma-xillik bu sayyoramizning hayot resurslarini saqlab qolish demakdir. BMT ma'lumotlariga binoan, Yer yuzi aholisi tez ko‘payib borayotgan bir paytda, hayvonot dunyosi 3/1 qismga kamayib bormoqda. Xususan, 21 % sut emizuvchilar, 30 % sudralib yuruvchilar, 12 % qushlar, 17 % akulalar hamda 27 % korallar Yer yuzidan batamom yo‘qolib ketishi mumkin. Ayniqsa, Yevropada industrial rivojlanish tufayli qishloq xo‘jaligi hududlaridagi qushlar soni 40 % ga, iqlim O‘zgarishi tufayli dengiz qushlari soni esa 44 % ga kamaygan. Bu ma'lumotlarga qaraganda bioxilma-xillik misli ko‘rilmagan darajada kamayib bormoqda, O‘simlik va hayvonot turlarining yo‘qolish sur'ati nihoyatda yuqoridir.

O‘z navbatida bioxilmaxillik Biosferadagi modda va energiya almashuvida kechayotgan biogeokimyoviy sikllarning barqarorligini ta'minlashda asosiy omil hisoblanib, yerdagi hayotning asosidir.

Ma‘lumki, o‘simliklar va hayvonot olamini muhofaza qilish, bioxilma-xillikni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmog’i katta ahamiyatga ega. Respublikamizda umumiy maydoni 2164 km2 dan iborat bo‘lgan 7 ta davlat qo‘riqxonasi, umumiy maydoni 6061 km2 bo‘lgan 3 ta milliy tabiat bog‘i va 1 milliy bog‘ maydoni 12186,5 km2 bo‘lgan 12 ta davlat buyurtmaxonasi va noyob hayvon turlarini ko‘paytirish bo‘yicha respublika «Jayron» ekomarkazi hamda «Sayxun» parvarishxonasi mavjud. Yovvoyi hayvonlar va O‘simliklarning noyob turlarini ko‘paytirish bo‘yicha muassasalar tabiatni muhofaza qilish va bioxilma-xillikni saqlab qolishning eng samarali yo‘lidir.

O‘zbekiston boy va noyob bioxilma-xillikka ega. O‘zbekiston florasini 650 tur va 115 oilani namoyish etuvchi 4800 dan ortiq turlar tashkil etadi. Turlarning boyligi va xilma-xilligi bilan shuningdek, O‘zbekistonning hayvonot olami ham ajralib turadi. Hayvonot dunyosining umurtqasiz va umurtqali turlari 15615 ni tashkil etadi.

Tabiatda har qanday o‘simlik turining yo‘qolishi uni tiklab bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi. Respublikamiz florasi nihoyatda boy. Hududimizda 4 500 ga yaqin yovvoyi O‘simlik va 2 000 dan ortiq zamburug’ turlari mavjud. Ular orasida muhofazaga muhtoj ko‘pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 400 atrofida, ular O‘zbekiston florasining 10-12 % tashkil etadi. Yurtimiz tabiatidagi lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simliklarimiz noyob turlar hisoblanadi, dunyoga dong’i ketgan. «Botanika» ilmiy ishlab chiqarish markazi olimlarining tadqiqotlari O‘z samarasini berayapti. Keyingi yillarda viloyatlarda olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz tufayli ba‘zi yo‘qolib borayotgan o‘simliklarimiz turi ko‘paydi va areallari kengaydi. Masalan, Korolkov zafaroni, Noksimon normushk, Suvorov piyozi, Anzur piyoz... Floramizning ko‘rki — Nurota moviyguli faqat Nurota tog‘larida, Oqtog‘ moviyguli — Janubi-g’arbiy Qizilqumdagi qoldiq tog‘larda, Buxoro tangaO‘ti — Xisor tog‘ tizmasidagina O‘sadi va juda nodir hisoblanadi. Bunday noyob turlarni asrash, kelgusi avlodlarga yetkazish har birimiz uchun ham qarz ham farzdir. Tabiatimizning biologik va landshaft xilma-xilligi milliy boyligimiz.

Hududimiz faunasida umurtqali hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar — 108, qushlar 432, sudralib yuruvchilar 58, amfibiyalar — (suvda va quruqlikda yashovchi) 2, baliqlar 77 turi mavjud. Faunaning har bir turi — tarixan takrorlanmas, genetik jihatdan yagona, har qanday biologik hamjamoada faqat O‘ziga xos o‘ringa ega.

Bioxilma-xillik tabiatning ko‘rki, manzarasi, chiroyi hisoblanadi. Mohiyatiga ko‘ra bioxilma-xillikda inson hayotining ajralmas boyligi mujassam bo‘lib, uni muhofaza qilish insoniyatning barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi Aytish o‘rinliki, bioxilma-xillik eroziya, sel, gravitatsiya jarayonlarining oldini olishda eng samarali omil sanaladi. Shu jihatdan O‘simlik va hayvonot dunyosi turlarini O‘rganish hamda muhofaza tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, tabiatdagi bor mavjudot bitta ekotizimda hayot kechiradi. Qadimiy manbalarda hayvonot olamiga shafqatli bo‘lish haqida ko‘plab bitiklar yozib qoldirilgan. Zero, hududimiz flora va faunasidagi har qanday turlarni muhofazalash uchun har birimizning ongi-shuurimizda shafqat hissini shakllantirishimiz, ayniqsa, yoshlarimizni shu ruhda tarbiyalash muhimdir.

2.1 Davlat qo‘riqxonalari

I Zomin davlat qo‘riqxonasi



  1. Yaratilish tarixi

Bu O`zbekistondagi eng eski qo`riqxonalardan biri bo`lib, uning barpo etilish tarixi ma`lum qiziqish uyg`otadi, shuningdek ba`zi tarixiy dalillari aniqlik kiritishni talab qiladi. Ko`pchilik qo`riqxona 1926-yilda tashkil etilgan deb hisoblaydi va bu ma`lumot vaqtli matbuotda bugungu kunga qadar ham tilga olinadi. Shunday qilib, 1926-yilda Maorif komissarligining Akademik markazida ko`rsatilishicha, Zomin o`rmon dala hovlisining 200-800 yillik yoshdagi archazorlarni muhofaza qilish maqsadida qo`riqxona tashkil qilinishi haqidagi masala ko`rilgan. Daraxtlarning o`rtacha diametri 7-8 vershok [4,4 sm ga teng uzunlik o`lchovi], o`rtacha balandligi 12 arshi [0,71 mga teng uzunlik o`lchovi]. 1926-1927- yillarda G`o`ralashsoy yerlari qo`riqxona uchun ajratib berildi, 1928-yil 5-iyunda Sovetlarning markaziy ijroiya qo`mitasi va xalq komissarlar Soveti quyidagi mazmundagi Qarorni qabul qildi;

  1. Samarqand okrug Jizzax rayon Zomin o`rmon dala xovlisi bag`ridagi umumiy maydoni 4000 gektar bo`lgan, janubda Tojikiston davlat chegarasi bo`ylab, g`arbda Qizil Tor-Soy va G`aralashsoy daryolari suv ayirg`ichlari bo`ylab, sharqda Kulsoy va G`aralashsoy daryolari suv ayirg`ichlari bo`ylab, shimolda Xolmurodsoy va G`aralashsoy quyiladigan joy ustidan o`tadigan parallel bo`ylab G`alashsoy daraxtzorlarida Zomin davlat archazor qo`riqxonasi tashkil etilsin;

  2. Zomin archazor qo`riqxonasini boshqarish O`zbekiston Muzey ishlari, qadimiy yodgorliklar, san`at va tabiatni muhofaza qilish komitetiga topshiriladi.



  1. Joylashuv o‘rni va chegaralari

Zomin davlat archazor qo`riqxonasi Turkiston tog` tizmasi tarmog`i qiyaliklarining Jizzax viloyat Zomin va Baxmal tumanlarida joylashgan. Qo`riqxona hududi yaxshi shakllangan mintaqaviy tog` zanjirlaridan iborat bo`lib, dengiz sathidan 1760-3500 m balandlikdagi o`rta tog`lik va balandtog`likda joylashgan. Qo`riqxonaning janubiy qismi Turkiston tog` tizmasining chuqur daralar bilan kesilgan tik qiyaliklarini egallaydi, shimoliy qismi keng qalinlikdagi ohakgil va sariq qumoqli tuproq bilan yopilgan ancha yassilangan terrasali relyefga ega.

  1. Fizik jug’rofik sharoitlari (Relefi, Tuprog’i, Gidrologoyasi va iqlimi)

Relyefning anchagina qismlariga ajralganligi, iqlim sharoiti va o`simliklar qoplamining xilma-xilligida vertical kenglikning keng o`rin tutgani qo`riqxona tuprog`I xilma-xilligiga zamin yaratdi. Avvalgi o`rmon xo`jaligi tomonidan o`tkazilgan tuproq tatqiqotlari va 1977-yildagi dala ishlari kiritgan tuzatishlarga ko`ra qo`riqxona hududida vertical zonalashtirishga xos tuproqlarning quyidagi tur va kichik turlari mavjud.

I.Dengiz sathidan 1750 dan 2300 metrgacha balandlikdan o`rta tog`lik kengligida och jigarrang tuproq joylashgan. Tarkibida 4-6,5 foizgacha chirindi mavjud.

II.Dengiz sathidan 2100-2800 metrgacha balandlikdan o`rin olgan jigarrang tuproq. O`simliklar dunyosi xilma-xildir.

1.Kichik tur – jigarrang, karbonatli, janubiy manzaralarning g`adir-budir va kesilgan relyefidagi tik va qiyalangan nishablariga moslashgan.

2. Kichik tur – jigarrang ishqorli tuproq. Shimoliy ekspozitsiyalardagi qiyaliklarda, oldingi tur bo`linmasi bilan bir xillikda joy olgan.

3.Kichik tur – o`rmon kengligida joylashgan jigarrang, ishqorli tuproq. Yuqori ununmli yo`g`on daraxtlar, asosan, yarimsharsimon va Zarafshon archalarga qat`iy moslashgan.

III. Baland tog`likdagi yaylov-adir tuprog`i. 2700 metrdan pastda uchramaydi. Yuqori chegarasi dengiz sathidan 3500 metr balandlikkacha ko`tarilib, tizmaning cho`qqilari bo`ylab o`tadi.

IV. Qiyama yalanglik relyefidagi asosiy ochiq suv oqimlari bo`ylab joylashgan o`tloq-allyuvial tuproq. Buta daraxt o`simliklari onda-sonda uchraydi.

V. Saz botloqliklarining torflashgan tuprog`i. vaqtincha yoki mutassil ortiqcha namlanish natijasida yuzaga keladi va buloqlar va yaqin qorliklar yaqinida qiyaliklar, daryo qayirlari depressiyasiga moslashgan.


  1. O‘simliklar dunyosi

Qo`riqxona hududida 3 ta quyidagi o`simliklar qatlami mavjud; tog` cho`li, o`rmon va baland tog`lik.

Tog` cho`li mintaqasi dengiz sathidan 1300-2300 metr bo`lgan balandlikdan o`rin olgan. O`rmon mintaqasida 2100 metrdan boshlanib 2700 metr balandlikkacha yetadi.

Bugungi kunda qo`riqxonada 70 oilaga mansub 700 dan ortiq yuksak o`simliklarning 280 turi ro`yhatga olingan, ularning 13 turi O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan, 48 turi Turkiston tog` tizmasining g`arbiy qismi endemiklaridir. Qalpoqli qo`ziqorinlar – makromesitlarning 216 turining unishi e`tiborga olingan va o`rganilgan.

1926-yilda G`uralash darajasida yashil gulli shirach topilgan, shundan keyin qidiruvlar tashkil etilsada, uni topa olmaganlar. Bu yerda shifobaxsh o`simliklarning quyidagi 20 turdan ortig`I o`sadi; parpi, savrinjon, bo`znoch, valeriana, kiyiko`t, ilonbosh va boshqalar. Manzarali o`simliklarning 15 turi; itbinafsha, chinnigul, navro`zgul, lolalar, shirachlar, zafarlar, gulsapsar, delphinium va boshqalar uchraydi.



  1. Hayvonot dunyosi

Qo`riqxona hududida G`arbiy Buxoro zoogeografik uchastkasiga kiradigan anchagina xilma-xil hayvonot dunyosi yashaydi. Qo`riqxonada bir turdagi baliq , 2 turdagi suvda va quruqlikda yashovchi, 14 turdagi sudralib yuruvchi, 102 turdagi qush va 30 turdagi sutemizuvchilar umr kechiradi. O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga ilvirs, qo`ng`ir ayiq, Turkiston silovsini, tasqara, qora laylak, boltayutar, burgut, kichik burgut, itolg`i, oqboshli qumoy, mallabosh lochinlar kiradi.

Sutemizuvchilardan bo`ri, to`ng`iz, quyon, oddiy ko`rsichqonlar odatiydir. Qoq toshliklarda Turkiston agamasini uchratish mumkin. Qumli va tuproq qiyaliklarda bo`shilon, chiporilon, cho`l taqirko`zligi, sariqilon va boshqalar ko`zga tashlanadi.

TCK/TMXI va O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan turlar.


Flora; 1 Yashilgulli shirach

2 Oqgulli shirach

3 Sarg`ish lola

4 Turkiston lolasi

5 Nurota lolasi

6 Kesselring savrinjoni

7 Korolkov zafaroni

8 Oq pari

9 Zarafshon parpisi

10 Seversov burmaqorasi

11 Sumbul kovrak

12 Jizzax karragi

Fauna. Qushlar; 1 Itolg`i

2 Oqboshli qumay

3 Tasqara

4 Lochin burgut

5 Kichik burgut

6 Boltayutar

7 Qora turna

Sutemizuvchilar; Qo`ng`ir ayiq

Turkiston silovsini

Seversov qo`yi

Ilvirs [qor qoploni]


II Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi

  1. Yaratilish tarixi

O‘zbekistonning shimoliy-sharqiy hududida joylashgan bo‘lib Toshkent shahridan 35 km uzoqlikda O‘z betekrorligi va go‘zalligi bilan ajralib turuvchi Chotqol davlat biosferali qo‘riqxonasi joylashgan.

1936-yilda respublika tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha O‘z SSR Fanlar qo‘mitasining komissiyasi tomonidan chotqol tog‘ tizmalarining G’arbiy Tyanshan o‘rmonli tog‘lari qo‘riqxonasi tashkil etildi. 1974-yilda O‘z SSR Ministrlar Soveti qarori bilan Chotqol tog‘ tizmalari yonlaridagi maydoni 22400 ga bo‘lgan tog‘li o‘rmonzorlarga asos solindi.(Boshqizilsoy va Shavvozsoy suv havzalari). 1959-yilda Maydontol uchastkasiga qo‘shilgach Chotqol tog‘li o‘rmonlar davlat qo‘riqxonasi deb nomlandi.

1993-yilning fevralida YUNESKO MAB Dasturi Xalqaro Muvofiqlashtiruv kengashining 9-qurultoyida unga biosfera maqomi berildi.

1991-yilda Chotqol tog‘li o‘rmonlari biosfera qo‘riqxonasi Ozbekiston Respublikasi davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tasarufiga kiradi.

2001-yildsa qo‘riqxona Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tasarrufidan Ugom-chotqol davlat milliy tabiat bog’lari tarkibiga kiradi. Qo‘riqxona hududiy mamuriy organ-Toshkent viloyati hokimiyatiga bo‘ysunadi va qo‘riqxona koordinatsiyasi faoliyati va xo‘jalik moliyaviy boshqarmasiga qarashli.(2001-2005).

Qo‘riqxonaning umumiy maydoni 35724 ga.

Chotqol biosfera qo‘riqxonasi tabiiy holatda boy ekotizimli uchastkalar G’arbiy Tyanshanning tog‘li ekotizimlarini saqlash va atrof-muhit holatining ekologik monitoringidan iborat. Qo‘riqxona O‘zbekistonning rang-barang genofondi, qadimgi odamlar madaniyatining tarixiy yodgorliklari va hayot tarzining izlari saqlangan hudud sifatida tashkil etilgan.


  1. Joylashuv o‘rni va chegaralari

Qo‘riqxona hududi Tya’nshan tog‘ tizmalariga kiradi. G’arbiy chekkasidan Chotqol tog‘ tizmalari va ikki uchastkalaridan Boshqizilsoy (Parkent tumani) va Maydontol (Bo‘stonliq tumani) dengiz sathidan balandligi 1200 dan 4000 m. Qo‘riqxona hududi Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron, daryolari va tog‘li basseynlar o‘tadigan qismida joylashgan. Yuqoriga chiqishi qiyin bo‘lgan joylarga faqatgina otlar yura oladigan so‘qmoqlar orqali chiqish mumkin.

  1. Fizik jug’rofik sharoitlari (iqlimi relefi, geologiya tuprog’i, gidrologoyasi)


Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling