O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 338.5 Kb.
bet1/2
Sana20.08.2020
Hajmi338.5 Kb.
#127124
  1   2
Bog'liq
Kimyonazarova Nargiza



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI TIZIMI RAHBAR VA MUTAXASSIS XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
XALQ TA’LIMI SOHASIDAGI MENEJERLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH KURSIDA”

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB DIREKTORLARI”


MALAKA ISHI


Mavzu

Mahorat darslari va ularni o‘tkazish usullari


Malaka yo‘nalishi va guruhi

Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari




Guruh-120820

Ish joyi










Tinglovchi FISH

Kimyonazarova Nargiza

2020 yil, avgust

Malaka ishi bajarilishiga qo‘yiladigan talablar


  1. Malaka ishining bajarilishi holati bo‘yicha hisobot muddatlari o‘quv bo‘limi tomonidan belgilanadi. Tinglovchi malaka ishining bajarilish holati haqida rahbarga har uch kunda hisobot beradi.

  2. Rahbar malaka ishining tayyorlik darajasini aniqlab boradi.

  3. Malaka ishi ta’lim olib boriladigan tildi yoki tinglovchining xohishiga muvofiq xorijiy tillardan birida ham bajarilishi mumkin. Xorijiy (rus, ingliz, frantsuz va boshqa tillarda bajarilgan malaka ishiga davlat tilida annotatsiya beriladi.

  4. Malaka ishi matni A4 formatdagi qog‘oz varag‘ining bir tomonida yozilishi va qoida tariqasida 1,5 qator oralig‘ida hamda har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bo‘lishi lozim. Malaka ishi matni Microsoft Word matn redaktorida Times New Roman 14 o‘lchamli shriftda yozish tavsiya etiladi.

  5. Sahifalarning tartib raqami varaqning ostki qismi markaziga qo‘yiladi. Malaka ishining matnida buzilgan so‘zlar va o‘zgartirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

  6. Malaka ishi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

titul varag‘i;

annotatsiya (xorijiy tilda bajarilgan ishlar uchun davlat tilida);

mundarija;

kirish (2-3 bet);

asosiy qism (20-22 bet), (har bir paragrafda amaldagi mavjud holat, uni yanada takomillashtirish imkoniyatlari, o‘rganish, kuzatish usullari, misollar, shaxsiy tajribalar, tahlillar, ayrim o‘zaro bog‘liqliklarni qiyoslash, umumlashtirish va shu kabi masalalar);

xulosa va tavsiyalar (1-2 bet);

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (1-2 bet);

So‘ngi marta o‘qigan badiiy kitob yuzasidan esse (1-2 bet);

Ilovalar: ta’lim muassasasi faoliyatiga oid 1-8 jadvallar;

“Yo‘l xaritasi”.




Izoh: Malaka ishining asl chop etilgan nusxasi viloyat Xalq ta’limi boshqarmalarining mas’ul shaxslari tomonidan yig‘ib olinadi va karantin davri tugagandan keyin institutga yetkaazilishi ta’minlanadi.



T/R

MAVZU REJASI (MUNDARIJA)

BET




Kirish

4-7




Chet tillarni o‘rgatishda ChAF (chaqiriq, anglash, fikrlash) usulidan foydalanish yo‘llari

8-9




Zamonaviypedagogshaxsituzilmasi

10-12




Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish afzalliklari

13-16




Pedagogik texnologiyalar asosida ijodiy tafakkurni rivojlantirish

17-19




Xulosa va tavsiyalar

20




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

21




Ilovalar: ta’lim muassasasi faoliyatiga oid 1-8 jadvallar







Rahbarning ta’lim muassasasini rivojlantirishdagi maqsadi “Missiyasi”







Umumta’lim maktabini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha“ yo‘l xaritasi”






KIRISH
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va faravon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini, rivojlantirishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bunga yorqin misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni1 asosida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini keltirishimiz mumkin.

Mazkur Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda “…ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” masalalalariga katta e’tibor qaratilgan.

Mamlakatimiz ta’lim sohasida olib borilayotgan chuqur islohotlar natijasida yoshlarimizning yuksak darajada bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.



Mustaqil, demokratik O‘zbekiston Respublikasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishida ustuvor soha deb e’lon qilingan ta’limning takomillashtirilishi, eng avvalo, uning sifat jihatdan yangi holatiga erishishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ta’lim sohasidagi Davlat siyosatining asoslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish, Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish to‘g‘risidagi farmon va qarorlar mazmuni, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilingan hujjatlar, O‘quv-tarbiya jarayoniga boshqaruvning yangi mexanizmlarini va sifat standartlarini joriy etish masalalari, Umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik holatini yaxshilash orqali xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish.



Shu munosabat bilan davlat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarining sa’y-harakati o‘sib kelayotgan avlodlarni davlat-jamoat ta’lim tizimida o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish jarayonining o‘z ta’lim-tarbiya faoliyatida ta’lim jarayonining uzluksizligi va uzviyligi tamoyiliga qat’iy rioya qilishga da’vat etilgan ta’lim muassasasining (TM) barcha turlarida uning demokratik, gumanistik yo‘naltirilganligi, ta’lim makonining birligi, ta’lim mazmunining maqbul darajasi, ushbu mazmun taqdimoti pedagogik texnologiyalarning oqilona to‘plami ta’minlanadigan ob’ektiv huquqiy sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy poydevor yaratishga yo‘naltirilgan.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida bayon etilgan aniq asosiy qoidalar negizida ishlab chiqilgan davlat siyosati asosida xalq ta’limi tizimini boshqarish mexanizmini qayta qurishning ham huquqiy shart-sharoiti, ham ijtimoiy-iqtisodiy zamini yaratildi.

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” qonunining 3-moddasi o‘z ifodasini topgan. 3-modda. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:



  • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’liminingmajburiyligi;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini:

  • akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchunochiqligi;

  • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  • bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

Ma’lumki, hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Shu bois, avvalambor, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli falokatlar, jahon iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozini oldindan ko‘rish imkonini beradigan, har tomonlama chuqur o‘ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‘lgan mamlakat va xalq pirovard natijada muvaffaqiyatga erishadi”2. Dunyo siyosatida ro‘y berayotgan ulkan yangilanishlar ta’sirida olamni tushunish, idrok etish va unga munosabat ham o‘zgarganining guvohi bo‘lib turibmiz.

Jahon taraqqiyotining hozigi bosqichida insoniyat g‘oyat murakkab, ziddiyatli jarayonlarning guvohi bo‘lmoqda. Agar bir tomondan mustabid tizimni tark etib, istiqlolga erishgan davlatlar vujudga kelib, taraqqiyot uchun xizmat qiladigan yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, dunyoviy taraqqiyotga to‘siq bo‘ladigan, demokratik rivojlanishni izdan chiqaradigan va insoniyat birligiga tahdid soladigan g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sir kuchlari vujudga kelmoqda. Shu bilan birga, uchinchi tomondan globallashuv jarayoni jamiyat hayotining barcha sohalariga dadil kirib kelmoqda.

Yuqorida qayd qilganimizdek, dunyo xalqlari tarixining g‘oyat mas’uliyatli pallasida insoniyat ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Bular, XXI asrda ham o‘z yechimini topmagan an’anaviy muammolar hamda so‘nggi vaqtda vujudga kelgan yangi xavf-xatar va tahdidlardir.

Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda.

Shu o‘rinda asosiy vazifa sifatida kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarning kitobga bo‘lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirish masalalari tilga olindi”3.

Asosiy qism
1. Chet tillarni o‘rgatishda ChAF (chaqiriq, anglash, fikrlash) usulidan foydalanish yo‘llari
O‘quvchilarga chet tillarini o‘rgatishda qo‘shimcha manbalardan samarali foydalanish (interaktiv doska, audio va video materiallar, multimedia ilovalar) til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi, buning uchun har bir mashg‘ulotni innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda olib borish lozim.

Chet tili o‘rgatishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib darsni har tomonlama puxta tashkil etish, darsning sifati va samaradorligini ta’minlovchi vositalarni qo‘llash, har bir o‘quvchiga individual yondashish talab etiladi. O‘quvchilarda chet tilida nutq faoliyati turlarini shakllantirishda yangi innovatsion texnologiyalar juda qo‘l keladi.

Bunday innovatsion texnologiyalardan biri, ya’ni biz ko‘p qo‘llaydigan “ChAF” (chaqiriq, anglash, fikrlash) usuli to‘g‘risida so‘z yuritsak. Bu usulda eng birinchi dars maqsadini aniqlashdan boshlanadi. Chaqiriq bosqichida tayanch bilimlarni faollashtirish maqsad qilib qo‘yiladi. Bunda oldindan egallangan bilimlar faollashtiriladi, o‘qituvchining mahorati rejalashtirilgan mavzuning o‘quvchilar nutqiy faoliyati uchun zarurligini tushuntirib, bu mavzuni egallashni o‘quvchilar maqsadiga aylantirishdan iborat. Bu davrda oldingi bilimlar 8-10 daqiqa davomida og‘zaki savol- javob tarzida olib boriladi. Shunda, o‘quvchilar mavjud bilimlar yetarli emasligi, ularga qo‘shimcha qilib yangi mavzuni o‘rganish kerakligini tushunadilar. Natijada o‘quvchilarda nutqiy muloqotga kirishish rivojlanib, ularda chet tilida nutq madaniyatini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Anglash bosqichida bilishga, o‘rganishga qiziqish uyg‘otish maqsad qilib qo‘yilgan. Mavzu mazmunini anglash, yangi axborotlarni egallash zarurligini tushunish, o‘quvchi tasavvuri va dunyoqarashini kengaytiradi. Bu esa o‘quvchiga mavjud bilimlarni yangi bilimlar bilan bog‘lash, ularni faollashtirish imkonini beradi. Bu davrda o‘quvchilardan yangi mavzu (United Knigdom) haqida nima bilishi “tipratikon” usulida so‘raladi.

Fikrlash bosqichida mavzuni to‘liq o‘zlashtirish, o‘ylash faoliyatini faollashtirish maqsad qilib qo‘yiladi. Bunda yangi o‘rganilgan mavzu yuzasidan 10-12 daqiqa o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib mavzu yuzasidan fikrlar tinglanadi va har bir guruh o‘z fikrini himoya qiladi. Masalan, birinchi guruh Buyuk Britaniya madaniyati haqida gapirsa, boshqasi ta’lim tizimi to‘g‘risida hikoya qiladi, yana bir guruh mamlakatning siyosiy boshqaruvi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Fikrlar bildirilgach, umumiy matn tuziladi. Bu usul o‘quvchilar bilimini tekshirish, natijani baholashda va yangi bilimlarni mustahkamlashda eng foydali usul hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, pedagogik texnologiyalarni darslarda samarali qo‘llash o‘qituvchilarning pedagogik mahoratiga bog‘liq. Barchaga ma’lumki, o‘qituvchilardagi pedagogik mahorat tug‘ma yoki yillar davomidagi tajribalar asosida orttiriladi. Bu mahorat qaysidir o‘qituvchida yetarli, qaysidir o‘qituvchida kamroq bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun darslarda pedagogik texnologiyalarni samarali va o‘rinli qo‘llash uchun avvalo, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishga erishish darkor.



2. Zamonaviypedagogshaxsituzilmasi
Ilm o‘rgatish – bu faqat boshqalarni o‘qitish va tarbiyalashgina emas, balki o‘z-o‘zini shakllantirish hamdir. Har qanday jamiyat o‘z-o‘zini shakllantiruvchi ilmga intilish faoliyatini ta’kidlovchi paradigmaga o‘tishga mahkumdir. Bunday o‘tishning yuzaga iqishidagi asosiy shartlar quyidagilardir: yangi kompyuter va innovatsion texnologiyalarni uzluksiz egallab borish asosiga qurilgan mo‘‘tadil ishlaydigan iqtisodiyot; zaruriy qo‘llab-quvvatlashlarga ega bo‘lgan jamiyat va samarali ishlaydigan ilmiy ijtimoiy institutning mavjudligi, bu institut o‘zining barcha asosiy maqsad va vazifalarini turli tizimlar va tizimostilar orqali kasbiy ta’limgacha vaqtda va kasbiy ta’lim vaqtida o‘rgatishni amalga oshirishga qaratadi; rivojlangan demokratik institutning mavjudligi; huquqiy normalarning haqqoniyligi.

Asosiy masala shundan iboratki, ijtimoiy institutning tarkibiga kirgan va elementlari bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy siyosatini va butun sistemasini puxta muvofiqlashtirish va yo‘naltirish bilan yuqoridagilarning hammasi o‘z-o‘zini shakllantirish samaradorligini oshirsin. Bu samaradorlikning mezoni va natijasi esa o‘z-o‘zini shakllantirgan inson bo‘lishi kerak, aslo o‘rganish sistemasi asosiy maqsad emas.

Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni echish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. SHu nuqtai-nazardan respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu erda.

O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”.- deb ta’kidlaydi.

AQSHda o‘qituvchi masalasi o‘rganish uslubini, o‘zi qo‘ygan muammoning yechim yo‘llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko‘rsatadi va tushuntiradi. Ya’ni u tadqiqotchi yoki maslahatchi sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxs Kadrlar tayyorlash milliy modelining muhim tarkibiy qismi, kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida belgilab berilgan. Bu esa respublikamizda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning yo‘lga qo‘yilishi uchun zarur asoslarni yaratib berdi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish avvalo ta’limning paradigmasini o‘zgartiradi. Shu paytga qadar mavjud ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik-o‘qishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Zamonaviy pedagog kadrlar yangi mavqega ega bo‘lib, uning vazifasi eng avvalo yoshlarni mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qo‘llash malakalarini shakllantirishga qaratilmog‘i lozim. Pedagog bunday maqsadlarda, o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlash kerakki, ular yoshlarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan mustaqil egallashlari, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va erishilgan bilimlarni yangi bilimlar olishlarida foydalanish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.

Zamonaviy pedagog shaxsi modeli ta’lim tizimini modernizatsiyalash va taraqqiy ettirish borasida yuzaga keladigan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlovchi, ma’lum sifatlarni ta’riflovchi hamda mutaxassisning o‘z-o‘zini rivojlantirib borishini aks ettiruvchi tamoyillarni belgilashga xizmat qiladi. Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi:


  • pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv; pedagogning faoliyat turlari: o‘quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.

  • pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari.

3. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish afzalliklari

Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – bu darslarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish. Interfaol metodlar didaktik imkoniyatlarga ega bo‘lib, ulardan ta’lim jarayonida o‘rinli, maqsadga muvofiq qo‘llanilsa natijaga erishish samaralarni kafolatlaydi. Interfaol ta’lim usullari o‘quvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn iste’dod, zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo‘lib yetishlariga xizmat qilgan. Interaktiv o‘qitish metodini qo‘llash jarayonida o‘quvchilarning barchasi bilish jarayonida faol qatnashadilar, ular o‘zlari bilgan, esga tushirgan, o‘ylagan ma’lumotlariga tayanishlari, ulardan bilish jarayonida foydalanishlari mumkinligini tushunadilar va shunga moslashadilar. Birgalikdagi aqliy bilish, izlanish faoliyatida har bir o‘quvchi shaxsan ishtirok etib, unga o‘z hissasini qo‘shadi. Bilimlari, g‘oyalari, qarashlari, nuqtayi nazarlari, faoliyat ko‘rsatish usullari bilan o‘quvchilar o‘zaro fikr, tajriba almashadilar.

Shuningdek, dars davomida o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib yangi pedtexnologiyalardan, multimediya vositalaridan foydalanib, til va adabiyot ta’limi darslarida quyidagi “Muammoli o‘qitish texnologiyasi”,“Aqliy hujum”,“Muzyorar”, “Bumerang”,“Yelpig‘ich”, “FSMU”, “O‘rgimchak to‘ri”, “Ishbilarmonlik o‘yini”, “Klaster”, “Charxpalak”, “B-B-B”, “Rolli o‘yini”, “Venn diagrammasi”, Kichik guruhlarda ishlash”, “Mozaika” usuli kabi interfaol metodlar va didaktik o‘yinlardan foydalanish darsdan kutilgan natijaga erishish imkoniyatini beradi. Dars o‘tish uchun qaysi texnologiyadan foydalanish o‘quv fani, dars turi va undagi mavzuning xususiyatlaridan kelib chiqib tanlanadi. Quyida biz keltiradigan o‘qitishning interfaol metodlari fikrimizning dalilidir. Masalan, “Muammoli o‘qitish texnologiyasi” ni olaylik. Mazkur texnologiya ta’lim jarayonidagi samarador o‘qitish texnologiyasi sanaladi. Muammoli o‘qitish texnologiyasining afzalligi shundaki, avvalam bor, o‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantiradi. O‘quvchilarni intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishiga, unga kirish, muammoni so‘z bilan ifodalash, ya’ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o‘rinda izchillik erkin ko‘rinadi, avvalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so‘ng o‘quv muammosi shakllanadi. Muammoli o‘qitish bilimlarni ongli va mustaxkam o‘zlashtirish, atrof-muhitga o‘zining faol munosabatini belgilab olishda, o‘quvchilar bilish faoliyatini jonlantirishda katta imkoniyatlarga ega. Muammoli vaziyat yaratish o‘quvchilarda izlanish faoliyatini shakllantishga qaratilgan. Mazkur metod asosida bitta muammoni olg‘a surish va asoslash yotadi. Muammoli vaziyat tarkibiga: savol tarzida vazifalar qo‘yish, farazlarni olg‘a surish, nazariy asoslovchi vazifalar, ularni yechish yo‘llari kiritiladi. Muammo o‘qituvchi tomonidan shakllantirilib, muammo tarzida bayon etiladi, o‘quvchilar esa o‘ylab fikr yuritish asosida muammoni o‘zlari yechadilar yoki muammo o‘quvchilar tomonidan qo‘yilib, ularning o‘zlari tomonidan yechiladi. Ushbu metodning muhim tomoni shuki, unda o‘qituvchi muammoli masalani kichik muammolarga ajratadi, o‘quvchilar esa ana shu muammoni birgalashib bajaradi.

Aqliy hujum - o‘qituvchi qo‘ygan savol yoki muammo yuzasidan har bir o‘quvchi o‘z fikrini bayon etishiga imkon beruvchi metod. Aqliy hujumda hamma fikrlar, hatto to‘g‘ri bo‘lmaganlari ham bir yerga jamlanadi. To‘plangan fikrlarni tahlil qilish o‘quvchilarning qo‘yilgan savol yoki muammoni to‘g‘ri tushunishlariga imkon beradi. O‘quvchilarga yangi tushunchalarni va bilimlarni yetkazib berishda, muommoli masalalarni hal etishda va o‘quvchilarning faolligini oshirishda "Aqliy hujum” usulidan ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda aniq maqsad asosida o‘quvchilarga beriladigan bilimlar o‘quvchilar hukmiga havola etiladi. Bunda barcha o‘quvchilarga muammoning yechimiga tegishli, o‘z fikrini cheklanmagan holda bayon etish imkoniyati yaratiladi. Barcha javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligidan qat’iy nazar, tanqid qilinmasdan yozib boriladi. Aqliy hujum to‘xtatilgandan so‘ng, javoblar muhokama qilinib, qo‘yilgan maqsadga eng yaqini qabul qilinadi. Aqliy hujum usulidan adabiyot darslarida o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib yoki bo‘lmasdan ham foydalanish mumkin. Masalan: Guruhlarga topshiriq asosida yangi mavzu tushuntiriladi, yangi mavzuni tushuntirishda yoki o‘quvchilarga o‘tilgan mavzu asosida “Aqliy hujum” asosida savollar berib, javoblar olinadi. 1.Cho‘lpon ijodi namunalari uzoq vaqt mobaynida o‘quvchilardan berkitib kelinganining sababi nimada deb o‘ylaysiz? 2. “Go‘zal” she’ridai Go‘zal timsolini kim deb o‘ylaysiz? Odam timsolimi, ozodlik ramzimi, baxtmi yoki taqdir ifodasimi? 3.Qullik sizningcha qayerdan boshlanadi: jismning tutqunligidanmi yoki ko‘ngilning? 4. “Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri” misrasining mazmunini sharhlang.

“Kichik guruhlarda ishlash” - eng samarali interfaol metodlardan biri bo‘lib, o‘quvchilarning jamoa bo‘lib ishlash, muloqot qilish, fikr almashish, o‘z nuqtayi nazarini asoslash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash, tekshirish asosida muayyan mavzu yoki savollar ishlab chiqiladi. Kichik guruhlarda a’zolar soni 5-6 kishidan iborat bo‘lishi mumkin. Samarali natijaga erishish uchun 4-5 kishilik guruhlar tashkil etish tavsiya etiladi.

“Bumerang texnologiyasi” – o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli xil adabiyotlar bilan ishlash, o‘rganilgan materiallarni saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrni erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan. Mazkur texnologik mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan.

Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yaxshi, lekin birinchi navbatda o‘qituvchi qaysi texnologiyani, qaysi mavzuga qo‘llash mumkinligini va shu orqali qanday natijaga erishishini bilib qo‘llagani maqul, sababi hamma mavzularga bir xil texnologiyani qo‘llash, o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni so‘ndiradi va ularda darsdan zerikish hissini uyg‘otadi. Masalan, “keys-stadi”ni takrorlash umumlashtirish darslarida yoki muammoli vaziyatlar ko‘p ushrashadigan mavzularda, “Insert” texnikasini o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun uyga vazifa sifatida, “FSMU”, “Nima uchun”, “Venn diyagrammasi”, “Qiyosiy tahlil”, “Klasster”, “Auktsion” texnologiyalarini mavzu o‘rtasida qo‘llash mumkin. Bu texnologiyalarni o‘qituvchi, albatta, o‘z fani mavzulariga moslashtirib o‘rni-o‘rnida foydalanadi.

Xulosa o‘rnida interfaol usulda ish yuritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarga shuni eslatmoq darkorki, yangicha ishlash uchun faqatgina adabiyotlar o‘qishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun, o‘qituvchi o‘z faoliyatida interfaol metodlarni qo‘llash uchun, u shaxsan o‘zi ishchanlik o‘yinlari, aqliy xujum, munozara, debatlarda qatnashib turishi va o‘zi tajribadan o‘tkazib, bu ishga shaxsiy xissasini qo‘shib borishi shart.




  1. Pedagogik texnologiyalar asosida ijodiy tafakkurni rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining bevosita tashabbusi va rahbarligi bilan turli ilmiy-uslubiy tadbirlar joriy etilmoqda. 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab joriy etilgan “Mahorat maktabi” tashkil etish xalq ta’limi uslubiy mahoratlarini oshirish orqali, o‘quv tarbiya jarayonini sifat va samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Bugungi kun o‘qituvchisi har tomonlama yetuk, bilimdon va zamon bilan hamnafas bo‘lmog‘i lozim. Tezkor davr, texnika taraqqiyoti o‘qituvchidan tinimsiz izlanish, o‘z ustida ishlashni talab etadi. U bugungi kunda jamiyat talablarini anglamog‘i, o‘quvchilarga DTS asosida bilim berish bilan birga, ularni ona Vatanga, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalamog‘i lozim.

“Mahorat maktabi” tashkil etishda har bir umumiy o‘rta ta’lim maktablarining reyting ko‘rsatkichi, moddiy-texnika bazasining mustahkamlik darajasi, pedagog xodimlarning ilmiy va uslubiy salohiyatini hisobga olish asosiy talablardan biridir.

Har bir fan uslubchilari “Mahorat maktabi” faoliyatini tashkil etish va talab darajasida ta’minlash uchun eng avvalo, maktabning mavjud sharoit va imkoniyatlarini hisobga olgani holda rejalar tayyorlab olishi lozim.

Uslubchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘qituvchilarning metodik yordamga ehtiyojlarini aniqlab olishi shart. Aniqlab olingan murakkab mavzular fan metodbirlashmalarida, tuman metodik uyushmalarida muhokama qilinib, metodik tavsiyalar, ochiq dars ishlanmalari va ilmiy metodik qo‘llanmalar ommalashtirilishi lozim.

Ona tili va adabiyot fani o‘quvchi shaxsini erkin fikrlash va uni nutq shaklidan (og‘zaki va yozma) qat’iy nazar to‘g‘ri ifodalay olishga o‘rgatadi. Mantiqiy fikrlovchi, dunyoqarashi keng, ijodiy va badiiy tafakkurga ega shaxsni kamol toptirish ona tili va adabiyot fanining bosh maqsadidir. Mana shu maqsadlari asosida darslarga yangi pedogogik texnologiyalar olib kirilsa, o‘quvchi darsning tinglovchisigina emas, faol ishtirokchisiga aylanadi.

Quyida o‘quvchi olgan bilimlarini mustahkamlash, nutqini o‘stirish, mantiqiy va ijodiy tafakkurini rivojlanishiga qaratilgan Farg‘ona viloyati Quva tumani 1-maktab o‘qituvchisi Mashrapova Xurshidaxonning yangi pedogogik texnologiya va usullaridan tavsiya etmoqdamiz.

“Bosqichma-bosqich yuqoriga” texnologiyasi.

Bu texnologiyadan mustahkamlash darslarida foydalanish mumkin. Chorak yakunida yoki bo‘lim tugagandan so‘ng o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.



Texnologiyani o‘tkazish tartibi:

O‘quvchilar 3 guruhga ajratilib, guruhdagi o‘quvchilarning har biri o‘tilgan mavzularga bittadan ma’lumotni 3 soniya ichida tushungan holda qisqa, londa bayon etishlari kerak bo‘ladi. Oldingi o‘quvchilar aytgan ma’lumotni yoki qoidani keyingi o‘quvchi takrorlamasligi kerak. Agar takrorlasa, musobaqadan chetlatiladi. Yoki xatosini tez fursatda tuzata olsa, mashg‘ulotni davom ettirishi mumkin.

Ushbu musobaqa guruhlarda birin-ketin aylana shaklda bosqichma-bosqich davom etaveradi. Birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘ta olmagan o‘quvchiga qora kartochka beriladi. Bu o‘quvchilarni bir ballga ega bo‘lganligini bildiradi. Keyingi bosqichlar ham shu tarzda davom etadi. 2 ta ma’lumot aytib, 3-bosqichga o‘ta olmagan o‘quvchiga ko‘k kartochka beriladi. Bu o‘quvchi ikki balga ega bo‘ladi.

O‘quvchilar nechta ma’lumot aytishgan bo‘lsa, shuncha ball yig‘ishadi. Guruh bali guruhdagi o‘quvchilar to‘plagan balning yig‘indisiga teng bo‘ladi. Musobaqa yuqori bochqichga qarab, bir nafar o‘quvchi qolguncha davom etadi. G‘olib guruh aniqlanadi. G‘olib o‘quvchi esa sinfdagi “Ona tili fani bilimdoni” nishoniga ega bo‘ladi. Yuqori balga erishgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.



Texnologiyaning avzalliklari:

- takrorlash orqali olingan bilimlar mustahkamlanadi;

- har bir o‘tilgan mavzu e’tibordan chetda qolmaydi. O‘quvchi yodda tutishga harakat qiladi. Xotira mustahkamlanadi;

- o‘quvchilarning og‘zaki nutqi rivojlanishiga erishiladi;

- bir o‘quvchi aytgan ma’lumotlarni keyingi o‘quvchi aytib qo‘ymaligi uchun o‘quvchi diqqatini jamlaydi. Diqqatni jamlashga o‘rgatadi;

-o‘quvchilar faolligi oshadi;

-bir dars davomida barcha o‘quvchilarni baholashga erishiladi.

Qiyoslash” texnologiyasi Bu texnologiyaga asosan o‘quvchi o‘qituvchilarni o‘tilgan yoki yangi mavzu yuzasidan ijodiy fikrlashga undaydi. Bunda o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda yoki jamoa shaklida ishlash mumkin.

O‘quvchilarga jadvalni to‘ldirish shartlari tushintiriladi. Shartga ko‘ra, til birliklari yoki grammatik hodisalar va boshqa fanning o‘xshash jihatlari bir-biriga qiyoslanadi.

Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi har bir darsni o‘ziga xos ijod mahsuli sifatida o‘quvchiga taqdim etmog‘i, ularni mana shu jarayonning faol, zukko ishtirokchilariga aylantirmog‘i lozim. Har bir ona tili va adabiyot darslari o‘quvchiga bilim berish bilan birga, uni kamol toptirishga, ona tilimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatni tarbiyalashga qaratilishi zarur. Zero, ona tiliga bo‘lgan muhabbat mana shu xalqqa, Vatanga bo‘lgan muhabbatdir.



Xulosa va tavsiyalar
Ta’lim muassasasi ishini tashkil qilish jarayonida direktor asosiy rol o‘ynashini hisobga olgan holda uning oldidagi jiddiy va mas’uliyatli vazifalardan biri ta’lim muassasasini bilimdonlik bilan boshqarishni ta’minlashdan iborat. Mazkur masala bo‘yicha rahbarning faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun u tegishli boshqaruv organlaridan malakali yordam olishi zarur masala hisoblanadi. Chunki, xalq ta’limini isloh qilish sharoitlarida ta’lim muassasalarida huquqiy va kadrlar hujjatlari bilan bog‘liq ishlarni amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga to‘liq rioya qilgan holda olib borishni ta’minlash jiddiy o‘rin egallaydi. Maktab rahbarlari bilan ularning qo‘l ostidagilar o‘rtasidagi munosabatlar yangi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga muvofiq o‘zgarib bormoqda. Shu munosabat bilan ta’lim – tarbiya muassasasi rahbariga yuridik va kadrlar muassasalarining nozik jihatlarini o‘zlashtirishga yordam berish zarurati kelib chiqadi. Bunda xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, mustaqilligini kengaytirish va moliyaviy-iqtisodiy masalalarni hal etish, byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishda ta’lim muassasalari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish hamda ularning mazkur masalalar bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish va o‘quv-tarbiya jarayoniga metodik rahbarlikni kuchaytirish maqsadlarida xodimlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


  1. http://ziyonet.uz— jamoat axborot ta’lim portali.

  2. http://parliament.gov.uz/uz— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi rasmiy sayti.

  3. http://tanlov.uz/ru/event/akhborotlashgan-jamiyatda-yeshlar-media-sawodkhonligini-oshirish-dolzarb-muammolari-mawzuida-respublika-ilmii-amalii-anjumani

  4. N.N. Azizxo`jayeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T. 2003.

  5. Interfaol metodlar: mohiyati va qo`llanilishi: metodik qo`llanma / Tuzuvchilar: D. Ro`zieva, M. Usmonboeva, Z. Holiqova. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti.

  6. Jumayeva N. O`quvchilarning faolligini oshirishda ta`limning zamonaviy texnologiyalardan foydalanish xalq Ta`limi.2008 yil ,6-son

  7. Saidahmedov N. Interfaol metodlar. -T.: “Universitet”. 2005.


Ilovalar

A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOIda umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari uchun tashkil etilgan “Menejerlik kurslari” tinglovchilariga qo‘yilgan talablar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son Qaroriga asosan xalq ta’limi muassasalari rahbarlar xodimlari uchun tashkil etilayotgan masofaviy malaka oshirish kurslarida tinglovchilarga yangi bilimlarni berish bilan birga, ularning menejerlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Malaka oshirish kurslariga qabul qilingan tinglovchi kurs yakunida o‘quv modullari bo‘yicha chiqish testlarini kompyuter orqali “onlayn” rejimida topshiradi. Test sinovlari “Ijtimoiy fanlar”, “Umumkasbiy fanlar” va Mutaxassislik fanlariblokiga kiruvchi fanlar mazmuni doirasidao‘tkaziladi.

SHuningdek, kurs yakunida tinglovchilar taqdim etilgan mavzu yuzasidan malaka ishini hamda ijodiy ishlari doirasida o‘zlari faoliyat yurituvchi ta’lim muassasasini istiqbolda rivojlantirishga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni himoya qiladi. Ta’lim muassasasining “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha umumta’lim muassasasi rahbar xodimlari tomonidan yoziladigan Ijodiy ishida ta’lim muassasasini strategik rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarga, muassasada ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga e’tibor qaratilib, ushbu maqsadga erishish uchun xalq ta’limi rahbar xodimlari malaka ishiga o‘zlari rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasi faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar yig‘ma jildini ilova qilishi lozim.


  1. Umumta’lim muassasining rahbari to‘g‘risida ma’lumot (ob’ektivka 1-bet)

  2. Umumta’lim muassasi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar (2.1-jadval).

  3. Umumta’lim muassasining moddiy-texnik ta’minoti (3.1-jadval).

  4. Umumta’lim muassasining pedagog xodimlar tarkibi (4.1, 4.2- jadvallar).

  5. Umumta’lim muassasining o‘quvchilari tarkibi tahlili (5.1-jadval).

  6. Umumta’lim muassasining (oxirgi 3 yil) faoliyati haqida ma’lumot (6.1-jadval).

  7. Umumta’lim muassasining mavjud muammolari tahlili (7.1-jadval).

  8. Umumta’lim muassasining byudjetdan tashqari mablag‘lar topish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar tahlili (8.1-jadval).

Tinglovchi malaka ishini o‘zi faoliyat yurityotgan ta’lim muassasasining 3 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni taqdimoti asosida himoya qiladi, bu jarayonda undan ta’lim muassasasini strategik rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” mazmunini sohaga oid so‘nggi me’yoriy hujjatlar ijrosidan kelib chiqib izchil yoritib bera olishi talab etiladi. SHuningdek, uning kompyuter savodxonligi, menejerlik ko‘nikmlari (analitik tahlil qila olish, o‘z-o‘zini baholash va boshqarish (self assessment and management), samarali boshqaruv qarorlarini qabul qila olishi, muassasani korporativ boshqarish ) baholanadi.

Malaka oshirishda tahsil olayotgan tinglovchilar yuqorida ta’kidlangan hujjatlar yig‘ma jildini namunada belgilangan tartibda tasdiqlangan holda, taqdim etishlari talab qilinadi.

(N A M U N A)


    1. Umumta’lim muassasining rahbari

to‘g‘risida ma’lumot


Расм



Kasimov SHerzod Abdullaevich
2016 yil yanvardan buyon:

Andijon viloyati Asaka tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli

17-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori.

Tug‘ilgan yili:

Kun.Oy.Yil






Tug‘ilgan joyi:

Andijon viloyati, Asaka tumani










Millati:

o‘zbek





Partiyaviyligi:

Yo‘q











Ma’lumoti:

Bakalvar/Magistr






Tamomlagan:

Oliy o‘quv yurtlari va yili (Masalan, Andijon davlat universiteti, 2005 yil)












Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:

Rus tili va adabiyoti









Ilmiy darajasi:

Yo‘q

Ilmiy unvoni:
Yo‘q





Qaysi chet tillarini biladi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):

Rus va ingliz tillari



Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

Yo‘q





Oxirgi marta qachon va qaerda malaka oshirgan:

2016 yil A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI






Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki

boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):

Yo‘q







Download 338.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling