O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi o’rta maxsus, kasb-hunar talimi markazi ismailova azizaning «Axborot kutubxona texnologiyasi» fanidan Mavzu


Download 37.5 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi37.5 Kb.
#99494
Bog'liq
referat-1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TALIMI MARKAZI
ISMAILOVA AZIZAning
«Axborot kutubxona texnologiyasi»

fanidan


Mavzu: Bibliografik axborotni ishlab chiqish va iste'molchiga yetkazish yo’llari.

Bibliografik axborotni ishlab chiqish va iste'molchiga yetkazish yo’llari.
Ular ichida eng muhimi - bibliografik maxsulot, ya'ni turli - tuman bibliografik qo’llanmalar (bibliografik nashrlar, kitob ichi, maqola ichi, jurnal ichi bibliografik ro’yxatlar, katalog va kartotekalar, mexanizasiyalashgan va avtomatlashtirilgan xujjatli axborot qidiruv tizimi) ni yaratish.

Bibliografik mahsulot bir vaqtning o’zida bibliografik faoliyatning bevosita natijasi va muhim vositasidir. Aniqroq aytganda, bibliografik maxsulot xujjatlarni birlamchi bibliografik qayta ishlash jarayoiining yakuniy natijasi, bibliografik axborotni aniq ehtiyoj va talablarga muvofiq ravishda qayta ishlash jarayonining vositasi va natijasi, va nihoyat, bibliografik axborotni iste'molchiga yetkazishning asosiy vositasidir.

Bibliografik axborotni tayyorlash va tarqatishda radio va televidenie muhim rol o’ynaydi. Radio adabiyotlar targ’iboti kitoblarning bibliografik obzori shaklida olib boriladi. Televidenie dasturlarida turli ommabop ko’rsatuvlar - "Sayohatchilar klubi" , "Xayvonot olamida" , "Tirik tabiat" , "Musiqa bo’stoni" , "Olam va odam" , "Tibbiyot olamida" , "Yovvoyi tabiat" va boshqa ko’rsatuvlarda shu masalalarga oid adabiyotlar tavsiya qilinadi. Biroq, radio va televidenie orqali bibliografik axborot bilan ta'minlash tajribasi, bu ish uslublari kengaytirishi va takomillashtirishni talab qiladi. Bibliografik faoliyatning texnika vositalari. 70 - yillarda bunday vositalarga yozuv mashinkasi kirar edi, xolos. Keyingi 20 - 25 yil ichida ilmiy texnika taraqqiyoti bibliografik faoliyatga qat'iy kirib keldi. Avvalo u bibliografik jarayonlarni mexanizasiyalash vositalarini, turli perfokartalarda, keyinroq xujjatlarning nusxasini ko’chiruvchi apparatlar va nihoyat, elektron hisoblash mashinalari va xozirgi nusxa ko’chirish va ko’paytirish texnikasini olib kirdi.

Bibliografik faoliyatning yaqin kelajakdagi rivojlantirilishi va takomillashtirishi, uning samaradorligi va sifatini oshirish, uni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, yangi nusxa ko’paytirish texnikasini keng qo’llash asosida texnika vositalari bilan ta'minlanishiga bog’liqdir. Xozirgi elektron hisoblash vositalari EXM xotirasida juda ko’p bibliografik ma'lumotlar massivini saqlash imkoniyati mavjud. Bu mashinalarni yangi, xotirasi bir necha marta orttirilgan turlari ishlab chiqilmoqda. Bu bilan bibliografik faoliyatni avtomatlashtirishdagi cheklanishlar bartaraf etiladi. Bibliografik faoliyatning natijalari. Bibliografik faoliyatning - natijasi bibliografik faoliyatning tuzilishini yakunlovchi tarkibiy qismdir. Boshqa tarkibiy qismlarning hammasi shu natijani olishga yo’naltirilgan. Umuman faoliyatning natijasi - bu amalga oshgan, oshirilgan maqsaddir. Bibliografik faoliyatning maqsadi qanchalik turli - tuman bo’lsa, uning natijasi ham ko’p sonli va turli tumandir. Bibliografik faoliyatning yakuniy maqsadi - insonning axborot talablarini qondirishga yordam berishdir. Shunga ko’ra bibliografik faoliyatning oxirgi natijasi ham bu extiyojlarni amaliy qondirishga qaratilgandir.

Bibliografiyalash va bibliografik xizmat ko’rsatishning hamma yo’nalishlari, sohalari, shakllari va usullariga xususiy maqsad va hususiy natijalar xosdir. Masalan, bibliografiyalash jarayonining bevosita umumiy natijasi bibliografik qo’llanmalar tizimi ( bibliografik maxsulot ), bibliografik xizmat ko’rsatishning natijasi esa iste'molchilarning bir martalik so’roqlariga bibliografik spravka, uslubiy maslahat yoki rad javobi shaklidagi ijobiy yoki salbiy javob berish bilan xizmat etishdir. Bibliografik maxsulot, yuqorida aytganimizdek, bibliografiyalash va axborot bibliografik xizmat ko’rsatishning natijasi va vositasidir. Bibliografik faoliyatning bevosita muhim va. ahamiyatli natijasi ekanini bibliografik mahsulotning turli klassifikasiyasi nuqtai nazaridan ko’rib chiqish lozim. Bibliografik qo’llanmalarning turlari klassifikasiyasi katta ilmiy, o’quv - ma'rifiy, hamda uslubiy ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida ko’p sonli turli - tuman bibliografik maxsulotlarni ilmiy asosda sitstematlashtirish va ularni o’rganish imkonini beradi.


Bibliografiyashunoslikda bibliografik maxsulotlarni klassifikasiyalashda 4 ta asosiy belgisi chegara qilib olingan:

a) bibliografik qo’llanmalarning kitobxonlik doirasi;


b) bibliografiyalash ob'ekti - xujjatning mazmuni va maqsadi, shakli;
v) bibliografiyalash uslublarining o’ziga hos tomonlari;
g) bibliografik qo’llanmaning o’z shakli.

Bibliografik maxsulotning turli tuzilishi bibliografiyaning turli tuzilishi yoritiladigan mavzuda o’rganiladi.


3.Kutubxonalarda Axborot-bibliografiya ishlari Markaziy kutubxona orqali tashkil qilinadi. Spravka bibliografik xizmat ko’rsatishning tartibga solish, uning sifatini oshirish maqsadida bibliografiya xizmat ko’rsatish bo’limi tashkil qilinadi. Bu ishni mutahasis bibliograflar bajariladi. Bo’limda adabiyotlarni tanlash va qidirish bo’yicha tavsiyalar beriladi.

Kutubxonalarda axporot bibliografiya ishlari markaziy kutubxona o’rniga taskil qilinadi. Markaziy kutubxona yillik ish rejasida butun bir sestemaning ishini aks ettirib beradi. Buning uchun markaziy kutubxonada spravka bib-fiya apparati tashkil etiladi Kutubxonalar tomonidan berilgan savollarni MK bibliograflaf bajaradi. Kichik turdagi Axborot Bibliografiya ishlarini filial kishi bajaradi. Sprafka bir-fik xizmat ko’rsatishga tartibga solish uchun sifatini oshirish maqsadida MKga bib-fiya xizmat ko’rsatish bo’limii tiklanadi. Bo’limda bibliografaya, KFondini to’ldirish va qayta ishlov berish xodimlarni faoliyat ko’rsatadi. Axborot bib-fik xizmat ko’rsatish ad-tini tanlash va qidirish bo’ycha tavsiyalar beriladi. Bib-fik so’rovlar orqali yoki yozma ravishta k-k-nadi. So’rovlar turlari

1. Tematik so’rov ad-t ro’yhatini tuzish.



2. Aniqlik kirituvchi so’rov, ro’yxatga xatolarni tuzatishmaydi malumotlarni aniqlash
3. Adres bibliografik so’rov yangi biror nashrlarni shu kutubxona fondida mavjudligini yoki boshqa kutubxona fondida borligini shifr indeks raqamli indeks bilan ko’rsatish


4. Faktogrografik so’rov u yoki bu konkret obyekt jarayon, sana sohasida aniqlash, malumot olish axborot bibliografik xizmat ko’rsatuvchi barcha kutubxona, bo’lim, alohida hisob daftarida hisobga olib boriladi.
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling