O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus


Download 488.42 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi488.42 Kb.
#1547321
  1   2   3
Bog'liq
xrpt 8ix2e9poo1iaiin4kefvht827v93tuxp5jh0hynxmxyx7bpggx4of2fbld46zpls1us8i7uxtij





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI


QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


«NOSHIR» TOSHKENT 2012
ÓÄÊ: 336.763(075)
ÁÁÊ: 65.262.2
Q 43

65.262.2
Q 43
Qimmatli qog‘ozlar bozori: o‘quv qo‘llanma / Sh.Sh.Shoxa’zamiy [va boshq.]; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. — Toshkent: Noshir, 2012. 224 b.

ÓÄÊ: 796.42
1. Shoxa’zamiy Sh.Sh. KÁÊ: 65.262.2


Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan.


Mu al l i f l ar j am oa s i:
Sh.Sh. Shoxa’zamiy, F.A. Xamidova,
F.T. Muhamedov, I.O. Madaminov


Ta qrizc hil a r:
E. Nosirov – Toshkent Moliya instituti “Loyihalarni moliyalashtirish” kafedrasi mudiri,
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent;
K. Xomitov – Toshkent Bank kolleji “Bank ishi” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.


«Qimmatli qog‘ozlar bozori» fani iqtisodiy fanlarni o‘qitishda yetakchi fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada qimmatli qog‘ozlar bozori, uning mohiyati va turlari, funksiyalari, iqtisodiyotdagi roli yoritib berilgan. Shu bilan birga qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat yurituvchi investitsiya muassasalari, banklar, aksiyadorlik jamiyatlari, fond birjasining mohiyati ham ochib berilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi iqtisodiy yo‘nalishdagi mutaxassisliklar talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan shu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.



ISBN 978-9943-4083-0-2
© «Noshir» nashriyoti, 2012-y.






KIRISH

Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo‘nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkin- lashtirish, mulkdorlar sinfini shakllantirishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, jumladan moliya va qimmatli qog‘ozlar bozorini ham isloh qilishni taqozo etadi. Chunki, so‘nggi yillarda jahonda hukm surgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning iqtisodiyoti, jumladan qimmatli qog‘ozlar bozori chuqur retsessiyani boshidan kechirdi. Shuni alohida qayd etish lozimki, rivojlangan mamlakatlarning fond bozorida keskin pasayish ro‘y bergan bir paytda davlatimiz olib borgan oqilona siyosat natijasida moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va undan keyingi davrda O‘zbekiston iqtisodiyotida makroiqtisodiy jihatdan barqaror o‘sish sur’atlari saqlanib qolindi. Ushbu fikrni tasdiqlash uchun 2010-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ning o‘sishi 108,5% ni tashkil etganligi bilan izohlashimiz mumkin.1 Ushbu barqarorlik qimmatli qog‘ozlar bozorida ham kuzatildi.


Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish hamda ular faoli- yatini isloh qilish, undagi barcha muammolarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat olib borilmoqda. Moliya bozori, ayniqsa uning qimmatli qog‘ozlar sektorini rivojlantirish davlatimizning strategik


1 Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Prezident Islom Karimovning 2010- yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bagishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan.
ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kiradi, xususan, “...jahon iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda bank-moliya tizimini mustahkamlash...”1 ga doir vazifalarni amalga oshirish sohadagi muhim masalalardan hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, qimmatli qog‘ozlar bozori — davlatning iqtisodiy holatini baholaydigan muhim ko‘rsatkich, ya’ni barometr hisoblanadi. Chunki aksariyat horijiy mamlakatlar moliya bozo- rining aylanmasi ular iqtisodiyotining salmoqli qismiga to‘g‘ri keladi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlaridagi iqtisodiy ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga qimmatli qog‘ozlar bozori fanidan mazkur o‘quv qo‘llanmani yaratishga qaror qildik. Yaratilgan ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarga qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi bilimlarni chuqur o‘rganishga xizmat qilishiga va kelajakda ularni o‘z sohasining bilimdoni bo‘lib yetishishlariga turtki bo‘luvchi qo‘llanmalardan biri bo‘lib qolishiga umid qilamiz.




1 I.Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2009-y.




Download 488.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling