O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat transport universiteti kafedra
Download 24.06 Kb.
|
tizimli lab1.1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi
- Nikoh Shartnomasi Diogramik modeli
. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI Kafedra: " Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari " 1-LABORATORIYA ISHI Fanning nomi: Tizimli Modelashtirish Mavzusi: Nikoh Shartnomasini Modelashtirish
Toshkent – 2023 Nikoh shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi OYBEK FHDYO2023.02.01 Toshken Bekobod Zafar 21da joylashgan 21 notarial idora notariusi Qurbonaliyev Sardor Mashrab o'g'li ishtirokida, Biz – Toshkent Bekobod gulzor 25da yashovchi – Sattorov Sunnat Ilxomjon o'g'li (pasport AB9541255, Bekobod shahar IIB tomonidan 10.06.1999 yilda berilgan) bir tarafdan va Toshkent Olmoliq darxon 47da yashovchi – Abdugafurova Dilbar Mansur qiziga (pasport AB8271504, Olmaliq shahar IIB tomonidan 19.03.2003 yilda berilgan), er-xotinning nikohda boʻlgan davrida va nikohdan ajratilgan taqdirda mulkiy huquq hamda majburiyatlarimizni belgilash maqsadida mazkur nikoh shartnomasini quyidagilar haqida tuzdik: 1. Biz – nikohimiz qayd qilingandan soʻng birgalikda yashash davrimizda oilada teng huquqlardan foydalanib, teng majburiyatlarga ega boʻlamiz. 2. Er va xotinning nikohga qadar oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya va meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining shaxsiy mulki hisoblanadi va ularning boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 4. Qimmatbaho buyumlar, zebu ziynatlar va boshqa shaxsiy foydalanish buyumlari (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar nikoh davomida er va xotinning umumiy mablagʻi hisobiga olingan boʻlsa ham) ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi va nikohdan ajralganda boʻlinmaydi. 5. Nikoh davomida biz har birimizning mehnat faoliyatimizdan, tadbirkorlik faoliyatimizdan va intelektual faoliyat natijalarimizdan orttirgan daromadlarimiz, pensiya, nafaqa, shuningdek maxsus maqsadlarga moʻljallangan boshqa toʻlovlar, umumiy daromadlarimiz hisobiga olingan barcha koʻchar va koʻchmas mol-mulklar, pul mablagʻlari kimning nomidan yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan boʻlishidan qatʼi nazar, bunday koʻchar va koʻchmas mol-mulklar qaysi birimizning nomimizga rasmiylashtirilgan boʻlsa, shu er yoki xotinning shaxsiy mol-mulki deb hisoblanadi va uni tasarruf etish bilan bogʻliq bitim tuzilganda, bu harakat boshqasining roziligisiz amalga oshiriladi va nikohdan ajralish paytida boʻlinmaydi. 6. Er yoki xotindan biri uy-roʻzgʻor ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band boʻlgan yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega boʻlmagan taqdirda, ish haqi va boshqa daromadga ega boʻlgan taraf nikohdan ajralish vaqtida uni turar joy va moddiy taʼminot bilan taʼminlaydi. 7. Shaxsiy mulkka ega boʻlgan bir taraf ikkinchi tarafning roziligisiz oʻziga tegishli mol-mulkka egalikni oʻz ixtiyoriga binoan amalga oshiradi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Bunda, shaxsiy mulkka ega boʻlgan er yoki xotin ularning biriga mazkur mol-mulkdan foydalanish huquqini beradi, agar bu mol-mulk turar-joy boʻlsa, unda yashash va propiskadan oʻtish huquqini beradi. Nikohdan ajralish hollarida mulk egasi boʻlmagan er yoki xotinning uy-joydan foydalanish huquqi tugatilib, ushbu taraf nikohdan ajralgan kundan boshlab uy-joydan va turar-joy propiskasidan chiqib ketishga majbur. 8. Bolalarimiz ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar), ularning nomiga qoʻyilgan pul jamgʻarmalari, nomiga sotib olingan koʻchar va koʻchmas mol-mulklar ularning shaxsiy mulki deb hisoblanadi hamda nikohdan ajralish va umumiy mol-mulkni boʻlish paytida bolalarning mol-mulki hisobga olinmaydi. 9. Nikoh shartnomasi er-xotinning shartnomai bilan istalgan vaqtda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan boʻlsa uning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi. 10. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik hamda Oila kodekslarida belgilangan asoslar va tartibda sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 11. Mazkur shartnoma nikoh qonuniy qayd etilgan kundan boshlab kuchga kiradi. Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi. 12. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 29-36 moddalari mazmuni notarius tomonidan biz - taraflarga tushuntirildi va tushunarli. 13. Mazkur shartnomani rasmiylashtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni Sattorov Sunnat Ilxomjon o'g'li toʻladi. 14. Biz – taraflar shartnomaning matnini toʻliq oʻqib chiqdik, uning mazmuni, mohiyati, huquqiy oqibatlari bizga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli, uning mazmuni bizning asl xohish-istaklarimizga mos keladi. 15. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan toʻrt nusxada tuzilib, imzolandi, ulardan bir nusxasi 21 notarial idora notariusi Qurbonaliyev Sardor Mashrab o'g'lida saqlanadi, qolgan nusxalari taraflarga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun berildi. Imzolar: 1. Sattorov Sunnat Ilxomjon o'g'li ______________ Imzo 2. Abdugafurova Dilbar Mansur qizi ______________ Imzo Notariusning tasdiqlov yozuvi. Nikoh Shartnomasi Diogramik modeli Download 24.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling