O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi o`zbekiston milliy universiteti


Download 21.21 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi21.21 Kb.
#1779300
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish (1)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH” fanidan




KURS ISHI
Mavzu: Iqtisodiyotning MDH mamlakatlari doirasida integratsiyalashuv tendensiyalari.


Bajardi: Mamatkulov Anvar.
Qabul qildi: Vahabov A.



Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
____” _______2021 й.






Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
____” _______2021 й.

Kurs ishi himoya qilingan sana
____” _______2021 й.


Baho “_____” _________



___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________


_________________





TOSHKENT – 2021

MUNDARIJA

KIRISH..........................................................................................................3
I BOB. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi, uning konseptual asoslari. Milliy iqtisodiyot tuzish strategiyasi
1.1 Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi, strategik vazifalari..............................4
1.2 Iqtisodiyotni barqarorlashtirishning milliy iqtisodiyotdagi roli.........5
II BOB. O`zbekistonda iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi, iqtisodiyotni qurish asoslari
2.1 O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi..............................9
2.2 O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari....................................................................................................14

III BOB. O`zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtiruvchi bosqichlar
3.1O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar va ularning bosqichlari.......................25
3.2 Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili.........................27

XULOSA.......................................................................................................31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.....................................................31

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi zamonda turli mamlakatlar iqtisodiyotining birlashuvi ushbu mamlakatlarning alohida rivojlanishining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunda yopiq xo’jalik yuritish tizimidan tashqi dunyoga yuzlangan ochiq iqtisodiy tizimga o’tish yuz beradi.
Kurs ishining maqsadi –iqtisodiyotning MDH mamlakatlari orasida integratsiyalashuv tendensiyalarini yoritib berishdan iborat.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ishning tarkibi, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq: kirish, mavzuning asosiy mazmuni va mohiyatini ifodalovchi uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Jahon iqtisodiyotining globalizatsiyasining miqyosi o’sib borayotgan bir paytda mamlakatlarning rivojlanishi ularning xalqaro iqtisodiy aloqalarining chambarchasligi bilan, o’zaro eksport – importning o’sishi bilan, o’zaro to’g’ridan to’g’ri investitsiyalari bilan bog’liq bo’lib, ushbular ijtimoiy ishlab chiqarish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bu ko’rinishdagi iqtisodiy aloqalarning yuqori darajada rivojlanishi bir biriga qo’shni bo’lgan ishtirokchi mamlakatlarning iqtisodiy yaqinlashuviga, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaga yetaklaydi. Bu kabi mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalarning paydo bo’lish jarayonlari shartnomaviy – huquqiy bazaga asoslanadi. Butun mamlakat guruhlari o’zaro kelishuv asosida mamlakatlararo mintaqaviy komplekslarga birlashishadi hamda mintaqaviy doirada turli iqtisodiy hamda ijtimoiy – siyosiy sohalarda qo’shma mintaqaviy siyosatni amalga oshirib borishadi. Dunyoda ko’plab iqtisodiy integratsion guruhlarning ichida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: g’arbiy Yevropada – Yevropa ittifoqi, Shimoliy Amerikada NAFTA (NORTH AMERICAN FREE TRADE AGREEMENT), Osiyo – Tinch okeani mintaqasi doirasida ASEAN (Association of Southeast Asian Nation), Yevroosiyoda MDH. Tarixan iqtisodiy integratsiya jarayonlarining eng aniq shakli XX asrning ikkinchi yarmida G’arbiy Yevropada paydo bo’lgan. Bunga sabab o’sha vaqtlarda u yerda butun mintaqa uchun yagona xo’jalik maydoni shakllanishi va unga qo’shincha ravishda qayta ishlab chiqarishga sharoit yaratib berilgani hamda uni nazorat qilishning mexanizmlari paydo bo’lishi hisoblanadi. Bunda integratsiya o’zining yetuk nuqtasiga erishdi.
Sovet sotsialistik respublikaning parchalanganidan keyin oldin unda bo’lgan mamlakatlar tomonidan iqtisodiy yaqinlashish tendensiyasi paydo bo’la boshladi. Shunday qilib MDH (Mustaqil davlatlar hamdo’stligi) va shu kabi bir qator integratsion birlashmalar (Markaziy Osiyoda ham) paydo bo’ldi. Hamdo’stlik tashkiloti yangi mustaqil mamlakatlarning paydo bo’lishida, ularning davlat qurilishi va iqtisodiy rivojlanishi bo’yicha o’z modelini tanlashda, ularning orasida sifatli mamlakatlararo aloqalar yaratishda, o’zaro teng huquqli o’zaro manfaatli aloqalarni yaratishga ko’maklashgan holda ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
SSR parchalangandan so’ng dastlabki yili undan ajralib chiqqan mamlakatlar barqarorlashib mustaqillik nima qanday ekanligini bilishi kerak edi, lekin davlat yetakchilari va iqtisodchilar savdo operatsiyalarini amalga oshirmasdan turib mamlakatning farovonligini oshirib bo’lmaydi degan xulosaga kelishdi.
Download 21.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling