O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Xorazm, Sug‘diyona va Baqtriya – ilk davlatchilik asoslari


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49

2. Xorazm, Sug‘diyona va Baqtriya – ilk davlatchilik asoslari

O‘rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to‘g‘risida qadi-

mgi yoz ma tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» 

kitobi, shuningdek, qadimshunos olimlarning o‘lkamizning turli 

hu dudlarida olib borgan arxeologik-qidiruv ishlari, ularning natija-

lari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim 

va Eron manbalari asosida ham bu masalani oydinlashtirish, yetar-

li, asosli fikrlarni aytish mumkin bo‘ladi. Bu o‘rinda Yunon, Rim 

mual liflaridan Gerodot, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning 

asar lari, yodnomalari, forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, o‘lka miz -

da keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Ya. G‘ulo mov, 

S. Tols tov, V. Masson, A. Asqarov, E. Rtveladze, A. Sag  dul  la yevlar-

ning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molik.

 Arxeolog olimlarimizning so‘nggi tadqiqotlari, O‘zbekiston hu du    -



45

di    da bronza davridayoq kichik shahar davlatlari shakllan ganligidan 

guvohlik beradi

Xorazm davlati. Yurtboshimiz I. Karimovning mana bu fikrlari 

ham o‘zbek dav lat chi ligi tarixining o‘qtomirlari olis davrlar qa’riga 

borib tutashishi dan yaqqol dalolat beradi: «O‘zbek davlatchiligining 

tamal tosh  lari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida 

qo‘yilgan. Shu ma’ noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, Xitoy, 

Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan 

bir qatorda turadi. Xorazm tarixi O‘zbek davlatchiligining asosi, 

uning qudrati va qadimiyligining tasdig‘idir»

12

.

Barcha daliliy ashyolar miloddan avvalgi so‘nggi ming yillik 



bosh   larida, aniqrog‘i VI–VII asrlarda Vatanimiz hududlarida uch-

ta: Xorazm, Baqtriya hamda saklar va massagetlar konfederat si ya si 

ko‘ rini shi  dagi dastlabki davlatlar shakllangan. Bu davlatlar o‘ziga xos 

ri vojlanish jarayonini bosib o‘tgan. 

Xorazm davlati egallagan hududlar ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra,

ho zir gi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki undan

an cha janubga, ya’ni Murg‘ob va Tajang daryolari atroflariga qadar 

ham yoyilgan. Miloddan avvalgi so‘nggi ming yillikning boshlari-



ga tegishli «Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuza-

ga kelgan o‘ziga xos sun’iy sug‘orish inshooti tizimi hamda dastlabki

shaharsozlik timsoli bo‘lgan shahar-qal’alar (Qal’aliqir, Ko‘zaliqir,

Jonbosqal’a)  Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan 

dalo lat beradi. Qadimshunos olim Ya. G‘ulomov tomonidan Xora-

zmda aniq   lan gan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha o‘nlab metrdan 

iborat kanal o‘zani, obod dehqonchilik madaniyat Xorazm davla-

ti qadimdan insoni yatning yirik madaniy maskanlaridan biri sifatida 

shuh rat topganligidan guvohlik beradi. «Avesto»da Xorazm Markaziy 

Osiyo dagi rivoj topgan, o‘z hududiy chegaralariga ega bo‘lgan o‘lka-

lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma’lu-

moticha, qadimda Oks (Amu) daryosi bo‘ylab 360 dan ziyod sun’iy 

sug‘orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho‘lli, sahroli yer-

lar ga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib 

borilgan. Gerodot taassurotlarida Xorazm o‘lkasida yasha   gan aho-

li dehqonchi likda katta tajribaga ega bo‘lib, ularning don li, dukkakli 

ekinlar, chunonchi, bug‘doy, suli, arpa, meva-sab za votchilik mahsu-

lotlarini mo‘l-ko‘l yetishtirganligi qayd etib o‘tila di. 

12

 Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 6-jild. – T.: «O‘zbekiston». 1998. 375-



bet.

46

Xorazm shaharsozligida xom g‘isht, paxsalardan keng foyda-

lanilgan. Binolarning tashqi va ichki ko‘rinishlariga maxsus ishlov 

be ri  lib, ularning mustahkamligi, o‘ziga xos ko‘rkamligi ta’min lan-

gan. Bu ko‘hna hudud bag‘rida ming yillar davomida saqlanib ke la -

yot  gan ko‘plab osori atiqalar, shahar-qal’alar xarobalari qoldiqlari 

ham buni isbotlaydi. Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog‘ -kon 

ishlari ancha rivojlangan. Bu yerdan qazib olin        gan qimmatbaho ma’-

dan lar ishlov berilib, yuksak sifat ko‘rsatki chiga yetganidan keyin gi-

na u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan.

Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug‘ul lan gan, 

ularning tuya, ot, qo‘y-echkilardan iborat ko‘plab suruvlari bo‘l gan. 

Sav  do bozorlari da g‘alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunar-

man  dchilik buyumlari ayirbosh qilingan.

O‘zbek davlatchiligining shakllanishiga asos solgan Xorazm 

dav lati 2700 yillik tarixga ega. Afsuski, Xorazm davlatida hukm-

ronlik qil gan sulolalar to‘g‘risida ma’lumotlar hozirgacha yetarli 

emas. Ri voyat   larga ko‘ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi – 

Siyo vushiylar bo‘lganligi zikr etiladi. «Avesto»da ta’kidlanishi-

cha, Siyo varshon Kavousning o‘g‘li bo‘lgan. Siyovarshon o‘limi-

dan so‘ng uning nabirasi Kova Xusrav bobosining qotilidan o‘ch 

olib, ho ki miyat  ni egal lab, Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos 

soladi. 

Sug‘diyona davlati. Miloddan avvalgi VII asrda Zarafshon va 

Qashqadaryo voha larida Sug‘diyona (Sug‘d) davlati tashkil topadi. 

Sug‘diyona davlati ning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan. Buxoro, 

Kesh, Naxshab Sug‘  di yo  na ning yirik shaharlari hisoblangan. Aho-

li hayotida bayramlarni nishonlash udumi shakllangan. Har yili 21 

mart da Nav 

ro‘z bayramini nishonlash milliy an’anaga aylangan. 

Navro‘z bay ramlarida milliy o‘yinlar va taom l ar namoyish qilingan, 

sumalak hamda «qo‘sh oshi» tayyorlash an’ anaga aylangan. Yerlarni 

shud gor lash, ekinlar ekish ishlari boshlangan.



Baqtriya davlati. O‘rta Osiyoning yana bir qadimgi davlati – 

Baqtriya  podsholigi bo‘lib uning tarkibiga hozirgi O‘zbekistonning 

Surxondaryo, Qash qa daryo viloyatlari, Tojikistonning janubi, Afg‘o-

nis  tonning shimoli-sharqiy yerlari kirgan.

Baqtriyadagi ko‘pdan ko‘p yirik shaharlar orasida Baqtra mash-

hur bo‘lib, u mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va 

mus tah kam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, unda podshoh qal’asi 

alo hida ajralib turgan.


47

Rim tarixchisi Kursiy Rufning shahodat berishicha, «Baqtra 

daryo  si nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Umu-

man tari xiy ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, qadimgi davlatlar 

nomlari ko‘pincha daryo, qabila, xalq yoki shaharlar nomiga qiyosan 

kelib chiqqan bo‘ladi.

Binobarin, «Baqtriyaliklar», «Baqtriya xalqi» iboralari juda qa -

dim   gi manbalarda tilga olinib, bitta xalqni yoki bir necha qarindosh 

qabilalarni birlashtirgan hududiy tushunchani anglatadi.

«Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o‘l-

ka  lar dan biri bo‘lgan, baland bayroqli, go‘zal o‘lka» sifatida ta’rif-

lan gan. Bu kabi fikr-mulohazalar Baqtriya o‘z davrining yirik davlat-

laridan biri bo‘lganligidan dalolat beradi.

Ktesiy ma’lumoticha, Baqtriyaga qarashli Yaxsh vodiysi obi-ha-

yot  ga mo‘l-ko‘lligi, unumdor yerlari ko‘p bo‘lganligidan bu hudud-

da dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan, aholi bog‘dorchilik, 

meva chilik mahsulotlari yetishtirishda omilkor bo‘lgan. Qashqa-

daryo voha sining miloddan avvalgi VIII–VII asrlarga oid Sangirtepa

Yan gi  tepa, Chiroqchitepa, Yerqo‘rg‘on singari aholi manzilgohlari-

ni o‘rga nish shuni ko‘rsatadiki, bu joylarda o‘troq turmush kechir-

gan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug‘ullanganlar. Xuddi 

shun day fikrni Sug‘diyona hududlariga nisbatan ham aytish mum-

kin. Qulay tabiiy-jug‘rofiy sharoitga ega bo‘lgan Omonqo‘ton, Gur-

dara, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq makonlarida yashagan aholining mada-

niy ha yoti ham ancha to‘laqonli kechgan.

Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar ko‘plab miq-

dor  da qazib olinib, ular tegishli ishlov berishdan so‘ng yurt ehtiyoji 

uchun, qolaversa, xorijiy ellar uchun tayyor mahsulot holiga keltiril-

gan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr, Hindiston singari mam la kat-

larda ham talab-ehtiyoj katta bo‘lgan. Baqtriyada qimmat baho ma’-

danlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi bu yurtda maxsus hunar-

mandchilik turi zargarlik, badiiy hunar tarmog‘i ning rivoj topishiga 

olib kelgan. Buni 1877-yilda Vaxsh va Panj daryo larining Amuda-

ryoga quyi lish yerida topilgan «Amudaryo xazinasi» topilmasi timso-

lida ham kuzatish mumkin.

Topil malar orasidagi 179 ta oltin va 7 ta kumush zargarlik bu yum-

lari qadimgi Baqtriyada nafis hunarmandchilikning o‘sganligi 

dan 


dalolat beradi. Bu xazina aslida Baqtriya hududiga qarashli Taxti 

Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga tegishli bo‘lgan. Ular London-

da  gi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan.


48

Shunday qilib, Xorazm va Baqtriya davlatlarida kechgan siyo-

siy, ijti moiy-iqtisodiy, madaniy jarayonlar ajdodlarimizning tarixiy 

taraq qiyot yo‘lidan ilgarilab borib, o‘z davlatchilik tuzilmalarini 

vu jud  ga keltirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib borganligidan 

guvohlik beradi. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, sha-

har sozlik, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish qurollarining takomil-

lashib borishi ulug‘ bobokalonlarimiz o‘lmas dahosi, salohi yatining 

yorqin ifo da si dir. Bular O‘zbekiston hududidagi dastlabki davlat-

chilik ta rixiy taj ri basining muhim jihatlari, namunalari sifatida alo-

hida qimmatga ega.

3. «Avesto» – qadimgi tariximizni o‘rganishda noyob manba

O‘z mazmuni, mohiyatiga ko‘ra, yakkaxudolilik, insonparvar-

lik, mehr -shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g‘oyalarini taran-

num etib, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchanlikka unda-

gan mu qad   das «Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sira-

siga kira di

13

. «Ave sto» kitobi miloddan avvalgi ming yillik boshlari 



va o‘rta lari  da hududimizda yashagan qadimgi xalqlarning o‘ziga xos 

turmush tarzi, xo‘jalik mashg‘uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-

13

 «Avesto» so‘zi «o‘rnatilgan, qat’iy belgilangan qonun-qoidalar» degan 



ma’noni bildiradi.

49

odat lari-yu marosimlari haqida ma’lumot beruvchi muhim tarixiy 

man badir.

I.А. Karimov uqtirganidek: «Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyoz ma-

miz «Avesto»ning yaratilganligiga 3000 yil bo‘lyapti. Bu nodir kitob 

bundan o‘ttiz asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zamin-

da umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qol dir   gan 

ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qa dim o‘lka-

da buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘l gani  dan 

guvoh lik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta ol  may-

di»

14

.



Modomi ki, «Avesto» tariximizning muhim tarkibini tashkil etar 

ekan, bu noyob manba qachon, qayerda, kim tomonidan yaratil-

gan, degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Tarixiy manbalarni chu-

qur o‘rga nish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug‘ro-

fiy hu dud    lar, yurtlar nomlarini, aholining mashg‘ulot turlarini, urf- 

odat       lari ni, dafn marosimlarini sinchiklab o‘rganish asnosida olimlar 

bu buyuk ta’limotning haqiqiy Vatani O‘rta Osiyo o‘lkasi, uning 

Xora zm vohasi ekanligini isbotlagan. «Avesto»da tilga olingan 16 ta 

yirik hududiy nomlarning ko‘pchiligi ham O‘rta Osiyoga taalluqli-

dir.


«Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Axura Mazda tilidan shun-

day deyiladi: «Men – Axura Mazda yaratgan ilk sarzamin va bir lam-

chi yurt bu Doityo (Amu) daryosi sohilidagi xushmanzara Iyron Vij 

(hozirgi Xiva o‘rnidagi qadimgi manzilgoh nomi) edi. Men – Axu-

ra Mazda yaratgan ikkinchi sarzamin va go‘zal yurt Sug‘d diyori edi. 

Men – Axura Mazda yaratgan uchinchi sarzamin va go‘ zal yurt qud-

ratli va рoк Marv diyori edi. Men – Axura Mazda yaratgan to‘r tin-

chi sarzamin va go‘zal yurt zebo va orasta Balx diyori edi. Men – 

Axura Mazda yaratgan beshinchi sarzamin va go‘zal yurt Balx va 

Marv oralig‘idagi Nisoyadir»

15

. Keltirilgan bu dalil «Avesto»ning 



va ta ni biz ning yurtimiz bo‘lganligiga hech bir shubha qoldirmaydi. 

«Avesto» ta’limotining asoschisi, tarixga payg‘ambar nomi bilan kir-

gan Zardusht (Zaratushtra Avesto tilida, Zaro astr yunon tilida) ism-

li shaxsdir. Zardusht «Oltin tuyali» yoki «Oltin tuya yetaklovchi» 

degan ma’noni bildiradi. Zardusht o‘z dini zardushtiylik g‘oyalarini 

14

 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. Asarlar to‘pla-



mi. 7-jild, 137–138-betlar.

15

 Avesto. Tarixiy-abadiy yodgorliklar. Asqar Mahkam tarjimasi. – T.: 



«Sharq». 2001. 107-bet.

50

aholi o‘rtasida tashviq-targ‘ibot qilgan. Bu jarayon nihoyatda qiyin, 

murakkab kechgan, hududma-hudud sarson-sargardon kezib yurish-

ga maj 


bur bo‘lgan. Zardushtiylik (yunon 

cha zoroastrizm) dinini 

birin chi lardan bo‘lib qabul qilgan, uni o‘z fu qa   ro lari orasida yoyili-

shi  ga izn bergan yurt ham Baqtriyadir.

Buyuk alloma Beruniy keltirgan rivoyatga ko‘ra, Zardusht Baq-

triya podshohi Gishtasp va malika Xutaosa huzuriga kelib, «Avesto» 

ta’limotining muqaddasligini isbot etish uchun xudoga iltijo qilib, 

o‘z tanasiga qizdirilgan misni bosishlarini so‘raydi. Olovli mis uning 

tanasini zararlamagach, Gishtasp va uning xotini, ulardan so‘ng esa 

butun Baqtriya aholisi zardushtiylik e’tiqodini qabul qiladi.

Av val boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo‘lgan. Abu Ray hon 

Beruniyning «O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta’-

kid  lanishicha, Eron podshohi Doro III davrida «Avesto» to‘liq hol da 

12 ming qoramol terisiga zarhal harflar bilan bitilgan.

Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa istilosi davrida uning buy-

ru  g‘i bilan zardush tiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, muqad-

das «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Ke yin roq 

Par  fiya pod shoh lari Vologez I va Vologez V davrida (I–II asr larda) 

«Avesto»ning qolgan qismlari to‘plangan. Sosoniy lar davri da (III–IV 

asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pah la viy tilida yan gi    dan kito-

bot holiga keltirilgan.

Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 qismidan «Gohlar», «Yas na», 

«Vandidod», «Yashtlar», «Vispirad», «Kichik Avesto» nom li ki tob    lari 

yetib kelgan. Vatanimizda «Avesto»ning 2700 yilligi ni shon      lanishi 

munosabati bilan u ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilinib, 2001-yilda 

nashr etildi

16

.

«Avesto» shunday bir tarixiy davrda yaratildiki, bu vaqtga kelib, 



ya’ni miloddan avvalgi ming yillik boshlarida o‘lkamizning tur-

li hu 


dud  larida yashagan elatlar, qavm, qabilalar ijtimoiy-iqtiso-

diy taraq qiyotda yangi bosqich sari o‘tib borayotgan edi. Mintaqa-

ning Xo 

razm, Baqtriya, Sug‘diyona hududlarida urug‘-qabilalar-

ning o‘troq la shu vi, sun’iy sug‘orish tizimiga asoslangan dehqonchi-

lik madani yati ning vujudga kelishi va rivojlanishi, chorvachilikning 

mus taqil xo‘ja lik tarmog‘i sifatida o‘sib borayotganligi, qishloq lar-

dan shahar-qal’a lar, dastlabki davlat tuzilmalarining yuzaga keli shi 

jarayoni boshlangan.

16

 Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. – T.: «Sharq». 



2001.

51

«Avesto»da ilgari surilgan

g‘oyalar

Yakkaxudolilik

va ezgulik

timsoli

Axura Mazda

♦ yaxshilik

♦ yorug‘lik

♦ poklik


♦ soflik

♦ birodarlik

♦ mehr-oqibat

♦ mehnatsevarlik

♦ vatanparvarlik

♦ yurtparvarlik

♦ ezgulik

♦ bag‘rikenglik

♦ tozalik

♦ insoflilik

♦ sabr bardoshlilik

♦ baxt-saodat va b.



Yovuzlik

timsoli

Axriman

♦ yovuzlik

♦ zulmat

♦ johillik

♦ baxillik

♦ dushmanlik

♦ shaytoniylik

♦ zulmkorlik

♦ qorong‘ilik

♦ g‘ayirlilik va b.

Tarixning bunday keskin burilishi sharoitida turli urug‘-qabila va 

elat  larni ma’nan va ruhan birlashtirish, ularning ongi, shuuriga ilg‘or 

qarash  lar, mushtaraklik tuyg‘ularini, e’tiqod tamoyillarini sing di rib 

borish g‘oyatda muhim edi. «Avesto» ta’limoti bir tomondan, yer li 

qabila, elatlarni turli mahal  liy ko‘rinishdagi bid’at va xurofotlar ta’si-

ridan xalos bo‘lishi ga, ikkinchidan, ma hal liy etnoslarning chuqur ildiz 

otib, mustah kam lanib, etnik shakl lanishiga va uchinchidan, ish lab 

chiqarish jarayo nining tobora kengayib, ijtimoiy munosa bat lar ning 

takomillashuvi jara  yoni ga sezilarli turtki berardi. «Avesto»da o‘lka-

mizda ilk bosh qaruv tizimining amal qilganligi to‘g‘risi da ham qim-

mat li ma’ lumot lar uchraydi. Mamlakatni idora qil gan shaxs 

«Kavi», 

deb yuritilgan. Oqsoqollar kengashi – 



«varzanapoti», «Xanja ma na», 

xalq yig‘ilishi – 



v’yaxa deyilgan.

«Avesto» ma’lumotlariga ko‘ra, qadimda zargarlik, kulolchilik, 

to‘quv   chilik, temirchilik singari hunarmandchilik turlari ham o‘zi-

ga xos tarzda rivojlangan. «Avesto»dagi bosh ma’buda – ezgulik, 

yo rug‘         lik, yax shilik, baxt-iqbol xudosi Axura Mazda bilan yomonlik, 

yovuz   lik, qorong‘ilik, razolat timsoli – Axriman o‘rtasidagi doimiy 

murosa siz kurash g‘oyasi zardushtiylik (otashparastlik) dinining aso-

siy mazmunini tashkil qila di.



«Avesto»da qayd

etilgan 4 ta asosiy

ijtimoiy tabaqalar

♦ kohinlar (ruhoniylar)

♦ askarlar

♦ hunarmandlar

♦ chorvadorlar


52

Zardusht payg‘ambar sifatida Axura Mazda tilidan vahiy qilin-

gan muqad das kalomlarni, nasihatlar va oyat larni xalqqa, odamlar-

ga yet ka  zishga da’vat etkuvchidir. Zero, Zardusht har bir masala-

da fikr yurit ganda, Axura Mazda nomini tilga oladi, unga muro-

jaat etadi. Bir o‘rinda u bunday xabar beradi: «Biz Axura Mazdani 

ulug‘laymiz, u chor va ni, suvni va o‘simlikni, yorug‘likni va yerni 

yaratgan». «Aves to»da moddiy dunyo, borliq muqad daslashtiriladi. 

Yer, suv, ha vo ni bul g‘ash, olovga tupirish eng og‘ir gunoh sana-

ladi.


«Avesto» avvalgi dinlarda rasm bo‘lgan insonlarni qurbonlik qi -

lish      ni qat’iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. 

Zardushtiylar dinida ta’kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo‘lib, 

bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilgan bo‘lib, u inson-

ning baxt-u saodati ramzi sifatida ulug‘langan. Shu bois, ajdodlari-

miz ning ko‘p lab to‘y-tomoshalari, xursandchilik marosim lari olov 

yoqish, uning atrofida keng davra qurish bilan bog‘liq holda o‘tkazil-

gan. Bu odat larning ba’zilari hozirgacha ham saqlanib qol gan. Sha-

harlar, aho li manzilgohlarining eng gavjum joylarida maxsus qu ril  -

gan otash ka dalar bo‘lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to‘la bo‘l-

gan.


Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, doimiy farog‘atli hayot inson 

uchun uzoq notanish xayoliy jannatda emas, balki insonlar yashay-

di gan shu tiriklik dunyosida bo‘ladi. Bu maqsad, marraga yetish 

uchun esa odamlar juda ko‘p murakkab va jiddiy sinovlardan o‘tish-

lari lo zim  dir.

Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o‘tmishdosh la ri-

mizning keng qamrovli hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta’lim-

tarbiyasi, boshqaruv tizimini o‘rganishimizda muhim dasturilamal 

manba bo‘lib xizmat qiladi. Unda umumbashariy g‘oya lar ning chu-

qur aks etganligi sababli bu asar keng hududlar bo‘ylab yoyilib, Shar-

qu G‘arbda e’tirof etilib, turli xalqlarning ma’naviy yuksalishiga ijo-

biy ta’sir ko‘rsatgan.

Hozirgi mustaqillik sharoitida ham bu ta’limot g‘oyalari o‘z 

ta’sir  chan ahamiyatini ko‘rsatib, asl ma’naviyatimiz sarchash 

ma-

lari dan biri sifatida xalqimiz ruhiyatini boyitib borishga xizmat qil-



moqda.

53

4. Vatanimiz xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga

qarshi ozodlik kurashi

Axamoniylar davlatiga miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida (mil. 

avv. 558–330-yillar) qadimgi fors qabilalari ittifoqi boshlig‘i Kir II 

asos solgan. U Hind daryosidan Egey va O‘rta dengizgacha bo‘lgan 

ora liqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek, Misr, Midiya va Bol-

qon yarim orolining bir qismini bosib olgan. Kir II O‘rta Osiyo 

yer lariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko‘rgan. Kirning O‘rta 

Osiyoga birinchi harbiy yurishlari miloddan avvalgi 545–539-yil lar-

ga to‘g‘ri keladi. Kir II ning O‘rta Osiyo hududlariga ikkinchi yu rishi 

miloddan avvalgi 539–530-yillarni o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyo   ning 

tabiatan erksevar, yurtparvar xalqlari, qavm-qabila lari, axamoniy-

larga bo‘ysunmaslik uchun o‘z ona-zamini, diyorini hi moya qilib 

mardonavor kurash olib borganlar. Turon xalqlari, mas 

sagetlar 

qa bila sining malikasi, jasur sarkarda To‘maris axamoniylar bosqiniga 

qarshi kurashga rahbarlik qilgan.

200 minglik katta jangovar qo‘shin tuzib, To‘maris yurtiga bosti-

rib kel gan Kir II harbiy mahoratda tengsiz bo‘lgan massaget qabila-

larini ochiq jangda yengish qiyinligini his etib, turli hiyla-nayrang-

lar ish latish ga uringan. Shu maqsadda To‘maris huzu riga elchilar 

yuborib, go‘yo o‘zini malikaga jazman ekanligini va shu bois unga 

uylanmoqchiligini bildirgan. Bu nayrang natijasiz chi qqan. Kir II 

yana hiyla ishlatib, To‘ma risning mard, jasur o‘g‘li Spar ga lisni hiyla 

bilan asirga oladi va oqibatda u o‘zini halok etadi. Yagona farzandi-

dan judo bo‘lgan onaning dush man ga bo‘l gan o‘tli nafrati o‘n chan-

don o‘rtadi. Buning ustiga el-yurt erki, ozodligini har narsadan a’lo 

bilgan To‘maris Kir qo‘ shi ni ga qarshi hayot-mamot jangiga hozir-

lik ko‘rgan.

Butun vujudlari ila g‘animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan 

massaget qo‘shinlari bosqinchilarga qarshi jangga otlangan. Niho -

yat, massagetlar g‘alaba qozonadilar. Fors qo‘shinlarining katta qis-

mi, jumladan, Kir ham jang maydonida halok bo‘lgan. Bu milod dan 

avvalgi 530-yilga to‘g‘ri keladi.

Axamoniylar shohi 




Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling