O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Yurak va qon tomirlar faoliyatining boshqarilishi va gigiyenasi


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

6. Yurak va qon tomirlar faoliyatining boshqarilishi va gigiyenasi. 
Yurak  va  qon  tomirlar  faoliyati  nerv-gumoral  yo‘l  bilan  boshqariladi.  Yurak  ishi 
simpatik  va  parasimpatik  nervlar  orqali  boshqariladi.  Simpatik  nerv  yurak  faoliyatini 
kuchaytiradi,  parasimpatik  nerv,  aksincha,  yurak  qisqarishini  sekinlashtiradi.  Shunday 
qilib, bu ikkala nerv yurak ishini muvozanatga solib turadi. Qon tomirlarining devori ham 
parasimpatik va simpatik nerv tolalari bilan taʻminlangan. Ayniqsa, aorta ravog‘ida, uyqu 
va o‘mrov osti arteriyalarining devorida nerv tolalari juda ko‘p bo‘ladi. 
Odam tanasining barcha to‘qima va organlarida tashqi muhit taʻsirini qabul qiluvchi 
sezuvchi  nerv  uchlari-retseptorlar  bo‘ladi.  Ularning  qo‘zg‘alishi  miyadagi  mazkur 
bo‘ladi.  Ularning  qo‘zg‘alishi  miyadagi  mazkur  to‘qima  va  organning  ishini 
boshqaruvchi  nerv  markazlariga  o‘tkazilishi  bilan  birga  yurak  va  qon  tomirlar  ish 
faolayatini  boshqaruvchi  nerv  markazlariga  ham  tarqalib,  yurak  ishining  reflektor  yo‘li 
bilan boshqarilishiga taʻsir ko‘rsatadi. Yurak va qon tomirlar faoliyati gumoral yo‘l bilan 
ham boshqariladi. 
Buyrak  usti  bezining  miya  qismida  ishlab  chiqariladigan  adrenalin  garmoni  xuddi 
simpatik  nervga  o‘xshab,  yurak  ishini  tezlashtiradi  va  qisqarish  kuchini  oshiradi.  Bu 
garmon qon tomirlarini toraytiradi va arterial bosimini oshiradi. 
Yurak-tomir  sistemasi  gigiyenasi.  Kun  tartibi  yurak-tomir  sistemasiga  kuchli  taʻsir 
etadi.  O‘quvchi-talabalarning  kun  tartibi  to‘g‘ri  tashkil  etilsa,  yurak-tomir  sistemasi 
bekamu-ko‘st  ishlaydi.  Shuning  uchun  ham  ular  bajaradigan  jismoniy  ish  va 
mashqlarning  jadalligi  va  og‘ir-engilligi  ularning  Yoshiga  mos  bo‘lishi  kerak,  ayniqsa, 
salbiy  his-hayajon,  chekish,  spirtli  ichimliklar  ichish,  uzoq  muddat  harakatsizlik  yurak-
tomir sistemasi ishini buzadi. 
O‘quvchi-talabalarning  kiyimi,  poyabzali  qon  aylanishni  qiyinlashtirmay-digan, 
vena tomirlarda qon dimlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lishi kerak. Poyabzal tor 
bo‘lsa,  oyoqning  qon  bilan  taʻminlanishi  qiyinlashadi.  Oyoqda  turli  qadoq,  yara  paydo 
bo‘ladi.  O‘quvchi-talabalarning  sof  havoda  bo‘lishi,  jismoniy    mashqlar    bilan 
shug‘ullanishi,  vaqtida  ovqatlanishi  yurak-tomirlarning  normal  ishlashida  muhim 
ahamiyatga ega. 
Yurak va qon tomir kasalliklari oldini olish xalqimiz sog‘lig‘ini mustahkamlashda, 
ish  qobiliyatini  yaxshilashda,  o‘rtacha  umr  ko‘rishni  uzaytirishda  katta  rol  o‘ynaydi. 
Yurak  va  qon  tomir  kasalliklarining  ko‘p  uchraydigan  turlariga  ateroskleroz  (qon 
tomirlari devorining ichki yuzasida yog‘ va tuz moddalari to‘planishi oqibatida tomirlar 
qattiqlashib,  mo‘rtlashib  va  torayib  qolishi),  gipertoniya  (arterial  qon  bosimining 
ko‘tarilishi), yuraknig ishemik kasalligi (yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi 
tufayli sodir bo‘ladi), yurak infarkti (qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining 
maʻlum qismi emirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) kabilar kiradi. 

46 
 
 
Yurak  qon  tomirlari  devorining  ichki  
yuzasida    yog’    va  tuz    moddalarining  
to’planishi 
oqibatida 
 
tomirlar  
qattiqlashib    mo’rtlashib    qolishi  
natijasida  Ateraskleroz  kasalligi  kelib  
chiqadi 
Arterial    qon    bosimning    ko’tarilishi  
gipertoniya    deyiladi.  Shovqinlarni 
paydo 
 
bulishiga 
 
yurakdagi  
uzgarishlar    sabab  bo`ladi.  Bu 
introkardial  shovqin  dеyiladi.  Bundan 
tashqari 
funktsional 
va 
organik 
shovqinlar    mavjud  bo’lib,  funktsional 
shovqin    qon    oqish    tеzligi  yoki  qon 
tarkibi o’zgarganda paydo bo`ladi.  
Bu shovqinlar kam qon suyilishi roʻy  bеrganda  asab  tizimi kasalliklarida va  
boshqalar  kuzatiladi. Organik shovqinlar ham sistolik ham diastolik bo`ladi. 
Yurak muskullarida qon aylanishining  buzulishi  tufayli  sodir  boʻladigan  
kasallik  yurakning  ishemik  kasalligi bu asosan toj artеriyalar tizimida patologik 
jarayonlar natijasida  miokardning  qon bilan ta’minlanishi buzilishi yoki biror toj 
artеriyasini  qon  oqishining  butunlay  toʻxtab  qolishi    natijasida  yuzaga  kеladigan  
kasallikdir. 
Toj  artеriyasining  asab zoʻriqishi tufayli torayib qon oqishini sеkinlashishi 
ham yurakning ishеmik  kasalligiga  olib kеladi deyiladi. 
 
insult- bosh  miyaga qon  quyulishi. 
 

47 
 
 
Stеnakаrdiya.  Stеnakardiya  ko’krak  qisilishi,  toʻsh  suyagi  orqasida  ba’zan 
yurak  sohasida ogʻriqni  zoʻrayishi bilan oʻtadigan kasallikdir. 
Kasallikda  ogriq,  yurak  bir  nеcha  daqiqadan  20  daqiqagacha  choʻziladigan  
oʻtkir  hurijsimon  ogʻrik boʻlishi kuzatiladi. 
Kasallikning    mohiyati    shundan  iboratki,  toj  tomirlari  ya’ni  miakardni  qon 
bilan ta’minlaydigan tomirlar boʻylab, qon oqishi buziladi. Bu esa yurak sohasida 
1ki toʻsh orqasida ogʻriq paydo boʻlishiga olib kеladi. 
Toj tomirlar boʻylab qon oqishiga quyidagi koʻpgina omillar toʻsqinlik qilishi 
mumkin. 
Toj  tomirlar  spazmi,  atеroskеrotin,  pilakchalar  katta  jismoniy  yoki  asab 
zoʻriqishlarda  miokardni  zoʻr  bеrib  ishlashi  har  xil  ichki  organlar  tomonidan  
nеfrеntol    ta’sir    zardob    haltasining  yalligʻlanishi  mе’da  va  oʻn  ikki  barmoqli 
ichakning yara kasalligi va bundan tashqari oʻpka kasalliklari, endokrin sistemasi 
buzilishlari,  qandli  diabеt,  chеkish,  spirtli  ichimliklarni  ichishlar  ham 
stеnakardiyaga olib kеladi. 
Yurak  va  qon  tomir  sistemasini  chiniqtirishda  eng  oddiy  harakat      mashg‘ulotlari 
bo‘lgan  yurish  va  yugurish,  nafas  olish  gimnastika  mashg‘ulotlarini  bajarish  muhim 
ahamiyatga  ega.  Yurakning  minutlik  hajmi  25-30  litrgacha  ko‘payadi.  Yurakning 
qisqarish tezligi (puls soni) 150-200 martagacha ortadi. 
 
Xulosa 
Yurak  juda  ham  murakkab  tuzulishga  ega.  Yurakning  asosiy  ishi  nasos 
singari vena qon tomirlaridagi qonni soʻrib, arteriya qon tomirlariga o'tkazadi. U  hayot 
faoliyatimizda  muhim  rol  o’ynaydi.  Yurak  urib  turibdiki,  demak  biz 
hayotmiz.  Ana  shu  hayotimizni  asrab  avaylash,  unga  salbiy  ta’sir  etuvchi 
omillardan  asrashimiz  lozim.  Yurak va qon tomir kasalliklari oldini olish xalqimiz 
sog‘lig‘ini  mustahkamlashda,  ish  qobiliyatini  yaxshilashda,  o‘rtacha  umr  ko‘rishni 
uzaytirishda katta rol o‘ynaydi. 

48 
 
(4-ilova) 
“Sinkvеyn” ( 5 qator ) tеxnikasi 
Yurakni –tavsiflash 
Sinkvеyn sxеmasi 
1.  Yurak 
2.  Yurakni tavsiflovchi sifati 
3.  Yurakning vazifalari   
4.  Yurakning mohiyati to`g`risida 4 so`zdan iborat so`z birikmasi 
5.  Yurakning sinonimi  
 
(5-ilova) 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 
Yurak, oʻng va chap qorinchalar, 4 kamera, bo‘lmacha,  kapillyarlar, arteriya, vena, 
katta  qon  aylanish  doirasi,  kichik  qon  aylanish  doirasi,  aorta,  qon  bosimi,  puls,  arterial 
bosim,  gipotaniya,    gipertaniya,  yurak  avtomatiyasi,  ateraskleroz,  yurakning    ishemik  
kasalligi, insult, stеnakаrdiya.   
 
(3-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.  
1.  Yurak devori  necha  qavatdan tashkil topgan ?  
2.  Yurak necha kameradan iborat? 
3.  Yurak avtomatiyasi deb nimaga aytiladi? 
4.  Katta va kichik qon aylanish doirasi.  
5.  Qonning tomirlar bo‘ylab harakatlanishi.  
6.  Puls nima? 
7. Qon bosimi qanday yuzaga keladi? 
8.   Yurak-tomir sistemasi gigienasi. 
9.   Yurak va qon tomirlar faoliyatining boshqarilishi. 
10.  Qanday yurak va qon tomir kasalliklari uchraydi? 
 
(6-ilova) 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1.  Klemesheva  L.S.  “Vozrastnaya  fiziologiya  i  gigiena”.  Ucheb.    posobie. 
Toshkent. “O‘qituvchi”, 1991g. 
2.  Klemesheva  L.S.,  Ergashev  M.S.  “Yoshga  oid  fiziologiya”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. “O‘qituvchi”, 1991 y. 
3.  Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
4.  Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. 
Darslik. Toshkent. “YAngi asr avlodi”. 2009 y. 
5.  Sodikov  K.S.  “O‘quvchilar  fiziologiyasi  va  gigienasi”  Toshkent.  “O‘qituvchi”. 
1992 y. 
6.  Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”.  
M. Prosveshenie 1990 g. 
7.  Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995. 
8.  Antropova   M.V. “Bolalar   va   usmirlar   gigienasi”.   M. Meditsina, 2002 y. 
9.  Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
10. Internet sayti: www.FIZIOLOGIYA.ru  

49 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.Nafas 
olish 
organlari, 
nafas 
olish 
organlarining tuzilishi. O’pka tuzilishi. 
2. Nafas olish sistemasining xususiyatlari. 
3. Nafas olish harakatlarining boshqarilishi. 
4. Nafas olish organlari kasalliklari. 
5. Nafas olishni o’rgatish jismoniy mashqlar.
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Nafas  olish  organlari,  nafas  olish  organlarining  tuzilishi  haqidagi 
bilimlarni  chuqurlashtirish.  O’pka  tuzilishi.  Nafas  olish  sistemasining 
xususiyatlari haqida to’liq tasavvur hosil qilish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol  metodlarni  qo‘llagan  holda 
o‘quv jarayonini tashkil etish; 

  Nafas  olish  organlari,  nafas 
olish  organlarining  tuzilishi.  O’pka 
tuzilishi  haqidagi  ma’lumotni  bayon 
etish; 

  Nafas 
olish 
sistema-sining 
xususiyatlarini yoritib berish; 

   Nafas  olish  harakat-larining 
boshqarilishini tushuntirish; 

  Nafas 
olish 
organlari 
kasalliklari haqida ma’lumot berish. 

  Nafas  olish  organlari,  nafas 
olish 
organlarining 
tuzilishi. 
O’pka 
tuzilishi 
haqidagi 
ma’lumotga ega bo’ladi; 

  Nafas  olish  sistema-sining 
xususiyatlarini tushunadi; 

  Nafas  olish  harakatlarining 
boshqarilishini tushunadi; 

  Nafas 
olish 
organlari 
kasalliklari 
haqida 
ma’lumot  
oladi. 
O‘qitish usullari 
Axborotli  ma’ruza, “BBB” va “Savol-
javob” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik,  ma’ruza matni, kompyuter 
slaydlari, doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik  vositalar bilan ta’minlangan 
o‘quv xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
1.2. Nafas olish sistemasi mavzusining texnologik xaritasi  
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi, 
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi  
1.2. BBB metodidan foydalanadi. Uch ustun 
keltirilgan jadval tarqatiladi (3-ilova) 
Talabalardan mavzu bo’yicha qanday 
Tinglaydilar 
 
 
 
 
Vazifani bajaradilar 
 
5 – MAVZU: 
 
 
NAFAS OLISH SISTEMASI VA UNING 
 
GIGIYENASI       

50 
 
ma’lumotga egaliklari 1-Bilaman ustuniga 
yozishlari so’raladi.  
 
II-bosqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
2.2.  Mavzu  bo’yicha  tayanch  tushunchalar 
keltiriladi (4-ilova) 
2.3.  Talabalarni mavzuga oid egallamoqchi 
bo’lgan  bilimlarini  Bilishni  xohlayman 
ustuniga yozishlari so’raladi. 
2.4.  Mavzuning  mazmun-mohiyatini  reja 
asosida  tartib  bilan  tegishli  rasmlar  asosida 
ochib  beradi.  Talabalarni  xohishlarini 
e’tiborga  olish  maqsadida  jadvalning  2-
ustunini tezda o’rganib chiqadi (2-ilova) 
2.4. 
Talabalardan 
mavzu 
bo’yicha 
o’zlashtirilgan 
yangi 
bilimlar 
va 
tushunchalarni 
jadvalning 
3-ustuniga 
yozishlari so’raladi. 
Ma’ruza yakunida yagona loyiha yaratiladi.  
 
Tinglaydilar,  reja va 
tayanch tushunchalarni 
yozib oladilar 
 
Vazifani bajaradilar 
 
 
Tinglaydilar va asosiy 
ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
 
 
 
Vazifani bajaradilar 
 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1. 
Mavzu 
bo’yicha 
bilimlarni 
mustahkamlash  uchun  savollar  beradi  (5-
ilova) 
3.2.    Mustaqil  tayyorlanish  hamda,  uy 
vazifasi etib, amaliy mashg’ulot mavzusi va 
topshiriqlarini beradi.  
3.3. 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar  ro’yxati  bilan  tanishtiradi    (6-
ilova) 
Savollarga javob 
beradilar 
 
Uyga berilgan vazifani 
yozib oladilar 
Adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
 
 
(1-ilova) 
REJA: 
1. Nafas olish organlari, nafas olish organlarining tuzilishi. O’pka tuzilishi. 
2. Nafas olish sistemasining xususiyatlari. 
3. Nafas olish harakatlarining boshqarilishi. 
4. Nafas olish organlari kasalliklari. 
5. Nafas olishni o’rgatish jismoniy mashqlar. 
 
(2-ilova) 
1. Nafas olish organlari, nafas olish organlarining tuzilishi. O’pka tuzilishi.  
 
Nafas  olish  jarayoni  tufayli  organizm  atrofdagi  muhitdan  kislorodni  olib,  karbonat 
angidrid  gazi  va  suv  bug‘larini  tashqariga  chiqarib  turadi,  yaʻni  organizm  bilan  uning 
atrofidagi muhit o‘rtasida gazlar almashinib turadi. 
Odam  organizmida  sodir  bo‘ladigan  oksidlanish  jarayonlarinig  asosiy  qismi 
kislorod  ishtirokida  yuzaga  keladi.  Shuning  uchun  hayotning  davomiyligi, 
organizmga  doimo  kislorod  kirib  turishi  bilan  bog‘liqdir.  Parchalanish 
jarayonlarining  mahsuloti  karbonat  angidriddir,  u  jarayonlarning  davom  etishi 
uchun tashqariga chiqib turishi shart. Ana shu jarayonni nafas olish organlari yuzaga 

51 
 
keltiradi.  Kislorodni  o‘pkadan  to‘qimalarga,  karbonat  angidridni  to‘qimalardan 
o‘pkaga qon tashib beradi. 
Shunday qilib, organizmda gazlar almashinuvi uchta jarayondan iborat: 
1.  Tashqi nafas yoki o‘pka nafasi – organizm bilan tevarak muhit o‘rtasida 
o‘pka orqali gazlar almashinuvi; 
2.  Ichki  nafas  yoki  to‘qimalar  nafasi  –  hujayralarda  ro‘y  beradigan 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi; 
3.  Qonning gazlarni tashishi, yaʻni qon orqali o‘pkada to‘qimalarga kislorod 
va to‘qimalardan o‘pkaga karbonat angidrid etkazib berilishi. 
Nerv  to‘qimasi  organizmda  kislorod  etishmovchiligiga  hammadan  sezgir  to‘qima 
hisoblanadi. Bu to‘qima oqsidlanish-qaytarilish jarayonlarining buzilishiga boshqalardan 
ko‘ra ertaroq reaksiya ko‘rsatadi. 
Nafas  olish  organlarining  ahamiyati  yana  shundaki,  bu  organlar  hidlarni  idrok 
etishda va tovushlarni talaffuz qilishda ishtirok etadi. 
Odam havoda karbonat angidrid miqdori 2-3% gacha ortishiga chiday oladi. Agar u 
4-5% ga etsa, yurak qisqarishi tezlashadi, boshi og‘riydi, odam qusadi, hushidan ketishi 
mumkin. Havodagi suv bug‘i miqdori tashqi muhit haroratiga bog‘liq. 
Nafas  olish  organlariga  burun  bo‘shlig‘i,  burun-halqum,  hiqildoq,  traxeya, 
bronxlar, o‘pkalar kiradi. 
 
 
Nafas olish organlarining organizmdagi joylashuvi 
 
Burun  bo‘shlig‘i.  Kichik  yoshdagi  o‘quvchining  burni  ancha  kichkina  bo‘ladi. 
taxminan  5  yoshga  borganda  burun  ko‘tarmasi  yo‘qolib  ketadi,  10-14  yoshdan  boshlab 

52 
 
esa  burun  orqasining  peshona  suyagiga  o‘tish  chegarasida  egarsimon  qanshar 
shakllanadi.  Burun  teshiklari  burun  bo‘shlig‘iga  kiradigan  yo‘l  bo‘lsa,  burun 
bo‘shlig‘idan  chiqish  yo‘llari  xonalardir.  Ular  kattalardagiga  qaraganda  kichikroq 
bo‘ladi.  
Burun 
bo‘shlig‘ining 
shilliq 
pardasi 
tagidagi  qatlamda  bir  talay  qon  tomirlar  borligi 
uchun pushti rangda bo‘ladi. 
Burunning  qo‘shimcha  bo‘shliqlari  va 
burun  ko‘z  yoshi  kanalining  teshiklari  shunga 
ochiladi. 
Burun-halqum. Burun-halqum og‘iz va burun bo‘shlig‘ining orqasida, lekin asosiy 
suyak  va  yuqori  bo‘yin  umurtqalarining  oldida  joylashgan.  Burun-halqumda  bodomcha 
bezlari  halqasi  bor.  Bodomcha  bezlari  bolalarda  hayotining  ikkinchi  yilida  ancha  tez 
rivojlanadi.  4  Yoshga  kelganda  esa  hammadan  ko‘p  rivojlanib  oladi.  Burun-halqum 
bo‘shlig‘ida adenoidlar degan nom bilan ataladigan bezsimon to‘qima tuzilmasi ham bor. 
Baʻzi  bolalarda  bular  juda  katta  bo‘ladi  va  burun  bilan  nafas  olishga  xalaqit  beradi. 
Bunday bolalarni operatsiya qilib davolash kerak. 
Hiqildoq. Burun-halqum pastga qarab davom etib, hiqildoqqa aylanadi. Uning asosi 
bolalarda birmuncha yuqori turadi va bir-biriga birikkan harakatchan, tog‘aylardan iborat 
bo‘ladi.  Shu  tog‘aylarning  eng  kattasi  qalqonsimon  tog‘aylardir.  Qalqonsimon 
tog‘aylardan  yuqorida  kekirdak  (epiglottis)  va  cho‘michsimon    tog‘ay,  pastda  esa 
uzuksimon  tog‘ay  yotadi.  Hiqildoq  ichki  tomonidan  shilliq  parda  bilan  qoplangan,  shu 
parda yuzida yuqori bo‘limida ikkita burma ko‘rinib turadi. Bular tovush boylamlaridir. 
Ularning  orasida  chin  va  soxta  boylamlar  tafovut  qilinadi.  Hiqildoqda  tovushlar  paydo 
bo‘lish  mexanizmi  odatdagicha  nafas  olib  turganda  tovush  boylamlari  bo‘shashgan 
bo‘ladi. 
Traxeya.  Traxeya  bo‘yinning  oldingi 
yuzasida  joylashgan  bo‘lib,  hiqildoqning  pastga 
qarab  yo‘nalgan  davomi  hisoblanadi.  Uning 
pastki  uchi  5-6  ko‘krak  umurtqasi  dumiga  kelib 
ikkita  bronxga  bo‘linadi.  Traxeya  tutashmagan 
tog‘ay halqalaridan tashkil topgan. Traxeya ichki 
tomondan  nozik  shilliq  parda  bilan  qoplangan. 
Uning  yo‘li  shu  qadar  torki,  shilliq  pardasi 
yallig‘langanda yoki traxeyaga yot jismlar tushib 
qolganda  nafasning  qiyinlashib  qolishiga  sabab 
bo‘ladi.  
Traxeyaning yuqori bo‘limiga va qisman hiqildoqqa qalqonsimon bez taqalib turadi. 
Bronxlar. Traxeya V koʻkrak roʻparasiga kelib oʻng va chap bronxlarga boʻlinadi. 
Bronxlar 7 yoshgacha tez oʻsib, oʻpka toʻqimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga oʻxshab, 
juda  koʻp  mayda  bronxlarga  tarmoqlanadi  va  bora-bora  alveola  pufakchalarini  hosil 
qiladi.Bronxlarning ikkalasidan o‘ng tomondagisi go‘yo traxeyaning davomi bo‘lsa, chap 
tomondagisi o‘tkir burchak ostida chiqadi, o‘ng bronx ikkinchisidan kaltaroq bo‘ladi. Yot 
jismlar  ko‘proq  o‘ng  bronxga  tushib  qoladi.  Kichik  yoshdagi  o‘quvchilarning  bronxlari 
tor,  tog‘aylari  yumshoq,  muskul  va  elastik  tolalari  ancha  sust  rivojlangan  bo‘ladi. 

53 
 
Bronxlarni  qoplab  turadigan  shilliq  parda  qon  bilan  mo‘l-ko‘l  taʻminlanadi-yu,  lekin 
birmuncha quruq bo‘ladi. 
 O‘pka.  O‘ng  va  chap  o‘pka  ko‘krak  qafasining  tegishli  yarmida  turadi.  Har  bir 
o‘pka  konusga  o‘xshagan  bo‘lib,  ustki  qismi  uchi,  pastki  qismi  esa  asosi  deb  ataladi. 
Bolalar o‘pkasining rivojlanishi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bilan harakterlanadi.  
Alveolalar  hajmi  ortib  boradi,  tog‘aysiz 
bronxlar  o‘sadi.  Bu  bolalarning  nafasi  va 
gazlar almashinuvi holatiga taʻsir qilmasdan 
qolmaydi.  Oxirgi  bronxiolalar  kengayib, 
alveolyar yo‘llarga aylanadi, bu yo‘llarning 
devorlarida  nafas  epiteliysidan  tashkil 
topgan 
pufakchalar 
yoki 
alveolalar 
ko‘rinishida do‘mbaymalar bo‘ladi. 
Alveolalarning  sig‘imi,  o‘pkaning  nafasda 
ishtirok  etadigan  yuzasi  ham  asta-sekin 
kattalashib boradi. 
 
O‘pka  o‘quvchi  14  yoshga  to‘lganda  hajmi  10  barobardan  ko‘ra  ziyodroq 
kattalashadi. 
 
2. Nafas olish sistemasining xususiyatlari. 
Nafas akti. Nafas olish va nafas chiqarishning bir maromda almashinib turishi nafas 
akti  deb  ataladi.  Osoyishta  nafas  olgan  paytda  tashqi  qovurg‘alararo  muskullar, 
diafragma  va  ko‘krak  qafasini  kengaytiradigan  boshqa  nafas  muskullari  qisqaradi, 
shuning  natijasida  plevra  ichidagi  bosim  pasayib,  o‘pkaning  kengayishi  uchun  sharoit 
yuzaga keladi. Shu vaqtda atmosfera havosi havo o‘tkazuvchi yo‘llardan bemalol kirib, 
alveolalarni to‘ldiradi. Nafas olish nafas chiqarish bilan almashinadi, bunda nafas olishni 
taʻminlab  bergan  muskullar  bo‘shashadi,  ularning  antogonistlari  esa  qisqara  boshlaydi. 
Ularning  hammasi  bir  bo‘lib  ko‘krak  qafasi  hajmini  ancha  kamaytiradi.  Alveolalar  va 
nafas yo‘llaridan atrofdagi bo‘shliqqa havo chiqib ketishi shunga bog‘liq. 
Nafas  olish  tezligi.  Ko‘krak  qafasi  nafas  olish  harakatlarining  bir  minutdagi  soni 
nafas  tezligi  deb  ataladi.  Bola  nechog‘li  yosh  bo‘lsa,  shuncha  tez  nafas  oladi.  Nafas 
tezligi asta-sekin kattalar normasiga yaqinlashib boradi. Ayollarda nafas tezligi minutiga 
18  bo‘lsa,  erkaklarda  16  ta.  O‘g‘il  bolalar  8  yasharlik  paytida  qiz  bolalarga  qaraganda 
tez-tez  nafas  oladi.  10  yoshdan  keyingina  qizlarning  nafas  olishi  tezlashadi.  Mashq 
qilmagan  odamda  nafas  tezligi  ortgandagina  organizmga  keladigan  kislorod  ko‘payishi 
mumkin.  Tez-tez  nafas  olinganda  almashtiriladigan  havo  miqdori  shu  qadar  kamayib 
qoladiki, odam nafasi qaytib hansiray boshlaydi. Bolalarda kislorodga yolchimaslik nafas 
olish tezligining ko‘payishiga sabab bo‘ladi.       
 
Nafas olish jarayani 
Diafragmaning qisqaruvchi mushaklari;  
Diafragma qisqaradi; 
Havo o’pkaga tushadi. 
Nafas chiqarish jarayani 
Diafragmaning bo’shashuvchi mushaklari; 
Diafragma bo’shashadi; 
Havo o’pkadan chiqadi. 
 
 

54 
 
 
Nafas  chuqurligi.  Har  safar  hotirjam  nafas  olganda  o‘pkaga  kiradigan  va  nafas 
chiqarganda  undan  chiqadigan havo  hajmiga  nafas  hajmi  deb  aytiladi.  Nafas  hajmining 
miqdori  nafas  chuqurligini  belgilab  beradi.  Bolaning  yoshi  ulg‘aygan  sayin  nafas 
chuqurligi ortib boradi. 
 Minutlik  hajm.  Minutlik  hajm  yoki  minutlik  o‘pka  ventilyasiyasi  deb  1  minutda 
nafas olinadigan havo miqdoriga aytiladi. Bu hajm 1 minutdagi nafas harakatlari soniga 
ko‘paytirilgan  nafas  hajmiga  teng.  Minutlik  hajm  bolaning  yoshi,  jinsi,  muskul  ishi  va 
boshqa  sabablarga  qarab  o‘zgaradi.  Qiz  bolalarda  nafas  chuqurligi  va  o‘pka 
ventilyasiyasining  kamroq  bo‘lishiga  sabab  shuki,  ularda  nafasning  ko‘krak  tipi  qaror 
topib  boradi.  O‘g‘il  bolalarda  6  yoshdan  boshlab  minutlik  hajm  qiz  bolalardagiga 
qaraganda  100-400  ml.  kattaroq  bo‘ladi.  Bolalarda  minutlik  nafas  hajmining  o‘rtacha 
miqdori asta-sekin ortib boradi. 
 O‘pkaning hayotiy sig‘imi. O‘pkaning hayotiy sig‘imi deb, oldin chuqur nafas olib 
turib,  keyin  nafasdan  chiqarish  mumkin  bo‘lgan  havo  miqdoriga  aytiladi.  Bu  bir  marta 
nafas olganda o‘pkaga to‘ldirish mumkin bo‘lgan eng ko‘p havo hajmidir. Uni spirometr 
deb  ataladigan  asbob  yordamida  o‘lchasa  bo‘ladi.  Turli  yosh  va  jinsdagi  bolalarda 
o‘pkaning  hayotiy  sig‘imi  har  xil  bo‘ladi.  Jismoniy  ish,  sport  mashg‘ulotlari  natijasida 
o‘pkaning  hayotiy  sig‘imi  ortadi.  Jismoniy  nagruzka  nechalik  katta  bo‘lsa,  nafas 
funksiyasi  shuncha  ko‘p  o‘zgaradi,  nafas  tezligi  va  chuqurligi,  o‘pka  ventilyasiyasi 
ortadi. 
Bola  tinch  holatda  bo‘lganda  o‘pka  hayotiy  sig‘imining  faqat  bir  qismidan 
foydalanadi.  Qolgan  rezerv  kislorodga  ehtiyoj  tug‘ilganda  sarflanishi  mumkin. 
O‘pkaning  hayotiy  sig‘imini  oshirish  uchun  jismoniy  mashqlar,  ertalabki  badantarbiya, 
yugurish,  chang‘i  uchish,  eshkak  eshish  va  kuch  etadigan  jismoniy  mehnat  bilan 
shug‘ullanish  tavsiya  etiladi.  Hayotiy  sig‘im  bilan  qoldiq  havo  yig‘indisi  o‘pkadagi 
umumiy havo miqdorini  tashkil etadi. Nafas sistemasi yaxshi mashq qildirilgan bolalar 
jismoniy  nagruzkalarga  yaxshi  bardosh  beribgina  qolmay,  balki  kasalliklarni,  xususan, 
nafas, yurak va qon-tomirlar sistemasi kasalliklarini ham engil o‘tkazadilar.  
Nafas  markazi.  Uzunchoq  miyaning  o‘rtadagi  uchdan  bir  qismida  bir  guruh  nerv 
hujayralari  bor,  ular  o‘z  faoliyati  bilan  nafas  muskullarining  qisqirishiga  sabab  bo‘ladi. 
SHu hujayralar nafas markazi deb atalgan. Nafas markazi hujayralari uzunchoq miyaning 
o‘ng va chap yarmida joylashgan va shu miyaning biror tomonidagi markaz faoliyatining 
to‘xtatish  faqat  tegishli  tomondagi  nafas  muskullari  ishining  to‘xtashiga  sabab  bo‘ladi. 
Nafas  markazida  faqat  nafas  olishni  yoki  faqat  nafas  chiqarishni  taʻminlaydigan 
neyronlar bor. Bularning faoliyati bir-biriga bog‘liqdir. 

Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling