O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Samarqand viloyati Oqdaryo tuman xalq ta’limi


Download 28.06 Kb.
bet1/5
Sana22.12.2022
Hajmi28.06 Kb.
#1040962
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-sinf Palov ochiq dars


O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Samarqand viloyati Oqdaryo tuman xalq ta’limi
bo’limiga qarashli
4-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Texnologiya fani o’qituvchisi
Eshonqulova Veneraning
7-sinfda
“Palov tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish.” (2 soat)
Mavzusida

Oqdaryo-2019



Sana__18.10.2019_
11-12-mavzu. Palov tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish. (2 soat)
Darsning maqsadi:
a) ta'limiy - o'quvchilarga palov va palov turlari haqida ma'lumot berish, palov tayyorlashni o'rgatish;
b) tarbiyaviy - o'quvchilarga milliy qadriyatlar haqida tushuncha berish, ularni palov tayyorlashda ehtiyotkorlik va tejamkorlikka o'rgatish;
v) rivojlantiruvchi - o'quvchilarning pazandachilikka oid ko'nikmalarini kengaytirish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash hissini rivojlantirish.
Kasbga yo'naltiruvchi maqsad: o'quvchilami pazandachilikka oid kasblarga qiziqtirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish, muloqotda o‘zidan kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsata olish.
axborot manbalaridan (ommaviy axborot vositalari: jurnal, gazeta, televizor, radio audio-video yozuv, kompyuter) foydalana olish, media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish.
o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish, shaxsiy gigiyena va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish.
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarda faol ishtirok etish,
mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, huquqiy madaniyatni bilish.
san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish.
inson mehnatini yengillashtiradigan, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.

Download 28.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling