O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllantirishning o`ziga xos xususiyatlari


Download 37.59 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi37.59 Kb.
#1417000
  1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllanishi


Mavzu: O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllanishi


Reja:



  1. O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllantirish

  2. Konstitutsiyaviy Qonunni jamiyat va davlat qurilishiga joriy etish


O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni
shakllantirishning o`ziga xos xususiyatlari
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, deya mustahkamlab qo`yilgan. SHuningdek, Konstitutsiyaning 9-moddasida davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi strategik maqsadlar va unga doir har qanday o`zgartishlar xalq irodasi asosida amalga oshirishi quyidagicha belgilangan: «Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo`yiladi. Referendum o`tkazish tartibi qonun bilan belgilangan»
SHu nuqtai nazardan, Oliy Majlis ikki palatali parlamentni shakllantirish va Respublika Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini o`zgartirish maqsadlaridan kelib chiqib, xalq irodasini bu masalalarga bo`lgan munosabatini aniqlash, islohotlarni xalq irodasi asosida amalga oshirish tamoyillariga amal qilib 2002 yilning 27 yanvarida umumxalq referendumini o`tkazishga qaror qildi.
Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda referendumlar o`tkazish xalqning siyosiy va ma’naviy ehtiyojini qondirishning demokratik vositasi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda odat tusiga kirgan. Masalan, SHveytsariyada yiliga 3-4 martadan ham referendumlar o`tkazilib turilganligini ana shunday izohlash mumkin. Referendumning muhim ahamiyati shundaki, “xalq ovoz berganligi tufayli ham, referendumda masalalarning taqdiri uzil-kesil, qat’iy hal qilinadi, xalq irodasi bilan qabul qilingan qaror majburiy tus oladi hamda qo`shimcha tasdiqlashga muhtoj bo`lmaydi. Referendumlar yo`li bilan qarorlar qabul qilish, boshqaruvni xalqqa yaqinlashtiradi, bunda siyosiy jarayonlar ochiq va oshkora tabiat kasb etadi”.
Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolarni davlat ishlarini boshqarishidagi asosiy vositalar hisoblangan saylovlar va referendumlarda keng ishtirok etishi ham huquqiy jihatlardan mustahkamlandi. Unda referendum maqomi va fuqarolarni referendumda ishtirok etishi demokratik qadriyatlar talablari asosida ta’riflandi: “O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi”.
Mazkur masala bo`yicha 2002 yilning 27 yanvarida o`tkazilgan Referendumning natijalari xalq xohish irodasini aniq va ravshan ko`rsatdi. “Siz kelgusi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” degan byulletendagi birinchi savolga ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 11344242 nafari yoki 93.85 % yoqlab, 768828 nafari yoki 6,35 % qarshi ovoz berdi.
Mamlakatda ikki palatali parlament shakllantirishda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VII sessiyasining ahamiyati katta bo`ldi. Sessiyada mamlakatda jamiyat va davlat qurilishining muhim huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. SHuningdek, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat uchun xos bo`lgan siyosiy va huquqiy munosabatlarning istiqbollari belgilandi.
Referendum jarayoni va uning natijalari jahon hamjamiyati oldida O`zbekiston jamiyatini demokratik qadriyatlar asosida rivojlanayotganligini yana bir karra isbotlab berdi. Prezident Islom Karimovning Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida referendum natijalaridan quyidagi ikkita muhim xulosa kelib chiqishini ko`rsatib o`tdi: «Birinchidan, bizning boshlagan yo`limizni, ya’ni totalitar tuzumdan voz kechib, yurtimizda ochiq demokratik davlat qurish, o`zini oqlamagan, buyruqbozlik tizimiga asoslangan, o`ta markazlashgan iqtisodiyotdan butun dunyo yashayotgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish, ozod va farovon hayot barpo etishdek sa’y-harakatimizni xalqimiz qo`llab-quvvatlamoqda; ikkinchi xulosa shuki, biz o`zimiz intilgan fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida hech kimdan kam bo`lmaydigan marralarga etish uchun boshlagan islohotlarimizni izchil va qat’iyatlik bilan davom ettirish va yanada chuqurlashtirishni hozirgi vaqtda hayotning o`zi taqozo etmoqda, buni keng jamiyatchiligimiz, xalqimiz katta umid bilan bizdan
kutmoqda».
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatali qilib shakllantirishilining o`ziga xos xususiyatlariga to`xtalishdan oldin. Palatalrning o`zaro munosabatlari boshqa mamlakatlarda qanday tartibga solinganligini ko`rib chiqish maqsadga muvofiq. Jahon tajribalaridan kelib chiqib, ko`p uchraydigan uch holat haqida to`xtalib o`tish mumkin.

Download 37.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling