Reja: Totalitar tuzumdan huquqiy davlatga o'tish


Download 16.74 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi16.74 Kb.
#1797228
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQILLIK YILLARIDA O\'ZBEKISTONDA IJTIMOIY IQTISODIY O\'ZGARISHLAR

  • MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY IQTISODIY O'ZGARISHLAR
  • REJA:
  • Totalitar tuzumdan huquqiy davlatga o'tish.
  • Mustaqillik yillarida ma'naviy hayot.
  • Milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi.
  • O'zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo'nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
  • Iqtisodiyotda yuz bergan o'zgarishlar, bozor infratuzulmasining shakllanishi.
  • Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan islohotlar, uning vazifalari va yo'nalishlari.
  • Hozirgi kunda jahonda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga bir nazar tashlasak, jamiki davlatlarning oldida bir masala ko'ndalang bo'lib turibdi- mazkur davlatning jo'g'rofiy, siyosiy joylashuvi, yaqin chegaradosh davlatlardagi iqtisodiy, siyosiy holat, iqtisodiy imkoniyatlari, ma'naviy-aqliy imkoniyatlari, milliy mentaliteti, erkinligi-yu ozodligi, xalqning onglilik darajasi va rahbariga, ya'ni yurtboshiga bog'liq omillar.
  • Endi nazarimizni sobiq ittifoq tarkibidagi hozirgi kunda mustaqillikka erishgan davlatlarning taraqqiyotiga qarataylik. Har qaysisining rivojlanish darajasi, rivojlanish yo'li o'zgacha -bu tabiiy hol. Lekin bu rivojlanishning natijasi-chi? Masalaning mohiyati ham xuddi mana shundadir.
  • Ma'lumki, sobiq ittifoq tarkibidagi barcha davlatlarga bir xil meros qolgan - totalitar tuzum! Totalitar tuzumdan-huquqiy davlatga o'tish - bir zumda amalga oshadigan ish emas, biz o'ylagandan ancha murakkabroq, insondan anchalar aql talab etadigan jarayondir, ya'ni:
  • Juda murakkab, ko'p qirrali, ayni paytda izchillikni taqozo etadigan ijtimoiy xodisa.
  • Eng avvalo millat ravnaqini ta'minlash, xurfikrlilik, sog'lom tushunchalar, yuksak siyosiy madaniyat taqozo etadigan jarayon.
  • Eng muhimi, xalq demokratiyani chuqur tushunishi, uning butun mazmun - mohiyatini anglashi zarur.
  • Yuqoridagi uch eng muhim vazifalarni jamlab xulosa chiqaradigan bo'lsak, O'zbekistonning bu boradagi siyosati - «yangisini qurmay, eskisini buzmaslik», islohotlarni «bosqichma - bosqich» amalga oshirish shiori ostida olib borilmoqda.
  • Prezident I.A.Karimov ushbu masalaga mamlakat va xalq manfaatidan kelib chiqib yondashmoqda. Bu yo'lda u ma'lum darajada qatiqqo'llik va talabchanlik ham qilmoqda. Buni «Komsomolskaya Pravda» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida ochiq-oydin aytdi: «Muholiflarim meni diktator qilib ko'rsatishni juda xohlaydilar. Tan olaman: ehtimol mening harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir. Ammo, men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda. Ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o'tish davrida, har holda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Qon to'kilishiga va qarama-qarshilikka yo'l qo'ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligi, tinchligini va barqarorlikni saqlash uchun shunday bo'lishi zarur. Bu yo'lda men jonimni fido qilishga tayyorman»( A. Azizxo'jayev. Davlatchilik va ma'naviyat.-Toshkent: Sharq, 1997,-B.17).
  • Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik rivojlanishining ming yillardagi an'analari mustamlakachilik yillarida batamom inkor etilgan edi. O'zbekiston rahbariyati tarixiy an'analarga, dunyo tajribalariga, ulkaning milliy -tarixiy rivojlanishiga, uning o'ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yo'llarini ishlab chiqdi.

  • Download 16.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling