O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi talabasi Sayfiddinov Samariddinning pedagogik amaliyoti yuzasidan hisobot


Download 13.6 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi13.6 Kb.
#1138075
Bog'liq
Hisobot Bektosh


O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi talabasi


Sayfiddinov Samariddinning


pedagogik amaliyoti yuzasidan


H I S O B O T I

Men Sayfiddinov Samariddin 2022-yil 26- sentabrdan 2022 yil 5-maygacha pedagogik amaliyotimini Urgut tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 29-sonli maktabida o’tkazdim.


Men amaliyotim davomida amaliyot ish rejasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirdim. Jumladan amaliyot boshlangan vaqtda maktab bilan tanishdim va maktabning ichki tartib qoidalari: o’quvchi va o’qituvchilarning vazifalari va burchlarini shoshmasdan o’rganib chiqdim. Bu yerdagi pedagogik jamoa meni yaxshi qarshi oldi. Ular menga maktabdagi tartib intizom qoidalari, o’quvchi bilan muomala qilish, dar o’tish etikasi, metodikasini darslarda qo’llash kabi turli xil ma’lumotlarni berdilar.
Tanishuv amaliyoti davomida maktab ma’muriyati, o’qituvchilar va xodimlar bilan tanishib chiqdim. Shu bilan birgalikda menga biriktirib berilgan o’qituvchilar dastlab meni maktabda yuritilishi zarur bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirdilar.
Maktabdagi “Tarbiya va ijtimoiy fanlar” o’quv uslubiy metod birlashmasi a’zo o’qituvchilari meni metodik birlashma hujjatlari, o’quv dasturlar, yillik taqvim ish rejalarini tuzilish tartibi va uni yuritish tizimi, sinf jurnaliga mavzularni qayd qilish tartibi kabilarni o’rgatdilar.
Darsdan tashqari bolalar bilan ishlash haqida fan to’garaklarini tashkil etish va o’tkazish haqida tushunchalar berib bordilar. Sinf rahbari bilan sinf o’quvchilari o’rtasidagi muomala madaniyati, ustozning o’zini tutishini kuzatdim.
Passiv amaliyot davomida men bu yerdagi tarix, tarbiya va huquq fanlaridan dars mashg’ulotlarni kuzatib, tahlil qilib bordim va bularni o’z daftarimga tushurib bordi. Darslarni tahlil qilish jarayonida ustozlardan yangidan yangi metodlar va bilimlarni o’rganib bordim. Dars tahliliga kirgan ustozlar menga dars o’tish davomida turli xil tavsiyalarini berib ketganligi ayni muddao bo’ldi. Bundan tashqari men qatnashgan tarbiyaviy ma’naviyat soatlarida ham tahlil qilib bordim.
Menga biriktib berilgan 7 sinf o’quvchilari bilan birgalikda 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbirni ham tashkillashtirdim. Albatta bunda menga yoshlar yetakchisi va kutubxonachilar yaqindan yordam berdilar. Bevosita dars o’tish jarayonida avval o’rgangan metodlarimni foydalanishga harakat qildim.
Jumladan, men 7 “B” sinfida O’zbekiston tarixi fanidan “Qoraxoniylar davlati” mavzusida ochiq dars mashg’ulotini tashkil qildi. Bu mavzuni o’tish jarayonida o’quvchilar bilan yangi metodlardan foydlanishga harakat qildim. Jumladan aqliy hujum, guruhlarda ishlash, qisqa savol-javoblar, kamchiliklarni aytamiz kabi metodlar bilan bir qatorda “BBB” metodidan ham foydalandim.
Hisobot beruvchi: Sayfiddinov S.
Download 13.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling